ar
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

الذهاب إلى القناة على Telegram

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Pulli Gap

تُعد قناة Pulli Gap (@pulli_gap) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 33 271 مشتركاً، محتلاً المرتبة 3 613 في فئة الاقتصاد والمالية والمرتبة 2 408 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 33 271 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 10 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -1 101، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -73، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 37.79‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 11.88‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 12 572 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 3 951 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 35.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 11 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الاقتصاد والمالية.

33 271
المشتركون
-7324 ساعات
-2987 أيام
-1 10130 أيام
أرشيف المشاركات
Pulli Gap
33 255
💳 Bolalar uchun plastik kartalar 😊 O'zbekistonda bolalar uchun qaysi banklardan karta ochish mumkin? Biz hozirgi kunda ushb
💳 Bolalar uchun plastik kartalar 😊 O'zbekistonda bolalar uchun qaysi banklardan karta ochish mumkin? Biz hozirgi kunda ushbu imkoniyatni taqdim etayotgan banklar, karta ochish narxlari haqida ma'lumot to'pladik. 1️⃣ Agrobank — UZCARD Kids Karta ochish narxi — 35 ming so‘m Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 2️⃣ MKBANK — UZCARD Kids Karta ochish narxi — 20 ming so‘m Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 3️⃣ Garant Bank — UZCARD/HUMO Kids Karta ochish narxi — 45 ming so‘m Yosh chegarasi — 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 4️⃣ Kapitalbank — UZCARD/HUMO Kids Karta ochish narxi — 50 ming so'm Yosh chegarasi — 14 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 5️⃣Poytaxt Bank — Bolalar kartasi Karta ochish narxi — 35 ming so‘m Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 6️⃣Tenge Bank — HUMO Karta ochish narxi — bepul Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 7️⃣Anorbank — UZCARD Kids Karta ochish narxi — bepul Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 8️⃣Ipotekabank — Junior UZCARD/HUMO Karta ochish narxi — bepul Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 9️⃣Asia Alliance Bank — UZCARD Junior Karta ochish narxi — bepul Yosh chegarasi — 14 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil ❗️Eslatma: Ma'lumotlar o'zgarishi mumkin. Karta ochishdan oldin har doim ma'lumotni bevosita bankdan aniqlashtirish tavsiya etiladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
Kredit karta kishan emas! 📗 Aksincha, zarurat tug‘ilganda moliyaviy yechim bo‘la oladigan vosita. Foydali bo‘lishi esa uni to‘g‘ri ishlata olishga bog‘liq. ⁉️ Videoda kredit kartadan nimaga qo‘rqish kerak emasligi va undan qanday oqilona foydalanish mumkinligi haqida batafsil gaplashdik. Videoni ko‘ring va o‘zingiz uchun bilib oling. 🔗 Batafsil agrobank.uz saytida TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
💫 Haj safariga onlayn yozilish imkoni yaratildi! Endilikda Haj safari uchun uydan chiqmasdan turib, barcha jarayonni onlayn
