ar
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

قناة بسيطة

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Pulli Gap

تُعد قناة Pulli Gap في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 33 431 مشتركاً، محتلاً المرتبة 3 583 في فئة الاقتصاد والمالية والمرتبة 2 392 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 33 431 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 06 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -1 088، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -49، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 38.28‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 12.48‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 12 805 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 4 174 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 27.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 07 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الاقتصاد والمالية.

33 431
المشتركون
-4924 ساعات
-2557 أيام
-1 08830 أيام
أرشيف المشاركات
Pulli Gap
33 431
❗️2026-yil 1-apreldan muhim o‘zgarishlar kuchga kirmoqda 👇Quyidagi to‘lovlar endi faqat karta yoki elektron to‘lov orqali qa
❗️2026-yil 1-apreldan muhim o‘zgarishlar kuchga kirmoqda 👇Quyidagi to‘lovlar endi faqat karta yoki elektron to‘lov orqali qabul qilinadi: ➖ Davlat xizmatlari ➖ Elektr energiyasi, gaz va suv to‘lovlari ➖ Alkogol va tamaki mahsulotlari ➖ AYOQSh orqali yoqilg‘i olish va elektromobillarni zaryadlash ➖ 25 mln so‘mdan yuqori tovar va xizmatlar ➖ Ko‘chmas mulk hamda ayrim transport vositalari oldi-sotdisi 💳 To‘lovlarni bank kartasi yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin. ❗️ Shuni unutmang, qulaylik, shaffoflik va xavfsizlik — naqdsiz to‘lovlarning asosiy afzalliklaridan biri. 🚀 Bu postni faqat naqd pul ishlatadigan tanishlaringizga yuborib qo'ying TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
📌 Agrobank taqdim etayotgan omonatlar ro'yxati 1️⃣Sandiq 💰 Minimal miqdori - onlayn 100 000 so‘mdan boshlab 📁 Offlayn - 1 000 000 dan boshlab ⏰ Muddati - 18 oy ↗️ Foiz stavkasi - 21% 2️⃣ Progress 💰 Minimal miqdori - 500 000 so‘m ⏰ Muddati - 13 oy ↗️ Foiz stavkasi - 21% 3️⃣ Stimul 💰 Minimal miqdori - $100 ⏰ Muddati - 24 oy ↗️ Foiz stavkasi - 5.5% gacha 4️⃣ Komfort 💰 Minimal miqdori - 500 000 so‘m ⏰ Muddati - 13 oy ↗️ Foiz stavkasi - 21% 5️⃣ Baxtli bolalik 💰 Minimal miqdori - 100 000 so'm ⏰ Muddati - 36, 60, 120 oygacha ↗️ Foiz stavkasi -14 % 5️⃣ Premium 💰 Minimal miqdori - $100 ⏰ Muddati - 24 oygacha ↗️ Foiz stavkasi - 7% gacha 7️⃣ Nihol 💰 Minimal miqdori - 1 mln so‘m ⏰ Muddati - 13 oy ↗️ Foiz stavkasi - 20% gacha Qaysi omonat turi haqida batafsil ma'lumot olishni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
Sizda ortiqcha 1000$ bor. Qaysi yo'lni tanlaysiz? 🤔
Anonymous voting

Pulli Gap
33 431
Bankomat kartangizni "yutib" yubordimi? Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Bu haqda batafsil bankomatning o'zi tushuntirib beradi. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
☕️ Oramizda qahva sevuvchilar bormi? Har kuni bir fijon qahva — oddiy odatdek tuyuladi. Lekin shu finjon ortida nima borligini bilasizmi? 🎥 Yangi videoda qahva qanday qilib tog‘ etaklaridan dunyo bozoriga chiqishini, nega siz to‘layotgan pulning atigi 10% i fermerga yetib borishini ochib beramiz. 👉 To‘liq videoni YouTubeda ko‘ring: https://youtu.be/fa2tXDJbHFw?si=sIvVUjafwfxC__Pm

Pulli Gap
33 431
😊 Nima uchun soliq to‘lashimiz kerak? 💰Soliq to‘lash — bu shunchaki majburiyat emas, balki jamiyat taraqqiyoti uchun har bi
