Dr. Algorithm
رفتن به کانال در Telegram
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
نمایش بیشتر4 354
مشترکین
+3324 ساعت
+447 روز
+20630 روز
آرشیو پست ها
4 362
GDG DevFest shu yerda
DevFestga kelganlar izohga yozing. Bir biringizni topish oʻyini oʻynaymiz.
06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
DevFest bugun
Nasib qilsa koʻrishamiz. Ertaroq kelavering. Networking uchun juda koʻp vaqt ajratilgan ekan.
Mavzularni koʻrib chiqdim. Juda yaxshi tanlangan.
👉 https://t.me/gdgtashkent
Demak soat 9:00 da yigʻilamiz.06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Domlalar ziyorati
O‘zbekiston Milliy universiteti - dasturchilar va matematiklar uchun kuchli bilim manbai.O‘zMU bilan juda ko‘p xotiralarim bor. 6 yil talaba bo‘ldim, yana 5 yil ishladim. Beruniy metrosidan talabalar shaharchasiga qarab yurar ekansiz, sokinlik va bilim ishtiyoqini sezasiz. Atrofda juda ko‘p daraxtlar va talabalar. Papkasini ko‘targan domlalar va savol bilan murojaat qilgan talabalar. Hammaning niyati bitta bilib olish va bilib berish.
Chorshanba kafedra kuni - barcha domlalar keladigan kun.Odatda har Chorshanba majlis kuni edi. Men ishlagan "Programmalash va tarmoq texnologiyalari" (hozirda "Dasturiy injiniring va sun’iy intellekt") kafedrasi dasturchilar uchun tayanch kafedra hisoblanadi. C++, Ma’lumotlar bazasi, Java, Operatsion tizimlar, Matemarik analiz, Sonli usullar fanlari dasturchilarning miyasini qotirsa-da, bitirganidan keyin ko‘p kerak bo‘ldi. Universitetga borganimda o‘zgarishlarni ko‘rib xursand bo‘ldim. Binolar yangi tus olgan. Daraxtlar shoxlari ko‘paygan. (Bir vaqtlar kal qilib ketishgan edi.) To‘g‘ri kafedra tomon bordim. Yuzni tanib ochiladigan Turniketlar qo‘yilibdi. (eeeh...)
11:50 - Tanaffus.Hozir ham tanaffus vaqti o‘zgarmapti. 25 yil oldin biz o‘qigan paytda ham 11:50 da edi. Ayni vaqtida keldim. Dars tugashidan 10 daqiqa oldin kafedraga kirib bordim. Domlalar bilan iliq salomlashdim, samimiy suhbatlaridan bahramand bo‘ldim, damlab qo‘yilgan choylaridan bir piyola ichishga muyassar bo‘ldim.
O‘zimni 25 yil ortga, talabalik davrimga qaytgandek his qildim. Deyarli hech nima o‘zgarmagandek.Katta bilim shu bino ichida qolib ketmoqda, - deb his etdim. Bu ilmni ko‘chaga, ko‘proq insonlarga yetkazish kerak.
Diplom kerakmi? - deb xom savollar bilan yurgan yoshlarga muhandislikning rosmana ilmini ko‘rsatish kerak.Bu fikrlar meni ko‘p o‘ylantirgan. Buni tezroq ro‘yobga chiqarish kerak. Shu o‘ylar bilan ortga qaytdim.
Sokin hayot kechayotgan universitetni yana keyingi safarimgacha ko‘p qumsayman.Agar sizda ham shunday bilim maskanlari haqida xotiralar bo‘lsa, yoki hozirda ham kuchli domlalar haqida ma’lumotingiz bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirsangiz. Ularni ham ziyoratlariga borsak. Hammaga foydali ma’lumotlarni ulashsak. Kuningiz xayrli o‘tsin! 05.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
UzGeeks MeetUp Videosi chiqdi.
Shanba, 29 Noyabr kuni bo‘lib o‘tgan tadbirimizning videosini chiqarishibdi.