💫 Haj safariga onlayn yozilish imkoni yaratildi! Endilikda Haj safari uchun uydan chiqmasdan turib, barcha jarayonni onlayn amalga oshirish mumkin. Buning uchun “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi. 🕋 Ariza berish tartibi shunday: 1️⃣ Foydalanuvchi “OneID”, “Mobile ID” tizimlari yoki “ERI” (elektron raqamli imzo) orqali autentifikatsiyadan o‘tadi. 2️⃣ Ariza berish bo‘limiga o‘tib, ariza turini tanlaydi. 3️⃣ Tizim avtomatik to‘ldirilgan shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi. Foydalanuvchi telefon raqamini kiritadi. 4️⃣ Agar fuqaro mahram yoki hamroh bilan borishni istasa, u holda “Mahram/hamroh qo‘shish” bo‘limidan JSHSHIR raqamini kiritib, qarindoshini tanlaydi. 5️⃣ Mahram/hamroh haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va unga tegishli telefon raqamini kiritadi. 6️⃣ Foydalanuvchi telefon raqamiga SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini kiritadi. 7️⃣ Shakllangan to‘lov cheki orqali to‘lovni amalga oshiradi. 8️⃣ Foydalanuvchi doimiy yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga (navbatga) qo‘yiladi va bu haqda unga SMS xabarnoma yuboriladi. 9️⃣ Jarayon yakunlanadi. Ushbu tizim inson omilini kamaytiradi, qog‘ozbozlikni bartaraf etadi va jarayonni shaffof qiladi. 📲 Navbatga yozilish uchun: www.my.gov.uz va www.haj-umra.gov.uz saytlari orqali murojaat qilishingiz mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
Banklar odatda kredit berishdan oldin garov ta’minotini ham talab qiladi. Bu garov sifatida ko‘pincha mol-mulklar — masalan,
Banklar odatda kredit berishdan oldin garov ta’minotini ham talab qiladi. Bu garov sifatida ko‘pincha mol-mulklar — masalan, uy, noturar joy binosi, qimmatbaho taqinchoqlar yoki avtomobil qo‘yiladi ✅ ❓Ammo savol tug‘iladi: Garovga qo‘yilgan mulkni keyinchalik o‘zgartirish mumkinmi? 🤝Ha, mumkin. Agar qarz oluvchi kreditning bir qismini to‘lab bo‘lgan bo‘lsa, garovdagi mulkni kreditning qolgan summasini qoplay oladigan boshqa mulkka almashtirishga ruxsat beriladi. ☝️Bunda bank yangi garov turi holatini o‘rganib chiqadi va uni garov sifatida qabul qilishga rozilik bildirishi kerak bo‘ladi. Masalan: 💰 Siz 150 million so‘m kredit olgansiz va garovga 187,5 million so‘mlik do‘kon binosi qo‘yilgandi. Agar siz kreditning 70 million so‘mini to‘lab bo‘lsangiz, qolgan 80 million so‘mlik qarz uchun garov sifatida 107,5 million so‘mlik avtomobilni qo‘yishingiz mumkin. 💼 Ya’ni, garov mulkini bank roziligi bilan boshqa mos qiymatdagi mulkka almashtirish mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
🦷 Stomatologiya — tibbiyotmi yoki biznes? Bu savolni har bir shifokor ham, har bir tadbirkor ham bir marta bo‘lsa-da o‘ziga bergan. Biz esa bu mavzuda — Pulli Gap Talk'da ochiqchasiga gaplashamiz! 🎙 Mehmonimiz — Shaxbozbek Hamid, “Shokh Dentist” klinikasi asoschisi va stomatolog. U bilan suhbatda: 💰 Klinikani ochish uchun haqiqiy sarmoya va dastlabki qadamlar ⚖️ Tibbiyot va biznes o‘rtasidagi nozik muvozanat 🧠 Mijoz ishonchini qozonish va marketingning yashirin mexanizmlari 👨‍🏫 Ustoz-shogird tizimi va yosh shifokorlarga foydali maslahatlar 💡 Bu suhbat faqat stomatologlar uchun emas — har qanday kasb egasi uchun o‘z ishini san’at darajasida biznesga aylantirish saboqlaridir. To'liq suhbat: https://youtu.be/ja-1084tI70?si=nkjiM4KhtgDyA98T

Pulli Gap
33 255
Ayol kishi erkak kishidan (turmush o'rtog'idan) ko'p pul topishiga qanday qaraysiz?
Anonymous voting

Pulli Gap
33 255
Pul masalasida tenglik bormi? 💸 Kim ko'proq topishi muhim emas, lekin baribir qiziq savol. 🤔Xo'sh, ayol kishi erkakdan ko'proq topsa - bu muammomi yoki motivatsiya? 🎙Videoda bu haqda odamlar fikrini eshiting. Siz-chi, nima deb o'ylaysiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
Ayol kishi erkak kishidan (turmush o'rtog'idan) ko'p pul topishiga qanday qaraysiz?
