PACEMAKER | 2.0 |
رفتن به کانال در Telegram
Fundamental fanlar Klinik fanlar Tez tibbiy yordam ko'rsatish ESC tavsiyalari asosida bilimlarga ega bo'ling. Kanal manzili:👇 https://t.me/PACEMAKER_2 Instagram: cardio_arrythmology https://www.youtube.com/@Pacemaker_academy
نمایش بیشتر4 800
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+187 روز
+1430 روز
آرشیو پست ها
4 801
#EKG_Kardiologiya
📘 Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi klinik protokollari bo‘yicha qo‘llanma.
❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
4 801
Assalomu alaykum ustoz kitobni oldim tanishib chiqdim. Bunaqa sodda yozilgan kitoblar kam. Ertaroq sotib olmaganimga hozirgacha afsusdaman. Bizga o’xshagan dangasa talabalarga shunaqa sodda yozilgan kitoblar kerak. Yana shunga o’xshash kitoblarni kutib qolamiz. Alloh ilmizi ziyoda qilsin)
4 801
🛬 Umumiy siydik tahlili natijalari: norma va patologik holatlar sabablari
✅ Siydik rangi
Norma: Somonrang – bu rang suyuqlik yetarli iste’mol qilinganini, metabolizmda muvozanat borligini bildiradi.
To‘q sariq – Dehidratatsiya, ya’ni organizmda suyuqlik yetishmovchiligi (issiqda ko‘p terlash, qusish, diareya).
Rangsiz yoki juda och – Qandli diabet, qandsiz diabet, diurezning ortishi (masalan, furosemid qabul qilganda).
Achchiq qora choy rangiga o‘xshash – Parenximatoz sariqlik (gepatozellulyar shikastlanish), masalan, gepatit yoki jigar yetishmovchiligi.
Qizil yoki pushti – Gematuriya belgisi; sabablari: urolitiaz, sistit, glomerulonefrit, buyrak infarkti, siydik pufagi yoki buyrakning o‘sma kasalliklari.
Qora – Alkaptonuriya (homogentizin kislotasi to‘planishi), Melanoma (melaninli o‘sma), Makiafa–Mikkeli kasalligi.
✅ Siydikning tiniqligi
Norma: Shaffof – sog‘lom odamda siydikda erimaydigan modda yo‘qligini bildiradi.
Xira – Tuzlar, oqsillar, bakteriyalar, leykotsitlar, epitelial hujayralar yoki silindrlar mavjudligi, ya’ni yallig‘lanish yoki kristalluriya belgisi.
✅ Nisbiy zichlik (SG – specific gravity)
Norma: 1012–1020 g/l
Bu ko‘rsatkich buyraklarning kontsentratsiya qobiliyatini ko‘rsatadi.
Past (≤1010) – Qandsiz diabet, buyrak yetishmovchiligi, suyuqlikni haddan ziyod qabul qilish, buyraklar konsentratsiya funksiyasi buzilishi.
Yuqori (≥1030) – Qandli diabet, nefrotik sindrom, toksikoz (homiladorlikda), glyukoza, oqsil yoki eritrotsitlarning ko‘pligi, diuretiklar yoki antibiotiklar qabul qilish, suvsizlanish.
✅ Oqsil (proteinuriya)
Norma: ≤0.033 g/l
Ko‘paygan – Glomerulonefrit, diabetik nefropatiya, nefrotik sindrom, sistit, yurak yetishmovchiligi, allergik reaksiyalar. 3 g/l dan oshganda nefrotik sindrom ehtimoli yuqori bo‘ladi.
✅ Glyukoza (glikozuriya)
Norma: Mavjud emas.
Mavjudligi – Qandli diabet, kushing sindromi, feoxromotsitoma, buyrak glyukozuriyasi (renal glyukozuriya), homiladorlik diabeti. Fiziologik glyukozuriya ham ba’zida kuzatiladi (stress, shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish).
✅Keton tanachalari (ketonuriya)
Norma: Mavjud emas.
Mavjudligi – Diabetik ketoatsidoz, ochlik, proteinli/keto dietalar, homiladorlik toksikozi, tireotoksikoz, Itsenko–Kushing sindromi, jigar yetishmovchiligi, og‘ir infeksiyalar.
✅ Bilirubin
Norma: Yo‘q.
Mavjudligi – Gepatit, jigar tsirrozi, o‘t yo‘llari obstruksiyasi, gepatotoksik moddalardan zaharlanish, gemolitik holatlar (masalan, malyariya, Vilyebrand kasalligi).
✅ Gemoglobin
Norma: Yo‘q.
Mavjudligi – Gemolitik anemiya, ichki gemoliz, kuyishlar, miokard infarkti, sulfanilamidlar yoki zaharli moddalar bilan zaharlanish, gemoglobinuriya.
✅ Leykotsitlar (leykotsituriya)
Norma: 0–3 (erkaklarda), 0–6 (ayollarda) / ko‘rish maydonida.
Ko‘paygan – Pielonefrit, glomerulonefrit, sistit, prostatit, uretrit, prostata saratoni, urolitiaz, immun kasalliklar.
✅ Eritrotsitlar (gematuriya)
Norma: 0–3 / ko‘rish maydonida.
