Founder
رفتن به کانال در Telegram
2 552
مشترکین
-324 ساعت
-207 روز
-6130 روز
آرشیو پست ها
2 552
Har doim hammasi siz o‘ylagandan qiyinroq bo‘ladi, ko‘proq vaqt oladi va qimmatroqqa tushadi.
Lekin baribir bunga arziydi.
Alex Hormozi (c).
Keep going!
2 552
"Y Combinator"ning o’sish bo’yicha ichki qo'llanmasi.
1. O’sishdan oldin mijozlarni ushlab qolishga e’tibor bering (Retention before growth)
O’sish muhim, chunki u o’rganish uchun ko’proq foydalanuvchi beradi. Lekin ishga tushirishning asl maqsadi qolib ketadigan mijozlarni topishdir. Asosiy vosita: kogorta retention egri chizig’i (cohort retention curve). Agar har bir kogortaning kichik bir qismi doimiy qolsa, sizda qimmatli narsa bor. Agar ko’pchilik bir muddat qolib, keyin hammasi ketsa, mahsulotingiz “teshik chelak”ka o’xshaydi va barqaror qiymat yaratmaydi. O’sishni kuchaytirishdan oldin egri chiziqlaringiz tekislanayotganini tekshiring.
2. Yo’l xaritasini mijozlar yozsin (Product roadmap by users)
Asoschilarda mahsulot haqida umumiy tasavvur bo’lishi mumkin, lekin aniq funksiyalar, tuzatishlar va yechimlar mijozlardan kelishi kerak. Yo’l xaritasini boshqarish uchun ma’lumot yetarli bo’lmasa, foydalanuvchilarga xat yozing, ular bilan chatlashing va qo’ng’iroq qiling. G’oyalarni reja tuzish yig’ilishida o’ylab topmang. Tinglang va eshitganingizni quring.
3. Noto’g’ri mijozlardan voz kechishga tayyor bo’ling (The wrong customers)
Eng ko’p to’laydigan mijozlaringiz ham sizga zarar keltirishi mumkin, agar ular yo’l xaritasini o’z ehtiyojlari tomon burib yuborsa. Natijada mahsulot emas, bitta mijozga moslashtirilgan outsource xizmati paydo bo’ladi. Foydali test: agar kompaniyangiz muvaffaqiyatli bo’lsa, bu odam besh yildan keyin ham mahsulotingizdan foydalanadimi? Yo’q bo’lsa, unga mo’ljallab qurmang.
4. Soha yangiliklarini haddan ortiq kuzatmang (Ignore the noise)
Raqobatchilar blogi va ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish sizni yomonroq qilishi mumkin. Raqobatchi yangi funksiya e’lon qilsa, siz uni copy qilishga shoshilasiz, aslida esa foydalanuvchi feedbacklari ularga boshqa narsa kerakligini ko’rsatib turadi. Qarorlaringizga eng ko’p ta’sir qiladigan kishilar mijozlaringiz bo’lishi kerak.
5. Juda erta avtomatlashtirmang (Automating too early)
Mallery dastlabki 100 mijozni o’zi shaxsan ulagan. O’sha qo’ng’iroqlarda odamlar qayerda adashishini ko’rgan va har safardan keyin mahsulotni yaxshilagan. Yozib qo’yilgan video qo’llanma bularning hammasini yashirgan bo’lardi. Uning qoidasi: bir narsani yigirmatacha marta tushuntirgan yoki bir muammoni yigirma marta hal qilgandan keyingina avtomatlashtiring. O’shanda nimani avtomatlashtirishni aniq bilasiz.
6. Uyalib turgan versiyangizni chiqaring (Ship the version you are embarrassed by)
Agar birinchi versiyangizdan uyalmasangiz, uni juda kech chiqargansiz. Istisnolar kam uchraydi, lekin deyarli har doim mahsulotni chiqarish kerak.
7. Har haftalik updatelar katta “Launch” dan muhimroq (Weekly shipping velocity)
Katta update qisqa vaqtli e’tibor olib keladi, keyin u so’nadi. Haqiqiy samara har hafta mahsulotni yaxshilab borishdan keladi: onboarding, foydalanuvchi tajribasi va retention bo’yicha.
