fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Machine Learning Lab.

Machine Learning Lab.

رفتن به کانال در Telegram

Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲 YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012

نمایش بیشتر
963
مشترکین
+124 ساعت
-27 روز
-430 روز
آرشیو پست ها
🤖Multi AI Agent System!! Ushbu yilni bir qiziqarli online kursni o'rganish bilan boshladim. Bu kurs ikki va undan ortiq AI agentlarini crewai kutubxonasi orqali osonlik bilan boshqarish, ma'lum bir vazifa uchun AI agentlar sistemasini tuzib chiqish yo'llarini o'rgatgan. Juda foydali kurs ekan sizlarga ham tavsiya etaman. Bu kursda OpenAI APIdan foydalangan holda amaliy misollar keltirilgan. Men ushbu kursdan ilhomlanib (foydalanib) bir jupyter notebook qo'llanma tayyorladim. Bu qo'llamada OpenAI API bilan emas Ollama toolidan foydalandim. Yani bepul o'zingiz sinab ko'rsangiz bo'ladi. Bu qo'llanma ikki tilda o'zbek hamda ingliz tilida tayyorlangan. Qo'llanmada ko'rsatilgan AI agentlar sistemasini "Maqola yozuvchi Agent" deb nomlasak bo'ladi. Malum bir mavzuni "input" sifatida oladida sizga shu mavzuga doir professinal darajada maqola yozib beradi. Siz ham ushbu qo'llamadan foydalanib o'zingiz alohida boshqa bir vazifani bajaruvchi AI agentlar sistemasini tuzsangiz bo'ladi. 👉Qo'llanma👈 👉Qo'llanma👈 👉Qo'llanma👈 Foydali bo'ladi degan umiddaman, ushbu postni AIga qiziquvchilarga jo'natib qo'ying✈️✈️✈️. 👉@machine_learning_lab👈

AI-generated materiallrga 🔞18+ qo'yilishi kerak!!! Ertalab Instagramda reels ko'rib o'tirsam quyidagi reelga kulib yubordim. Shunda ikkinchi qizim (6 yosh) kelib qiziqib ko'rdi. Va tanidiki futbolchi Ranaldu o'zbekchada qo'shiq aytib o'tiribdi. Bu biz kattaroq yoshdagilar uchun shunchaki kayfiyatni ko'taruvchi material bo'lishi mumkin. Lekin aslida yosh avlod fikrlashiga juda yomon ta'sir qilishi mumkin deb o'ylayman. Qizim tabiiy so'radi: - Dada, Ranaldu qo'shiq aytishni ham biladimi? - Dada, Ranaldu o'zbekchani biladimi? - Dada, Ranaldu qayerda qo'shiq aytyapti? ... Meni bu savollarga javob berish emas, agar yosh bolalar shunday noreal materiallarni ko'rib katta bo'lishsa, keyin nima bo'ladi degan savolning javobi o'ylantirib qo'ydi. Yosh bola har qanday hodisalarni, materiallarni tabiiydek deb qabul qiladi. Tasavvur qilyapsizmi? Bu hozirgi kunda noreal materiallarga to'layotgan dunyoda bola fikrlashiga endi qo'shimcha yuklama yuklanadi: qaysi biri real va qaysi biri noreal. Natijada bola keyin barcha narsalarga ishonchsiz ko'z bilan qarashi mumkin. Chunki avval ko'rib ishongan narsalarini aslida real bo'lib chiqmaganda. AI-generated materiallrga yosh chegarasi qo'yilishi kerak deb o'ylayman Masalan 16+ yoki 18+. Bu holatlar biz ona-onalarga ogohlantirish qo'ng'irog'i bo'lishi kerak (wake-up call). Bolalarni bunday materiallardan saqlash biz ota-onalarga kerak xolos, boshqa hech kimga kerak emas. Buni mendan kattalar ham aytgan: "Hurmatli ota-onalar, yaqin 10~15 yilda ko'ramiz bu mas'uliyatsizliklarimizning natijalarini. Bu mening shaxsiy fikrlarim xolos. Xulosa o'zingizdan yoki bolaga telefon tutkazib bemalol ishingizni qiling yoki uni boshqa kitoblar va jismoniy o'yinlar bilan vaqtini o'tkazing. 👉@machine_learning_lab👈