😊 Nima uchun soliq to‘lashimiz kerak? 💰Soliq to‘lash — bu shunchaki majburiyat emas, balki jamiyat taraqqiyoti uchun har bir fuqaroning ongli tanlovidir. 📝Bu davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma bo‘lib, uning asosida barqaror iqtisodiyot, ijtimoiy kafolatlar va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratiladi. 💡Soliq to‘laganimizda biz nafaqat bugungi kunni, balki farzandlarimizning ertangi hayotini ham o‘ylab ish tutamiz. Chunki aynan soliqlar orqali jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan infratuzilma shakllantiriladi. 🏘️ O‘zbekistonda davlat byudjeti asosan soliq tushumlari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘lar yo‘llar qurilishi, shifoxonalar va maktablar faoliyati, ijtimoiy obyektlar, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 🔗Shuningdek, hayotda kutilmagan vaziyatlar yuz berganda — ishsizlik, kasallik yoki boshqa ijtimoiy qiyinchiliklar paytida davlat aynan to‘langan soliqlar hisobidan aholini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, har bir fuqaroning umumiy byudjetga qo‘shgan hissasi nihoyatda muhimdir. 📊 Soliqlar iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirishning ham muhim asosi hisoblanadi. Ular orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, biznes subyektlari qo‘llab-quvvatlanadi va mamlakat iqtisodiy barqarorligi ta’minlanadi. ❗️Davlat soliqlariga quyidagilar kiradi: daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, yer solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona boji, aksiz solig‘i, og‘ir transport vositalari solig‘i, tadbirkorlik bilan bog‘liq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar. ❕Ko‘pincha davlat byudjeti eng muhim uchta soliq — daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq hisobidan moliyalashtiriladi. 🚗 Mahalliy soliqlarga esa reklama solig‘i, yo‘llar solig‘i, avtotransport solig‘i hamda transport vositalari uchun to‘lovlar kiradi. ✨Soliq to‘lash — bu davlat rivojiga befarq bo‘lmaslik, jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilish va kelajakka sarmoya kiritish demakdir. Har bir to‘langan so‘m — bu yaxshiroq yo‘llar, sifatli ta’lim, kuchli tibbiyot va barqaror iqtisodiyot sari tashlangan qadamdir. ⭐️ Bugun soliq to‘laymiz — ertangi kunni birga quramiz. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
📗 Agrobank filiallarida kredit olish endi yanada oson va qulay. 💡Sizni jonli maslahat, aniq javob va tezkor qaror kutmoqda. Ortiqcha kutishlar va tushunarsiz jarayonlarsiz — hammasi shaffof va sodda. 📝Arizangiz atigi 10 daqiqada ko‘rib chiqiladi. Ijobiy qaror qabul qilinsa, mablag‘ shu kunning o‘zida hisobingizga o‘tkaziladi. Agrobank — ishonchli hamkor, tezkor yechim. 📍 Agrobank filiallari manzillarini quyidagi havola orqali bilib oling. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
Bugun havo yomg‘irli… ☔️ Shunaqa ob-havoda uyda issiq choy, yumshoqqina pled va mazza qilib kino ko‘rishdan ortiqroq rohat bo
+5
Bugun havo yomg‘irli… ☔️ Shunaqa ob-havoda uyda issiq choy, yumshoqqina pled va mazza qilib kino ko‘rishdan ortiqroq rohat bormi? 🍿 Aynan shuning uchun sizga pul va biznes haqidagi motivatsion filmlar ro'yxatini tayyorladik. Yomg‘ir tomchilari fon bo‘lsin, siz esa yaxshi film bilan vaqtingizni chog' o‘tkazing 🎬✨ TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
💡 Bir oyda elektr toki uchun qancha pul ketadi? Oy oxiri. Telefoningizga xabar keladi. “Elektr energiyasi uchun to‘lov…” Sum
