💸 Eng ko‘p pul ketadigan 5 ta yashirin xarajat
Ko‘pchilik oy oxirida shuncha “Pulim qayerga ketdi?” deb bosh qotirishi tabiiy holdek go'yo.
Qizig‘i shundaki, katta xarajatlar (ijara, kredit, mashina) odatda nazoratingizda bo‘ladi. Lekin eng katta zarar — ko‘zga tashlanmaydigan, mayda-yashirin xarajatlardan kelib chiqadi.
Ular kichikdek ko‘rinadi, lekin oy davomida yig‘ilib, sizning moliyaviy holatingizni sezilarli darajada yomonlashtiradi.
Keling, bugun eng ko‘p uchraydigan 5 ta yashirin xarajatni tahlil qilamiz.
1️⃣
Kundalik “mayda” xarajatlar — eng katta dushmaningiz
Har kuni: qahva, saqich, salqin ichimlik, shirinlik kabilarga o‘rtacha 15 000 – 25 000 so‘m ketadi.
Kuniga: 20 000 so‘m
Oyiga: 600 000 so‘m
Yiliga: 7 200 000 so‘m
Bu pulga: yangi telefon, kichik biznes boshlash yoki sayohat qilish mumkin edi
Xo'sh, muammo nimada?
Bu xarajatlar zarurdek tuyuladi, lekin aslida bu — shunchaki odat.
Yechimi juda oddiy:
*️⃣Haftada kamida 3 kun uydan ovqat olib chiqing
*️⃣Suvni sotib olish o‘rniga o‘zingiz bilan olib yuring
*️⃣Har safar "Sotib olish shartmi?” deb o‘zingizdan so‘rang
2️⃣
Sezilmaydigan obunalar
Bugungi kunda deyarli hamma quyidagilarga obuna bo'lgan bo'lishi aniq: kino platformalari, musiqiy servislar, mobil ilovalar, pullik kanallar
O‘rtacha xarajat:
1 ta obuna: 30 000 – 80 000 so‘m
3–4 ta obuna: 150 000 – 300 000 so‘m oyiga
Muammo nimada?
Ko‘pchilik obuna bo‘ladi, lekin undan foydalanmaydi va uni bekor qilishni unutadi. Natijada esa pul “o‘zidan o‘zi ketaveradi”
Yechimi oddiy:
*️⃣Har oy boshida barcha obunalarni tekshiring
*️⃣Foydalanmayotganlaringizni o‘chiring
*️⃣“Bu menga haqiqatan kerakmi?” degan savolni bering
3️⃣
Qulaylik uchun ortiqcha to‘lov
Zamonaviy hayot bizni qulaylikka o‘rgatdi: taksi, ovqat yetkazib berish xizmatlari va boshqa xizmatlar
Keling, hisoblaymiz:
Taksi: kuniga 30 000, oyiga 900 000 so‘m
Yetkazib berish: haftasiga 2–3 marta, oyiga 400 000 – 800 000 so‘m
Jami: 1,5 – 2 mln so‘m
Muammo nimada?
Siz vaqtdan yutayapman deb o‘ylaysiz, lekin aslida pulingizni yo‘qotyapsiz
Yechimi oddiy:
*️⃣Qisqa masofalarda piyoda yuring
*️⃣Jamoat transportidan foydalaning
*️⃣Ovqatlanishni oldindan rejalashtiring
4️⃣
“Chegirma” va “aksiya” — eng katta psixologik tuzoq
Marketing va reklama sizni “Arzon bo‘lsa — olish kerak” deya ishontiradi. Lekin haqiqat esa boshqacha, siz kerak bo‘lmagan narsani sotib olyapsiz.
Keling, shunga oid klassik xatolarni ko'rib chiqamiz:
“50% chegirma bor ekan”
“Keyin qimmatlashadi”
“Bir marta yashaymiz”
Natijada keraksiz buyumlar yig‘ilaveradi, pulingiz esa kamayaveradi
Har safar xarid oldidan o‘zingizdan so‘rang: “Agar bu chegirmada bo‘lmaganida, men baribir olarmidim?”. Agar javobingiz “yo‘q” bo‘lsa — demak bu sizga kerak emas.
5️⃣
Nazoratsiz xarajatlar — eng xavflisi
Eng katta muammo siz pulingiz qayerga ketayotganini bilmaysiz.
Belgilarini ko'rib chiqamiz:
*️⃣Oy oxirida pulingiz qolmaydi
*️⃣Lekin katta xarajat qilmagansiz
*️⃣Qayerga ketganini tushunmaysiz
Chunki, kichik xarajatlar yig‘ilib oyiga 1–3 mln so‘m yo‘qotishga olib keladi.
Kichik maslahat:
✔️Har kuni xarajatlaringizni yozib boring
✔️Telefoningizda eslatma qoldiring yoki ilovadan foydalaning
✔️Haftasiga 1 marta xarajatlaringizni tahlil qiling
Moliyaviy muammo ko‘pincha daromad kamligidan emas, nazorat yo‘qligidan kelib chiqadi.
❓O'ylab ko'ringchi, sizda eng ko‘p pulingiz aynan qaysi yashirin xarajatga ketar ekan?
Kofe? Taksi? Yoki shunchaki nazoratsiz chiqimlarmi?
Telegram •
Instagram •
YouTube