#job_vacancie #hiring O’zbekistonning Milliy Banki (NBU) Sun’iy Intelekt departamentiga AI mutahasislarini ishqa qabul qilishi haqida elon beribdi. Quyidagi pozitsiyalar bo’yicha o’zingizni mutaxasis deb hisoblasangiz xujjat topshirishingizni tavfsiya etaman. - DevOps Team Lead - Data Engineering Team Lead - AI Team Lead - Data Analysis Team Lead Qiziquvchilar xujjatlarini quyidagi telegram manzilga jo’natishlari mumkin. Telegram: @nbu_recruitment Manba 👉@machine_learning_lab👈

#hamkorlik #uchrashuv Kuni kecha (04.01.26y) biz HumblebeAI jamoasi va IMAN jamoasi ajoyib uchrashuv o'tkazdik. Ushbu uchrash
#hamkorlik #uchrashuv Kuni kecha (04.01.26y) biz HumblebeAI jamoasi va IMAN jamoasi ajoyib uchrashuv o'tkazdik. Ushbu uchrashuvda biz o'zaro hamkorlik qilishni va birgalikda hal qila olishimiz mumkin bo'lgan muammolar yuzasidan "bir piyola choy ustida" qisqacha suhbat o'tkazdik. Nasb qilsa hamkorlikda jamiyatimiz uchun manfaatli loyihalarni amalga oshiramiz. 👉@machine_learning_lab👈

#liyrik_chekinish Baxtga olib boruvchi barcha yo’llar “probka” bo’ladi… 👉@machine_learning_lab 👈

🎬 “The Thinking Game” — hayratlanarli ilmiy hujjatli film Men hozirgina The Thinking Game deb nomlangan hujjatli filmni ko‘rdim va u meni chinakam hayratda qoldirdi. Va tezlik bilan post tayyorlashga qaror qildim. Bu film Google DeepMind ilmiy markazi ichiga kirib, zamonaviy sun’iy intellekt (AI) tadqiqotlari qanday olib borilishini batafsil ko'rsatib beradi — oddiy AI-dan aniq ilmiy yechimlargacha bo‘lgan haqiqiy jarayonlar 🎯 Filmdagi asosiy qahramon — Demis Hassabis, DeepMind asoschisi — u va jamoasi sun’iy umumiy intellekt (AGI)ni yaratish yo‘lida duch kelgan qiyinchiliklar, yutuqlar va innovatsiyalarni menga juda chuqur his qildirib berdi. Film orqali AI olamining eng muhim yutuqlaridan biri — AlphaFold kabi tarixiy ilmiy muvaffaqiyatlar ham ko‘rsatiladi 📈 Bu nafaqat texnologiya haqida film — bu insonlar, ularning izlanishlari, sabr-toqati va kelajakni o‘zgartirishga bo‘lgan intilishi haqida hikoya 💡 📌 Bu filmni har kim, ayniqsa texnologiya va ilm-fanga qiziquvchilar ko‘rishi kerak deb o‘ylayman! Agar siz 2026-yilni qanday boshlashni bilmayotgan bo'lsangiz ushbu xujjatli filmni ko'rishdan boshlashingizni tavsiya etaman. Va albatda yaqinlaringiz bilan ulashing ✈️✈️✈️. 👉@machine_learning_lab👈

