cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

𝗔𝗟𝗚𝗢𝗥𝗜𝗧𝗠

Assalomu alaykum ! Repetitor Matematik Shohrux Ismoilov kanaliga Xush kelibsiz !!! KANALIMIZDA: 📌 DTM TESTLARI 📌 QIZIQARLI SAVOLLAR 📚 FOYDALI KITOBLAR Sizlar uchun berib boriladi !!! Murojaat uchun: @shohrux_ismoilov_0207

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 647
مشترکین
-224 ساعت
-137 روز
-6730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Ertaga imtihonga kiruvchilarga omad ✊ "You are uniqe"
نمایش همه...
2🔥 2
❓Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi? #abituriyent 3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat); 2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat). Jami: 180 daqiqa (3 soat). ➖ Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha mutaxassislik fani uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi; ➖ Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun 20 daqiqa chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi; ➖ Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi. ❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
MAJBURIY MATEMATIKA 2024 ABROR+.pdf4.73 MB
To'plamning elementlari soni n ta bo'lsin: 1) To'plamning qism to'plamlari soni 2ⁿ ga teng. 2) To'plamning kesishmaydigan qism to'plamlari soni 2ⁿ⁻¹ ga teng. 3) To'plamning bo'sh bo'lmagan qism to'plamlar soni 2ⁿ - 1 ga teng. 4) To'plamning xos qism to'plamlar soni 2ⁿ - 2 ga teng. 5) Har qanday to'plamning 2 ta xosmas qism to'plami mavjud. Masalan: Bizga ushbu А={1,2,3,4,5,6} to'plam berilgan bo'lsin, uning elementlari soni 6 ta. 1) Qism to'plamlari soni: 2⁶=64 ta. 2) Kesishmaydigan qism to'plamlari soni: 2⁵=32 ta. 3) Bo'sh bo'lmagan qism to'plamlari soni: 2⁶-1=63 ta. 4) Xos qism to'plamlari soni: 2⁶-2=62 ta. (Bo'sh to'plam va o'zi hisobga olinmaydi). 5) Xosmas qism to'plamlari soni: 2 ta. @matematik_isbot_05
نمایش همه...
3👍 1👏 1
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi! Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi. Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi. Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi. Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi. ❓Nega qalam talabi qo‘yilgan? Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak. Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
🎲 “Hisoblashga oid testlar” testi 🖊 10 ta savol · ⏱ 2 daqiqa
نمایش همه...
👍 2🔥 1
⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik 🖥 2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. 📌 Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 864 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar). 👨‍💼🧑‍💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 400 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi. ✅ Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan. 🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 🪕👮‍♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan. ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi. 🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. ❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi. 🔑 Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi. ☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda. ✅ Qabul jarayoniga oid mavzulashtirilgan videoroliklar (o‘zbek va rus tillarida surdotarjima bilan) tayyorlanib, e’lon qilib borilmoqda. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
Bilimni baholash agentligi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 [email protected] 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

2
25. Burchaklar - 1..pdf5.46 KB
28. Uchburchaklar - 4..pdf5.31 KB
6. Trigonometrik tenglamalar 2..pdf5.39 KB
11. Romb va kvadrat..pdf6.40 KB
9. Qavariq to`rtburchak..pdf7.33 KB
10. Parallelogramm.pdf6.61 KB
12. Trapetsiya 1..pdf5.47 KB
26. Uchburchaklar - 2..pdf5.81 KB
13. Trapetsiya 2..pdf4.97 KB
29. Uchburchaklar - 5..pdf4.98 KB
👍 1 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
👍 2
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.