fa
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

کانال بسته

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Pulli Gap

کانال Pulli Gap در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 34 372 مشترک است و جایگاه 3 519 را در دسته اقتصاد و امور مالی و رتبه 2 307 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 34 372 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 09 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -1 217 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -50 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 32.46% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 12.73% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 11 170 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 4 381 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 47 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 10 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اقتصاد و امور مالی تبدیل کرده‌اند.

34 372
مشترکین
-5024 ساعت
-2837 روز
-1 21730 روز
آرشیو پست ها
Pulli Gap
34 372
🔤 Toshkentda o‘rtacha oylik ish haqi 11 mln so‘mdan oshdi O‘zbekistonda rasmiy o‘rtacha ish haqi 6,8 mln so‘mga yetdi, Toshkentda esa 11,6 mln so‘mdan oshdi. 🚀Eng yuqori daromad bank va moliya sohasida ishlovchilarga to‘g‘ri keladi — o‘rtacha 18,5 mln so‘m atrofida. ⚖️Eng past ish haqlari tibbiyot va ijtimoiy sohada qayd etilgan — taxminan 4,1 mln so‘m. Ta’lim sohasida daromad biroz yuqoriroq: o‘qituvchilar o‘rtacha 4,6 mln so‘m oladi. Raqamlar o‘syapti. Lekin hamma uchun bir xil emas. Bu esa bir muhim savolni o‘rtaga qo‘yadi: Qadr eng ko‘p qayerda, maosh esa qayerda? 🤔 Iqtisod o‘smoqda, ammo inson kapitali qay darajada baholanmoqda? 💬 Sizning fikringiz qanday: qaysi sohada maoshlar adolatsiz darajada past? TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
💸 Nega siz ko‘p ishlaysiz, lekin pul yo‘q? Ko‘pchilik shunday holat: “Men juda ko‘p ishlayman, lekin baribir pulim yo‘q” Avv
💸 Nega siz ko‘p ishlaysiz, lekin pul yo‘q? Ko‘pchilik shunday holat: “Men juda ko‘p ishlayman, lekin baribir pulim yo‘q” Avvalo, tinchlaning. Bu muammo faqat sizda emas. Bu — juda keng tarqalgan holat. Eng qizig‘i esa muammo ko‘p ishlashda ham emas. Keling, buni chuntirishga harakat qilamiz. Muammo — qanday ishlayotganingizda va pulni qanday boshqarayotganingizda bo'lishi mumkinligini o'ylab ko'rganmisiz. Endi esa asosiy sabablarni ko‘rib chiqamiz. 1️⃣ Siz vaqtni pulga almashtiryapsiz Agar siz oylik ishda ishlasangiz yoki kunlik haq bilan yashasangiz, demak sizning daromadingiz vaqtingiz bilan cheklangan. Bir kunda 24 soat bor — siz bundan ko‘proq ishlay olmaysiz. Bu degani daromadingiz ham cheklangan. ✔️Yechimi bor: Qo‘shimcha daromad manbai yaratishingiz kerak. Onlayn xizmat, savdo yoki kichik biznes boshlash mumkin. Xullas, pul sizsiz ham ishlaydigan tizim yarating 2️⃣ Pul keladi, lekin darhol chiqib ketadi Siz pul topasiz… Lekin oziq-ovqat, taksi, mayda xarajatlar, obunalar va yana boshqalar hammasi pulni “yutadi” Natijada qancha ko‘p topsangiz ham — qolmaydi ✔️Yechimi bor: Xarajatlarni yozishni boshlang. “Pullar qayerga ketdi?” degan savolga javob toping. Keraksiz chiqimlarni qisqartiring 3️⃣ Daromadingiz o‘smayapti Ko‘pchilik yillar davomida bir xil daromad bilan ishlaydi. Narxlar esa oshadi, hayot qimmatlashadi, siz esa o‘sha joyda qolasiz. ✔️Yechimi bor: Yangi ko‘nikma o‘rganing, o‘zingizni ishingizni "qimmat" qiling. Daromadingizni oshirishni maqsad qiling 4️⃣ Siz ko‘proq topgan sari ko‘proq sarflayapsiz Bu “boyib ketdim” hissi deyiladi. Ko‘proq pul = ko‘proq xarajat Masalan, oylik oshdi → yangi telefon olgingiz keladi Pul keldi → restoran, kiyim-kechak uchun ishlatib yuborasiz Bonus → dam olishga chiqasiz Natijada, pulingiz summasi yana nolga tushadi ✔️Yechimi bor: daromadingiz