8. Imkon qadar kam odam ishga oling (Hire as few people as you can)
Katta jamoa o’sish kabi tuyulishi mumkin, ayniqsa raqobatchilar yangi ofis va korporativ sayohatlar haqida yozganda. Lekin boshida qiyin narsa nimani qurishni hal qilish, qurishning o’zi emas. Ko’proq odam bu qarorlarni xiralashtirishi mumkin. Agar ishchi yollamaslik uyqungizni qochirayotgan bo’lsa yollang, “yaxshi bo’lardi” degan holatda yollamang.
9. Tezroq “default alive” bo’ling (Become default alive)
Default alive: xarajatlar, mavjud pul va o’sishning real taxminlariga ko’ra, pul tugashidan oldin foydaga chiqasiz, qo’shimcha investitsiya talab qilinmaydi. Asoschining birinchi vazifasi kompaniyaning puli tugab qolmasligini ta’minlashdir.
https://www.youtube.com/watch?v=xcHt_PcSSYE
2 552
10. Eng yaxshi mijozlaringizga o’xshaganlarni toping
Mahsulotingizni sevadigan o’nta mijozni aniqlagach, keyingi qadam ularga o’xshaganlarni topishdir.
https://www.youtube.com/watch?v=xcHt_PcSSYE
@founderdotio
2 552
Y Combinatorning o’sish bo’yicha ichki “playbook”i
1. O’sishdan oldin mijozlarni ushlab qolishga e’tibor bering (Retention before growth)
O’sish muhim, chunki u o’rganish uchun ko’proq foydalanuvchi beradi. Lekin ishga tushirishning asl maqsadi qolib ketadigan mijozlarni topishdir. Asosiy vosita: kogorta retention egri chizig’i (cohort retention curve). Agar har bir kogortaning kichik bir qismi doimiy qolsa, sizda qimmatli narsa bor. Agar ko’pchilik bir muddat qolib, keyin hammasi ketsa, mahsulotingiz “teshik chelak”ka o’xshaydi va barqaror qiymat yaratmaydi. O’sishni kuchaytirishdan oldin egri chiziqlaringiz tekislanayotganini tekshiring.
2. Yo’l xaritasini mijozlar yozsin (Product roadmap by users)
Asoschilarda mahsulot haqida umumiy tasavvur bo’lishi mumkin, lekin aniq funksiyalar, tuzatishlar va yechimlar mijozlardan kelishi kerak. Yo’l xaritasini boshqarish uchun ma’lumot yetarli bo’lmasa, foydalanuvchilarga xat yozing, ular bilan chatlashing va qo’ng’iroq qiling. G’oyalarni reja tuzish yig’ilishida o’ylab topmang. Tinglang va eshitganingizni quring.
3. Noto’g’ri mijozlardan voz kechishga tayyor bo’ling (The wrong customers)
Eng ko’p to’laydigan mijozlaringiz ham sizga zarar keltirishi mumkin, agar ular yo’l xaritasini o’z ehtiyojlari tomon burib yuborsa. Natijada mahsulot emas, bitta mijozga moslashtirilgan agentlik xizmati paydo bo’ladi. Foydali test: agar kompaniyangiz muvaffaqiyatli bo’lsa, bu odam besh yildan keyin ham mahsulotingizdan foydalanadimi? Yo’q bo’lsa, unga mo’ljallab qurmang. Paul Graham aytganidek, mahsulotingizni sevadigan o’n kishi uni biroz yoqtiradigan mingta odamdan qimmatliroq.
4. Soha yangiliklarini haddan ortiq kuzatmang (Ignore the noise)
Raqobatchilar blogi va ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish sizni yomonroq qilishi mumkin. Raqobatchi yangi funksiya e’lon qilsa, siz uni copy qilishga shoshilasiz, aslida esa foydalanuvchi feedbacklari ularga boshqa narsa kerakligini ko’rsatib turadi. Qarorlaringizga eng ko’p ta’sir qiladigan kishilar mijozlaringiz bo’lishi kerak.