Buning uchun Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va UzGeeks Community’ga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Videoni shu yerdan ko‘rishingiz mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=eb1-xtlQy5c?via=tg-DrAlgorithm
Izohlarda onlayn ko‘rish imkonini so‘rashgan edi. Shuni tashkil qilish uchun videosini taqdim qilmoqdamiz.
Agar mavzular bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa shu xabarning izoh qismida, yoki kanal ostidagi To‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat (DM) orqali yuborsangiz bo‘ladi.
Haftani yaxshi boshlab oling
01.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
Tadbir zoʻr oʻtdi
UzGeeks MeetUp Nov2025 tadbiri juda zoʻr ruhda oʻtdi.Mavzular biroz oʻgʻir kelsa kerak, - deb oʻylagan edim. Ammo juda koʻpchilik savol berdi. Demak mavzuni tushunishgan va balki qiziq boʻldi. Tadbir vaqtida 2 vazir kirib kelishgani ajoyib hayajon olib keldi. Yoshlarimizni Sunʼiy Intellekt davrida qilgan loyihalari uchun taqdirlashdi. Davomli boʻlsin. UzGeeks rasmiy kanalida tadbirdan lavhalar berib borildi. Online qizish bildirganlar bilan suhbat uyushtirildi. Stream qilib, online uzata olmadik. Nasib qilsa videosini chiqarib berishsa kerak.
Taqdimot fayllarini soʻraganlar bor. Shu yerga tashlab qoʻyaman.1. Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari https://docs.google.com/presentation/d/1DFtKPGXN2wv3FHaS1iHJmVk04j-2O_wkKwHVEAVasQE 2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish https://docs.google.com/presentation/d/1ZrWpC3MV-OPqr9FglcqboLUQLYwAEkNI2lcj1VQfEdo 3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda. https://docs.google.com/presentation/d/14LbYi2WtZlUKG8Bg4jtU6sSWUa3ROO59nQsT7BF8vJs Agar biror savol yoki taklif boʻlsa, shu kanalim tagidagi shaxsiy xabar orqali murojaat qilsangiz boʻladi. Dam olish kuni maroqli oʻtsin. 30.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Repost from EDU.DIGITAL.UZ
+5
UzGeeks AT hamjamiyatining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
⚜️Bugungi uchrashuv o‘ziga xos formatda tashkil etildi. Tadbir davomida Saidolim Jo‘rayev yakka tartibda sahnaga chiqib, uch muhim yo‘nalish bo‘yicha ishtirokchilarga mazmunli ma’ruza taqdim etdi hamda o‘zining boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
😎Meetupʼda quyidagi mavzular bo‘yicha chiqishlar boʻldi:
➡️Shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlashda dasturchining vazifalari; ➡️AT xizmatini Yevropa bozorida sotish; ➡️Chet el korxonalarida dasturchilarni Ai dan foydalanishga majburlashmoqda.🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
4 362
Qahva + UzGeeks
Bu oy turli qahvalarni sinab koʻrdim.
* Narxi turlicha 15,000 - 30,000
* Mazasi katta farq sezmadim
* Ta'siri menga bir xil boʻldi
Toshkentda ishtaxa qahva ichishga kam boʻldi. Faqat biroz miyyaga quvvat berish kerak boʻlganida ichmasangiz, boshqa payt usiz ham hayot goʻzal.
Qahva ichib oldik. Endi UzGeeks MeetUpga tayyorlanaman. Bugun mavzu zoʻr boʻladi deyishdi. Qiziq boʻlmoqda.
Siz ham tadbirga keling.
29.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
Yana bir yangilik.
Ertaga nasib qilsa UzGeeks MeetUpda ko‘rishamiz. Borish rejasidaman.Shu bilan birga bir yangiligimiz bor. Uni ham e’lon qilishni reja qildik. Tadbirga kelganlar birinchi bo‘lib eshitadigan bo‘ldi. Sizdan bir iltimos bor. Agar UzGeeks tadbiridagi 3 ta mavzu bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, shu yerda qoldirsangiz. Man tadbirga kiritishga harakat qilaman.