oshsa ham, xarajatni oshirmang. Ortiqcha pulni yig‘ing yoki investitsiya qiling 5️⃣ Siz pulni boshqarmaysiz Ko‘pchilik budjet tuzmaydi, reja qilmaydi, pulni nazorat qilmaydi Bu nimaga olib keladi? Albatta, pul sizni boshqaradi, aksincha emas ✔️Yechimi bor: oylik budjet tuzing. Daromad va xarajatni rejalashtiring va moliyaviy intizom yarating 6️⃣ Siz faqat ishlaysiz, lekin o‘sishga vaqt ajratmaysiz Kun bo‘yi ishlaysiz… Lekin o‘sish, rivojlanish, yangi imkoniyatlar yo‘q. Natijada siz o‘sha darajada qolib ketasiz. ✔️Yechimi bor: har kuni kamida 30–60 daqiqa o‘zingizga sarmoya qiling. Ya'ni kitob o'qing, kurslarga yoziling, tajribangizni oshiring — bu kelajakda ko'proq pul topishingizga turtki bo'ladi. 🔤Unutmang: boylik formulasi: To‘g‘ri fikrlash + nazorat + strategiya 🔤Endi, o'ylab ko'ringchi, siz qaysi xatoni ko‘proq qilyapsiz? TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
QQS — siz sezmay to‘layotgan soliq 💵 Har kuni xarid qilasiz. Lekin har safar ichida yashirin “soliq” borligini bilasizmi? Videoda siz quyidagilarni bilib olasiz: *️⃣ QQS aslida nima *️⃣ O‘zbekistonda qanday ishlaydi *️⃣ Kim to‘laydi va qanday hisoblanadi *️⃣ Nega u “yashirin soliq” hisoblanadi 🎥 Hammasini oddiy tilda tushuntirdik — tomosha qiling! 💬 Fikringizni izohlarda yozib qoldiring https://youtu.be/avmOSLLYk8Q?si=o31UgqYl3YYoQClg

Pulli Gap
34 372
Endi mobil raqamni boshqa odam nomiga o‘tkazish uchun aloqa ofisiga borish shart emas. 📱 Buni uyda o‘tirib, onlayn qilsa ham bo‘ladi. Qanday qilib deysizmi? 1️⃣ MyGov saytiga yoki ilovasiga kirasiz 2️⃣ “Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish” xizmatini tanlaysiz 3️⃣ Kerakli ma’lumotlarni kiritasiz (kimdan kimga o‘tyapti) 4️⃣ Arizani yuborasiz 5️⃣ Ikkala tomon ham MyID orqali tasdiqlaydi ✅ Shundan keyin raqam yangi egasiga o‘tadi Muhim jihatlar: *️⃣Oldin ikkala odam ham ofisga borishi kerak edi, endi esa shart emas *️⃣Jarayon to‘liq onlayn *️⃣ Ba’zi operatorlarda yaqin qarindoshlar uchun rasmiylashtirish bepul bo‘lishi mumkin *️⃣ Barcha operatorlarda bosqichma-bosqich ishga tushyapti 💡 Endi vaqtni tejaysiz, ortiqcha ovora bo‘lmaysiz va hammasini telefon orqali hal qilasiz

Pulli Gap
34 372
💸 Eng ko‘p pul ketadigan 5 ta yashirin xarajat Ko‘pchilik oy oxirida shuncha “Pulim qayerga ketdi?” deb bosh qotirishi tabii
💸 Eng ko‘p pul ketadigan 5 ta yashirin xarajat Ko‘pchilik oy oxirida shuncha “Pulim qayerga ketdi?” deb bosh qotirishi tabiiy holdek go'yo. Qizig‘i shundaki, katta xarajatlar (ijara, kredit, mashina) odatda nazoratingizda bo‘ladi. Lekin eng katta zarar — ko‘zga tashlanmaydigan, mayda-yashirin xarajatlardan kelib chiqadi. Ular kichikdek ko‘rinadi, lekin oy davomida yig‘ilib, sizning moliyaviy holatingizni sezilarli darajada yomonlashtiradi. Keling, bugun eng ko‘p uchraydigan 5 ta yashirin xarajatni tahlil qilamiz. 1️⃣ Kundalik “mayda” xarajatlar — eng katta dushmaningiz Har kuni: qahva, saqich, salqin ichimlik, shirinlik kabilarga o‘rtacha 15 000 – 25 000 so‘m ketadi. Kuniga: 20 000 so‘m Oyiga: 600 000 so‘m Yiliga: 7 200 000 so‘m Bu pulga: yangi telefon, kichik biznes boshlash yoki sayohat qilish mumkin edi Xo'sh, muammo nimada? Bu xarajatlar zarurdek tuyuladi, lekin aslida bu — shunchaki odat. Yechimi juda oddiy: *️⃣Haftada kamida 3 kun uydan ovqat olib chiqing *️⃣Suvni sotib olish o‘rniga o‘zingiz bilan olib yuring *️⃣Har safar "Sotib olish shartmi?” deb o‘zingizdan so‘rang 2️⃣ Sezilmaydigan obunalar Bugungi kunda deyarli hamma quyidagilarga obuna bo'lgan bo'lishi aniq: kino platformalari, musiqiy servislar, mobil ilovalar, pullik kanallar O‘rtacha xarajat: 1 ta obuna: 30 000 – 80 000 so‘m 3–4 ta obuna: 150 000 – 300 000 so‘m oyiga Muammo nimada? Ko‘pchilik obuna bo‘ladi, lekin undan foydalanmaydi va uni bekor qilishni