Anonymous voting

Pulli Gap
33 255
📌 Yuqori foizli bank omonatlari 😊 Pul jamg'arish va ko'paytirish uchun eng ishonchli va qulay usullardan biri bu bank omona
📌 Yuqori foizli bank omonatlari 😊 Pul jamg'arish va ko'paytirish uchun eng ishonchli va qulay usullardan biri bu bank omonatidir. O‘zbekistonda bugun yuqori foizli so‘m omonatlari taklif qilayotgan banklar ro'yxati bilan tanishing! 1️⃣Agrobank Yillik foizi - 21% Muddati - 18 oy Minimal miqdor - 100 000 so'm 2️⃣AVO bank Yillik foizi - 25% gacha Muddati - 6 oy Minimal miqdor - 1000 so'm 3️⃣Hayotbank Yillik foizi - 23% Muddati - 24 oy Minimal miqdor - 500 000 so'm 4️⃣Apex Bank Yillik foizi - 23% Muddati - 25 oy Minimal miqdor - 50 mln. so'm 5️⃣Ipoteka Bank Yillik foizi - 22% Muddati - 24 oy Minimal miqdor - 500 000 so'm 6️⃣Anorbank Yillik foizi - 22% Muddati - 13 oy Minimal miqdor - 1 mln. so'm Yana qaysi bank xizmatlari haqida ma'lumot berishimizni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
Kredit olish — orzu bilan qo‘rquv o‘rtasidagi nozik chiziq. Kimdir uni yangi imkoniyat deb ko‘radi, kimdir esa “qarz tuzog‘i” deb qo‘rqadi. Bu safar biz shu mavzuni chuqurroq ko‘rib chiqdik. 🎙 Suhbatdoshimiz — Xalqaro Nordik instituti dotsenti, professor Mirzaqul To‘rayev. Suhbat davomida: 💵 Pulni dollarda saqlash yaxshimi yoki so‘mda? 📈 Passiv daromadga erishishning haqiqiy yo‘llari qanaqa? 🔥 Inflyatsiya aslida bizning pulimizni qanday “yeydi”? 📱 Onlayn kredit — qulaylikmi yoki tuzoqmi? 💡 Professor To‘rayev moliyaviy qarorlarni to‘g‘ri qabul qilish, riskni boshqarish va daromadni barqaror ushlab turish bo‘yicha hayotiy, sodda va foydali maslahatlar berdi. Suhbatni o‘tkazib yubormang: https://youtu.be/65g4Hc-bD3c?si=xe-nLJlcVznuzezf

Pulli Gap
33 255
Moliyaviy yostiqcha kerakmi? 💸 Moliyaviy yostiqcha — bu kutilmagan holatlar uchun tayyorlab qo‘yilgan pul zaxirasi. Ya’ni, h
Moliyaviy yostiqcha kerakmi? 💸 Moliyaviy yostiqcha — bu kutilmagan holatlar uchun tayyorlab qo‘yilgan pul zaxirasi. Ya’ni, hayotingizda birdaniga yuzaga keladigan xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘. ❓ Xo'sh, nima uchun moliyaviy yostiqcha kerak? Hayotda har doim kutilmagan vaziyatlar bo‘lishi mumkin: tibbiy xarajatlar, mashinani ta’mirlash, ish yo‘qotish yoki boshqa favqulodda holatlar. ✅ Agar moliyaviy yostiqchangiz bo‘lsa, siz bu holatlarda qarzga botmaysiz va tinchroq bo‘lasiz. ✅ Moliyaviy stress kamayadi, hayotingizda barqarorlik bo‘ladi. Moliyaviy yostiqcha kerak ekan, lekin uni qanday yaratish mumkin? 🧾Har oy daromadingizning bir qismini alohida hisobga ajrating. Bu 5–10% bo‘lishi ham mumkin. ↗️ Pulni uyda naqd holda saqlash o‘rniga, bankda alohida hisob yoki omonat oching. 👌 Bu mablag‘ni kundalik xarajatlar uchun emas, faqat favqulodda holatlarda ishlating. Qancha mablag‘ bo‘lishi kerak? Odatda, kamida 3-6 oylik daromadingiz miqdorida pul zaxirasi bo‘lishi tavsiya etiladi. Masalan, agar oyiga 2 million so‘m daromadingiz bo‘lsa, 6 milliondan 12 million so‘mgacha pul jamg‘arish yaxshi. Buni boshlash uchun hech qachon kech emas! Kichik summalardan boshlab, asta-sekin moliyaviy yostiqchangiz miqdorini oshiring. Bu sizni qiyin kunlarda himoya qiladi va ruhiy osoyishtalik beradi. ⚡️ Agar moliyaviy savollaringiz bo‘lsa yoki yordam kerak bo‘lsa, “Pulli gap” kanaliga obuna bo‘ling — moliyaviy maslahatlar va foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