💡 Bir oyda elektr toki uchun qancha pul ketadi? Oy oxiri. Telefoningizga xabar keladi. “Elektr energiyasi uchun to‘lov…” Summani ko‘rib, ichingizdan albatta shu o'ylar o‘tadi: “Axir zavod ishlatmayapmiz-ku, shuncha pul qayerdan chiqdi?” Aslida esa javob juda oddiy. Uyda tinimsiz ishlayotgan texnikalar — televizor, muzlatgich, suv isitgich, konditsioner — har soatda sekin-asta pulingizni “yeydi”. Siz sezmayotgan bo'lsangiz ham. Keling, oddiy va tushunarli hisob-kitobni ko‘rib chiqamiz: ⚡️ 1 kVt = 600 so‘m deb olamiz. 📺 Televizor (LED) 1 soat: 60 so‘m Kuniga 5 soat ishlasa: 300 so‘m Oyiga: 9 000 so‘m 💡LED lampochka Kuniga o‘rtacha: 144 so‘m Oyiga: 4 000–4 500 so‘m 📱Telefon zaryadkasi Oyiga taxminan: 8 000 so‘m 🧊 Muzlatgich (A/A+) Kuniga: 1 500–2 000 so‘m Oyiga: 45 000–60 000 so‘m ❄️ Konditsioner (12 lik) Kuniga 8 soat ishlasa: 5 000–7 000 so‘m Oyiga: 150 000–200 000 so‘m 🔥 Suv isitgich Kuniga 2–3 soat ishlasa: 2 000–3 500 so‘m Oyiga: 60 000–100 000 so‘m O‘rtacha oila uchun agar uyda: muzlatgich, suv isitgich, konditsioner, TV, lampalar va zaryadkalar bo‘lsa, 👉oylik elektr xarajati bemalol 250 000 – 400 000 so‘mga chiqadi. Va bu — hech qanday isrofsiz foydalangan holatda. Boshqa texnikalar ham bo'lishi mumkin, ular odatda doimiy ravishda ishlatilmaydi. Biz faqat muntazam foydalaniladiganlarni misol tariqasida oldik. Elektr eng sekin ketayotgandek ko‘rinadi, lekin eng sezilmay pul yeyaydigan xarajat ham shu bo'lib chiqadi. Konditsionerni keragidan ortiq yoqish, suv isitgichni o‘chirmay qo‘yish, keraksiz chiroqlar — oy oxirida baribir cho‘ntakdan chiqadi. 💡 Elektrni hisob bilan ishlatsangiz — ancha pul o‘zingizda qoladi. Sizda-chi? Bir oyda "svet" uchun qancha xarajat qilasiz? TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
💳 Bank xizmatlari ishlamayaptimi? Sababi OneID bo‘lishi mumkin Endi OneID’da shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatni o‘zingiz boshqar
💳 Bank xizmatlari ishlamayaptimi? Sababi OneID bo‘lishi mumkin Endi OneID’da shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatni o‘zingiz boshqarasiz. Agar ruxsat yopiq bo‘lsa, bank siz haqingizdagi ma’lumotlarni ololmaydi. ❗️Shu sabab quyidagi xizmatlar vaqtincha ishlamasligi yoki sekinlashishi mumkin: — kredit olish — karta ochish — hisob raqam ochish — omonat — valyuta ayirboshlash va boshqa xizmatlar 🛡 Yechimi oddiy — OneID’da ruxsatni ochish kerak. Qanday qilib deysizmi? Hozir o'rgatamiz: 1️⃣ id.egov.uz saytiga kiring 2️⃣ ERI yoki Mobile-ID bilan tizimga kiring 3️⃣ “Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limini oching 4️⃣ Bank nomi yonidagi 🔒 qulfni oching 📱 Tezkor usul (QR orqali): — OneID ilovasini yuklab oling — Mobile-ID yoki MyID bilan kiring — Kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlang ✅ Ruxsat ochildi — bank xizmatlari to‘liq ishlaydi. Bu yangilik xavfsizlik uchun joriy etilgan. Lekin bank xizmatlaridan foydalanish uchun ruxsat ochiq bo‘lishi shart TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
Siz qaysi avlodga mansubsiz? 👀 📼 Kassetadan qo‘shiq yozganlardanmisiz? 💿 Disk tanlab yurganmisiz? 📱 Yoki hammasi onlayn bo‘lgan davr farzandimisiz? Har bir avlodning o‘z xotiralari, odatlari va “nostalgiya nuqtasi” bor. Izohlarda yozing: qaysi avloddansiz? 👇 https://www.instagram.com/reel/DUD4ffnjRI2/?igsh=MW5yenhvbDUzNHI4Yg==

Pulli Gap
33 431
🏠 Ipoteka krediti to'lanmasa nima bo'ladi? Hammaga ma'lum, ipoteka krediti katta va uzoq muddatli majburiyatdir. Qarzni to'l