5. Juda erta avtomatlashtirmang (Automating too early)
Mallery dastlabki 100 mijozni o’zi shaxsan ulagan. O’sha qo’ng’iroqlarda odamlar qayerda adashishini ko’rgan va har safardan keyin mahsulotni yaxshilagan. Yozib qo’yilgan video qo’llanma bularning hammasini yashirgan bo’lardi. Uning qoidasi: bir narsani yigirmatacha marta tushuntirgan yoki bir muammoni yigirma marta hal qilgandan keyingina avtomatlashtiring. O’shanda nimani avtomatlashtirishni aniq bilasiz.
6. Uyalib turgan versiyangizni chiqaring (Ship the version you are embarrassed by)
Agar birinchi versiyangizdan uyalmasangiz, uni juda kech chiqargansiz. Istisnolar kam uchraydi, lekin deyarli har doim mahsulotni chiqarish kerak. Haqiqiy foydalanuvchilar xatolarni siz topganingizdan tezroq topadi. Maqsadiga yetishga astoydil intilgan foydalanuvchi oddiy mahsulotda ham yo’l topadi.
7. Har haftalik updatelar katta “Launch” dan muhimroq (Weekly shipping velocity)
Katta update qisqa vaqtli e’tibor olib keladi, keyin u so’nadi. Haqiqiy samara har hafta mahsulotni yaxshilab borishdan keladi: onboarding, foydalanuvchi tajribasi va retention bo’yicha.
8. Imkon qadar kam odam ishga oling (Hire as few people as you can)
Katta jamoa o’sish kabi tuyulishi mumkin, ayniqsa raqobatchilar yangi ofis va korporativ sayohatlar haqida yozganda. Lekin boshida qiyin narsa nimani qurishni hal qilish, qurishning o’zi emas. Ko’proq odam bu qarorlarni xiralashtirishi mumkin. Agar ishchi yollamaslik uyqungizni qochirayotgan bo’lsa yollang, “yaxshi bo’lardi” degan holatda yollamang.
9. Tezroq “default alive” bo’ling (Become default alive)
Default alive: xarajatlar, mavjud pul va o’sishning real taxminlariga ko’ra, pul tugashidan oldin foydaga chiqasiz, qo’shimcha investitsiya talab qilinmaydi. Doskada kompaniyangiz default alive yoki default dead ekanini kuzatib boring. Asoschining birinchi vazifasi kompaniyaning puli tugab qolmasligini ta’minlashdir.
2 552
+1
“Sales Doctor” jamoasi «Цикл менеджиента» dasturi asosida kuchli trenerdan dars olishyapti.
Kuchli va katta jamoa qurishda bunaqa tadbirlar juda muhim.
2 552
Repost from C-Space Startup Center
🚀 CS// Angels School – Angel investorlikka ilk qadam
Klassik investitsiyadan tashqariga chiqib, yuqori daromadli angel investorlik olamiga qadam qo‘ymoqchimisiz?
CS// Angels School — bu klassik investorlar va tadbirkorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan dastur bo‘lib, unda siz:
🔹 Har hafta startaplarga faol sarmoya kiritib kelayotgan tajribali angel investorlardan amaliy bilim olasiz
🔹 Venchur bozori, investitsiya jarayonlari va risklarni boshqarish mexanizmlarini chuqur o‘zlashtirasiz
🔹 Pulingizni faqat ko‘chmas mulk yoki depozitga emas, balki startaplarga ham to‘g‘ri joylashtirishni o‘rganasiz.
🎯 Dastur bitiruvchilari uchun eng katta imkoniyatlardan biri — CS// Angels Club’ga qo‘shilish huquqi. Bu sizni O‘zbekistonning eng faol va eng yirik angel investorlar hamjamiyatiga qo‘shadi, eksklyuziv bitimlar va network imkoniyatlarini ochib beradi.
⚠️ O‘rinlar soni cheklangan — atigi 20 ta joy ajratilgan.
⏳ Dastur 3-noyabrda start oladi va 22 dekabrgacha C-Space Yunusobodda davom etadi.