unutadi. Natijada esa pul “o‘zidan o‘zi ketaveradi” Yechimi oddiy: *️⃣Har oy boshida barcha obunalarni tekshiring *️⃣Foydalanmayotganlaringizni o‘chiring *️⃣“Bu menga haqiqatan kerakmi?” degan savolni bering 3️⃣ Qulaylik uchun ortiqcha to‘lov Zamonaviy hayot bizni qulaylikka o‘rgatdi: taksi, ovqat yetkazib berish xizmatlari va boshqa xizmatlar Keling, hisoblaymiz: Taksi: kuniga 30 000, oyiga 900 000 so‘m Yetkazib berish: haftasiga 2–3 marta, oyiga 400 000 – 800 000 so‘m Jami: 1,5 – 2 mln so‘m Muammo nimada? Siz vaqtdan yutayapman deb o‘ylaysiz, lekin aslida pulingizni yo‘qotyapsiz Yechimi oddiy: *️⃣Qisqa masofalarda piyoda yuring *️⃣Jamoat transportidan foydalaning *️⃣Ovqatlanishni oldindan rejalashtiring 4️⃣ “Chegirma” va “aksiya” — eng katta psixologik tuzoq Marketing va reklama sizni “Arzon bo‘lsa — olish kerak” deya ishontiradi. Lekin haqiqat esa boshqacha, siz kerak bo‘lmagan narsani sotib olyapsiz. Keling, shunga oid klassik xatolarni ko'rib chiqamiz: “50% chegirma bor ekan” “Keyin qimmatlashadi” “Bir marta yashaymiz” Natijada keraksiz buyumlar yig‘ilaveradi, pulingiz esa kamayaveradi Har safar xarid oldidan o‘zingizdan so‘rang: “Agar bu chegirmada bo‘lmaganida, men baribir olarmidim?”. Agar javobingiz “yo‘q” bo‘lsa — demak bu sizga kerak emas. 5️⃣ Nazoratsiz xarajatlar — eng xavflisi Eng katta muammo siz pulingiz qayerga ketayotganini bilmaysiz. Belgilarini ko'rib chiqamiz: *️⃣Oy oxirida pulingiz qolmaydi *️⃣Lekin katta xarajat qilmagansiz *️⃣Qayerga ketganini tushunmaysiz Chunki, kichik xarajatlar yig‘ilib oyiga 1–3 mln so‘m yo‘qotishga olib keladi. Kichik maslahat: ✔️Har kuni xarajatlaringizni yozib boring ✔️Telefoningizda eslatma qoldiring yoki ilovadan foydalaning ✔️Haftasiga 1 marta xarajatlaringizni tahlil qiling Moliyaviy muammo ko‘pincha daromad kamligidan emas, nazorat yo‘qligidan kelib chiqadi. ❓O'ylab ko'ringchi, sizda eng ko‘p pulingiz aynan qaysi yashirin xarajatga ketar ekan? Kofe? Taksi? Yoki shunchaki nazoratsiz chiqimlarmi? TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
💸 Ipoteka to‘lovidan 12%ni qaytarib olish mumkinligini bilasizmi? ✅Agar siz uy sotib olayotgan bo‘lsangiz, har oy to‘layotgan summangizdan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish imkoniyati bor. ☝️Bu haqda batafsil video orqali bilib oling TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
🙂‍↕️Keshbek va sodiqlik dasturlari 💰Bugungi zamonda pul tejashning eng aqlli yo‘li — xarajatni daromadga aylantirish, to'g'
🙂‍↕️Keshbek va sodiqlik dasturlari 💰Bugungi zamonda pul tejashning eng aqlli yo‘li — xarajatni daromadga aylantirish, to'g'rimi? 🤩Keshbek va sodiqlik dasturlari aynan shu narsani bizga beradi: siz odatdagidek xarid qilaverasiz, lekin pulingizning bir qismi qaytadi yoki bonus sifatida yig‘iladi. 👛Bu tizimdan to‘g‘ri foydalangan odam oyiga sezilarli miqdorda pulni “yo‘qotmasdan”, balki qaytarib oladi. ❓Xo'sh, keshbek o'zi qanday ishlaydi? 💵Keshbek — bu xarid summasining ma’lum foizi sizga qaytarilishidir. Masalan, 1 000 000 so‘m xarid qildingiz, 5% keshbek bor deylik, sizga 50 000 so‘m qaytadi 👛Bu pul kartangiz balansiga tushishi mumkin yoki bonus sifatida yig‘iladi 🔎Sodiqlik dasturi-chi, u qanday ishlaydi? ❕Sodiqlik dasturi — bu do‘konlar, xizmatlar yoki supermarketlar mijozlarni ushlab qolish uchun qiladigan tizim. Ya’ni siz ulardan ko‘p foydalansangiz, ular sizni mukofotlaydi. Bu ball, daraja yoki turli xil maxsus takliflar ko'rinishida bo'lishi mumkin. 🍿Oddiy qilib aytganda: qancha ko‘p ishlatsangiz — shuncha ko‘p foyda olasiz. Masalan, 100 000 so‘mlik xarid = 1 000 ball 10 000 ball = 10 000 so‘m chegirma 🛍Ya’ni siz keyingi xaridingizda shu ballarni ishlatib, kamroq pul to‘lashingiz mumkin. ❓Qanday qilib bu orqali real pul “topish” mumkin deysizmi? 