cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

"Jasur Ziyo" O'quv Markazi

نمایش بیشتر
أوزبكستان51 481زبان مشخص نشده استآموزش107 477
پست‌های تبلیغاتی
282
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+57 روز
-730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Xushnudbek.uz
Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi? #abituriyent  Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi: 1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar. Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q; 2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar. Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi. Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan; Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas. 3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi; 4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar. Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi. Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi; 5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar. Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi. Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad! 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Repost from Xushnudbek.uz
❓Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun milliy sertifikat darajasi qanday bo‘lishi kerak? #abituriyent Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibini tushuntirdi. Unga ko‘ra: ❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida): ➖ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ➖ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. ✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga: ➖ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ➖ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. ✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Repost from Xushnudbek.uz
Fanlar majmuasi ro’yxati bilan tanishing #abituriyent 5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda. Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing. Mazkur ro’yxatga tez orada ayrim o’zgarishlar kiritilishi mumkin, lekin bu katta o’zgarish bo’lmaydi. Tahlil uchun yuqoridagi faylni asos qilib olsangiz bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Fanlar majmuasi 2024_2025.pdf1.64 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Yuzma_yuz_gaplashamiz. #Jonli_darslar #Fazliddin_Utaganov_bilan 👏 Milliy sertifikatchilar uchun tayyorlov 💻 Guruh a’zolari uchun bepul onlayn darslar Marhamat! O‘quv markazimizda darslar 5-iyundan boshlanadi. Kutilayotgan holat bo‘yicha: 1. Darslar haftaning toq kunlari bo‘ladi: ⌚️07:00-09:00 oralig‘i 2. Darslar uchun oylik to‘lov: 250 000 (Hammasi bitta qiymatda) 3. Darslar "Jasur ziyo" o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi. 🏢Manzil: Olimlar koʻchasi "Jasur ziyo" oʻquv markazi. 🏤Mo'ljal: OʻQITUVCHILAR MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI ROʻPARASI. 📱𝑴𝒖𝒓𝒐𝒋𝒂𝒂𝒕 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏: O‘qituvchi: 919655599 Markaz: 919603300
O‘qituvchi kanali: @Davlat_tili_uzbek_tili O‘quv markaz kanali: @Jasur_Ziyo
نمایش همه...
👍 1
Assalomu alaykum 02.06 2024 da bòlib òtgan test 14:00da @jasurziyobot ga yuklangan
نمایش همه...
Repost from Xushnudbek.uz
04:18
Video unavailableShow in Telegram
❗️Bugun Prezident maktablari uchun hujjatlar qabuli boshlandi Hujjatlar 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi. Qanday hujjatlar talab etiladi? Nechta o'quvchi qabul qilinadi? Qaysi hududga topshirish mumkin? Javoblar bu yerda: https://t.me/xushnudbek/23930 Eslatib o'tamiz, talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart. ☎️ Call-markaz: 1206 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
sdsd.mp460.86 MB
Repost from Xushnudbek.uz
❓Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomani olish uchun qaysi mezonlarga qaraladi? #abituriyent ✅ Ushbu tavsiyanomani olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarga mos tushishi kerak: — kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik о‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi); — tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; — turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; — nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; — ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; — ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. ❗️Tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuborish kerak. Arizalar 8-iyunga qadar qabul qilinadi. ❓Ehtiyojmand xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20045 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 1
Diqqat e'lon! Sizlarni navbatdagi 5 blokli testimizga taklif etamiz! Ko'p yillik tajribaga ega ustozlarimiz tomonidan tuzilgan testimiz orqali o'z bilimingizni sinab ko'ring. 🗓  Sana: 02.06.2024 ⏰  Vaqti 08:00 🔠 Natijalar: @jasurziyobot Guruh: @Jasur_Ziyo_guruh Kanal: @Jasur_Ziyo.  📍Manzil: Olimlar koʻchasi "Jasur Ziyo" oʻquv markazi 📍 Moʻljal: O'qituvchilar malakasini oshirish instituti roʻparasida. ☎️  +998919603300
نمایش همه...
Repost from Xushnudbek.uz
Davlat grantiga oid o‘zgarishlar: — yangi o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi; — grant birinchi kursda belgilangan kvotaga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; — ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi, ya’ni kimlargadir 100% lik grant, kimlargadir 50% lik grant va h.k.; — stipendiya faqat to‘liq (100% lik) grantni yutgan talabalarga to‘lanadi; — turli imtiyozlar asosida yoki maqsadli qabul doirasida o‘qishga kirgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda beriladi (o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar); — grantda o‘qigan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Repost from Xushnudbek.uz
2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...