✈️ Ko'proq ma'lumot olish uchun: havola
👉 Ariza topshirish uchun: https://forms.gle/raXjDY5PXsmXphc4A
2 552
Sales Doctor jamoasi ham shunaqa tadbirda o’z hatolari bilan bo’lishgan.
Sizga ham “Fu**up talks”ning October editioni qiziq bo’lsa kerak.
24-oktabr kuni Stanbase biznesda nima noto‘g‘ri ketgani va bundan qanday xulosalar chiqarilgani haqida ochiq va samimiy hikoyalar tinglanadigan navbatdagi “Fu**up Talks”tadbirini o‘tkazadi.
Spikerlar:
• Madiyar Bakbergenov — PanDev.io CEO va hammuassisi, Forbes 30 Under 30
• Alisher Tojiyev — DOMO CEO va asoschisi
• Umid G‘afurov — Taps va Troll.uz CEOsi
Har bir spiker o‘z hikoyasi bilan o‘rtoqlashadi. Shundan so‘ng zal ishtirokchilarining ochiq savollariga javob beriladi.
Kimlar uchun: founderlar, investorlar va texnologiya sohasida faoliyat yuritadiganlar uchun.
📅 24-oktabr, shanba, 15:00
📍 C-Space Yunusobod, Toshkent
Kirish bepul, ro‘yxatdan o‘tish orqali:
https://luma.com/nmkglg0k
2 552
YC asoschisi Paul Grahamdan o‘rgangan 5 ta sabog‘im:
1. Haftasiga 10% o‘sishga intiling.
O‘sishni optimallashtiring — o‘sishning o‘zi esa mahsulotni yaratadi.
2. O‘sish sur’ati — qaror qabul qilish filtri.
Agar muammo kodda emas, o‘sishda bo‘lsa, kod yozishni to‘xtating va soting.
3. Fundraising - G‘alaba emas, mijozning puli esa ha.
Kompaniyaning bahosi kelajakdagi mijozlar daromadini bashorat qiladi. Mijozning puli esa — real natija.
4. “Yo‘q”ni qabul qiling, sababini emas.
Rad javobining sabablari ko‘pincha shunchaki bahona.
5. Qolgan hamma narsa ish bermasa, kichik guruh foydalanuvchilaringizni xursand qiling.
Bo‘rondagi arqondek, ularga mahkam yopishib oling.
SPEKO asoschisi Bek A
@founderdotio
2 552
“Alchemist X” va “Silicon Valley Residency” dasturida qatnashayotgan yigitlarga omad.
Tinimsiz mehnat qilinglar. (Traction)
Akmal aka va AQShdagi O’zbek/Markaziy Osiyo jamiyatidan ko’p narsa o’rganishga harakat qilinglar.
O’zimizni doiradan chiqib boshqa lokal jamiyatga ham qo’shilish kerak bo’ladi.
https://t.me/paiziev24/2442
2 552
+1
Odatlar(habits) va unga marketpleys yoki aggregatorlar orqali yechim berish haqida fikr bildirgandim.
Qozog’istonda bu xizmat bor ekan.
@founderdotio
2 552
Startapning oddiy qoidalari.
1. Sotuv deyarli hamma narsaga davo.
Sales cures almost everything.
2. Yaxshi co-founder tanlang.
Yo‘l uzoq. Sherik esa undan ham muhim.
3. Kutuv va xarajatlarni past saqlang.
Bu sizga Product-Market Fit topish uchun ko‘proq vaqt beradi.
4. Ko‘p va qattiq ishlashga tayyor bo‘ling.
Startup — 9–5 emas. Ba’zida 9–9, 6 kun.
5. Birinchi kundan sotishni boshlang.
Mahsulotingiz hali mukammal bo‘lmasa ham, mijozdan pul olishdan qo‘rqmang.
6. Harakat tajribani yutadi.
Execution beats expertise.
7. Diqqatni bir narsaga jamlang.
Bir vaqtning o‘zida bitta muammo. Bitta asosiy maqsad.
8. Daromadli biznes quring.
P&Lni biling. Cash flowni nazorat qiling. Bankdagi pulni kuzating.