#oltinchi_kun #xulq_atvor_iqtisodiyoti Haddan ziyod o'ziga ishonchning xatosi! Yuqori ishonch tarafkashligi -- bu odamlarning
#oltinchi_kun #xulq_atvor_iqtisodiyoti Haddan ziyod o'ziga ishonchning xatosi!
Yuqori ishonch tarafkashligi -- bu odamlarning o'z bilim va tajribalariga hamda bashorat qilish qobiliyatlariga haddan ziyod ishonib yuborish moyilligidir. O‘ziga haddan ortiq ishonch odamlarni xavf-xatarlarni yetarlicha baholamay, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib kelishi mumkin.
Ko'pgina bizneslar yangi taqdim qilayotgan mahsulotlariga bo'ladigan talabga ortiqcha baho berib yuboradilar. Misol uchun, Google Glass yoki Apple Vision Pro inqilobiy mahsulotlar bo‘lishi kutilgan edi. Lekin haddan ziyod o'zlariga ishonib yuborish bu ikki kompaniyaga millionlab dollarlarlik xatoga aylandi! #boshqa_misollar . So'rovnomalarga ko'ra, AQSHda haydovchilarning 73 foizi o'zini "o'rtacha haydovchidan yaxshiroqman" deb o'ylashadi (boshqa joylarda ham bu kuzatiladi). Aslida, bu statistik va matematik jihatdan noto'g'ri. Chunki, so'rovda nechta haydovchi ishtirok etishidan qat'i nazar, ikki xil guruhga bo'linadi: "o'rtachadan yaxshiroq" va "o'rtachadan yomonroq" haydovchilar. O'rtacha yoki median qiymat tabiiy ravishda guruhni teng ikkiga bo'lishi kerak, ya'ni faqat 50% haydovchi "o'rtachadan yaxshiroq" bo'lishi mumkin, 73% emas. Bu esa odamlarda o'zlariga bo'lgan yuqori ishonch moyilligi, ya'ni ortiqcha ishonch borligini ko'rsatadi. Natijada, bu ortiqcha ishonch xavfli qarorlar va avtohalokatlarga olib kelishi mumkin bo'ladi. . Huddi shunday so'rovnoma "siz o'zingizni o'rtacha aqlli odamdan aqlliroqman deb o'ylaysizmi" deb o'tkazilganda 65% odamlar "Ha" deb javob berishgan. Vaholanki bu ham mantiqqa to'g'ri kelmaydi. . Bu kabi kognitiv xato eng ko'p uchraydigan joylarda qimmatbaho qog'ozlar birjasida bo'lar ekan. Tadqiqotlarga ko'ra o‘ziga haddan tashqari ishongan investorlar ko‘proq savdo-sotiq qilishga moyil bo‘lib, bu esa tranzaksiya xarajatlarining oshishiga va daromadning pasayishiga olib kelar ekan. #maslahat O'ziga haddan ziyoda ishonchdan kelib chiqadigan xatolardan charchadingizmi? Unda ishingizni har doim mashvarat bilan qiling. Har bir ishning o'z ahli bor, ulardan maslahat oling. Kaminaning eng ko'p foyda oladiganim bu boshqalarga maslahat solish va ulardan hikmat "o'g'rilash"! @v_turakulov

YouTube da bir video ko’rib qolgan edim va u haqda post tayyorlab sizlar bilan ulashmoqchi edim. Lekin akam, officedoshim, Dr. Valijon akam Turaqulov bu haqda alloqachon juda chiroyli post tayyorlagan ekanlar. Quyida shu postni sizlar bilan ulashmoqchiman. Valijon aka bu postizi ko’rmay qolganim uchun uzr 😉 👉@machine_learning_lab👈

Inha University in Tashkent has launched a short-term advanced training course on the "Use of AI Technologies in Public Admin
+9
Inha University in Tashkent has launched a short-term advanced training course on the "Use of AI Technologies in Public Administration" For several days, managers and specialists responsible for digitalization in government agencies, as well as khokims and their deputies, have been studying the practical application of AI in management processes. The training takes place in the format of lectures, practical sessions and project presentations under the guidance of leading industry experts. The training is conducted by INHA University professors who share their theoretical knowledge and practical experience in applying artificial intelligence technologies. The course is aimed at developing modern digital competencies and training management personnel for the effective use of AI in the public sector. ➖➖➖ Toshkent shahridagi Inha universitetida qisqa muddatli malaka oshirish kursi "Davlat boshqaruvida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish" boshlandi Bir necha kun davomida davlat organlarida raqamlashtirishga mas’ul rahbar va mutaxassislar, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari SIni boshqaruv jarayonlariga tatbiq etish amaliyotini o‘rganmoqda. Mashg‘ulotlar sohaning yetakchi ekspertlari rahbarligida ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va loyiha taqdimotlari shaklida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar INHA universiteti professorlari tomonidan olib boriladi, ular sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashadilar. Kurs zamonaviy raqamli kompetensiyalarni shakllantirish va boshqaruv kadrlarini davlat sektorida sun’iy intellektdan samarali foydalanishga tayyorlashga qaratilgan. ➖➖➖ В Университете Инха в Ташкенте стартовал краткосрочный курс повышения квалификации «Использование технологий ИИ в государственном управлении» В течение нескольких дней руководители и специалисты, отвечающие за цифровизацию в государственных органах, а также хокимы и их заместители изучают практическое применение ИИ в управленческих процессах. Обучение проходит в формате лекций, практических сессий и проектных презентаций под руководством ведущих экспертов отрасли. Обучение проводят профессора Университета INHA, которые делятся теоретическими знаниями и практическим опытом применения технологий искусственного интеллекта. Курс направлен на формирование современных цифровых компетенций и подготовку управленческих кадров к эффективному использованию ИИ в государственном секторе.