🏠 Ipoteka krediti to'lanmasa nima bo'ladi? Hammaga ma'lum, ipoteka krediti katta va uzoq muddatli majburiyatdir. Qarzni to'lash uchun ajratilgan yillar davomida hatto eng ishonchli qarz oluvchining moliyaviy ahvoli keskin o'zgarishi mumkin. Agar kreditni to'lay olmasangiz, bu kvartirangizni yo'qotishingizni anglatmaydi, lekin bu masalani hal qilishni kechiktirmaslik kerak. Sizga bunday vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini va qanday ssenariylar bo'lishi mumkinligini aytib beramiz. 😊 Qonuniy ravishda ipotekani to'lamaslik mumkinmi? Qisqasi, yo'q. Siz shunchaki to'lashni to'xtata olmaysiz va daromad manbangizni tiklaganingizda hamma narsa o'z-o'zidan hal bo'ladi deb umid qila olmaysiz. Ipoteka krediti odatda katta miqdordagi summada olinadi, bank bu jarayonni o'z holicha kechishiga yo'l qo'ymaydi va bir necha oy davomida shunchaki telefon qo'ng'iroqlari bilan cheklanmaydi. Kechikishlar kredit tarixingizni buzishi aniq, yetmaganiga birinchi oydan boshlab bank jarima sola boshlaydi. 😊 Agar ipotekani to'lay olmasangiz nima qilish kerak? Bu aynan nima uchun to'lay olmasligingiz sababiga va sabab vaqtinchalikmi yoki vaziyat o'zgarishi mumkinligiga bog'liq. Har holda, birinchi qadam bank bilan bog'lanish va yuzaga kelgan muammolardan ularni xabar qilish bo'ladi. 😊 Agar pul bo'lmasa va yaqin orada bo’lishi ehtimoli ham bo’lmasa Ba'zi qiyin vaziyatlarda, yaqin kelajakda moliyaviy ahvolni tiklash mumkin emasligi aniq bo’ladi: masalan, oila a'zolaridan biri qimmat davolanishga muhtoj bo'lganda. Yoki daromad manbaidan ayrilganda. Bunday holda, eng yaxshi yechim - kvartirani krediti bilan birga sotish - ya'ni ipotekani o'ziga o'tkazadigan xaridorni topish. Uyingizning haqiqiy narxi qarz qoldig'i hisobiga kamayadi va siz o'z qo'lingizda farqni olasiz. Kvartira, uni sotib olish uchun kredit bilan birga, yangi egasiga o'tkaziladi. Eslatib o'tamiz: ko'chmas mulkni krediti bilan sotish uchun Bankning oldindan roziligi talab qilinadi. Agar siz hech narsa qilmasangiz va shunchaki ipotekani to'lamasangiz, Bank sudga murojaat qiladi va da'voni qanoatlantirgandan so'ng, mol-mulk oxir-oqibat auksion orqali Bank balansiga o'tkaziladi va u yetkazilgan zararni qoplash uchun uni sotadi. 😊 Agar qarz oluvchi kreditni to'lay olmasa, kvartiraga nima bo'ladi? Kvartira garov predmeti bo'lsa-da, bank kvartirani olib, sizni ko'chada qoldirishga haqli emas. Bunda kvartira sud qarori bilan ochiq kim oshdi savdosida bozor narxida sotiladi. Kvartirani sotishdan tushgan pul birinchi navbatda kreditni to'lash uchun sarflanadi, qolgan summa mijozga qaytariladi. Ko'chmas mulk narxlari doimiy ravishda o'sib bormoqda, shuning uchun siz qarzdor bo'lib qolsangiz ham, bu kvartiraning narxi siz kredit olganingizdagiga nisbatan sezilarli darajada oshishi bilan bog'liq bo'ladi. Agar siz kvartirangizni kim oshdi savdosida sotsangiz ham, siz katta miqdorda pul olasiz. Balki kvartirani sotganingizdan keyin qolgan mablag' sizga oddiyroq uy sotib olishingiz uchun yetarli bo'ladi va siz ko'chada qolmaysiz. ‼️ Lekin biz sizga eng yomon ssenariy haqida ham gapirishimiz kerak! Birinchidan, kvartira har doim ham jozibali narxga sotilmaydi, chunki har bir bank o'z balansida likvid bo'lmagan mulkni saqlashdan manfaatdor emas. Bunday vaziyatda qarz oluvchi hech narsasiz qolishi mumkin. Ikkinchidan, ipoteka kreditini olishdan oldin, shunchaki rieltor yoki agent bilan emas, balki professional ipoteka bo'yicha mutaxassis bilan maslahatlashingiz kerak. Ipoteka kreditini olishda barcha shart-sharoitlaringizdan kelib chiqib qaror chiqaring. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
Siz qaysi birini tanlardingiz?