🔑Keshbek va sodiqlik dasturlari orqali “real pul topish” mumkin, lekin bu odatda daromad emas, balki xarajatni kamaytirish usuli ekanini tushunish muhim. To‘g‘ri ishlatilsa, ancha pulni tejash mumkin — va shu tejangan pul amalda “topilgandek” bo‘ladi. 💳Buni samarali qilish uchun eng to‘g‘ri yo‘l — kundalik xarajatlarni keshbek beradigan karta yoki ilovalar orqali qilish. Masalan, oziq-ovqat, yoqilg‘i, transport yoki to‘lovlarni shunday to‘lasangiz, har safar kichik foiz qaytib boradi. Vaqt o‘tib, shu kichik summalar yig‘ilib, ancha pul bo‘lib qoladi. ❗️Lekin bu yerda muhim jihat shuki, keshbek uchun ortiqcha yoki keraksiz narsalarni sotib olish foyda emas, aksincha zarar qiladi. Keshbek faqatgina siz baribir sarflaydigan puldan foyda olish usuli bo‘lishi kerak. 🌐Xulosa qilib aytganda, keshbek orqali boyib ketib bo‘lmaydi, lekin uni to‘g‘ri ishlatsangiz, sezilarli darajada pulni tejash va go‘yoki “qo‘shimcha daromad”ga ega bo‘lish mumkin. TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
“Telefon boshqa insonning nomida bo‘lsa, ilova ishlamay qoladimi?” 22-apreldan boshlab bank ilovalarida yangi xavfsizlik qoidalari joriy etilmoqda. Bu o'zgarishlardan keyin agar telefon raqamim mening nomimda bo'lmasa, ilova ishlamay qoladimi degan savol ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Bu haqda videoda batafsil tushuntirdik — albatta ko‘ring! TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
😊 Bu safar sizlar uchun pul miyani qanday boshqarishi va o’zgartirishi haqidagi eng yaxshi va top filmlarni saralab keldik �
+6
😊 Bu safar sizlar uchun pul miyani qanday boshqarishi va o’zgartirishi haqidagi eng yaxshi va top filmlarni saralab keldik 🎬 Dam olish kuni uchun bu eng yaxshi tanlovlardan biri 💬 Ko’ring va fikrlaringizni biz bilan bo’lishing 🍿Ha, aytgancha, siz qaysilarini allaqachon tomosha qilgansiz? 👇 TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
😊Bugungi kunda xarajatlarni nazorat qilish juda muhim. Ayniqsa supermarketga kirganingizda rejasiz xarid qilish oson. ➖Bugun
+8
😊Bugungi kunda xarajatlarni nazorat qilish juda muhim. Ayniqsa supermarketga kirganingizda rejasiz xarid qilish oson. ➖Bugun siz bilan oddiy usullar orqali siz sezilarli darajada qanday qilib pul tejashingiz mumkinligini kartochkalarda ko'rsatamiz ❗️Unutmang: tejash — bu o‘zingizni cheklash emas, balki ongli xarid qilishdir. Reja bilan xarid qilsangiz, oylik byudjetingiz sezilarli darajada yengillashadi. TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
So'qoqqa ko'k somsaga bormagan kishi yo'qdir-a? Pulli Gap Talk’ning navbatdagi sonida So‘qoqda somsa tayyorlab, biznes qiladiganlar va u yerda ishlaydiganlar bilan suhbatlashdik Tomosha qiling: https://youtu.be/62sIPiKsxJs?si=cQ_Ae8d6r9T-ANR-

Pulli Gap
34 372
❗️1-apreldan gaz quyish shoxobchalarida to‘lovlar naqdsiz shaklga o‘tdi. Bunga moslashish oson: ➖infokiosk orqali naqdni kartaga o‘tkazing ➖ayoqshning o‘zida 1 daqiqada bepul karta oching 📗 Masalan, Agrobank’da kartani navbatsiz va bepul olish mumkin. Batafsil videoda ⬆️ TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
😊Qisqa muddatli va uzoq muddatli omonatlar: qaysi biri foydaliroq? 💰Omonatlarni turli muddatlarda va shartlarda ochish mumk
