cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

SURXONDARYO VILOYATI OILA VA XOTIN-QIZLAR BOSHQARMASI RASMIY KANALI

✍️Сурхондарё вилояти Оила ва хотин-қизлар бошқармаси матбуот хизмати

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
628
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-2130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Qadriyatlar beshigisan mahallam O‘zbek mahallasi, insoniyat yaralibdiki uning ma’naviy yuksalishiga beshik bo‘lgan, tarixi bir necha ming yillik tarixga borib taqaladigan, dunyoning barcha taraqqiyot bosqichlariga guvoh bo‘lgan, bag‘rida ham olis o‘tmish, ham bugungi tamaddun jarayonlarini namoyon etuvchi bir maskandir. O‘zbek oilasi o‘zida qadimiy ma’naviy qadriyat va an’analarimizni, udum va rasm-rusumlarimizni, ma’naviy, madaniy merosimizni saqlab kelgan va kelmoqda. Sharq xalqlari o‘zligini anglash uchun o‘z milliy qadriyatlari va milliy madaniyatini asrab-avaylabgina yuksak ma’naviyatga ega bo‘ladi. O‘zbek xalqida o‘z qadriyatlari va o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oila yetakchi hisoblanadi. Oila har bir farzand qalbida eng pokiza tuyg‘ular shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bugun Boysun tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman Ma’naviyat ma’rifat bo‘limi hamkorligida “Qadriyatlar beshigisan mahallam” mavzusida milliy, ma’rifiy, madaniy, tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 3-sektor mahallalaridagi iqtidorli qizlar ishtirok etib, halqimizning umri boqiy an’analarini o‘zida mujassam etgan milliy urf-odatlarimizdan: salomlashish, nikoh, to‘y qilish, farzandni tarbiyalash, ota-onani hurmat qilish, salomatlikni saqlash, ilm olish, kiyim kiyish, nonni e’zozlash, kasbu-korlik, mehmon kutish, savdo-sotiq qilish, milliy bayramlarni o‘tkazish, tabiatni muhofaza qilish kabilarning har biri buyuk biri ibrat maktabi ekanligi haqida sahna ko‘rinishlari va belgilangan shartlar asosida ishtirok etdilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. 👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
نمایش همه...
🥰 1
Respublika xotin-qizlar tadbirkorlik markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari 🌐Web-sahifaayoltadbirkor.uzTelegram kanal http://t.me/restadbirkorayol 🌐Facebook https://www.facebook.com/people/Respublika-xotin-qizlar-tadbirkorlik-markazi/61561656276652/
نمایش همه...
Log in or sign up to view

See posts, photos and more on Facebook.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sakson sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, viloyat, shahar va tumanlar Kengashlari deputatlari, sektorlar rahbarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot, idora va boshqarmalar, hududiy studiyalardan hokimliklar, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Dastlab xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining “Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka keng jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 6-aprelda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisining 10-sonli bayonnomasi ijrosi yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Sessiya ishida jami 13 ta masala deputatlar tomonidan ko'rib chiqilib tegishli qarorlar qabul qilindi.
نمایش همه...
👍 5🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar qayerga murojaat qilishlari mumkin? Qabul qilingan reglamentga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar - "Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari; - ijtimoiy xodim; -“112” yagona dispetcherlik xizmati; -"1146" qisqa raqamli “ishonch telefoni”; - Ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqami; -profilaktika inspektorlariga murojaat qilishlari mumkin. 👮‍♂️ “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda "1146" qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushganda, mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarga ijtimoiy, psixologik, huquqiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish va axborot taqdim etish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. ❗️ Barcha murojaat qilganlarning shaxslari sir saqlanadi. 🔮Patronaj hamshirasi tomonidan xonadonlarga tashrif buyurish jarayonida kuzatilgan tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlari zudlik bilan majburiy ravishda ichki ishlar organlariga xabar qilinadi.
نمایش همه...
39:29
Video unavailableShow in Telegram
Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month” doirasida ўтказилган маатбуот анжумани. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: ✅ TELEGRAM    ✅  Facebook ✅ Instagram     ✅  YouTube ✅ Web-site       ✅  Efirni ko'rish
نمایش همه...
Кибер_Матбуот_анжумани_СТВ_Жонли_эфир.mp4287.77 MB
💻 Firibgarlar tomonidan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali “AT Xalq banki” nomidan foydalanib xato so‘zlar bilan tarqatilayotgan "Tezkor mikroqarz 3 daqiqada hujjatlarsiz" mazmunidagi yolg‘on xabarlar kelsa, ASLO ularga IShONMANG. ✅ Kredit bo‘yicha ma’lumot olish uchun bankning rasmiy manbasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. ❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz. #stop_feyk_kiberjinoyatlar ☝️ Hurmatli fuqarolar, agarda Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 📞 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling! 〰️〰️〰️〰️〰️ Surxondaryo viloyatida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, navbatdagi shunday tadbirlar bugun Termiz tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
video_2024-07-03_16-10-59.mp464.80 MB
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi "Yoshlar oyligi" doirasida Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova va yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Viloyat Kasaba uyushmasida o'tkazilgan uchrashuvda turli sohalarda yutuqlarga erishgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan faol va tashabbuskor xotin-qizlari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida yoshlar xotin-qizlar hayotidagi muammolar hamda ularning yechimlari haqida o'z takliflarini bildirdi. Yoshlar tomonidan bildirilgan eng yaxshi loyihalar amaliyotga tatbiq etiladigan bo'ldi.
نمایش همه...
👍 3 1🔥 1
16:31
Video unavailableShow in Telegram
Studiya 24 | Saodat Boymirzayeva - «II darajali sog`lom avlod uchun» ordeni sohibasi bilan suhbat #27june #uzbekiston24 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube❗️
نمایش همه...
7.mp4172.49 MB
Tadbirkor ayol – tadbirli ayol. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni hunarli qilish, shu bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ko‘mak berish asosiy vazifalardan biriga aylandi. Sherobod tumani hokim o‘rinbosari oila va xotin qizlar bo‘lim boshlig‘i G.Aminova hamda Sherobod tumani 2 sektor kotibi 1-darajali huquqshunos B.Qurbonmurotov IIB JXX HPB XQMB katta inspektori katta leytenant S.Xudoyqulovalar, xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan nafaqat shahar balki olis hududlarda yashovchi, “Ayollar daftari”, shu bilan birgalikda ijtimoiy-himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida o‘quv kurslar tizimli yo‘lga qo‘yib, hunar egasi bo’lgan ayollarga sertifikat topshirdi. Bevosita, bu yerda hunar o‘rganib, biror bir kasb egasi bo‘lib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan xotin-qizlarning har biriga “Tadbirkorlik va biznes asoslari” o‘quv kurslari mukammal tarzda o‘qitilib, ayollar bandligini ta’minlashga muhim poydevor bo‘lib kelmoqda.
نمایش همه...
👍 2
آرشیو پست ها
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.