Anonymous voting

Pulli Gap
33 431
Kitob yoki pul? Bu safar obunachilarimizda shu ikkita tanlov bor edi. Siz nimani tanlagan bo'lardingiz? Videoni tomosha qiling: https://www.instagram.com/reel/DUIiDRoDdEh/?igsh=MW8yY3Z4bWh0a21vMA==

Pulli Gap
33 431
Passiv daromad nima? 💰Passiv daromad — bu har kuni ishlamasangiz ham kelib turadigan daromad. Ya’ni, siz bir marta mehnat qi
Passiv daromad nima? 💰Passiv daromad — bu har kuni ishlamasangiz ham kelib turadigan daromad. Ya’ni, siz bir marta mehnat qilasiz, vaqt yoki pul tikasiz, keyin esa u o‘zi ishlay boshlaydi. Oddiy misol: Do‘kon ochish — aktiv daromad (har kuni turib ishlaysiz) Ijaraga uy berish — passiv daromad (oy oxirida pul keladi) Passiv daromad sizni vaqtga bog‘lab qo‘ymaydi. Siz dam olayotganingizda ham, uxlayotganingizda ham u ishlashi mumkin. Xo'sh, keling uning asosiy turlarini ko'rib chiqamiz: 1️⃣ Ko‘chmas mulk (ijara) Kvartira, hovli yoki noturar joyni ijaraga berish. Eng ishonchli va tushunarli yo‘l. Kam risk, barqaror daromad 2️⃣Bank va moliyaviy instrumentlar Omonat, obligatsiyalar, dividend beradigan aksiyalar. Pul sizniki, bank yoki kompaniya ishlatadi — foizi sizga. 3️⃣Onlayn passiv daromad YouTube kanali, kurs yoki elektron kitob, Telegram kanal orqali reklama. Avval mehnat qilasiz, keyin daromad avtomatik ravishda keladi. 4️⃣Biznesdagi ulush Kimningdir biznesiga sarmoya kiritasiz. Siz ishlamaysiz, faqatgina foydadan ulush olasiz. Bu yerda eng muhimi — ishonch va shartnoma. 😊 Nimadan boshlash mumkin? 1️⃣ Darhol katta pul shart emas Passiv daromad millionlardan boshlanmaydi. Muhimi — boshlash. Bugun 1 mln bilan, ertaga 10 mln bilan. 2️⃣ O‘zingiz tushunadigan yo‘lni tanlang Agar ko‘chmas mulkni tushunsangiz — ijara. Agar internetni bilsangiz — onlayn yo‘nalish. 3️⃣ Daromadni yana sarmoyaga aylantiring Olingan foydani sarflab yubormang. Uni yana daromad keltiradigan joyga qo‘ying. 4️⃣ Shoshilmang, lekin kechiktirmang Passiv daromad — bu marafon. Qancha erta boshlasangiz, shuncha tez natija ko‘rasiz. ❗️Passiv daromad — bu boylarning siri emas. Bu — aqlli reja va sabr mevasi. Bugun kichik qadam qo‘ysangiz, ertaga pul siz uchun ishlaydi. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
🚨 Diqqat, talabalar! Endi talaba farzandli bo‘lsa — 893 513 so‘m “suyunchi puli” oladi! Yo‘q, bu hazil emas — haqiqatan ham shunday 👶💰 🎥 Batafsil ma’lumotni quyidagi link orqali videoda ko'rishingiz mumkin 👉 Videoni yaqinlaringizga ham ulashing! https://www.instagram.com/reel/DUAkuvlDVQ2/?igsh=cHhyNnQ3MWk0amhh

Pulli Gap
33 431
🧳 Sayohat — bu yangi joylar, yangi taassurotlar va unutilmas xotiralar demak. Dunyo sizni kutyapti. Sayohat esa bitta muhim
🧳 Sayohat — bu yangi joylar, yangi taassurotlar va unutilmas xotiralar demak. Dunyo sizni kutyapti. Sayohat esa bitta muhim hujjatdan boshlanadi. Bu albatta xorijga chiqish pasporti! 😊Xorijga chiqish pasportini oson va arzon rasmiylashtirish yo'lini biz sizga o'rgatamiz. ✨ Uni uydan chiqmasdan onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkinligi haqida bilasizmi? my.gov.uz orqali esa hatto 10% arzonga ham tushasiz. Mana qarang, to‘lov miqdori: 🧑‍💻DXM yoki pasport stoli orqali — 412 000 so‘m 📱my.gov.uz orqali esa — 370 800 so‘mni tashkil etadi. ❓Xo'sh, buni qanday qilamiz: 1️⃣ my.gov.uz ga kirasiz 2️⃣ Arizani to‘ldirasiz 3️⃣ To‘lov qilasiz 4️⃣ Surat va barmoq izi uchun qulay joyga borasiz ⏱ Tez, oson va qulay! 💼 Vaqtingizni ham, pulingizni ham tejaysiz. ✈️ Xo'sh, qayerga sayohat qilmoqchisiz? TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