Repost from HumbleBeeAI
Tashabbusdan amaliyotga Hukumatning “Besh million o‘zbek AI promterlari” tashabbusiga javoban, HumbleBeeAI tomonidan aniq va
Tashabbusdan amaliyotga Hukumatning “Besh million o‘zbek AI promterlari” tashabbusiga javoban, HumbleBeeAI tomonidan aniq va tezkor qadam tashlandi. Biz 3 milliondan ortiq global hamjamiyatga ega, dunyoning eng yirik ochiq manbali AI ta’lim platformalaridan biri bo‘lgan Learn Prompting’ning o‘zbek tilidagi versiyasini ishga tushirdik. Endilikda o‘zbek tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilar learnprompting.uz orqali prompt injiniringi bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishlari mumkin. Mutlaqo bepul!
Biz davlat idoralari va vazirliklar bilan hamkorlikka ochiqmiz va ushbu platformani mamlakat bo‘ylab keng yoyishda birgalikda ishlashga tayyormiz.
AI savodxonligi tushunishdan boshlanadi. Tushunish esa ona tili bilan bo'ladi. Batafsil: learnprompting.uz 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱 Instagram

Universitetimizda (Inha in Tashkent) yakuniy imtixon haftasi boshlanyapti. Men o’zim dars beradigan (AI) fanimdan, semester oxirida talabalarga AI loyiha bajarib topshirishlarini talab qilaman. Bu juda muhim deb o’ylayman. Sababi talabalar olgan bilimini amaliyotga qo’llashga harkat qiladi va o’rganadi. Bunga qo’shimcha loyihani bajarish vaqtida amaliy bilim ham oladi va kelajak karyerasi uchun ham foydali bo’ladi. Loyihalarni qabul qilish vaqtida juda yaxshi loyihalarni ko’ryapman. Yigitlar zo’r 👍. Videodagi loyiha menga yoqqan AI loyihalardan biri bo’ldi. ‘Smart voice assistant’ bu loyiha ovoz orqali bir necha vazifalarni bajarishga yordam beradi. Bu vazifalardan biri chiroqni yoqib o’chirish. 👉@machine_learning_lab👈

Repost from Sariq Dev
Adham yaxshi mavzuni ko'tarayapti, bugun juda ko'pchilik tayyor SI modellarga API orqali ulanish bilan loyhalar qilayapti va o'zini AI muhandis yoki AI dasturchi deb e'lon qilayapti. Bunday yo'llar bilan butun boshli startuplar ko'tarilayapti va ommaga taqdim etilayapti. Bu yomon emas, lekin uzoq muddatda barqaror (sustainable) yechim emas. Tayyor AI modellar sizni o'ziga bo'glab qo'yadi, siz o'zingizning imkoniyatlaringiz emas, modelning imkoniyatlari bilan chegaralanib qolasiz. Buning o'ziga yarasha afzalliklari ko'p, lekin kamchiliklari ham kam emas. Eng avvalo bu narx. Vaqt o'tib, foydalanuvchilar soni oshganda siz o'zingiz emas 3-tomon uchun (google, openai, anthropic) ishlayotganingizni bilib qolasiz. Siz hali foydaga kirmagan bo'lishingiz mumkin, lekin 3-tomon o'z pullarini har oy talab qilib turadi. To'lov kechiksa, millionlab mijozlarni yo'qotasiz. Ikkinchi muammo - mijozlarga yangi taklif berishingiz modelning imkoniyatlari bilan chegaralanadi. Mijoz esa o'zi uchun xos yechimlar talab qilishi mumkin. Bu esa hech bo'lmaganda tayyor open-source (ochiq kodli) modelni qayta o'qitish yoki butunlay 0 dan qurishni ham talab qilishi mumkin. Bizda tajribada bu ko'p bo'ladi, ayniqsa davlat tashkilotlari SI "o'ziniki bo'lishini", shaxsiy, mahfiy yoki ichki ma'lumotlar tashqi SI tizimlariga yuborilishini xohlashmaydi. Bu esa sizdan mutlaqo boshqa bilim va ko'nikmalarni talab qiladi. Xulosa qilib aytganda, SI integrator bo'lish albatta yaxshi, hech bo'lmaganda SI imkoniyatlarini sinab ko'rish, g'oyani tezda MVP (minimal dastur) ko'rinishiga olib kelish uchun juda qulay. Lekin SI bilan jiddiy shug'ullanaman deganlar uchun albatta SI muhandis bo'lishni tavsiya qilgan bo'lar edim. Adham tez kunlarda muhandis bo'lish uchun roadmap e'lon qilar ekan, demak kanalga ulanib roadmapni kutamiz.

