fa
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

کانال بسته

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Pulli Gap

کانال Pulli Gap در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 34 244 مشترک است و جایگاه 3 557 را در دسته اقتصاد و امور مالی و رتبه 2 331 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 34 244 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 14 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -1 087 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -30 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 33.51% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 11.41% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 11 474 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 3 906 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 38 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 15 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اقتصاد و امور مالی تبدیل کرده‌اند.

34 244
مشترکین
-3024 ساعت
-2837 روز
-1 08730 روز
آرشیو پست ها
Pulli Gap
34 195
Kredit olish — orzu bilan qo‘rquv o‘rtasidagi nozik chiziq. Kimdir uni yangi imkoniyat deb ko‘radi, kimdir esa “qarz tuzog‘i” deb qo‘rqadi. Bu safar biz shu mavzuni chuqurroq ko‘rib chiqdik. 🎙 Suhbatdoshimiz — Xalqaro Nordik instituti dotsenti, professor Mirzaqul To‘rayev. Suhbat davomida: 💵 Pulni dollarda saqlash yaxshimi yoki so‘mda? 📈 Passiv daromadga erishishning haqiqiy yo‘llari qanaqa? 🔥 Inflyatsiya aslida bizning pulimizni qanday “yeydi”? 📱 Onlayn kredit — qulaylikmi yoki tuzoqmi? 💡 Professor To‘rayev moliyaviy qarorlarni to‘g‘ri qabul qilish, riskni boshqarish va daromadni barqaror ushlab turish bo‘yicha hayotiy, sodda va foydali maslahatlar berdi. Suhbatni o‘tkazib yubormang: https://youtu.be/65g4Hc-bD3c?si=xe-nLJlcVznuzezf

Pulli Gap
34 195
Moliyaviy yostiqcha kerakmi? 💸 Moliyaviy yostiqcha — bu kutilmagan holatlar uchun tayyorlab qo‘yilgan pul zaxirasi. Ya’ni, h
Moliyaviy yostiqcha kerakmi? 💸 Moliyaviy yostiqcha — bu kutilmagan holatlar uchun tayyorlab qo‘yilgan pul zaxirasi. Ya’ni, hayotingizda birdaniga yuzaga keladigan xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘. ❓ Xo'sh, nima uchun moliyaviy yostiqcha kerak? Hayotda har doim kutilmagan vaziyatlar bo‘lishi mumkin: tibbiy xarajatlar, mashinani ta’mirlash, ish yo‘qotish yoki boshqa favqulodda holatlar. ✅ Agar moliyaviy yostiqchangiz bo‘lsa, siz bu holatlarda qarzga botmaysiz va tinchroq bo‘lasiz. ✅ Moliyaviy stress kamayadi, hayotingizda barqarorlik bo‘ladi. Moliyaviy yostiqcha kerak ekan, lekin uni qanday yaratish mumkin? 🧾Har oy daromadingizning bir qismini alohida hisobga ajrating. Bu 5–10% bo‘lishi ham mumkin. ↗️ Pulni uyda naqd holda saqlash o‘rniga, bankda alohida hisob yoki omonat oching. 👌 Bu mablag‘ni kundalik xarajatlar uchun emas, faqat favqulodda holatlarda ishlating. Qancha mablag‘ bo‘lishi kerak? Odatda, kamida 3-6 oylik daromadingiz miqdorida pul zaxirasi bo‘lishi tavsiya etiladi. Masalan, agar oyiga 2 million so‘m daromadingiz bo‘lsa, 6 milliondan 12 million so‘mgacha pul jamg‘arish yaxshi. Buni boshlash uchun hech qachon kech emas! Kichik summalardan boshlab, asta-sekin moliyaviy yostiqchangiz miqdorini oshiring. Bu sizni qiyin kunlarda himoya qiladi va ruhiy osoyishtalik beradi. ⚡️ Agar moliyaviy savollaringiz bo‘lsa yoki yordam kerak bo‘lsa, “Pulli gap” kanaliga obuna bo‘ling — moliyaviy maslahatlar va foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
Bir mahsulot — ikki xil narx: nega shunday? ❓ Nega bozor va supermarketda bir xil mahsulot turlicha narxda sotiladi? Shu savolga javob — “Pulli Gap”ning yangi sonida! • Nima uchun bozordagi narx past, supermarketda esa biroz qimmatroq? • Sifat va narx o‘rtasidagi bog‘liqlik aslida qanday ishlaydi? • Va eng muhimi — tanlov sizniki: vaqt, qulaylik yoki arzonlik? 👉Batafsil: https://youtu.be/H8YpbClfz7Y?si=LuJSGL6kONSq1_ah

Pulli Gap
34 195
Kredit karta — do‘stmi yo dushman? Kredit karta — bu sizda yo‘q pulni vaqtincha ishlatish imkoniyati. Ya’ni, bank sizga ma’lu
Kredit karta — do‘stmi yo dushman? Kredit karta — bu sizda yo‘q pulni vaqtincha ishlatish imkoniyati. Ya’ni, bank sizga ma’lum miqdorda pul beradi va sizning ishonchingizga tayangan holda harakat qiladi. Bu imkoniyatdan aqlli foydalansangiz, sizga foyda keltiradi. Ammo, kredit kartasidan to‘g‘ri foydalanish shart va zarur. Sizga quyida 6 ta muhim qoida keltirib o'tamiz: 1️⃣Karta – bu sizning pulingiz emas Kredit kartadan foydalanganingizda, pul sizniki emas, bankniki ekanligini yodda tuting. Bu – qarz va uni albatta qaytarishingiz kerak. Uni o‘z pulingiz deb hisoblab sarflash — eng katta moliyaviy xatolik. 2️⃣ Har oy imkon qadar to‘liq to‘lang Bank sizga har oyda minimal to‘lov miqdorini yuboradi. Lekin faqat shu miqdorni to‘lasangiz, asosiy qarz qoladi va foizlar yig‘ilaveradi. Agar imkoningiz bo‘lsa, har oy qarzni to‘liq yoping. 3️⃣ Kechtirmang! To‘lovni o‘z vaqtida qilmaslik — bu nafaqat qo‘shimcha foizlar, balki kredit tarixingizga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa keyinchalik boshqa kredit olishda muammo tug‘diradi. 4️⃣ Kredit kartani har kuni ishlatmang Kredit kartani har kungi xarajatlar uchun emas, balki zarurat uchun saqlang. Masalan: tibbiy xarajatlar, vaqtinchalik pul yetishmasligi, ish haqi kechikayotgan bo‘lsa. 5️⃣ Keshbek va aksiyalarga aldanmang Karta orqali bonuslar, keshbeklar bo‘ladi. Lekin bu uchun ortiqcha, kerak bo‘lmagan narsalarni xarid qilish — foyda emas, zarar. Har doim savdoni reja bilan qiling. 6️⃣ Limit bu imkon emas, mas’uliyat Karta limitini “mening pulim” deb emas, “qarz olishim mumkin bo‘lgan maksimal miqdor” deb qarang. Bu sizga moliyaviy intizom beradi. Kredit kartadan to‘g‘ri foydalansangiz, sizga qulaylik beradi. Lekin nazoratni yo‘qotsangiz — moliyaviy muammolarga olib keladi. Shuning uchun har doim: ✔️ Reja bilan harakat qiling ✔️ Keraksiz sarf-xarajatlardan saqlaning ✔️ Har oyda qarzni vaqtida to‘lang Ushbu postni kredit kartasi bor tanishingizga yuborib qo'ying. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
🏠 Uy-joyni ta’mirlash uchun ipoteka krediti ajratayotgan banklar 😊 Pulli Gap sizga bugungi kunda uy-joylarni ta’mirlash uch