Bir mahsulot — ikki xil narx: nega shunday? ❓ Nega bozor va supermarketda bir xil mahsulot turlicha narxda sotiladi? Shu savolga javob — “Pulli Gap”ning yangi sonida! • Nima uchun bozordagi narx past, supermarketda esa biroz qimmatroq? • Sifat va narx o‘rtasidagi bog‘liqlik aslida qanday ishlaydi? • Va eng muhimi — tanlov sizniki: vaqt, qulaylik yoki arzonlik? 👉Batafsil: https://youtu.be/H8YpbClfz7Y?si=LuJSGL6kONSq1_ah

Pulli Gap
33 255
Kredit karta — do‘stmi yo dushman? Kredit karta — bu sizda yo‘q pulni vaqtincha ishlatish imkoniyati. Ya’ni, bank sizga ma’lu
Kredit karta — do‘stmi yo dushman? Kredit karta — bu sizda yo‘q pulni vaqtincha ishlatish imkoniyati. Ya’ni, bank sizga ma’lum miqdorda pul beradi va sizning ishonchingizga tayangan holda harakat qiladi. Bu imkoniyatdan aqlli foydalansangiz, sizga foyda keltiradi. Ammo, kredit kartasidan to‘g‘ri foydalanish shart va zarur. Sizga quyida 6 ta muhim qoida keltirib o'tamiz: 1️⃣Karta – bu sizning pulingiz emas Kredit kartadan foydalanganingizda, pul sizniki emas, bankniki ekanligini yodda tuting. Bu – qarz va uni albatta qaytarishingiz kerak. Uni o‘z pulingiz deb hisoblab sarflash — eng katta moliyaviy xatolik. 2️⃣ Har oy imkon qadar to‘liq to‘lang Bank sizga har oyda minimal to‘lov miqdorini yuboradi. Lekin faqat shu miqdorni to‘lasangiz, asosiy qarz qoladi va foizlar yig‘ilaveradi. Agar imkoningiz bo‘lsa, har oy qarzni to‘liq yoping. 3️⃣ Kechtirmang! To‘lovni o‘z vaqtida qilmaslik — bu nafaqat qo‘shimcha foizlar, balki kredit tarixingizga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa keyinchalik boshqa kredit olishda muammo tug‘diradi. 4️⃣ Kredit kartani har kuni ishlatmang Kredit kartani har kungi xarajatlar uchun emas, balki zarurat uchun saqlang. Masalan: tibbiy xarajatlar, vaqtinchalik pul yetishmasligi, ish haqi kechikayotgan bo‘lsa. 5️⃣ Keshbek va aksiyalarga aldanmang Karta orqali bonuslar, keshbeklar bo‘ladi. Lekin bu uchun ortiqcha, kerak bo‘lmagan narsalarni xarid qilish — foyda emas, zarar. Har doim savdoni reja bilan qiling. 6️⃣ Limit bu imkon emas, mas’uliyat Karta limitini “mening pulim” deb emas, “qarz olishim mumkin bo‘lgan maksimal miqdor” deb qarang. Bu sizga moliyaviy intizom beradi. Kredit kartadan to‘g‘ri foydalansangiz, sizga qulaylik beradi. Lekin nazoratni yo‘qotsangiz — moliyaviy muammolarga olib keladi. Shuning uchun har doim: ✔️ Reja bilan harakat qiling ✔️ Keraksiz sarf-xarajatlardan saqlaning ✔️ Har oyda qarzni vaqtida to‘lang Ushbu postni kredit kartasi bor tanishingizga yuborib qo'ying. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
🏠 Uy-joyni ta’mirlash uchun ipoteka krediti ajratayotgan banklar 😊 Pulli Gap sizga bugungi kunda uy-joylarni ta’mirlash uch
🏠 Uy-joyni ta’mirlash uchun ipoteka krediti ajratayotgan banklar 😊 Pulli Gap sizga bugungi kunda uy-joylarni ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari ajratayotgan banklar haqida ma'lumot beradi. 🏦 Agrobank Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 25% Miqdori – 170 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1216 🏦 Asakabank Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 24,5% Miqdori – 170 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1152 🏦 Xalq banki Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 24% Miqdori – 300 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1106 🏦 Turonbank Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 25% Miqdori – 170 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1220 🏦 Hamkorbank