Nano Banana — sun’iy intellekt yordamida ijod qilish yangi darajada Google DeepMind tomonidan ishlab chiqilgan Nano Banana — matndan rasmga (text-to-image), shuningdek mavjud rasmga tahrir (image-to-image) yordamida suratlar yaratish va tahrirlashga mo‘ljallangan AI platformasi. 🔧Asosiy imkoniyatlari: 👉Matnli tavsif (prompt) asosida rasm yaratish yoki mavjud rasmni o‘zgartirish. 👉Ko‘p rasmli kombinatsiya, fon o‘zgartirish, vizual uslublar, filtrlar va boshqa ijodiy effektlar. 👉Yaratuvlikni tez va qulay amalga oshirish — oddiy Photoshop/illustrator bilmasdan ham professional ko‘rinishdagi rasmlar hosil qilish. 👉Tijoriy foydalanish uchun litsenziya: agar siz kontent yaratuvchi, dizayner yoki biznes egasi bo‘lsangiz — Nano Banana sizga tijoriy loyihalarga (reklama, brend vizual, ijtimoiy media postlari va hokazo) mos rasm yaratish imkoniyatini beradi. 💡Nima uchun e’tibor qaratish kerak? 👉Agar siz blog, Telegram kanali, ijtimoiy media yoki dizayn loyihalari bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz — Nano Banana sizning ijodingizni sezilarli darajada tezlashtiradi. 👉Vizual kontent ehtiyoji bosqichida bo‘lganlar (dizaynerlar, kontent yaratuvchilar, freelancerlar) uchun — bu qulay, oddiy va samarali vosita. 👉Rasmiy dizayner yoki grafik muharrir bo‘lmasangiz ham — oddiy prompt yozish orqali professional ko‘rinishdagi ijodiy rasm yarata olasiz. Ushbu postni blogger tanishlaringizga yuborib qo'ying. ✈️ Misol: quyida maxsus promt berilgan, uning natijasini quyidagi videoda ko'rishingiz mumkin.
prompt: two people floating mid-air against a vast blue sky, viewed from a low angle, soft warm sunlight, wearing casual vintage clothes one in blue trousers, one in green jeans both weightless and free, 10 birds soaring around them, clouds softly scattered, dreamy and cinematic atmosphere, evoking freedom and serenity, realistic motion blur, warm pastel tones, soft golden light, natural skin tones, poetic surrealism, ethereal visual style, ultra-detailed, photorealistic, shallow depth of field, high dynamic range, captured during golden hour, airy composition, evokes emotion and calm, cinematic film still aesthetic Low angle, that camera slightly orbits around them 
👉@machine_learning_lab👈

Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi: – "Nvidia" kompaniyasi bilan superkompy
Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi: – "Nvidia" kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi; – maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi; – Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi; – yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi. – 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi; – har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi. Facebook|Instagram|X

O’rtoqlar! Diqqat!!! ⚠️ OpenAI xakerlik hujumiga uchradi. Agar siz ularning API xizmatlaridan foydalangan bo'lsangiz, xakerlar endi sizning ismingiz, joylashuvingiz, foydalanuvchi identifikatoringiz va boshqa ma'lumotlaringizni olishlari mumkin. Manba. 👉@machine_learning_lab👈

