cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Qashqadaryo hokim yordamchilari

پست‌های تبلیغاتی
778
مشترکین
-324 ساعت
-57 روز
-1930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etilgan. Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram|Veb sayt|Facebook|YouTube|Instagram|
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilib qо‘ygan yaxshi YATTlar yer solig‘ini jismoniy shaxs kabi tо‘laydi Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar kо‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bо‘yicha tо‘lanadi. Soliq kodeksi 437-modda 7-qismi https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
نمایش همه...
00:55
Video unavailableShow in Telegram
Muboraklik tadbirkor, "Muslima Bravissimo" MCHJ rahbari Mehriniso Yashuzakova "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida bankdan 700 mln so‘m kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirmoqda. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
نمایش همه...
муб.mp417.87 MB
08:35
Video unavailableShow in Telegram
"Reportaj". Mazkur ko‘rsatuvda jurnalist Dilshod Karomov G‘uzor tuman prokurori rahbarlik qilayotgan 2-sektorga qarashli “Obihayot”, “Istiqlol”, “Xumdon” MFYlarida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritilgan. Ko‘rsatuvda “Istiqlol” MFY hokim yordamchisi Bobur Mo‘minov o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, bedanachilikni yо‘lga qо‘yish orqali aholining yuqori daromadga erishishini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida o‘z fikrlarini bildirishgan. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
نمایش همه...
REPORTAJ_G`UZOR_TUMAN_2_SEKTOR_FAOLIYATI_TAYYOR_30_05_2024_D_KAROMOV.mp479.76 MB
Nishonda 30 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi Vazirlar Mahkamasining 252-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Nishon tumanida "Ayollar daftari"da roʻyxatda turuvchi, vaqtinchalik ishsiz boʻlgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Nishon tumani hokimi Botir Tog'ayev va tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan "Ayollar daftari"da turuvchi 30 nafar xotin-qizlarga hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari tavsiyasiga asosan subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
نمایش همه...
# Hokim yordamchilari faoliyatidan Qarshi tumanidagi Alisher Navoiy MFY hokim yordamchisi Shuhrat Haydarov tomonidan mahalla hududida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, yangi ish о‘rinlari yaratish borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda. Xususan, hokim yordamchisining tavsiyasiga asosan tadbirkor Abbos Shirinovga 88 mln sо‘m imtiyozli kredit ajratilishi natijasida 5 ta yangi ish о‘rni yaratildi. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
نمایش همه...
1.mp425.25 MB
2.mp482.77 MB
👍 1
Muborakda "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida amaliy ishlar qilinmoqda Muhtaram Prezidentimizning “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, mamlakatimizda kambag‘allikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish hamda ushbu jarayonda tadbirkorlik subyektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorning amaliy ijrosini ta'minlash hamda Muborak tumanida ham kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida bir qator ishlar qilinmoqda. Jumladan, Muborak tumani markazida "Muslima Bravissimo" MCHJ rahbari tadbirkor Mehriniso Yashuzakova "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida bankdan 700 mln so‘m kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirdi. Endilikda tadbirkor tomonidan novvoychilik, qandolatchilik, tikuvchilik hamda o‘quv kursi tashkil etilib, natijada, 40 nafarga yaqin yangi ish o‘rni hamda jami bo‘lib 60 nafar fuqaroning bandligi ta'minlandi. Kecha ushbu MCHJning yangi binosi foydalanishga topshirildi. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida (О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.05.2024 yildagi PQ-200-son) https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
نمایش همه...
президен карори тадбиркрлар.pdf3.61 MB
❗️ Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш дастурлари доирасида ажратиладиган имтиёзли кредитлар бўйича бизнес режалар. 📑 Қуйида кўрсатилган йўналишлар бўйича кредитлар йиллик 18% ставкада ажратилади: 🔷 Комбикорм ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Ўрик мағзини тайёрлаш ускунаси—Батафсил; 🔷 Пахта қанд ишлаб чиқариш ускунаси—Батафсил; 🔷 Пахта синтефон ускунаси—Батафсил; 🔷 Колбаса ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Қуруқ меваларни қадоқлаш—Батафсил; 🔷 Зардўзлик—Батафсил; 🔷 Гўшт маҳсулотларини дудлаш—Батафсил; 🔷 Автомобил гиламчалирини ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Балиқ емини ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Чучвара ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Газламаларга нақшлар солиш—Батафсил; 🔷 Ҳидли совун ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Тақинчоқлар ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Сумалак тайёрлаш—Батафсил; 🔷 Картошка етиштириш—Батафсил; 🔷 Компьютер саводхонлиги хизмати—Батафсил; 🔷 Пайпоқ ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Футболкаларга наклейка босиш—Батафсил; 🔷 Ипак матоларига гул босиш—Батафсил; 🔷 Куркачилик—Батафсил; 🔷 Букет гуллар ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Кўрпача тикиш—Батафсил; 🔷 Мураббо тайёрлаш ускунаси—Батафсил; 🔷 Декоратив гуллар—Батафсил; 🔷 Чойшаблар ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Фото студия—Батафсил; 🔷 Кофе шоп—Батафсил; 🔷 Миллий либослар тикиш—Батафсил; 🔷 Бедана боқиш—Батафсил; 🔷 Аёлларга массаж—Батафсил; 🔷 Энагалик агентлиги—Батафсил; 🔷 Сабзавотларни консервалаш—Батафсил; 🔷 Паррандачилик—Батафсил; 🔷 Гул дўкони—Батафсил; 🔷 Асаларичилик—Батафсил; 🔷 Атиргул етиштириш—Батафсил; 🔷 Чипс пишириш—Батафсил; 🔷 Тузламалар тайёрлаш—Батафсил; 🔷 Совғалар дўкони—Батафсил; 🔷 Пакет ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Қандолатчилик—Батафсил; 🔷 Нон маҳсулотлари—Батафсил; 🔷 Хўжалик совуни—Батафсил; 🔷 Дўппичилик—Батафсил; 🔷 Аёллар сумкаси—Батафсил; 🔷 Қуйма музқаймоқ—Батафсил; 🔷 Аёлларга оқ кофта тикиш—Батафсил; 🔷 Болалар кийимларини тикиш—Батафсил; 🔷 Гўзаллик салони—Батафсил; 🔷 Макарон ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Гел ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Яшик ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Кир ювиш хизмати—Батафсил; 🔷 Попкорн ишлаб чиқариш—Батафсил; 🔷 Сут маҳсулотлари—Батафсил; 🔷 Қоғоз пакет—Батафсил; 🔷 Нон ва нон маҳсулотлари—Батафсил; 🔷 Парранда гўшти ва тухум етиштириш—Батафсил; 🔷 Автомобилларга техник хизмат—Батафсил; 🔷 Босмахона—Батафсил; 🔷 Кўкат етиштириш—Батафсил; 🔷 Балиқчилик—Батафсил; 🔷 Патир—Батафсил; 🔷 Оёқ кийим—Батафсил; 🔷 Нам салфеткалар—Батафсил; 🔷 Сопол маҳсулотлари—Батафсил; 🔷 Темир эшик ва панжаралар—Батафсил.
نمایش همه...

12:02
Video unavailableShow in Telegram
JARAYON. Jurnalist Akbarali Xudayberdiyev tomonidan tayyorlangan “Jarayon” ko‘rsatuvida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Qodirov boshchiligida sektor rahbarlari, tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari, viloyat va tuman tijorat bank rahbarlari ishtirokida G‘uzor tumanining “Batosh”, “Obihayot”, “Dashtobod” MFYlarida "Bir hudud-bir mahsulot" tamoyili asosida tashkil etilgan seminar xususida so‘z yuritilgan. Ko‘rsatuvda “Batosh” MFY hokim yordamchisi Bekzod Hamidov, “Obihayot” MFY hokim yordamchisi Sardor Qudratov, “Dashtobod” MFY hokim yordamchisi O‘ktam To‘rayevlar o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportbop mahsulotlarni etishtirish va yuqori daromadga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikrlarini bildirishgan. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
نمایش همه...
A.XUDOYBERDIEVGA JARAYON 30.05.2024.mp4109.96 MB
👍 1