Muddati – 6 yilgacha Foiz stavkasi – 26% Miqdori – 600 mln so‘mgacha Bog'lanish uchuni – 1256 🏦 BRB Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 26% Miqdori – 412 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1254 🏦 InfinBank Muddati – 6 yilgacha Foiz stavkasi – 29,99% Miqdori – 206 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun – 1214 🏦 SQB Muddati – 10 yilgacha Foiz stavkasi – 32% Miqdori – 200 mln so‘mgacha Bog'lanish uchun– 1180 ❗️Eslatma: Shartlar va stavkalar o'zgarishi mumkin. Kredit olisjdan oldin har doim ma'lumotni bevosita bankdan aniqlashtirish tavsiya etiladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
Repost from Agrobank
🎓 Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni — 1-oktabr, Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 💐 Sizlarning fidoyiligingiz va mehnatingiz tufayli yoshlarimiz bilimli, ma’naviyatli va yurtimizga munosib insonlar bo‘lib voyaga yetmoqda. Sizlar — jamiyat taraqqiyoti va kelajagining asosiy poydevorisiz! 📗 Agrobank jamoasi Sizlarga sihat-salomatlik, farovon hayot, shogirdlaringiz yutuqlaridan quvonish baxti va olijanob mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Agrobank tomonidan jamiyatdagi fidoyi insonlarning hayoti hamda faoliyat yo‘lini yoritishga qaratilgan yangi loyiha "Qahramonlar"! Loyihaning ilk qahramoni - namanganlik Nigora Qo‘chqorova 22 yildan beri ona tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda. 2016-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning metodik tavsiyalari bugun butun respublikada keng qo‘llanmoqda. 📱 To‘liq videoni Agrobank YouTube kanalida tomosha qiling!

Pulli Gap
33 255
1-oktabrdan nimalar o'zgaradi? 😊 Pulli Gap O'zbekistonda 1-oktabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlar
1-oktabrdan nimalar o'zgaradi? 😊 Pulli Gap O'zbekistonda 1-oktabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlarni bir yerga jamladi. 1️⃣O'qituvchilar uchun mukofot puli oshadi Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari faqat 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida (866 250 so‘m) mukofotlanadi. Ilgari o‘qituvchilar 577 500 so‘m miqdorida mukofot olishgan. 2️⃣Skuter va moped haydash uchun haydovchilik guvohnomasi majburiy bo‘ladi Endilikda moped va skuter haydovchilari uchun yangi qoida kuchga kiradi — ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Skuter yoki mopedni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 3,7 BHM (1 525 400 so‘m) qilib belgilangan. O‘quv kurslari esa 2 mln so‘mgacha. Guvohnoma olish uchun davlat boji - 288 400 so‘mni tashkil qiladi. Raqam olish BHMning 1,5 baravari — 618 ming so‘m. Bunda umumiy xarajat deyarli 4,5 mln so‘mdan oshmoqda. 3️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi 1-oktabrdan boshlab Xalq bankida pensiyalarni naqd shaklda berishda Face-ID biometrik identifikatsiya va elektron raqamli imzolardan foydalaniladi. To‘lov oluvchilar to‘lov qaydnomalarini planshetda elektron shaklda imzolashlari mumkin bo‘ladi. Adliya vazirligi Pensiya jamg‘armasi va Xalq bankining elektron so‘roviga ko‘ra biometrik identifikatsiyalash uchun ma’lumotlarni taqdim etadi. 4️⃣Davlat xizmatchilarining xizmat safarlari uchun yagona modul yo'lga qo'yiladi Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi. 5️⃣“Chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolari to‘xtatiladi Vazirlar Mahkamasining 4 sentabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolarini to‘xtatadi. 6️⃣ Aholiga naqd pul shaklida beriladigan ayrim moliyaviy yordamlar ijtimoiy karta orqali ajratiladi Vazirlar Mahkamasining 11-mart kungi qarori bilan Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlangan edi. Qarorga ko‘ra, 2025 yilning 1 oktabridan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan mablag‘lar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