​​📌 Oktyabr oyida AQSH so‘nggi 22 yil ichida ishdan bo‘shatishlarning eng keng ko‘lamli to‘lqinini boshdan kechirdi. "Challenger"ning 2025-yil oktyabr oyidagi AQSH mehnat bozori holati to‘g‘risidagi yangi hisobotiga ko‘ra, Amerika kompaniyalari 153 ming ish o‘rnini qisqartirishini e’lon qildi. Bu o‘tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan 175% ga, o‘tgan oyga nisbatan esa 183% ga ko‘pdir. Aslida, bu 2003-yildan beri oktyabr oyi uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2025-yil boshidan beri qisqartirishlarning umumiy soni allaqachon 1 milliondan oshdi. Challenger, Gray & Christmas - bu karyera bo‘yicha konsalting sohasidagi nufuzli Amerika kompaniyasi. Kompaniya 1966-yildan beri faoliyat yuritadi, Shimoliy Amerika bo‘ylab ofislarga ega va yetakchi ommaviy axborot vositalarida iqtibos keltirilgan qisqartirishlar va kadrlar qo‘nimsizligi to‘g‘risidagi hisobotlarni muntazam ravishda nashr etadi. Mehnat bozoriga bir nechta omillar ta’sir ko‘rsatmoqda: koviddan keyingi ishga yollashdagi o‘sishni to‘g‘rilash, iste’mol va korporativ xarajatlarni sekinlashtirish va eng muhimi, sun’iy intellektni joriy etish. Birgina oktyabr oyining o‘zida AI 31 ming ish o‘rni qisqarishining bevosita sababi sifatida ko‘rsatilgan. Yil boshidan buyon esa bu ko‘rsatkich 48 mingdan oshdi. Shu bilan birga, sun’iy intellektning ota-onasi bo‘lgan texnologiya sektorining o‘zi ham kuchli bosim ostida. Oktyabr oyida texnologik kompaniyalar 33 ming ishdan bo‘shatish haqida e’lon qildi. Yil davomida sohadagi qisqartirishlar 2024-yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshdi. Biroq, oktyabr oyida ish o‘rinlarini eng ko‘p qisqartirgan soha ombor logistikasi (47 ming ish o‘rni) bo‘ldi. Challenger buni avtomatlashtirishning avj olishi bilan bog‘laydi. Ishdan bo‘shatishlar o‘sib borar ekan, yangi xodimlarni yollash bilan bog‘liq vaziyat ham yaxshi ko‘rinmaydi. Bu yilgi ishga yollash rejalari o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga pasayib, 2011-yildan beri eng past darajaga yetdi. Hatto mavsumiy yollash ham Challenger 2012-yilda ushbu ma’lumotlarni kuzata boshlaganidan beri eng past ko‘rsatkichda. 👉@machine_learning_lab👈

Repost from N/a
#xajviya Yoshligimda pulim yo’q edi, kambag’al edim. Mana uzoq yillar mashaqqatli mehnat, intilish va harkatlardan so’ng yoshligim ham yo’q endi… 👉@oybek_eraliyev👈

SI umidlarni oqlamadi: kompaniyalar ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qaytarmoqda Tadqiqotda tashkilotlarning qariyb 95 foizi su
SI umidlarni oqlamadi: kompaniyalar ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qaytarmoqda Tadqiqotda tashkilotlarning qariyb 95 foizi sun’iy intellektni joriy etishdan hali sezilarli moliyaviy foyda olgani yo‘qligi ta’kidlanmoqda. 👉 https://kun.uz/71787746 Kun.uz rasmiy kanali

Repost from Xushnudbek.uz
AI500! — O‘zbekistonning yirik sun’iy idrok hakatonlaridan biri! Sun‘iy idrok yordamida insonlar hayotini o‘zgartiradigan mahsulot yaratmoqchi bo‘lganlar uchun imkoniyat! Sovrin jamg‘armasi — 500 mln so‘m: 1-o‘rin — 200 mln so‘m; 2-o‘rin — 150 mln so‘m; 3-o‘rin — 100 mln so‘m. Qolgan 50 mln so‘m 5 ta jamoa o‘rtasida taqsimlanadi. Ishtirokchilar soni 1 nafardan 5 nafargacha bo‘lishi mumkin, yosh chegarasi esa 16 yoshdan yuqori. Hakatonning final bosqichi 13-dekabr kuni Toshkent shahri Agrobank bosh ofisida o‘tkaziladi. Finalda qatnashuvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratilgan: • Oʻz mahsulotini taqdim etish va sotish; • Agrobank’dan ish taklifi olish; • UDEA universitetida o‘qish uchun grant yutish hamda Agrobank va IT Community sertifikatlariga ega bo‘lish. Ro‘yxatdan o‘tish 25-noyabrgacha davom etadi. Batafsil Reklama