😊Qisqa muddatli va uzoq muddatli omonatlar: qaysi biri foydaliroq? 💰Omonatlarni turli muddatlarda va shartlarda ochish mumkin. Mablag’larni qisqa muddatli omonat ochish orqali bankka bir yilgacha joylashtirish ham mumkin, bir yildan ortiq muddatga uzoq muddatli omonat ham ochish mumkin. Albatta, banklar uchun uzoq muddatga pul olish foydaliroq va shunga mos ravishda mijozlarga eng yaxshi shartlar taklif etiladi. Misol uchun, mablag’larni uch oy yoki uch yilga omonatga qo’yilishiga qarab, bir xil omonat bo'yicha foiz stavkalari turli xil bo'lishi mumkin. 💡 Qisqa muddatli va uzoq muddatli omonatlarning o'ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va potentsial risklari mavjud. To’g’ri tanlov qilishga yordam berish uchun keling, ushbu jihatlarni batafsil ko'rib chiqaylik. ⌛️Qisqa muddatli omonatlar bu moslashuvchanlik va oson foydalanish imkoniyatidir.Ular odatda bir necha oydan bir yilgacha bo'lgan muddatga mablag'larni investitsiya qilishni anglatadi. Bunday omonatlarning asosiy afzalligi ularning moslashuvchanligidir: omonatchilar o'z mablag'laridan qisqa vaqtdan so’ng qayta foydalanishlari mumkin. ➕Qisqa muddatli omonatlarning afzalliklari: - Omonatdagi mablag’dan qisqa muddatdan so’ng foydalanish imkoniyati. - Inflyatsiya yoki foiz stavkalarining o'zgarishi tufayli yo'qotish xavfi kamligi. - Kelajakda omonatni qayta rasmiylashtirishda yanada qulayroq tariflardan foydalanish imkoniyati. ❗️Shu bilan birga, qisqa muddatli omonatlar bo'yicha foiz stavkalari odatda uzoq muddatli omonatlarga qaraganda pastroq bo'lishini hisobga olish kerak, ya’ni olinadigan daromad kamroq bo’ladi. 🕐 Uzoq muddatli omonatlar esa inflyatsiyadan himoya qiladi va yuqori daromad keltiradi. Ular bir yil yoki undan ko'proq muddatga mablag'larni investitsiya qilishni anglatadi. Ularning asosiy afzalligi qisqa muddatli omonatlarga nisbatan yuqori foiz stavkasi bo'lib, uzoq kelajakda ko'proq daromad keltiradi. ➕Uzoq muddatli omonatlarning afzalliklari: - Yuqori foiz stavkalari tufayli yuqori daromad. - Inflyatsiyadan himoyalanish, ayniqsa barqaror iqtisodiy vaziyatda. - Uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni rejalashtirish imkoniyati. 📣Shuni yodda tutish kerakki, uzoq muddatli omonatlar ehtiyotkorlik bilan rejalashtirishni talab qiladi, chunki omonatni muddatidan avval yechib olish foizlarning qisman yoki to'liq yo'qolishiga olib kelishi mumkin. ❓Qanday qilib tanlov qilish kerak? ❕Qisqa muddatli va uzoq muddatli omonatlarni tanlashda bir nechta asosiy omillarni hisobga olish kerak: 1️⃣Moliyaviy maqsadlaringiz: nima uchun investitsiya qilayotganingizni va sizga mablag'ingiz qachon kerak bo'lishi mumkinligini aniqlab oling. 2️⃣ Joriy iqtisodiy vaziyat: potensial xavflarni baholash uchun bozor va iqtisodiy prognozlarni tahlil qiling 3️⃣ Sizning risklarga bo’lgan munosabatingiz: qisqa muddatli omonatlar risk qilishni afzal ko'rmaydiganlar uchun mos keladi, uzoq muddatli omonatlar esa yuqori risk evaziga ko'proq daromad keltirishi mumkin. ✅ Qisqa muddatli va uzoq muddatli omonatlar o'rtasidagi tanlov ko'plab omillarga, shu jumladan shaxsiy moliyaviy maqsadlarga va joriy iqtisodiy vaziyatga bog'liq. Qanday bo'lmasin, omonatlaringiz iloji boricha samarali bo'lishini ta'minlash uchun bozordagi takliflarni diqqat bilan o'rganib chiqish muhimdir. TelelgramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
2026-yil 1-apreldan boshlab radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham haydovchilarga jarima ballari hisoblash boshlanadi. Qoidabuzarliklarning 20 ga yaqin turi uchun 0,2 balldan 2 ballgacha jarima ballari belgilangan. Misol uchun: Qizil chiroqda o‘tish — 1 ball deb hisoblanadi. Boshqa jarimalar haqida batafsil videoda bilib oling: Batafsil 👇 https://www.instagram.com/reel/DWY8dY0jVI8/?igsh=YmFoZW9ianBlNWNh TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
1-apreldan nimalar o'zgaradi? 😊 Moliya tizimidagi eng so‘nggi o‘zgarishlarni bitta postga jamladik. 1️⃣ Eskrou (Escrow) tizi
