cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

پست‌های تبلیغاتی
9 037
مشترکین
+4624 ساعت
+1 4357 روز
+1 89130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Yer nazorati tadbirlari maxsus dronlar yordamida olib borilmoqda Qashqadaryo viloyat Kadastr agentligi tomonidan fuqarolarning yerlarni noqonuniy o‘zlashtirish holatlari maxsus dronlar yordamida aniqlanmoqda. Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 2024-yilning o‘tgan 4 oyi davomida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 1 007 ta holatda 270,9 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinish holatlari aniqlandi. Mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 320 tasi ya’ni 71,7 gektarida (26,5%) qonunbuzarliklarning bartaraf etilishiga erishildi. Yerlarni o‘zboshimcha egallash va yerdan maqsadsiz foydalanish holatlarini aniqlash hamda bartaraf etish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish maqsadida joriy yilning 1-mayidan 10-iyunigacha “dolzarb 40 kunlik” tadbir e’lon qilindi. Ushbu tadbirga barcha xodimlar jalb qilinib, nazorat tadbirlari jadal olib borilmoqda. Bundan tashqari “dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dron) foydalanilmoqda. ❗️Eslatib o‘tamiz, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish qilayotganlar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Davlat aktivlarini xususiylashtirishda imtiyozlar beriladi Davlat rahbarining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qaroriga ko‘ra, davlat aktivlarini sotishni jadallashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida:
— davlat aktivlari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlang‘ich narxi qoldiq (balans) qiymati yoki sof aktivlari miqdoridan qat’i nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi. Bunda, davlat aktivlarining boshlang‘ich narxi pasaytirilgandan keyin ham uch oy muddatda sotilmagan taqdirda xususiylashtirishning boshqa usullari qo‘llaniladi.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
🇩🇪Germaniyaga Ausbildung – dual tizimi asosida ishlash istagida bo'lganlar diqqatiga! 🤔 Ausbildung nima? 🤔 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qashqadaryo viloyat filiali va O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida nemis tili o'quv kurslari tashkil etmoqda. - o'quv kursi muddati 6 oydan 9 oygacha; - o'quv kursi yakunida nomzod B1 darajada sertifikat olsa, oylik amalga oshirgan to'lovlari to'liq qaytarib beriladi. 🤔 Germaniyada: − o'qish muddati 2 yildan 3.5 yilgacha; − oylik stependiya 900 yevrodan 1200 yevrogacha; − Loyiha yakunida 2 500 - 3 000 yevro oylikli ish o'rinlari. 🤔 Ish turlari: − Keksalarga g'amxo'rlik qilish; − hamshiralik; − Mehmonxona biznesi; − Oziq-ovqat zanjiri xodimlari; − Mexatronika; − Avtomexanik; − Haydovchilik; − Mikroelektronika; − Barcha hunarmandchilik kasblari va boshqa sohalar. 🤔Ushbu loyihada qatnashish ya'ni nemis tilini o'rganish va Germaniyada ishlash istagida bo'lganlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin. 👇👇👇👇👇👇 ✔️Ro'yxatdan o'tish 🏠 Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 70a-uy (Mo‘ljal: Oydin bozor ro‘parasi). ☎️Мurojaat uchun: (55) 403-12-82 😎Kanalga obuna bo'lish 🐶@qashmigration
نمایش همه...
#Ҳокимлик_соати Танқидий-таҳлилий руҳда ўтган йиғилишда бир қатор масъулларга чоралар қўлланилди Кеча Муротжон Азимов раҳбарлигида ўтказилган йиғилишда вилоятда “Сайхунобод, Уйчи ва Зарбдор тажрибалари”ни кенг жорий қилиш, бандликни таъминлаш, аҳолини бизнесга жалб этиш, иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш, давлат мулкини хусусийлаштириш орқали хусусий сектор улушини ошириш ва тадбиркорликни ривожлантириш учун шароит яратиш, муаммоли кредитлар улушини қисқартириш, жорий йил чақирув мавсумида сафарбарлик чақируви резерви хизматининг ташкил этилиши ҳамда Ҳисоб палатаси томонидан давлат харидларининг қонунийлиги юзасидан вилоятда ўтказилган ўрганишлар натижалари танқидий-таҳлилий муҳокама қилинди. Вилоят ҳокими ҳар бир масалага атрофлича тўхталиб, ютуқ ва камчиликларга алоҳида эътибор қаратди. Шунингдек, "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида экилган кўчатларни парваришлаш, вилоят маркази ҳисобланган Қарши шаҳрида ободонлаштириш ишларини олиб бориш, ҳар бир ташкилот ва муассасада ўз ҳудудини тоза ва файзли сақлаши кераклиги таъкидланди. Йиғилиш кун тартибидаги масалаларни бажарилишига эътиборсизлик билан қараганлиги учун 22 нафар масъуллар лавозимидан озод этилди. 29 нафарини вазифасидан озод этиш бўйича Республика раҳбариятига тақдимнома киритиладиган бўлди. 41 нафар масъулларга навбатдаги интизомий жазо чоралари қўлланилган бўлса, 27 нафарининг фаолияти қониқарсиз деб топилиб, кейинги чорак якунлари бўйича ижобий ўзгариш қилмаган тақдирда, уларга нисбатан кескин чоралар кўрилиши тўғрисида огоҳлантирилди. Бундан ташқари вилоятдаги Ахборот хизматлари ва ОАВ вакилларига ижтимоий роликлар, иш ўринлари эълонлари, Президентимиз томонларидан яратиб берилган имтиёзли кредит ҳамда субсидияларга оид материалларни кенг жамоатчиликка етиб бориши учун тарғиботини кучайтириш вазифаси топширилди. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
Yakkabogʻ tumanining "Istiqbol" markaziy dehqon bozorida "Daladan dasturxonga" tamoyili asosida yarmarka tashkil etilib, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda "Daladan dasturxongacha" tamoyili doirasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqonlar oʻzlari bozor rastalarida sotishmoqda. Bu esa narxlarning sunʼiy oshib ketishini, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir oʻtkazishining oldini olmoqda. Tashkil etilgan savdo yarmarkasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻz tomorqasida yetishtirgan fuqarolar va xususiy tadbirkorlar asosan 40 turdagi oziq-ovqat savdosi bilan shugʻullanmoqdalar" deydi "Istiqbol" markaziy dehqon bozori rahbari Mahmud Sattorov. Albatta, bu kabi savdo yarmarkalarning tashkil etilishi narx-navoning moʻtadilligiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
📣Tadbirkorlarga buxgalteriya xizmatini taklif qilamiz. 🔗Xizmatlarimiz xususan: ▪️Buxgalteriya hisobini yuritish, ▪️Barcha turdagi Soliq hisobotlarini tayyorlash va topshirish, ▪️Hujjatlarni rasmiylashtirish, ▪️Ijara shartnomalar tuzish, ▪️E-aktiv dasturini mahsulini yuritish, 🔻Yetakchi mutaxassislar tomonidan soliq va moliyaviy hisobotlarni sifatli tayyorlanishini kafolatlaymiz. ☎️Hoziroq qo'ng'iroq qiling: ▫️+998 91 561 67 65 ▫️+998 91 949 80 94 Kanalga ulaning 👉 @uzchamber_qd
نمایش همه...
Qashqadaryoda “Yosh tadqiqotchilar II Forumi” bo’lib o’tdi. Qashqadaryo viloyatida yoshlarning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, besh muhim tashabbus doirasidagi tanlov va musobaqalarni tashkil etish hamda ijtimoiy-siyosiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, kuchli tajribaga ega bo‘lgan trenerlar bilan master-klasslar o‘tkazish maqsadida “Yosh tadqiqotchilar II Forumi”mi bo’lib o’tdi. Mazkur Forumda 100dan ortiq tashabbuskor, faol yoshlar ishtirok etib 3 kun davomida turli loyihalarda xususan zakovat intellektual o’yini, sport musobaqalari hamda ma’daniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib tadbiring so’ngida eng faol yoshlar turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandilar. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
“School 21” raqamli texnologiyalar maktabiga kiring va bepul ta’lim oling  “School 21” joriy yil 27-may kuni boshlanadigan navbatdagi saralash Intensiviga arizalarni qabul qilishni boshladi. Saralash Intensivi  bu 26 kun davomida IT olamiga sayohat qilish imkoniyatidir. Uning doirasida ishtirokchilar berilgan topshiriqlarni bajaradilar, kod yozishni o‘rganadilar va jamoaviy loyihalarni amalga oshiradilar. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan eng yaxshi ishtirokchilar Asosiy ta’limga qabul qilinadi. Bu yerda ular dasturlash tillarini o‘rganishlari, majburiy amaliyot o‘tashlari va mamlakatning eng yirik IT kompaniyalarida ish topishlari mumkin. ❗️Arizalar 21-may kuniga qadar qabul qilinadi 🔗 “School 21”ning saralash Intensiviga ishtirok etish uchun ariza qoldiring. 📲 Instagram / Telegrami  📞 +998 93 0394442 Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
آرشیو پست ها