9. Davomiy bo‘ling.
Consistency compounds.
10. Tez taslim bo‘lmang.
Ko‘p startup natija chiqishidan biroz oldin taslim bo‘ladi.
11. Chalg‘itadigan narsalardan uzoqlashing.
Startupda fokus — eng qimmat resurslardan biri.
12. Bitimga mijoz pul to‘lamaguncha ishonmang.
Deals fall through.
“Ha” — hali sotuv emas. Pul tushganida sotuv bo‘ladi.
13. Work-life balance deyarli imkoni yo’q yondashuv.
Shunga qaramasdan oilaga vaqt ajratishga harakat qiling.
14. Yaxshi ovqatlaning va uxlang.
P.S. AI davrida ko’p narsa boshqacha va tezlashib ketgan bo’lsa ham fikrimcha bu printsiplar hali-hamon muhim.
@founderdotio
2 552
Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak?
7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investitsiya jalb qilishdan oldingi founderlar o‘rtasidagi ulush taqsimoti tahlil qilingan. Natijalar meni ham hayron qoldirdi.
Ko‘pchilik founderlar boshida: “Hamma teng ulush olishi kerak”, deb o‘ylaydi. Ammo amalda teng taqsimot biz o‘ylaganchalik keng tarqalgan emas.
📊 Median ulush taqsimoti
2 ta founder: 🤝
— Founder A: 55%
— Founder B: 45%
3 ta founder: 🤝
— Founder A: 47%
— Founder B: 33%
— Founder C: 17%
4 ta founder: 🤝
— Founder A: 40%
— Founder B: 27%
— Founder C: 18%
— Founder D: 10%
Va rostini aytsam, buni tushunaman.
Men ham avvalgi kompaniyamda ulushni teng taqsimlaganman. O‘sha paytda bu adolatli tuyulgandi. Keyinchalik esa tenglik har doim ham adolat degani emasligini tushundim.
Odamlarning hissasi har xil bo‘ladi. Har birimizning rolimiz, riskimiz, mas’uliyatimiz, sarflayotgan vaqtimiz, egalik darajamiz va qurbonliklarimiz turlicha. Va bularning barchasi muhim.
Bu safar esa men va co-founderim bu masalani juda erta muhokama qildik va har birimiz kompaniyaga amalda nima olib kirayotganimizga qarab ulushni kelishib oldik.
Menimcha, aynan shu narsa hamkorligimizni kuchliroq qildi.
Xuddi shu narsa qaror qabul qilishga ham tegishli.
“Biz barcha qarorlarni birgalikda qabul qilamiz.”
Nazariyada bu juda yaxshi eshitiladi. Ammo bir nuqtada baribir yakuniy qarorni kimdir qabul qilishi kerak.
❌ Co-CEO bo‘lmang.
Ko‘pincha bu ikki founder bir-birini “kamroq muhim” qilib qo‘yishni istamagani uchun yuzaga keladi.
Ammo yuqoridagi noaniqlik odatda muammoni hal qilishdan ko‘ra, ko‘proq muammo yaratadi.
Investorlar bitta aniq aloqa nuqtasini xohlaydi. Xodimlar yakuniy qarorni kim qabul qilishini bilishni xohlaydi.
Va vaziyat qiyinlashganda, yakuniy javobgarlik kimdadir bo‘lishi kerak.
Founderlar bir-biriga qarshi fikr bildirsin, qattiq bahslashsin, eng yaxshi javobni topishga harakat qilsin — lekin oxir-oqibat kimdir final call qilishi kerak.
Kevin Jurovich sahifasidan oldindi https://lnkd.in/p/d_yE-MTb
@founderdotio
2 552
I like Travis Kalanick’s (ex CEO/co-founder of Uber) remarks regarding the entrepreneurial lifestyle.
"The lifestyle of an entrepreneur, I believe at its core... there's a couple other things, but this is one prism, one pillar of it: I can take more pain than the other guy and I'll prove it."
"Once you are seeing adversity all the time and overcoming it, it just becomes normal."
• - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
“Menimcha, tadbirkorning hayot tarzi, asl mohiyatiga ko‘ra... yana bir-ikki jihati bor, albatta, lekin bu uning bir qarashi, bir ustunidir: men boshqa odamga qaraganda ko‘proq og‘riqqa bardosh bera olaman va buni isbotlayman.”
“Qiyinchiliklarga doimo duch kelib, ularni qayta-qayta yengib o‘taverganingiz sari, oxir-oqibat bu siz uchun oddiy holatga aylanadi.”
https://www.youtube.com/watch?v=QVnU5lGlKE8&t=242s
@founderdotio
2 552
Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan.
Shuni o’rniga 4 ta mijoz bilan ko’rishsang bo’lmasmidi?
@founderdotio
2 552
“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product differentiation.
Even a very strong product still needs a strong distribution plan.”
-Peter Thiel, Zero to One.
‘Peter Thiel’ning fikricha produktingiz raqobatchilarnikidan katta farq qilmasa ham kuchli sotuv va distribyutsiyaning o’zi ham bozorda sizga ustunlik yaratishi mumkin.
Shu fikrning isbotini ko’p ko’rganman.
@founderdotio
2 552
Repost from Otabek | B2B insights
"Agar men eng zo‘r savdo menejeri bo‘lishni xohlaganimda nima qilgan bo‘lardim?
Oxirgi vaqtlar directga shunaqa savollar juda koʻp kelyapti. Shu savabli umumiy qilib javob berdim. Lekin javob uzunroq boʻldi.
1-qadam. Sotayotgan mahsulotga 100% ishonch xosil qilishim kerak.
Kompaniyada albatta ishlab chiqarish, xaridlar yoki xizmat ko‘rsatish bo‘limi bor. Ular ishlayaptimi, demak o‘z mahsulotini va ishini yaxshi ko‘radi. Men ularning oldiga borib shunday degan bo‘lardim: «Yigitlar, mendan kofe, menga o‘z qimmatli vaqtingizdan 1 soat ajratib bering. Nima va qanday qilayotganimizni eng mayda tafsilotlarigacha tushunmoqchiman. Sotayotgan narsamning ashaddiy fanatiga aylanishimga yordam bering. Menga barcha nozik taraflarini ko‘rsating». Yani sotayotgan xizmat yoki mahsulot xaqiqatdan ham mijozni ogʻriqlariga yechim boʻla olashiga ishonch xosil qilishim kerak.
2-qadam. Eng TOP xodim bilan uchrashuv.
Keyin eng natijali xodimni topib, uni ham kofega taklif qilardim. Agar bunday xodim bo‘lmasa bu rahbar yoki hatto kompaniya egasi bo‘lishi mumkin. Va shunday derdim: «Men jamoada juda qadrli o‘yinchi bo‘lishni xohlayman. Ko‘p sotish bo‘yicha bilgan barcha narsangizni aytib bering. Eng muhim qilinadigan va umuman qilish mumkin bo‘lmagan narsalar nima? Qanday finkalar, muvaffaqiyatli usullar bor? Menga hammasini aytib bering, eng zo‘r shogird bo‘lishga va'da beraman».
3-qadam. Hujum hajmi bo‘yicha birinchi bo‘lish.
Keyin 1 va 2-qadamdagi bilimlarni birlashtirib, eng ko‘p hajmda ishlaydigan menejer bo‘lishga harakat qilardim. Eng ko‘p uchrashuvlar, prezentatsiyalar o‘tkazish, eng ko‘p qo‘ng‘iroq qilish va bazaga(obrabotkaga) eng ko‘p mijozni olish. Bu bosqichda vazifa amaliyotni ko‘paytirish va bilimlarni qo‘llash. Shuning o‘zidayoq hayratlanarli natijalar bo‘ladi.
4-qadam. Yetakchilar safiga chiqish.