Ko‘paygan – Glomerulonefrit (dismorfik eritrotsitlar), nefrolitiaz, travma, o‘sma, nefropatiyalar, qon aralashgan hayz davrida noto‘g‘ri to‘plangan namunada ham ko‘rinishi mumkin.
✅ Epitelial hujayralar
Norma: ≤10 / ko‘rish maydonida.
Ko‘paygan – Sistit, uretropielit, buyrak tubulopatiyalari (nefrozlar), noto‘g‘ri yig‘ilgan tahlil (ayollarda).
✅ Tuzlar (kristallar)
Norma: Aniqlanmaydi.
Mavjudligi – Oksalatlar, uratlar, fosfatlar: podagra, buyrak tosh kasalligi, suvsizlanish, kislotali muhit, siydik kislotasi diatezi. Chaqaloqlarda fiziologik bo‘lishi mumkin.
✅ Bakteriyalar va zamburug‘lar
Norma: Yo‘q.
Mavjudligi – Infeksion kasalliklar: sistit, uretrit, pielonefrit, prostati, vulvovaginit. Noto‘g‘ri yig‘ilgan namunada ham soxta musbat natija bo‘lishi mumkin.
@doctor_med_uz
4 801
#FetalCirculation #Tibbiyot #MedicalEducation #Embriologiya
📌 Fetal qon aylanishi – bu homilaning hayotiy muvozanati bo‘lib, tug‘ruqdan keyin normal qon aylanish tizimiga o‘tish uchun muhim ahamiyatga ega!
📌 Fetal Qon Aylanishi: Homiladagi Hayotiy Muvozanat
👶 Homila bachadonda rivojlanayotgan paytda uning qon aylanish tizimi tug‘ilgan chaqaloqnikidan farq qiladi. Tug‘ilishdan oldin homila mustaqil nafas olmaydi, shu sababli o‘pkadan chetlab o‘tuvchi maxsus shunt tizimi orqali kislorod va oziq moddalar onadan plasenta orqali qabul qilinadi.
🩸 Fetal qon aylanishining bosqichma-bosqich yo‘nalishi
1️⃣ Plasenta → Ona qonidan kislorod va oziq moddalarni qabul qiladi, karbonat angidrid va chiqindi moddalarni chiqaradi.
2️⃣ Umbilikal vena (kindik venasi) → Kislorodga boy qon plasentadan homilaga oqadi.
3️⃣ Ductus venosus (DV) → Umbilikal venadan kelgan qonning katta qismi jigarni chetlab o‘tib bevosita quyi kovak venaga (IVC) yo‘naltiriladi.
4️⃣ Quyi kovak vena orqali qon o‘ng bo‘lmachaga keladi.
5️⃣ Foramen ovale (FO) → Chap va o‘ng bo‘lmachalar o‘rtasidagi teshik orqali qon bevosita chap bo‘lmachaga o‘tadi. Bu esa o‘pkadan chetlab o‘tib yurakning chap qismiga ko‘proq oksigenlangan qon kelishini ta’minlaydi.
6️⃣ Chap bo‘lmacha → Chap qorincha → Aorta orqali kislorodga boy qon butun tanaga tarqaladi.
7️⃣ O‘ng bo‘lmachaga kelgan qonning bir qismi o‘ng qorincha orqali o‘pka arteriyasiga yo‘naltiriladi.
8️⃣ Ductus arteriosus (DA) → O‘pka arteriyasidan o‘tayotgan qon to‘g‘ridan-to‘g‘ri aortaga o‘tadi, chunki o‘pkalar hali rivojlanmagan va qon o‘pkaga katta miqdorda ketmaydi.
9️⃣ Aorta → Tanadan qaytgan qon → Umbilikal arteriyalar orqali plasentaga yo‘naltiriladi va onadan yangi kislorod olish jarayoni takrorlanadi.
🫁 Tug‘ilgandan keyin qanday o‘zgaradi?
👶 Chaqaloq birinchi nafasni olganidan keyin:
✅ O‘pka ochiladi, kislorod almashinuvi mustaqil boshlanadi.
✅ Foramen ovale yopiladi (bosim o‘zgarishi sabab).
✅ Ductus arteriosus yopiladi (prostoglandin darajasi pasayadi).
✅ Ductus venosus yopiladi, jigarning qon aylanishi normallashadi.
@uzmeditsina 🫀
4 801
Bugun erta nashr tomonidan ,, Fundamental aritmologiya" kitobini chegirma qilib chiqarib berishadi.
Shu munosabat bilan 20 % chegirma bilan kitoblar dastafka qilib beriladi.
Murojaat: @pacemaker_admin
4 801
#UASH
✅ Umumiy amaliyot vrachi qo‘llanmasi (2011-yil)
▪︎Akusherlik va ginekologiya
▪︎Otorinolaringologiya
▪︎Xirurgiya
▪︎Pediatriya
▪︎Nevrologiya
▪︎Travmatologiya
▪︎Shoshilinch holatlar
Yuqoridagi sohalar bo‘yicha UASH ning ish taktikasi zo‘r yoritib berilgan.
Foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashib qo'ying !
Dr.Ibrakhimov Tursunboy