1-apreldan nimalar o'zgaradi? 😊 Moliya tizimidagi eng so‘nggi o‘zgarishlarni bitta postga jamladik. 1️⃣ Eskrou (Escrow) tizimi endilikda pulli bo’ladi: Onlayn va yirik bitimlar (uy, mashina) uchun xizmat haqi limitlari belgilandi: • Ko‘chmas mulk uchun: BHMning 50%igacha (maksimal 206 000 so‘m). • Avtotransport uchun: BHMning 25%igacha (maksimal 103 000 so‘m). • Muhim: Agar xaridor va sotuvchi bitta bankda bo'lsa, komissiya bir marta olinadi. Turli banklarda bo'lsa — har biridan yarim miqdorda. 2️⃣ Faqat "Karta" orqali (Naqd pulsiz to‘lovlar) Quyidagi xaridlar uchun to‘lovlar faqat naqd pulsiz (karta, mobil ilova) qabul qilinadi:Yirik xaridlar: 25 mln so‘mdan yuqori bitimlar. • AYOQSH: Avtomobillarga yonilg‘i quyish. • Maxsus: Alkogol va tamaki mahsulotlari xaridi. • Xizmatlar: Kommunal to‘lovlar va Davlat xizmatlari. 3️⃣ Aksiz soliqlari oshadi: Narxlarga ta'siri: Shakarli ichimliklar: 1 litr uchun 500 so‘mdan 535 so‘mgacha (shakar miqdoriga qarab). • Energetiklar: 1 litr uchun 2 150 so‘m. • Yoqilg‘i: Benzin, dizel va gaz uchun aksiz stavkalari 7%ga oshadi. • Yangi soliq: 1 kg kartoshka chipslari uchun 15 000 so‘m aksiz joriy etilmoqda. 💱 Demak, apreldan boshlab yirik xaridlarda naqd pulni bank kartasiga solib qo'yishni va tranzaksiyalar uchun qo'shimcha komissiyalarni hisobga olishni unutmang. TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
💳 Bepul karta xohlaysizmi? Unda bu aksiya aynan siz uchun! 🔥 🗓2026-yil 30-martdan 30-aprelga qadar Agrobank tomonidan mijo
💳 Bepul karta xohlaysizmi? Unda bu aksiya aynan siz uchun! 🔥 🗓2026-yil 30-martdan 30-aprelga qadar Agrobank tomonidan mijozlar uchun maxsus aksiya! Aksiya doirasida siz: • Uzcard • Visa Classic kartalarini mutlaqo bepul rasmiylashtirishingiz mumkin 🎉 Sizni yana nimalar kutmoqda — Karta rasmiylashtirishingiz uchun “Yashil yo‘lak” orqali navbatsiz xizmat — Dam olish kunlari ham filiallar ishlaydi 📍 O'zingizga yaqin filialga boring va kartangizni bir zumda rasmiylashtirishing! 🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Kartalar haqida batafsil ma'lumot bu yerda TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
❓Bankomatlar pulingizni qabul qilmasa nima qilish kerak? ⚠️Ba’zida bankomatlar kupyuralarni qabul qilmasligi mumkin. Xo'sh, s
Bankomatlar pulingizni qabul qilmasa nima qilish kerak? ⚠️Ba’zida bankomatlar kupyuralarni qabul qilmasligi mumkin. Xo'sh, shunday holatlarda nima qilish kerak? Buning sabablari nima bo'lishi mumkin? Biz ushbu postimizda javob topishga harakat qilamiz. 🤔 Nega bankomat kupyuralarni qabul qilmaydi? 💸 Agar kupyura soxta bo'lmasa, aslida hech qanday muammo bo’lishi kerakmas. Lekin bunday vaziyat sodir bo’lsa, quyidagi sabablardan biri bo'lishi mumkin: 1️⃣Kupyuraning yomon holati. U g’ijimlangan, bir qirrasi yirtilgan, yog'li dog'lar yoki kir narsa yopishgan qismlari bo’lishi 2️⃣Xizmatni tanlashda xato qilish. Ehtimol, "pul kiritish" o'rniga "naqd pul olish" yoki "balansni tekshirish" xizmatlari tanlangan bo’lishi mumkin. 3️⃣Yangi banknota. Nazariy jihatdan, agar banknota yangi bo'lsa (yangi chop etilgan ma'noda emas, balki yangi "dizayn" bilan chiqarilgan bo’lsa) va bank xodimlar bankomatning dasturiy ta'minotini yangilashga ulgurmagan bo'lsa, bankomat uni qabul qilmaydi. 4️⃣Bankomat ekranida "pulni kiriting" yozuvi paydo bo'lishidan oldin pul kiritilishi. Pul mablag’lari yozuv chiqqanidan so’ng kiritilishi kerak. 5️⃣Bankomatda begona predmetlar tiqilgan bo’lishi. Bank xodimlari bu holatda ushbu bankomatdan foydalanish kerak emasligi haqida ogohlantiradilar. Bu holat biror mijozning e’tiborsizligi tufayli vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Lekin eng yomoni, bu firibgarlar tomonidan ham qilingan bo’lishi mumkin. Shuning uchun bunday bankomatdan foydalanmaslik kerak. 6️⃣Terminal ishlamasligi. 🔹Agar shunday vaziyatga tushib qolsangiz, vahimaga o'rin yo'q. Sizga bunday vaziyatdan chiqish yo'llarini aytib beramiz: ▫️Agar kupyura g’ijimlangan yoki dog'lar bilan qoplangan bo'lsa, eng oson yechim uni tekislash va qayta urinib ko'rish. Agar bu yo’l yordam bermasa, uni boshqa tomondan aylantirib, bir necha marta urinib ko’rish kerak. Agar yaqin atrofda bank filiali bo'lsa, bank kassasiga murojaat qilib banknotani almashtirish mumkin. ▫️Ekrandagi ma'lumotni tekshirish kerak. Agar xato bo'lsa, ma'lumotlarni qayta kiritish kerak. ▫️Agar banknota yangi bo'lsa va bankomat pulni qabul qilmasligi sababi ham shu bo'lsa, operatsiyani boshqa bankomatda amalga oshirish mumkin. Agar boshqasi ham ishlamasa, bu holda bank bilan bog'lanish kerak. ▫️Agar bankomat mijoz qanday xizmatdan foydalanishini aniqlamagan bo'lsa, ekranda "pulni kiriting" degan yozuv chiqmaydi. Bunday holda, ozgina vaqt sabr qilib kutish kerak. ▫️Bankomatda begona narsalar borligi firibgarlar pulni o'g'irlashni rejalashtirayotganligidan dalil berishi mumkin. Bunday holda, ehtiyot bo'lish kerak. Bank xodimlarini xabardor qilish kerak. ▫️Agar terminal ishlamasa, odatda ekranda bu haqda xabar paydo bo'ladi. Ammo dastur o'z-o'zidan ham qotib qolishi mumkin. 💡Yodda tuting: shunday muammolar yuzaga kelgan bo'lsa, eng to’gri yo’l bu bankning texnik yordamiga murojaat qilishdir. Odatda bu raqam bankomatning o'zida ko'rsatiladi. Agar raqam ko'rsatilmagan bo'lsa, bankning saytida raqamni topib qo'ng'iroq qilish mumkin. Qo'llab-quvvatlash xizmati dam olish kunlarisiz va bayramlarda ham ishlaydi. TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
Bankomatlar pulingizni qabul qilmasa nima qilish kerak? Bankomatlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanganiga ancha bo'ldi.
Bankomatlar pulingizni qabul qilmasa nima qilish kerak? Bankomatlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanganiga ancha bo'ldi. Ular naqd pul yechib olish yoki hisobni to‘ldirish kerak bo‘lganda juda asqotadi. Ammo ular bilan bog'liq turli xildagi muammolar ham uchrab turadi. Shulardan biri bu bankomatlar kupyuralarni qabul qilmasligidir. Xo'sh, shunday holatlarda nima qilish kerak? Buning sabablari nima bo'lishi mumkin? Biz ushbu postimizda javob topishga harakat qilamiz. Nega bankomat kupyuralarni qabul qilmaydi? Agar kupyura soxta bo'lmasa, aslida hech qanday muammo bo’lishi keremas. Lekin bunday vaziyat sodir bo’lsa, quyidagi sabablardan biri bo'lishi mumkin: 1. Kupyuraning yomon holati. U g’ijimlangan, bir qirrasi yirtilgan, yog'li dog'lar yoki kir narsa yopishgan qismlari bo’lsa, bankomat qabul qilmaydi. 2. Xizmatni tanlashda xato qilish. Ehtimol, "pul kiritish" o'rniga "naqd pul olish" yoki "balansni tekshirish" xizmatlari tanlangan bo’lishi mumkin. 3. Yangi banknota. Nazariy jihatdan, agar banknota yangi bo'lsa (yangi chop etilgan ma'noda emas, balki yangi "dizayn" bilan chiqarilgan bo’lsa) va bank xodimlar bankomatning dasturiy ta'minotini yangilashga ulgurmagan bo'lsa, bankomat uni qabul qilmaydi. 4. Bankomat ekranida "pulni kiriting" yozuvi paydo bo'lishidan oldin pul kiritilishi. Pul mablag’lari yozuv chiqqanidan so’ng kiritilishi kerak. 5. Bankomatda begona predmetlar tiqilgan bo’lishi. Bank xodimlari bu holatda ushbu bankomatdan foydalanish kerak emasligi haqida ogohlantiradilar. Bu holat biror mijozning e’tiborsizligi tufayli vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Lekin eng yomoni, bu firibgarlar tomonidan ham qilingan bo’lishi mumkin. Shuning uchun bunday bankomatdan foydalanmaslik kerak. 6. Terminal ishlamasligi. Agar shunday vaziyatga tushib qolsangiz, vahimaga o'rin yo'q. Sizga bunday vaziyatdan chiqish yo'llarini aytib beramiz: - Agar kupyura g’ijimlangan yoki dog'lar bilan qoplangan bo'lsa, eng oson yechim uni tekislash va qayta urinib ko'rish. Agar bu yo’l yordam bermasa, uni boshqa tomondan aylantirib, bir necha marta urinib ko’rish kerak. Agar yaqin atrofda bank filiali bo'lsa, bank kassasiga murojaat qilib banknotani almashtirish mumkin. - Ekrandagi ma'lumotni tekshirish kerak. Agar xato bo'lsa, ma'lumotlarni qayta kiritish kerak. - Agar banknota yangi bo'lsa va bankomat pulni qabul qilmasligi sababi ham shu bo'lsa, operatsiyani boshqa bankomatda amalga oshirish mumkin. Agar boshqasi ham ishlamasa, bu holda bank bilan bog'lanish kerak. - Agar bankomat mijoz qanday xizmatdan foydalanishini aniqlamagan bo'lsa, ekranda "pulni kiriting" degan yozuv chiqmaydi. Bunday holda, ozgina vaqt sabr qilib kutish kerak. - Bankomatda begona narsalar borligi firibgarlar pulni o'g'irlashni rejalashtirayotganligidan dalil berishi mumkin. Bunday holda, ehtiyot bo'lish kerak. Bank xodimlarini xabardor qilish kerak. - Agar terminal ishlamasa, odatda ekranda bu haqda xabar paydo bo'ladi. Ammo dastur o'z-o'zidan ham qotib qolishi mumkin. Yodda tuting: shunday muammolar yuzaga kelgan bo'lsa, eng to’gri yo’l bu bankning texnik yordamiga murojaat qilishdir. Odatda bu raqam bankomatning o'zida ko'rsatiladi. Agar raqam ko'rsatilmagan bo'lsa, bankning saytida raqamni topib qo'ng'iroq qilish mumkin. Qo'llab-quvvatlash xizmati dam olish kunlarisiz va bayramlarda ham ishlaydi. TelelgramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin 🤲 Xonadonlaringizga tinchlik, baraka va quvonch olib kirsin 💫 Yaqinlaringiz davrasida ba
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin 🤲 Xonadonlaringizga tinchlik, baraka va quvonch olib kirsin 💫 Yaqinlaringiz davrasida baxtli onlar tilaymiz ✨ Pulli Gap jamoasi 💚 TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 372
❓Agar bankomat pulni "chaynagan" bo'lsa, nima qilish kerak? 🚨 Kartaga pul o'tkazmoqchi bo'lgan holatlaringizda, bankomat ban
Agar bankomat pulni "chaynagan" bo'lsa, nima qilish kerak? 🚨 Kartaga pul o'tkazmoqchi bo'lgan holatlaringizda, bankomat banknotalarni qabul qilishni boshlashi mumkin, ammo operatsiyani oxirigacha bajarmasdan to'xtab qolishi ham mumkin. Bu ko'pincha havo xarorati o’ta issiq yoki sovuq bo'lganda sodir bo'ladi. Buni bankirlarning o'zlari ham tan oladi. 📲Sizga kichik maslahatimiz: qurilma "o’ziga kelishini" bir necha daqiqa kuting. Agar bu ham yordam bermasa, yagona yo'l texnik xizmatga murojaat qilishdir. 🖥 Bu holat albatta yoqimsizdir, chunki mutaxassislar kelishini kutishingiz kerak bo'ladi. Agar buning iloji bo'lmasa, unda bankomatni suratga olish, bankomat joylashgan joyning manzilini eslab qolish va eng yaqin bank filialiga murojaat qilish kerak. Bunday holda yozma ariza berish va mavjud dalillarni taqdim etish kerak bo'ladi. ⚠️ Agar bankomat pulni qabul qilgan, lekin ular hisobraqamga tushmagan bo’lsa nima qilish kerak? 📞 Bunday holat bankomatning noto'g'ri ishlashi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatda, albatta, bank bilan bog'lanish kerak. Bank xodimlari bunday vaziyatda qanday yo’l tutadi? Mijozning haqligini faqat bankomat inkassatsiya qilinganidan keyin isbotlash mumkin. 🔈 Pul hisoblanganidan so'ng, xodimlar ortiqcha miqdorni aniqlaydilar va mijozning arizasida ko'rsatilgan miqdor bilan solishtiradilar. Har bir kredit muassasasida bu masala turli vaqtda hal qilinishi mumkin. ⌛️ Bu bank tomonidan qabul qilingan inkassatsiya qoidalariga bog'liq. Agar o'sha kunni o’zida inkassatsiya o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilinsa, mijoz uzoq kutishga majbur bo'lmaydi. Agar bank faqat rejalashtirilgan tartibda naqd pul yig’ishni amalga oshirsa, unda bir hafta, ba'zan esa yarim oy kutish kerak bo'ladi. 🔗 Aksariyat hollarda bank o’z mijozlarini yo‘qotishdan manfaatdor emas, muammoni imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qiladi. ⚠️ Noxush vaziyatga tushib qolmaslik uchun kupyuralarni bankomatga yuborishdan oldin ularni diqqat bilan tekshirish kerak. Agar ular g’ijim yoki shikastlangan bo'lsa, unda ularni boshqa yo'l bilan ishlatish yaxshiroqdir. TelelgramInstagramYouTube