🏠 Ipoteka krediti to'lanmasa nima bo'ladi?
Hammaga ma'lum, ipoteka krediti katta va uzoq muddatli majburiyatdir.
Qarzni to'lash uchun ajratilgan yillar davomida hatto eng ishonchli qarz oluvchining moliyaviy ahvoli keskin o'zgarishi mumkin.
Agar kreditni to'lay olmasangiz, bu kvartirangizni yo'qotishingizni anglatmaydi, lekin bu masalani hal qilishni kechiktirmaslik kerak. Sizga bunday vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini va qanday ssenariylar bo'lishi mumkinligini aytib beramiz.
😊
Qonuniy ravishda ipotekani to'lamaslik mumkinmi?
Qisqasi, yo'q. Siz shunchaki to'lashni to'xtata olmaysiz va daromad manbangizni tiklaganingizda hamma narsa o'z-o'zidan hal bo'ladi deb umid qila olmaysiz. Ipoteka krediti odatda katta miqdordagi summada olinadi, bank bu jarayonni o'z holicha kechishiga yo'l qo'ymaydi va bir necha oy davomida shunchaki telefon qo'ng'iroqlari bilan cheklanmaydi. Kechikishlar kredit tarixingizni buzishi aniq, yetmaganiga birinchi oydan boshlab bank jarima sola boshlaydi.
😊
Agar ipotekani to'lay olmasangiz nima qilish kerak?
Bu aynan nima uchun to'lay olmasligingiz sababiga va sabab vaqtinchalikmi yoki vaziyat o'zgarishi mumkinligiga bog'liq. Har holda, birinchi qadam bank bilan bog'lanish va yuzaga kelgan muammolardan ularni xabar qilish bo'ladi.
😊
Agar pul bo'lmasa va yaqin orada bo’lishi ehtimoli ham bo’lmasa
Ba'zi qiyin vaziyatlarda, yaqin kelajakda moliyaviy ahvolni tiklash mumkin emasligi aniq bo’ladi: masalan, oila a'zolaridan biri qimmat davolanishga muhtoj bo'lganda. Yoki daromad manbaidan ayrilganda. Bunday holda, eng yaxshi yechim - kvartirani krediti bilan birga sotish - ya'ni ipotekani o'ziga o'tkazadigan xaridorni topish. Uyingizning haqiqiy narxi qarz qoldig'i hisobiga kamayadi va siz o'z qo'lingizda farqni olasiz. Kvartira, uni sotib olish uchun kredit bilan birga, yangi egasiga o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz: ko'chmas mulkni krediti bilan sotish uchun Bankning oldindan roziligi talab qilinadi.
Agar siz hech narsa qilmasangiz va shunchaki ipotekani to'lamasangiz, Bank sudga murojaat qiladi va da'voni qanoatlantirgandan so'ng, mol-mulk oxir-oqibat auksion orqali Bank balansiga o'tkaziladi va u yetkazilgan zararni qoplash uchun uni sotadi.
😊
Agar qarz oluvchi kreditni to'lay olmasa, kvartiraga nima bo'ladi?
Kvartira garov predmeti bo'lsa-da, bank kvartirani olib, sizni ko'chada qoldirishga haqli emas. Bunda kvartira sud qarori bilan ochiq kim oshdi savdosida bozor narxida sotiladi. Kvartirani sotishdan tushgan pul birinchi navbatda kreditni to'lash uchun sarflanadi, qolgan summa mijozga qaytariladi. Ko'chmas mulk narxlari doimiy ravishda o'sib bormoqda, shuning uchun siz qarzdor bo'lib qolsangiz ham, bu kvartiraning narxi siz kredit olganingizdagiga nisbatan sezilarli darajada oshishi bilan bog'liq bo'ladi. Agar siz kvartirangizni kim oshdi savdosida sotsangiz ham, siz katta miqdorda pul olasiz. Balki kvartirani sotganingizdan keyin qolgan mablag' sizga oddiyroq uy sotib olishingiz uchun yetarli bo'ladi va siz ko'chada qolmaysiz.
‼️ Lekin biz sizga eng yomon ssenariy haqida ham gapirishimiz kerak!
Birinchidan, kvartira har doim ham jozibali narxga sotilmaydi, chunki har bir bank o'z balansida likvid bo'lmagan mulkni saqlashdan manfaatdor emas. Bunday vaziyatda qarz oluvchi hech narsasiz qolishi mumkin.
Ikkinchidan, ipoteka kreditini olishdan oldin, shunchaki rieltor yoki agent bilan emas, balki professional ipoteka bo'yicha mutaxassis bilan maslahatlashingiz kerak.
Ipoteka kreditini olishda barcha shart-sharoitlaringizdan kelib chiqib qaror chiqaring.
Telelgram •
Instagram •
YouTube •
TikTok