MeetUp mavzulari: 1. Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari 2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish 3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.Ertaga tadbirda ko‘rishguncha. 🎉 28.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Hatto PHP chilar Farhodni kuzatishadi.
Sardor og`a ham tavsiya qildilar.
Farhodning kanalini kuzatishni men ham tavsiya qilaman.
👉 JOIN: https://t.me/farkhod_com/392
27.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
Assalomu alaykum,
Bugun talabalar bilan uchrashish nasib etdi. Ilmga chanqoq, kelajakka rejalari katta bo‘lgan yoshlarni ko‘rib, odam quvonadi.
O‘zim uchun olgan bilimlar:
* Savol berishdan uyalmaslik kerak.
* Marraga eltuvchi yo‘l erishib bo‘lmas tuyular ekan.
* Diplom olsam bo‘ldi, - degan fikr yo‘qolibdi.
~~~
* Savol berishdan uyalmaslik kerak.
Talabalardan bir guruhi MDCU tadbiriga oldinga kelib, universitetlariga taklif qilishdi. Man xursand bo‘ldim. Birinchidan, mehmonga chaqirishgani uchun. Ikkinchi, va asosiysi, ular kelib, gaplarini ochiq ayta olishdi. Uyalishmadi. Uyaladigan ish ham qilishmagan edi.
Tanishish uchun albatta gap boshlash kerak.Busiz uzoq muddat tanishlaringiz soni kam bo‘ladi. Qancha ko‘p tanish-bilish orttirsangiz, ertaga hamkorlik qilish uchun sizga variantlar ko‘p bo‘ladi.
Falonchini tanisanmi? Pinchonchi bor-ku.. - degan gaplar bo‘lar edi avval. To‘g‘ri qilishar ekan.* Marraga eltuvchi yo‘l erishib bo‘lmas tuyular ekan. Marra uzoq tuyulib, kaltaroq reja qilish holatlari bor. Lekin siz marrani uzoq oling. Rejalaringizni katta qiling. Shunga yarasha harakatda bo‘ling.
Jaa, bo‘lmasa, yarmiga borsangiz, shu yarmini orzu qilgan tanishingiz hali ham yetib kelmagan bo‘ladi.* Diplom olsam bo‘ldi, - degan fikr yo‘qolibdi. Universitetda o‘qish shartmi? Diplom nima qilib beradi? - degan gaplar ancha kamayibdi. Bu quvonarli. Universitetni bitirib ham ish topa olmayotganlar rosa ko‘p. Sababi, ular kattaroq ishlarga harakat qilishmoqda. Ular 100, 500 ta ishga topshirib, yaxshisiga ilinishmoqda. Shunday ekan, qisqa natijaga qarab xulosa qilmaylik. Hali hammasi oldinda.
Universitetda o‘qish ko‘p narsa beradi: * Intizom * Tanishlar * Yangilik qilish imkoniyatiTadbir juda zo‘r o‘tdi. Keyinchalik ham hamkorlik qilishga kelishib oldik. UBS faoliyatiga rivoj tilayman! 🏆 27.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Talabalar boshqa olamda yashaydi. Xususiy universitet talabalari, ayniqsa biznesga qiziqadiganlari ham o`z olamnari bor.
UBS tashkil qilayotgan tadbirga mehmon qilib chaqirishdi. Shuni e'lon qilishgan ekan.
Sizga ham ulashgim keldi.
26.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
Repost from UBS Toshkent | Rasmiy kanal
👍👍👍👍 👍👍👍👍
IT va Biznes — Vebinar
UBS Toshkent filialida 27-noyabr kuni soat 10:00 da Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Moneff FinTech kompaniyasining IT Menejeri Saidolim Jo'rayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Suhbat davomida: 🔺Londonda IT karyera qanday quriladi? 🔺 Chet el kompaniyalariga qanday ishga kirish mumkin? 🔺 Yosh IT mutaxassislarga amaliy tavsiyalar🔘 27-noyabr, 10:00 📌 University of Business and Science, Toshkent filiali IT va FinTech sohasida katta maqsadlari bor barcha talabalarni uchrashuvga taklif etamiz! ↗️ UBS IT Klubiga a'zo bo'ling UBS Toshkent rasmiy sahifalari: 👍 Telegram | 👍 Instagram
4 362
+1
📱 DevFest London 2025
22 Noyabr kuni GDG DevFest London bo‘lib o‘tdi. U yerda bizning UzTech - IT Community a’zolari ham ishtirok etishdi. Mavlonbekning LinkedIn sahifalaridan o‘qiganim bo‘yicha ularga juda foydali bo‘lgan.
Mavzular:
* Gemini 3 Pro Image & Nano modellari - real vaqt rejimida tasvir yaratish va tahrirlash jarayonlarini ko‘rish juda hayratlanarli bo‘ldi.
* Multi-Agent Workflows (ADK) - BigQuery, Qidiruv (Search) va Multimodal agentlari qanday qilib birgalikda ishlashini o‘rganish avtomatlashtirish bo‘yicha butunlay yangi dunyoqarashni ochib berdi.
* Human-in-the-Loop va vositalarni mukammal boshqarish (orchestration) - haqiqiy mahsulotlar uchun ishonchli AI tizimlarini yaratishda juda foydali.
* Open-source Gemma oilasi xronologiyasi - 2024–2025 yillarda innovatsiyalar qanchalik tez sodir bo‘layotganini ko‘rish kishini hayajonga soladi.
* Ovozli AI interfeysi demolari - real vaqtda nutqni matnga aylantirish va agentlar orkestratsiyasi meni lol qoldirdi.
- deb yozadi Mavlonbek.
Nasib qilsa boshqa shaharlarda bo‘ladigan DevFestlarda ham qatnashish nasib etsin. Toshkent, Qarshi, Guliston, Oxford, Manchester, Edinburgh, Bristol.
Men esa sizlar bilan 6 Dekabr kuni DevFest Toshkentda ko‘rishish niyatidaman.
Tadbirlarga faol bo‘ling, Bir birimiz bilan ko‘rishib, tanishib olaylik. Ertaga katta odam bo‘lib ketganingizda, siz bilan bir piyola choy ishganmiz deb yuramiz.
Tadbirda ko‘rishguncha.
26.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
Shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri saqlay olamizmi?
Tadbirdagi shu mavzu menga juda qiziq. Chunki ko‘p o‘ylaydigan va xavfsiraydigan mavzuyim. Doim bitta ibora tilimda aylanadi:
O‘zbekistonda tizimlar va ma’lumotlar dasturchilar insofida ushlanib turibdi.Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha qonun bor. Ammo uni amalga oshirish biz AT mutaxassislari qo‘lida. Shunga bu masalaning nozik jihatlarini biz ochib berishimiz kerak. * Foydalangan ma’lumotlarimizni vaqtida o‘chirib yuboryapmizmi? * Egasidan so‘ramasdan ma’lumot olmadikmi? * Hech kim bilmaydi-ku, - zaylida ish yuritmayapmizmi? Manim bilganlarim hozircha shular. Tadbirda ko‘proq ochib berilsa kerak. Eshitib bilimimni oshirish niyatidaman.
Sizda ham shaxsiy ma’lumotlar bilan muammo bo‘lganmi?Agar qiziq holatlar (case) bo‘lsa, izohda qoldiring. Muhokama qilamiz. 24.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Assalomu alaykum,
Vanihoyat, keyingi tadbirimiz ham e'lon qilindi.
29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi.
MeetUp mavzulari:
1. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.
Tadbirda qatnashish uchun Uzgeeks.uz saytida ro`yxatdan o`tish kerak ekan.
Tadbirda keling, birga ko`rishib, suhbatingizni olay.
Shanba kuni ko`rishguncha.
24.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
Repost from UzGeeks Community - 10 yoshda🎉
📌 UzGeeks November2025
29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeksning navbatdagi tadbiri UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi.
⚜️Meetupʼda quyidagi mavzular bo'yicha chiqishlar bo'ladi:
1️⃣ Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2️⃣ IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3️⃣ Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.
❗️Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
🗓 29 Noyabr, Shanba
🕰 14:00 da
📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi.
✅ Hamkorlar:
➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
➡️ Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi;
➡️ Thinkland.
Sayt | Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
4 362
Assalomu alaykum,
Vanihoyat, keyingi tadbirimiz ham e'lon qilindi.
29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeksning navbatdagi tadbiri UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi.
MeetUp mavzulari:
1. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.
🗓 29 Noyabr, Shanba
🕰 14:00 da
📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Tadbirda qatnashish uchun Uzgeeks.uz saytida ro`yxatdan o`tish kerak ekan.
Tadbirda keling, birga ko`rishib, suhbatingizni olay.
Shanba kuni ko`rishguncha.
24.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
+2
MDCU 2025 tadbiri haqida fikrlarim
Microsoft Community Conf 2025 juda yaxshi tashkil etildi.
Bu endi 3-marta tadbir o‘tkazayotgan jamoa uchun katta yutuq.
1. Mavzular juda dolzarb va qiziqarli.
* So‘zga chiqqanlar va taqdimotchilar tajribalari kitoblardan topib bo‘lmaydigan ilm bo‘ldi.
* Taqalib, yechimini topa olmagan muammoingni ayta oladigan payt.
* Hayotiy tajriba esa, kelajak rejalaringni tuzishga yordam beradi.
2. Tanish-bilish. Menga eng yoqqan qismi.
* Juda ko‘p mutaxassislar bilan ilk marotaba yuzma-yuz ko‘risha oldik. Turli mavzularda suhbatlashdik.
* Yoshlarimiz uyalmasdan: Siz bilan tanishsam bo‘ladimi? - degan yondashuvi menga yoqdi. Aynan shu bizga yetishmayotgan xislatlardan biri.
* Hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan loyihalar ham chiqdi.
Bitta gap, sen uchun sodda bo‘lgan narsa, boshqasi o‘ylab ko‘rmagan va yechim qidirayotgan muammo bo‘lishi mumkin.Nasib qilsa, keyingi tadbirlarga ham qatnashish niyatidaman. U yerda ham yangi ilm egalari bilan tanishaman deb o‘ylayman. P.S. Ismlar lavhasida o`zimni topishga Gemini 3 yordam berdi. 24.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
+1
Event-Driven Architectures with .NET & Azure
— Erkin Mukhammedkulov
Event bus juda nozik mavzu. Uning aynan muammolarini olib chiqib berdilar.
Muammolarni turli kategoriyalarga bo‘lib, nimalarga e'tibor berish kerak ekani, qanday yechimlari bor ekanini yoritib berdilar.
Mavzu og‘ir, lekin hazil bilan to‘ldirilgan taqdimotlari ma'lumotni oson hazm qilishga yordam berdi.Savollar ham qiziq bo‘ldi. Menga bitta javoblari yoqdi, shuni aytmasam bo‘lmaydi. - 30 yoshdan kattalar bormi? qarsak chalilar 👏 👏 👏 - ana endi, Microservice bilan ishlash sizlar uchun qiyin. Buni bilib turibsiz.
Lekin sizdan keyingi yosh avlod bunga tayyor.(aytmoqchilar-ki, biz kattalar qo‘rqqan va hazm qila olmaydigan texnologiyalarga yoshlarimiz tayyor va yechimlarga oson erishishmoqda) P.S. Tadbirning bu postini yubora olmagan ekanman. Internet ishlamay qolgan ekan. Shu sababli eski sanani qoldiraman. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