🏠 Uy-joyni ta’mirlash uchun ipoteka krediti ajratayotgan banklar 😊 Pulli Gap sizga bugungi kunda uy-joylarni ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari ajratayotgan banklar haqida ma'lumot beradi. 🏦 Agrobank Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 25% Miqdori – 170 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1216 🏦 Asakabank Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 24,5% Miqdori – 170 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1152 🏦 Xalq banki Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 24% Miqdori – 300 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1106 🏦 Turonbank Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 25% Miqdori – 170 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1220 🏦 Hamkorbank Muddati – 6 yilgacha Foiz stavkasi – 26% Miqdori – 600 mln so‘mgacha Bog'lanish uchuni – 1256 🏦 BRB Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 26% Miqdori – 412 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1254 🏦 InfinBank Muddati – 6 yilgacha Foiz stavkasi – 29,99% Miqdori – 206 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1214 🏦 SQB Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 32% Miqdori – 200 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun– 1180 ❗️Eslatma: Shartlar va stavkalar o'zgarishi mumkin. Kredit olisjdan oldin har doim ma'lumotni bevosita bankdan aniqlashtirish tavsiya etiladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
Repost from Agrobank
🎓 Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni — 1-oktabr, Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 💐 Sizlarning fidoyiligingiz va mehnatingiz tufayli yoshlarimiz bilimli, ma’naviyatli va yurtimizga munosib insonlar bo‘lib voyaga yetmoqda. Sizlar — jamiyat taraqqiyoti va kelajagining asosiy poydevorisiz! 📗 Agrobank jamoasi Sizlarga sihat-salomatlik, farovon hayot, shogirdlaringiz yutuqlaridan quvonish baxti va olijanob mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Agrobank tomonidan jamiyatdagi fidoyi insonlarning hayoti hamda faoliyat yo‘lini yoritishga qaratilgan yangi loyiha "Qahramonlar"! Loyihaning ilk qahramoni - namanganlik Nigora Qo‘chqorova 22 yildan beri ona tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda. 2016-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning metodik tavsiyalari bugun butun respublikada keng qo‘llanmoqda. 📱 To‘liq videoni Agrobank YouTube kanalida tomosha qiling!

Pulli Gap
34 195
1-oktabrdan nimalar o'zgaradi? 😊 Pulli Gap O'zbekistonda 1-oktabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlar
1-oktabrdan nimalar o'zgaradi? 😊 Pulli Gap O'zbekistonda 1-oktabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlarni bir yerga jamladi. 1️⃣O'qituvchilar uchun mukofot puli oshadi Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari faqat 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida (866 250 so‘m) mukofotlanadi. Ilgari o‘qituvchilar 577 500 so‘m miqdorida mukofot olishgan. 2️⃣Skuter va moped haydash uchun haydovchilik guvohnomasi majburiy bo‘ladi Endilikda moped va skuter haydovchilari uchun yangi qoida kuchga kiradi — ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Skuter yoki mopedni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 3,7 BHM (1 525 400 so‘m) qilib belgilangan. O‘quv kurslari esa 2 mln so‘mgacha. Guvohnoma olish uchun davlat boji - 288 400 so‘mni tashkil qiladi. Raqam olish BHMning 1,5 baravari — 618 ming so‘m. Bunda umumiy xarajat deyarli 4,5 mln so‘mdan oshmoqda. 3️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi 1-oktabrdan boshlab Xalq bankida pensiyalarni naqd shaklda berishda Face-ID biometrik identifikatsiya va elektron raqamli imzolardan foydalaniladi. To‘lov oluvchilar to‘lov qaydnomalarini planshetda elektron shaklda imzolashlari mumkin bo‘ladi. Adliya vazirligi Pensiya jamg‘armasi va Xalq bankining elektron so‘roviga ko‘ra biometrik identifikatsiyalash uchun ma’lumotlarni taqdim etadi. 4️⃣Davlat xizmatchilarining xizmat safarlari uchun yagona modul yo'lga qo'yiladi Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi. 5️⃣“Chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolari to‘xtatiladi Vazirlar Mahkamasining 4 sentabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolarini to‘xtatadi. 6️⃣ Aholiga naqd pul shaklida beriladigan ayrim moliyaviy yordamlar ijtimoiy karta orqali ajratiladi Vazirlar Mahkamasining 11-mart kungi qarori bilan Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlangan edi. Qarorga ko‘ra, 2025 yilning 1 oktabridan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan mablag‘lar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
💸 Ta’lim krediti olmoqchimisiz? Yoki ta’lim krediti olishda qiynalyapsizmi? Unda yaqinroq keling! ➡️ Videoda ta’lim kreditini hech qanday ovoragarchiliksiz, uydan chiqmasdan onlayn olish ko'rsatilgan. Postni kontraktga kirgan talabalarga yuborib qo‘ying, bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
💰Pullaringiz bekor turmasin – uni ko‘paytiring E’tibor berganmisiz — hozir ko‘pchilikda muammo bitta: pulni ushlab qolish qi
💰Pullaringiz bekor turmasin – uni ko‘paytiring E’tibor berganmisiz — hozir ko‘pchilikda muammo bitta: pulni ushlab qolish qiyin, uni ko‘paytirish esa undan-da qiyinroq. Shuning uchun ham, ko‘pchilik topganini kunlik ehtiyojlarga sarflab yuboradi. Ammo aslida bu muammoni soddaroq hal qilish mumkin. Qanday? 👍 Pul ishlasin. Siz emas. Hozir turgan pulingiz nima qilmoqda? To‘g‘risi – hech narsa. U shunchaki karta yoki hisobda jim turibdi. Hech qanday foyda keltirmayapti. Siz u uchun ishlagandirsiz, lekin u siz uchun ishlamayapti. Endi esa tasavvur qiling: shu pul omonatga qo‘yildi. Har oy oxirida u oz-ozdan o‘sib boradi. Siz esa tinchgina o‘z ishingizni davom ettirasiz. Ana shunda pul siz uchun ishlay boshlaydi. 👍 Omonat — bu moliyaviy odob Ko‘pchilik "omonat" deganda faqat katta pullarni tasavvur qiladi. Lekin aslida har qanday miqdor bilan boshlash mumkin — hatto 100 ming so‘mdan. Muhimi — pulingiz bekor turmasin. Harakatda bo‘lgan pulgina o‘zini oqlaydi. 👍 Omonat – bu: 🪙 Sizning xavfsizlik yostig‘ingiz 🔭Kelajakdagi katta xarajatlarga tayyorgarlik 💰 va boshqalar Banklar bugungi kunda turli xil omonat turlarini taklif qilishmoqda — qisqa muddatli, uzoq muddatli, valyutada yoki so‘mda, foizli va hokazo. Siz faqat o‘zingizga qulayini tanlaysiz. 👍 Omonatning asosiy afzalliklari: 🛡 Pul xavfsiz joyda bo‘ladi 📈 Har oy/yil foiz hisoblanadi 📊 Kerakli paytda yechib olish mumkin (ba’zilarida muddat bilan) Hozirdan boshlab, oz bo‘lsa ham pulni omonatga joylab qo‘yishni odat qiling. Bu nafaqat pulni ko‘paytiradi, balki sizni moliyaviy jihatdan ancha barqaror insonga aylantiradi. ↗️ Pul topish – san’at, uni ko‘paytirish esa mahorat. Agar pulingiz bor bo‘lsa — uni to‘g‘ri yo‘lga soling. Omonatga qo‘ying, ko‘paytiring, baraka qiling. Zero, siz ishlagan pul — siz uchun ham ishlashi kerak. Nima deb o'ylaysiz? TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
📚 Pulli Gap Talk’da — Asaxiy Books asoschisi Firuz Allayev! Noldan kitob biznesini boshlash, sifatni bosh qadriyat qilish va bozorda raqobatga bardosh berish sirlarini ochiqchasiga aytib berdi. 👉 Asaxiy muvaffaqiyati va kitob biznesining ichki jihatlari haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, videoni o‘tkazib yubormang! YouTube'ga havola TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
📌 TOP-5 jarimalar va ulardan saqlanish usullari 😊 Pulli Gap jamoasi haydovchilar eng ko'p uchraydigan TOP-5 yo'l harakati jarimalari, miqdorlari va ulardan qanday saqlanish haqida post tayyorlagan! ➡️ Postni mashinasi bor tanishlaringizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
🤖 Sun’iy intellekt nafaqat yordamchi — balki raqobatchi ham! AI hayotimizni tezlikda o‘zgartirmoqda. Ba’zi kasblar avtomatlashtirilmoqda, boshqalari esa butunlay yangidan paydo bo‘lmoqda. 🎥 "Pulli Gap AI"ning navbatdagi sonida: 🔹 Qaysi kasblar o‘rnini sun’iy intellekt egallaydi? 🔹 Qanday yangi kasblar paydo bo‘ladi? 🔹 Kelajak bizga qanday imkoniyatlar olib keladi? YouTube'ga havola

Pulli Gap
34 195
😮 Siz budjet tashkilotida ishlaysizmi? Unda Agrobankda siz uchun ajoyib imkoniyat bor! 🏦 Agrobank budjet tashkilotlarida is
😮 Siz budjet tashkilotida ishlaysizmi? Unda Agrobankda siz uchun ajoyib imkoniyat bor! 🏦 Agrobank budjet tashkilotlarida ishlovchi ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun "Avans plyus" onlayn mikroqarzni taklif qiladi! 💰 Kredit miqdori — 100 mln so'mgacha ⏰ Kredit muddati — 2 yil ↗️ Foiz stavkasi — 25% 📲 Mikroqarzni Agrobank mobile ilovasi orqali onlayn rasmiylashtirasiz. ➖Batafsil ma'lumot uchun havola ustiga bosing! ❗️Bundan tashqari: ➡️ Agrobank Mobile orqali bank Visa kartalari o’rtasida pul o'tkazmalari mutlaqo bepul; ➡️Agrobank Mobile orqali Uzcard'dan Uzcard'ga va Humo'dan Humo'ga pul o‘tkazishda ham ortiqcha xarajat qilmaysiz. Kartalarga bepul o'tkazmalar limiti: ➖ Barcha byudjet tashkilotlari xodimlari uchun – 10 mln so'm. ➖ Maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga – Uzcard kartalari o'rtasida oyiga 5 mln so'm, Humo o'rtasida 10 mln so'm. 📌 Aytgancha, barcha xodimlar uchun Agrobank bankomatlari orqali naqd pul yechish atigi 0,5%, vazirlik bosh binosi va viloyat boshqarmalari binosiga o'rnatilgan bankomatlardan esa 0% ni tashkil qiladi. ➡️Postni budjet tashkilotlarida ishlaydigan tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
❗️Kiberxavfsizlik bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb! "Pulli Gap Talk" loyihasining navbatdagi sonida biz kiberxavfsizlik markazi mutaxassisi bilan quyidagi mavzularni muhokama qildik: 🔐 APK fayllar orqali tarqaladigan xavf-xatarlar 🦠 Telefoningizga virus tushsa, nima qilish kerak? 💻 Kiberjinoyatlar qanday sodir bo‘ladi va ulardan himoyalanish yo‘llari 📌 Telefoningizni va shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilmoqchimisiz? Unda ushbu videoni albatta tomosha qiling! You Tube havola

Pulli Gap
34 195
📌 Tadbirkorlar uchun kam foizli mikrokreditlar 😊 Pulli Gap tadbirkorlar uchun kam foizli mikrokredit berayotgan banklar ro'
+9
📌 Tadbirkorlar uchun kam foizli mikrokreditlar 😊 Pulli Gap tadbirkorlar uchun kam foizli mikrokredit berayotgan banklar ro'yxatini tuzib chiqdi. ➡️ Postni tadbirkor tanishlaringizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
📌 Tadbirkorlar uchun kam foizli mikrokreditlar 😊 Pulli Gap tadbirkorlar uchun kam foizli mikrokredit berayotgan banklar ro'
+9
📌 Tadbirkorlar uchun kam foizli mikrokreditlar 😊 Pulli Gap tadbirkorlar uchun kam foizli mikrokredit berayotgan banklar ro'yxatini tuzib chiqdi. ➡️ Postni tadbirkor tanishlaringizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
🔐 Qanday qilib onlayn to‘lovlaringizni xavfsiz qilish mumkin? 😊Raqamli to‘lovlar hayotimizni ancha osonlashtirdi: kommunal
🔐 Qanday qilib onlayn to‘lovlaringizni xavfsiz qilish mumkin? 😊Raqamli to‘lovlar hayotimizni ancha osonlashtirdi: kommunal to‘lovlardan tortib, xaridlar, pul o‘tkazmalari, xizmatlar uchun to‘lov — barchasi bir necha daqiqada amalga oshadi. Lekin bu qulaylik ortida xavfsizlik muammosi ham bor. 📌 Shaxsiy ma’lumotlar, kartadagi mablag‘, kodlar — bularning barchasi firibgarlar nishoniga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham har bir foydalanuvchi onlayn to‘lovlar xavfsizligi haqida bilishi shart. ⬇️Quyidagi oddiy, ammo muhim maslahatlar sizni keraksiz xatarlardan himoya qiladi: 1️⃣ Faqat ishonchli manbalardan foydalaning To‘lovlarni faqat rasmiy ilovalar yoki saytlar orqali amalga oshiring. Hech qachon noma’lum havolalar orqali kartangiz yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang. 2️⃣ Parollaringizni sir saqlang SMS orqali kelgan tasdiqlov kodlari, ilova parollari, karta ma’lumotlari — faqat sizga tegishli. Bank yoki to‘lov tizimlari sizdan hech qachon kod yoki CVV so‘ramaydi. Agar kimdir “biz call-markazdanmiz” deb so‘rasa — bu firibgarlar! 3️⃣ Mobil qurilmangizni himoyalang Telefoningizga PIN, Face ID yoki barmoq izi orqali kirishni yoqing. Aks holda, telefoningiz yo‘qolganida yoki begonalarning qo‘liga tushganida — to‘lovlaringiz xavf ostida qoladi. Shuningdek, to‘lov ilovalaringizda alohida kirish parolini faollashtiring. 4️⃣ Jamoat Wi-Fi tarmoqlaridan ehtiyot bo‘ling Restoran, kafelar, savdo markazlaridagi ochiq Wi-Fi orqali to‘lov qilmaslikka harakat qiling. Bunday tarmoqlar himoyasiz bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz osonlikcha qo‘lga tushishi mumkin. Agar zarurat bo‘lsa — VPN orqali ulanishingiz tavsiya etiladi. 5️⃣ Har bir tranzaksiyani tekshirib boring Bank ilovalaringizdagi "Tranzaksiyalar tarixi" bo‘limini muntazam ko‘zdan kechiring. Agar siz bajarmagan to‘lovlar yoki shubhali harakatlar ko‘rsangiz — darhol bankingizga yoki to‘lov tizimiga murojaat qiling. Onlayn to‘lovlar — bu qulaylik. Lekin bu qulaylik faqatgina xavfsizlik bilan birga bo‘lgandagina to‘liq ishlaydi. 🫰 To‘lovlar uchun ishonchli platformalardan foydalaning, ma’lumotlaringizni himoyalang va ehtiyotkor bo‘ling. Pulli Gap'ni doimo kuzatib boring. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
🔥 "Reklama bilan bozorni egallash mumkin..." — Farrux Sharif bilan ilhomlantiruvchi suhbat! 🎙 Sizni Pulli Gap Talk #3 kutmoqda — bu safar kreativlik, jamoaviy ruh va reklama san’ati haqida chuqur suhbat! ❓ Nima haqida gaplashamiz? • Kreativlik — bu reklama emas, bu — bozorga hujum qilish san’ati • “Pepsi: TA’MLAR JANGI”, “Ishonch: CHARCHAMA” — yodda qolarli roliklar qanday yaratilgan? • Ijodiy jamoa bilan ishlash: motivatsiya, sadoqat va g‘oya kuchi 🎯 Farrux Sharif: "Kreativlik — bu faqat g‘oya emas, uni amalga oshirish va jamoa bilan natijaga erishish san’atidir. Bu — shunchaki so‘zlar emas. Bu — ishonch, strategiya va ijodning mukammal uyg‘unligi". 📺 Suhbatni bu yerda tomosha qiling: 🔗 YouTube havola

Pulli Gap
34 195
😏 O‘lim qayd etilganligi haqidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin? ✅ Endi bu ma’lumotnomani my.gov.uz orqali olish mumkin
😏 O‘lim qayd etilganligi haqidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin? ✅ Endi bu ma’lumotnomani my.gov.uz orqali olish mumkin — hech qayerga borish shart emas. 🧾 Xizmatdan foydalanish tartibi qanday? 1️⃣my.gov.uz saytiga kiring 2️⃣"Ma'lumotnomalar" bo‘limiga o‘ting 3️⃣"O‘lim ro‘yxatga olinganligi haqida ma’lumotnoma" xizmatini tanlang 4️⃣Xizmatdan ishonchli shaxs sifatida foydalanayotganingizni tasdiqlang. Keyin vafot etgan shaxsning ismi, familiyasi, tug‘ilgan sanasi hamda hududini kiriting. Agar sanani bilsangiz, aniq ko‘rsating, bilmasangiz — davr oralig‘ini kiriting. 5️⃣O‘zingiz haqingizda ma’lumotlarni to‘ldiring va aloqadorligingizni ko‘rsating:         🗄Qarindosh bo‘lsangiz — pasport va tug‘ilganlik guvohnomangizni yuklang.         🗄 Uchinchi shaxs yoki vakil bo‘lsangiz — notarial ishonchnoma nusxasini yuklang. Ma’lumotnomani qay maqsadda olayotganingizni tanlang va to‘lovni amalga oshiring 📆 To‘lovdan so‘ng ma’lumotnomani 3 ish kuni ichida "Arizalar" bo‘limidan yuklab olishingiz mumkin. ➡️ Hammasi onlayn, tez va qulay! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 195
📌 Kam foizli ta'lim krediti berayotgan banklar ro'yxati 😊 Biz talabalar uchun kam foizli ta'lim krediti taqdim etayotgan ba
📌 Kam foizli ta'lim krediti berayotgan banklar ro'yxati 😊 Biz talabalar uchun kam foizli ta'lim krediti taqdim etayotgan banklar ro'yxatini tuzib chiqdik! 1. Agrobank Foiz: 14% Muddati: 7 yil 2. Asakabank Foiz: 14% Muddati: 11.5 yil 3. Xalq Banki Foiz: 13,5% Muddati: 7 yil 4. Turon bank Foiz: 14% Muddati: 7.5 yil 5. O‘zbekiston Milliy banki Foiz: 22% dan 24% gacha Muddati: 5 yilgacha 6. Orient Finans Bank Foiz: 25% dan 28% gacha Muddati: 4 yil 7. O‘zsanoatqurilishbank Foiz: 14% Muddati: 11 yil 8. Biznesni Rivojlantirish banki Foiz: 14% Muddati: 11,5 yil 9. Mikrokreditbank Foiz: 14% Muddati: 15 yil *Eslatma: Xotin-qizlar uchun — 0% stavkali kredit (Foizlar budjet jamg‘armasi hisobidan qoplanadi) ➡️ Postni talabalarga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok