Akbarali Mansur
رفتن به کانال در Telegram
Bank-moliya sohasi bo'yicha jurnalist Akbarali Omonturdiyevning shaxsiy blogi. O’zim uchun foydali birnimalar haqida yozaman
نمایش بیشترأوزبكستان53 820دسته بندی مشخص نشده است
454
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-1430 روز
آرشیو پست ها
Repost from tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Kelasi yil 1-yanvardan O‘zbekistonda internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi.
Unga ko'ra, lotereya va bukmekerlik faoliyati bilan faqat ILMA tomonidan beriladigan 5 yillik litsenziya asosida shug'ullanish mumkin.
Shuningdek, internetda o‘yinlar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisining ustav kapitali BHMning kamida 150 ming baravari (56,25 mlrd so‘m) miqdorida, lotereya tashkilotchisiniki esa BHMning 55 ming baravari (26,62 mlrd so‘m) miqdorida bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, qimor o‘yinlari va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi BHMning kamida 75 ming (28,12 mlrd so‘m) baravari miqdorida, lotereya tashkilotchisi BHMning 40 ming baravari (15 mlrd so‘m) miqdorida agentlikka zaxira mablag‘larini qo‘yishi kerak.
O'yinda g'olib bo'lganlarga yutuqlari uchun ajratiladigan mablag‘lar qog‘oz lotereyalarda kamida 50 foiz, elektron lotereyalarda kamida 75 foiz miqdorida to‘lanadi.
@tangauzb
Repost from tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Starbucks O'zbekistonda savdo belgisini yana ro'yxatdan o'tkazmoqda. Bu nimani anglatadi?
Starbucks korporatsiyasi Oʻzbekistonda tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazmoqda. Kompaniya Intellektual mulk agentligiga o'z arizasini shu yilning 18-noyabr kuni topshirgan.
Ammo, O'zbekistonda Starbucks o'z tovar belgisini 1997-yilda ham ro'yxatdan o'tkazgandi. Biroq, mana 27 yildirki O'zbekistonda qahvaxonaning birorta filiali ish boshlagan emas.
Shuningdek, 2022-yilda ham mamlakatda Starbucks'ning birinchi filiali ochilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Hatto, uning joylashadigan manzili ham ma'lum bo'lgandi. Biroq, bu xabarlar ham o'z tasdig'ini topmasdan kelmoqda.
O'zi kompaniya nega O'zbekistonda haligacha ish boshlamayapti?
Restoran biznesi bilan shug‘ullanuvchi ayrim tadbirkorlar O‘zbekistonda bunday shoxobchalarni ochish shunchaki foyda keltirmaydi, deb hisoblagan.
Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasi 2018-yilda O‘zbekistonga McDonald’s, Starbucks va Burger King’ni taklif etish bo'yicha qaror ham chiqargan.
Yana bir sabab esa Starbucks'ning so'nggi yillardagi moliyaviy ishlari maqtagulik emasligidir.
Starbucks'ning 2024-yilning to'rtinchi choragidagi sof foydasi — $909,3 mlnga teng bo'lib, bu ko'rsatkich o'tgan yildagiga ($1,22 mlrd) nisbatan 25 foizga kamaygan.
Kompaniyaning sotuvlari ketma-ket uchinchi chorakda pasaygan. Xitoyda savdolar hajmi 14 foizga kamaygan. Kompaniya buni talab darajasining pasaygani bilan izohlagan.
@tangauzb
Repost from tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
BBC nashri 2024-yil uchun dunyodagi 100 ta eng ruhlantiruvchi va katta ta’sirga ega ayollar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ushbu ro'yxatga surxandaryolik tikuvchi Dilorom Yo'ldosheva ham kiritildi.
U 2022-yilda baxtsiz hodisa tufayli ikkala oyog'idan ayrilgan bo'lsada, tikuvchilik korxonasini yo'lga qo'ygan.
Dilorom Yo'ldosheva haqida "Matonat" nomli film ishlangan.
Shuningdek, bu ro'yxatga 2017-yilda Qarshidagi 2-maktab-internatining matematika fani o'qituvchisi Muxabbat Sharopova ham kiritilgan.
Avvalroq, o'zbekistonlik ikki tadbirkor Forbes'ning "30 under 30" reytinggiga kirgani haqida yozgandik.
@tangauzb
Blogerlarning chala prognozlariga ishonib qolmaslik haqida
O’tgan hafta oxirida (juma kuni) mashhur iqtisodchi-blogerlardan biri UzAuto Motors’dan mashina xarid qilganlar dollarni hozir sotishni maslahat bergandi.
O’sha kuni banklarda dollar 12 830 so’mdan sotilayotgandi. Iqtisodchi keyingi haftada bundan qimmatga dollar sotilmasligini, hozir sotgan ma'qul ekanini aytgandi.
Bugun tijorat banklarida dollar kursi 12 870 so’mdan sotilyapti. 28-noyabr uchun dollarning so’mga nisbatan rasmiy kursi 12 865,05 so’m etib belgilandi. Bu rekord ko'rsatkich.
Hozir Instagram’da o’zlarini “biznesmen” deb atovchi ba’zi blogerlar oltin narxlarini bu yilgi rekordlaridan kelib chiqib, oltin sotvolishni tinmasdan maslahat berishyapti. Dunyoda oltin narxlari keyingi yil mo'tadil bo'ladi deb yotishibdi. Kim bilsin:).
Xulosa shuki, blogerlarning “prognoz”lariga ishonib qolish kerak emas. Prognozlar aniq metrika va metodologiyalar bilan qilinadi. Ular bekorga o’ylab topilmagan.
Repost from tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
Bu yilgi “Forbes Middle East” nashrining “30 Under 30” reytingiga o‘zbekistonlik tadbirkorlar Alisher Akbarov va Amal Abdullayevlar ham kirdi.
26 yoshli bu ikki tadbirkor BAAda joylashgan Comfi platformasi asoschilari hisoblanadi. Mazkur platforma kichik va o‘rta bizneslar (B2B) uchun to‘lov hamda kreditlash xizmatlarini amalga oshiradi.
Obuna bo’ling: @tangauzb
Qozog’iston Senati o’zini Youtube kanalida podkast boshlabdi. Mehmonlar kutilganidek senatorlar.
Parlament vakillari xalq bilan muloqotda bo’lishi juda muhim. Podkast esa har qanday mavzuda fikr almashish, debat uchun ham maqbul janr hisoblanadi.
Biznikilardan ham shunday yurishlarni kutib qolamiz. Axir Yangi O’zbekistonda parlament ham yangicha ishlashi kerakku:).
Dunyoga mashhur Time jurnali Uzum'ga alohida sahifasini bag'ishlabdi.
@akbaralimansur1
Repost from tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
⚡️Toshkentdagi Lotte hamda International mehmonxonalari sotildi
“Lotte” mehmonxonasini “ALFA INVEST cug‘urta kompaniyasi” AJ 20 mln AQSH dollarga xarid qildi. Mazkur sug'urta kompaniyasi O'zbekistondagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi.
“International” mehmonxonasini esa “Smart Fast Stroy” MCHJ 26 mln AQSH dollariga sotib oldi. Mazkur MCHJning yagona ta'sischisi Aleksandr Zaxaryan hisoblanadi.
Uning "OCTO" MCHJ, "OCTOPAY" MCHJ, "FINANCE INVEST BROK" MCHJ, "OCTOTELECOM" MCHJ, "OCTO GAMES" MCHJ, "OCTO SMP" MCHJ, "OCTO INTEGRO" MCHJ kabi tashkilotlarda ishtiroki mavjud.Shu bilan birga, International'ni xarid qilgan investor mehmonxonaning tegishli bank oldidagi 14,7 mln yevro miqdoridagi kredit qarzdorligini ham qabul qilmoqda. Shu sababdan, ushbu mehmonxonaga sarmoyador tomonidan 41 mln dollardan ortiq mablag' yo'naltiriladi. Obuna bo'ling: @tangauzb
Zomin-Oqtoshda bo'lib o'tgan ko'pkari sovrinlari jamlanmasi 1 million dollardan ortibdi
To'raboy nomi bilan mashhur ko'pkari tashkilotchisi katta ko'pkari o'tkazibdi. 200 mingdan ortiq tomoshabinlar kelgan deyishyapti.
Futbolga buncha odam tushmasligini hisobga olsak, ko'pkari O'zbekistonda 1-raqamli sport turi desak mubolag’a bo'lmaydi.
"Nosni kaypiday, kayp" bo'lsa ham, milliy o'yinimiz haligacha yuz minglab auditoriya to'playotgani odamni quvontiradi. Lekin standartlar zamonaviylashishi kerak.
Kecha ko'pkari paytida 3-4 chavandoz tezlikda bir-birga urilib ketgan videoni ko'rgandim. Bir nechtasini qo'l-oyog'i sinib ketgandi. Ularni tez yordam olib ketdi. Ammo otlarga nima bo'ldi? Bunisiga ham javob beradigan tashkilotlar bo'lgani yaxshiroq.
Yana nyuanslar ko'p. Ko'pkarini yanayam rivojlantirish kerak.
@akbarali_mansur1
1-noyabrdan onlayn kredit olish bo'yicha banklarda vaqtinchalik tartib test rejimida ishga tushishi kerak edi
Yangi tartibda 1-marta onlayn kredit olayotgan bo'lsangiz, kredit ajratilgandan so'ng u maksimal 48 soatga muzlatiladi. Sizga bu vaqt ichida bankdan SMS-kod yuboriladi. Unda ko'rsatilgan raqamga telefon qilib rostanam o'zingiz kredit olayotganingizni tasdiqlaysiz. Bank xodimi telefonni o'chirib, qayta sizga bog'lanadi va sun'iy intellekt yoki firibgar emasligingizga ishonch hosil qiladi. Keyin bemalol mablag'ni ishlataverasiz. Bu jarayonni 5 daqiqada bajarsangiz, shu 5 daqiqadayoq kredit mablag'i blokdan chiqariladi.Noyabr oyining mana yarmi o'tdi hamki bu tizimga izohlar, maqtovlar yoki qarg'ishlar bo'lmadi. Banklar 1-noyabrga qadar bunaqa tizim qurishga ulgurishmadimikin . Kimdir kredit olib ko'rmadimi noyabrda? @akbarali_mansur1
+4
40 mln dollar foyda olgan havoshka bir tiyinga qimmatmi?
"Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imomova o'zbek havoshkasi haqida LinkedIn'da post qoldirdi. Uning aytishicha, havoshka O'zbekistonning husn-tarovatini (imidjini) buzayapti.
Izohlar havo yo'llari xizmatidan noligan mijozlarning arz-u e'tirozlariga to'lib toshgan. Qiziq izohlarni screenshot qildim.
Mendayam qiziq hikoya bor havoshka bilan. Bir safar Farg'onaga uchadigan reysga chiqib, samolyot uchishini 1 soatdan ortiq kutganmiz. Ya'ni belgilangan vaqtda uchmagan. Sababi tayyoraga bitta ortiqcha yo'lovchi minib olganmush. 4 ta styuardessa 1 soat shu yo'lovchini qidirgan. Farg'onaga qo'nganimizda o'sha yo'lovchi topildimi desak yo'q deyishgan:)Menga qiziq tuyulgani, O'zbekiston havo yo'llari styuardessalari o'zbek tilini bilmasligi haqidagi e'tirozlar bo'ldi. Men mahalliy reyslarda ko'p uchganman. O'zbek zabon styuardessalar bo'lardi. O'ris kelib gapirsa rus tilida, inglizga inglizcha gapiradigan o'zbeklarga balki xalqaro reyslarda uchayotganda o'zbekcha gapirish shart bo'lmas deb o'ylashgandir-da:). 2018-yilning noyabrida "O'zbekiston havo yo'llari" ikkita aksiyadorlik jamiyatga — Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Airports bo'lib yuborilgan. Ba'zilar shu tufayli UzAirways xodimlarining maoshi pasaygan, shu tufayli styuardessalar ham qo'pollik qilaveradi deyishyapti. Bu taxmin ham ehtimoldan yiroq emas. Biroq, Uzbekistan Airways 2024-yilning to'qqiz oyida salkam 500 mlrd so'm (40 mln dollarga yaqin) sof foyda olibdi. Bu 2023-yilni mos davriga nisbatan 3 barobarga ko'proq. Agarda shundayam maosh tizimi to'g'ri shakllantirilmagan bo'lsa bu havoshkani menejmentida muammo bor deganidir. Hozir tabiiy monopoliya subyektlari reyestrida Uzbekistan Airports, UzAirways esa ustun mavqeyi e'tirof etilganlar ro'yxatida turibdi (buyam monopoliya deganday gap). Lekin hozirgacha "bizni tanlaganingiz uchun minnatdormiz" deyishsa kerak:). @akbarali_mansur1
+1
Click 13 yoshga to'ldi!
Click kompaniyasi bundan 13 yil avval ro'yxatdan o'tkazilgan ekan. Kompaniya rahbarlaridan biri Rustam Fayziyev Click'ning ilk ofisidan fotosuratlarni bo'lishdi.
Kompaniyaning 13 yilda erishga yutuqlari har qanday fintex kompaniya uchun yuqori maqsaddir.
"Klik qivoraman", "Kartanga klik qilib yuboraman" kabi iboralar buning yaqqol isbotidir. Butun boshli p2p o'tkazmalar shu kompaniya bilan assotsiatsiya bo'ladi.
Ma'lumot uchun. Click shu yilning 9 oyida 180 mlrd so'm (14 mln dollar) sof foyda oldi.
Nihoyat, Amazon, Google, Meta qolib, o'zimizni qorako'zlar orzu-havas qilsa bo'ladigan shunday kompaniyalar bor bizdayam. Ko'payaversin!
@akbarali_mansur1
Repost from San'at tanqidchisi kundaligi(non-conformist)
Bu hazil kolonializm haqida lekin dekolonializmga ishora qiladi. Biz kabi kolonializm asoratlari ostida yashayotgan odamlar uchun ajoyib hazil. Xullas Shekspirning nima uchun buyuk yozuvchi ekanligi haqida:
Tarjimasi:
"Ishonchim komilki, u yaxshi yozuvchi.
Ammo uni buyuk yozuvchi darajasiga ko'targan narsa nima edi?
Menda zo'r nazariya bor, mikrofon menda ekan buni aytaman:
O'tmishda men yaxshi yozuvchi boʻlganman.
Va 17 asr oxirida vafot etganimdan keyin mening mamlakatim sayyoramizning yarmini bosib oldi.
Va ular ingliz tilini o'rganishga majbur qilishdi. Keyin esa ingliz tilidagi ta'lim tizimini joriy qilishdi, ularning o'rta maktabni bitirishlari uchun barcha pyesalarimni o'qishga majbur qilishdi. Qarabsizki,
Men buyuk yozuvchiman!
Yig'ilganlaringizdan xursandman, Adielida bu hazildan nafratlandi. Maʼlumki ular ham Shekspirni sevadi.
@artjingo
Siyosatda va'dani hech qachon aniq bermaslik kerak — Murod Muhammad Do'st
Saylov debatlarini beixitiyor kuzatib, shu fikr esimga kelib ketdi.
Masalan, aytilyaptiki sanoatda 1 mln qo'shimcha ish o'rni yaratiladi. Qo'shimcha — yangi emas, 1 mlnta — lekin qachongachaligi noma'lum)
Repost from N/a
SIz korxonada umuman ishlashingiz uchun puldan boshqa qanaqa motivlar bor deb o'ylaysiz? Nima sizni ishlashga undaydi yoki aksincha undamaydi?
Izohlarda yozib o'tsalaringiz bu fikrlar tahlil qilinardi.
Repost from tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
"INBAZAR" MCHJ ixtiyoriy tarzda tugatilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda InBazar'da faqatgina bir kishi rasman ishlashi haqida xabarlar tarqalgandi. Soliq qo'mitasi bunga javoban axborot berdi.
Unga ko'ra, bugungi kunda Toshkent shahrida “Inbazar” savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritayotganini ma'lum qildi. Bular:
➖"IN MAG" MChJ;
➖"GO TREND" MChJ;
➖"KDS SALES" MChJ.
Taqdim etilgan soliq hisobotlariga koʻra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan taʻminlangan. Soliq organlari tomonidan 2024-yilning oʻtgan davrida mazkur tadbirkorlik subyektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha jarimalar qoʻllanilgan.
Shtatida 1 nafar xodim koʻrsatilgan “INBAZAR” MChJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida ekani qayd etildi.
👉Obuna bo'ling: @tangauzb
"Пеpемен тpебyют наш Tanga"
Kanalni qiziqib, qiziqmay kuzatayotganingiz uchun rahmat. Endi bu yerda ko'proq shaxsiy fikrlar yozmoqchiman.
Iqtisodiy yangiliklarini yangi formatda rasmiy shaklda OAV sifatida @tangauzb kanalida berib boramiz. O'zgarishlar nafaqat yuraklarni, nomlarniyam talab qilarkan. Biznes, moliya sohasi yangiliklari qiziq bo'lsa obuna bo'lib qo'ying👇:
@tangauzb