Bu yerda natijalar va bitimlar bo‘ladi, lekin hali ulkan bo‘lmaydi. TOP bo‘lish uchun — mendan sotib olmagan BARCHA mijozlarga qayta qo‘ng‘iroq qilib, shunday derdim: « Eshmat aka, men Toshmatman, menejeringizman, esizdami? Siz o‘shanda sotib olmagandingiz. Nima sababli qo‘ng‘iroq qilyapman? Men kompaniyamda eng zo‘r menejer bo‘lishni va o‘sishni xohlayman. Buning uchun ko‘proq sotishim kerak. Lekin sizni ko‘ndira olmaganman. Menga yordam bering. Nima xato qildim? Qayerda bilimim yetmadi? Ko‘proq sotishim uchun nimani o‘zgartirishim, kuchaytirishim kerak? Maslahat bering, qanchalik ochiqcha aytsangiz — shuncha yaxshi».
Agar bu mijozlarga qoʻngʻiroq qilishni xoxlamasangiz boshqa yoʻli shu mijozlar bilan boʻlgan suxbatni audio zapisini tajribali mutaxasis bilan eshitib chiqish va u mutaxasisdan feedback olish.
Keyin barcha ma'lumotlarni tahlil qilib, qonuniyatlarni ko‘rib, xatolarimni tuzatardim va ko‘rsatkichlar bo‘yicha hammani ortda qoldirardim. Ko‘rib turganingizdek, eng zo‘r sotuvchi bo‘lish juda oddiy".
@otabek_b2b_insights
2 552
Men bilan birga eksperimental kichik loyiha qilish imkoniyati.
“Sales Doctor”da eksperiment sifatida ‘Market audit tool’ ishga tushirmoqchimiz.
Bu produkt computer vision (kamera, rasm, video) yordamida mahsulotlarni rasmga olib yig’ilgan ma’lumotlar asosida bozor va rastadagi ulushlar va yana bir qancha foydali ma’lumotlarni beradigan mahsulot hisoblanadi.
Kimga qiziq bo’lsa menga aloqaga chiqing: @osuvonov
P.S. Yosh engineerlar va PM kerak.
Ko’p pul to’lamiyman
2 552
"Yetim qolgan mijozlar" (unserved customers)
AQSH bozoriga kirib, birinchi mijozlarimizni izlayotganimizda Software Connect www.softwareconnect.com degan kompaniyaga duch kelganmiz.
Ular ERP va boshqa biznes dasturlarini tanlash bo‘yicha konsalting qiladi. Eng qizig‘i — ularda avtomatlashtirishga ehtiyoji bor kompaniyalar ro‘yxati, ya’ni tayyor leadboard ham bor.
Ular bilan gaplashganimizda bizga juda qiziq bir maslahat berishdi:
Bozorda katta SaaS kompaniyalar bor. Ular oldin deyarli barcha mijozlar bilan ishlashgan.
-Lekin vaqt o‘tishi bilan o‘sishdi.
-Katta mijozlar keldi.
-Check kattalashdi.
Va kichik mijozlar "yetim” qolib ketdi.
Nega?
Chunki $200–400 oylik to‘lov qiladigan mijozga ham xuddi $5,000–10,000 to‘laydigan mijozdek vaqt va resurs sarflash iqtisodiy jihatdan manfaatli emas.
Natijada katta kompaniyalar kichik mijozlarni e’tiborsiz qoldira boshlaydi.
Bizga esa:
"Aynan shu segmentga kiring. $200–400/oy to‘lay oladigan kompaniyalarni toping. Ularni tezroq jalb qilasiz va birinchi traction’ga erishasiz." deyishdi.
Bu menga bitta muhim narsani yana bir bor ko‘rsatdi: Bozorda har doim “xizmat ko‘rsatilmayotgan” mijozlar bo‘ladi.
Katta o‘yinchilar ularni kichik deb hisoblaydi.
Siz uchun esa ular — 'eng yaxshi beachhead' bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun yangi startup boshlayotgan bo‘lsangiz, faqat:
"Bozor qanchalik katta?”
deb so‘ramang.
Yana bir savol bering:
"Kimga bozordagi katta o‘yinchilar yetarlicha xizmat ko‘rsatmayapti?”
Balki sizning birinchi 50–100 ta mijozingiz aynan o‘sha yerda kutib turgandir.
@founderdotio
P.S. Leadboard ko'rinishi kommentariyda