📑 Kredit shartnomasidagi muhim bandlar Kredit shartnomasi, sizning moliyaviy ahvolingizga ta'sir qiladigan boshqa hujjatlar
📑 Kredit shartnomasidagi muhim bandlar Kredit shartnomasi, sizning moliyaviy ahvolingizga ta'sir qiladigan boshqa hujjatlar kabi, boshidan oxirigacha diqqat bilan o'qilishi kerak 📃 Shu bilan birga, kelajakda kredit to'lovlari boshlanganda kutilmagan yoqimsiz vaziyatlar bo’lmasligi uchun alohida e'tibor berish kerak bo'lgan muhim bandlari mavjud. ☝️Keling, bugun shu bandlarni ko'rib chiqamiz 1️⃣Kreditning umumiy qiymati Kredit haqida bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim narsa – bu uning to’liq qiymatidir, ya'ni yakuniy ortiqcha to'lov miqdori. Umumiy xarajat har doim ham reklamada ko'rsatilgan va bank kreditni ma'qullagan stavka bilan bir xil bo’lmaydi va odatda balandroq bo’ladi. 2️⃣To'lov muddatlari Ko'pgina banklar, kredit olish uchun ariza topshirayotganda, ariza shaklida qulay to'lov sanasini ko'rsatadilar. Uni to'g'ri tanlash juda muhim, chunki uni keyinchalik o'zgartirish har doim ham mumkin emas. 📆To'lov sanasini zaxira bilan tanlash yaxshidir. Misol uchun, agar oyning birinchi haftasida ish haqi oladigan bo’lsangiz, unda to'lov sanasini oyning 10-kunidan keyin belgilash to’griroq bo'ladi. 3️⃣Kreditni muddatidan avval to'lash shartlari Qarz oluvchi kreditni muddatidan oldin to'lashni istashi mumkin - qonun unga bu huquqni beradi va u har qanday bankdan olingan har qanday kreditga teng darajada qo'llaniladi. Bunday holda, kreditorni muddatidan oldin to'lash to'g'risida oldindan xabardor qilishingiz kerak - turli banklarda buning uchun turli tartiblar mavjud. ⏱Muddatidan oldin to’lashda to'lov vaqti ham muhim bo'lishi mumkin. Ba'zi banklar pulni 24:00 dan oldin yechib oladi, boshqalari buni 12:00 yoki 16:00 da amalga oshiradi. ❗️Yodingizga bo'lsin: shartnomani to'liq o'qing Kredit shartnomalarida nafaqat yuqorida ko’rsatilgan bandlar muhim ahamiyatga ega – siz hamma bandlarni to'liq o'qib chiqishingiz va o'qiganingizni tushunishingiz kerak. Shubhangiz bo'lsa esa, imzolashni kechiktirish va hujjat bilan tinch muhitda tanishish uchun uyga olib borish yaxshiroqdir. ⏳Qonun qarz oluvchiga shartnomani besh kun davomida o'rganish imkoniyatini beradi va bank bu vaqt ichida taklif qilingan shartlarni o'zgartirishga haqli emas. 😎Bu postni ko'p kredit oladigan tanishingizga jo'natib qo'ying 😉 TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
Onlayn kredit firibgarligi tugadi ❌ Agar kredit sizning nomingizga firibgarlar tomonidan olingan bo‘lsa — endi siz javobgar emassiz! Batafsil videoda tomosha qiling TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 431
📃 Kredit olganda kredit shartnomasini o'qiganmisiz?
Anonymous voting