💸 Ta’lim krediti olmoqchimisiz? Yoki ta’lim krediti olishda qiynalyapsizmi? Unda yaqinroq keling! ➡️ Videoda ta’lim kreditini hech qanday ovoragarchiliksiz, uydan chiqmasdan onlayn olish ko'rsatilgan. Postni kontraktga kirgan talabalarga yuborib qo‘ying, bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
💰Pullaringiz bekor turmasin – uni ko‘paytiring E’tibor berganmisiz — hozir ko‘pchilikda muammo bitta: pulni ushlab qolish qi
💰Pullaringiz bekor turmasin – uni ko‘paytiring E’tibor berganmisiz — hozir ko‘pchilikda muammo bitta: pulni ushlab qolish qiyin, uni ko‘paytirish esa undan-da qiyinroq. Shuning uchun ham, ko‘pchilik topganini kunlik ehtiyojlarga sarflab yuboradi. Ammo aslida bu muammoni soddaroq hal qilish mumkin. Qanday? 👍 Pul ishlasin. Siz emas. Hozir turgan pulingiz nima qilmoqda? To‘g‘risi – hech narsa. U shunchaki karta yoki hisobda jim turibdi. Hech qanday foyda keltirmayapti. Siz u uchun ishlagandirsiz, lekin u siz uchun ishlamayapti. Endi esa tasavvur qiling: shu pul omonatga qo‘yildi. Har oy oxirida u oz-ozdan o‘sib boradi. Siz esa tinchgina o‘z ishingizni davom ettirasiz. Ana shunda pul siz uchun ishlay boshlaydi. 👍 Omonat — bu moliyaviy odob Ko‘pchilik "omonat" deganda faqat katta pullarni tasavvur qiladi. Lekin aslida har qanday miqdor bilan boshlash mumkin — hatto 100 ming so‘mdan. Muhimi — pulingiz bekor turmasin. Harakatda bo‘lgan pulgina o‘zini oqlaydi. 👍 Omonat – bu: 🪙 Sizning xavfsizlik yostig‘ingiz 🔭Kelajakdagi katta xarajatlarga tayyorgarlik 💰 va boshqalar Banklar bugungi kunda turli xil omonat turlarini taklif qilishmoqda — qisqa muddatli, uzoq muddatli, valyutada yoki so‘mda, foizli va hokazo. Siz faqat o‘zingizga qulayini tanlaysiz. 👍 Omonatning asosiy afzalliklari: 🛡 Pul xavfsiz joyda bo‘ladi 📈 Har oy/yil foiz hisoblanadi 📊 Kerakli paytda yechib olish mumkin (ba’zilarida muddat bilan) Hozirdan boshlab, oz bo‘lsa ham pulni omonatga joylab qo‘yishni odat qiling. Bu nafaqat pulni ko‘paytiradi, balki sizni moliyaviy jihatdan ancha barqaror insonga aylantiradi. ↗️ Pul topish – san’at, uni ko‘paytirish esa mahorat. Agar pulingiz bor bo‘lsa — uni to‘g‘ri yo‘lga soling. Omonatga qo‘ying, ko‘paytiring, baraka qiling. Zero, siz ishlagan pul — siz uchun ham ishlashi kerak. Nima deb o'ylaysiz? TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
📚 Pulli Gap Talk’da — Asaxiy Books asoschisi Firuz Allayev! Noldan kitob biznesini boshlash, sifatni bosh qadriyat qilish va bozorda raqobatga bardosh berish sirlarini ochiqchasiga aytib berdi. 👉 Asaxiy muvaffaqiyati va kitob biznesining ichki jihatlari haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, videoni o‘tkazib yubormang! YouTube'ga havola TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 255
📌 TOP-5 jarimalar va ulardan saqlanish usullari 😊 Pulli Gap jamoasi haydovchilar eng ko'p uchraydigan TOP-5 yo'l harakati jarimalari, miqdorlari va ulardan qanday saqlanish haqida post tayyorlagan! ➡️ Postni mashinasi bor tanishlaringizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok