cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

BARS EDUCATION CENTER

🎓Sifatli taʼlim 📕DTM darajasidagi testlar 📃Testlar tahlili 📱Online test ishlash imkoniyati 🖥 Video darslar 🏫Manzilimiz:Nishon tumani, Nuriston shaharchasi, 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi binosi ☎️ +998990685759

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
273
مشترکین
-124 ساعت
+37 روز
-430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Xushnudbek.uz
Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi? #abituriyent  Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi: 1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar. Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q; 2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar. Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi. Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan; Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas. 3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi; 4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar. Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi. Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi; 5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar. Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi. Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad! 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
❓Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun milliy sertifikat darajasi qanday bo‘lishi kerak? #abituriyent Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibini tushuntirdi. Unga ko‘ra: ❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida): ➖ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ➖ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. ✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga: ➖ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ➖ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. ✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
❓Chet tili birinchi fan bo‘lgan yo‘nalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihon bekor bo‘ldimi? #abituriyent ✅ JAVOB: Hozircha rasmiy emas, lekin katta ehtimol bilan, ha, bekor bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 19.01.2022-yildagi 34-sonli qarori bilan ayrim OTMlarga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan edi (o‘tgan yilgi yo‘nalishlar yuqoridagi suratda). 2022 va 2023-yillarda ayni shu tizim ishladi. Bunda ushbu yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar umumiy tartibda testga kirmas, balki kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirar edi. Buning evaziga abituriyentlar boshqa yo‘nalishlarga hujjat topshira olmas, faqat shu ro‘yxat doirasidagina 5 tagacha yo‘nalish tanlay olar edi. Joriy yilda kasbiy (ijodiy) imtihonlar bekor bo‘lishi hamda chet tili birinchi fan sifatida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ham umumiy, el qatori test sinovlari bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Hukumat qarori loyihasi tayyorlangan. Katta ehtimol bilan bu kuchga kiradi va tez orada e’lon qilinadi. ‼️ESLATMA: lekin bir katta o‘zgarishni unutmang, 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,1 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Repost from Xushnudbek.uz
Fanlar majmuasi ro’yxati bilan tanishing #abituriyent 5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda. Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing. Mazkur ro’yxatga tez orada ayrim o’zgarishlar kiritilishi mumkin, lekin bu katta o’zgarish bo’lmaydi. Tahlil uchun yuqoridagi faylni asos qilib olsangiz bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Fanlar majmuasi 2024_2025.pdf1.64 MB
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi #abituriyent 🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 📆 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. 👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi: ➖ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi; ➖ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; ➖ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; ➖ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; ➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; ➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. ✅ Ayrimlar tavsiyanoma faqat 2 ming kishiga beriladi, deb xato o’ylaydi. Aslida tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanomalar soniga cheklov yo’q, necha kishi to’g’ri kelsa, barchasiga beriladi. 2 ming bu ajratilgan kvota. Ya’ni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar jami 10 ming nafar bo’lsa, shularning orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi. ❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi. ⏳❓Tavsiyanoma muddati qancha? 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi. ‼️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi. ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 1🎉 1
‼️♻️Bugungi oʻtkazilgan 5 blokli test jarayonidan... Natijalar oʻqib eshittirilmoqda✅ @barseducation @Abrorxushmurodov
نمایش همه...
👍 6🎉 2
Photo unavailableShow in Telegram
🐯 "BARS EDUCATION" 🐯 "BARS EDUCATION" jamoasi tomonidan 5️⃣ BLOKLI test sinovlari oʻtkazilmoqda..!!⏳ Testimizni boshlanish vaqti: ✅ 0⃣6⃣ 0⃣6⃣ 2⃣0⃣2⃣4⃣YIL ⏰Soat: 0⃣8⃣⁰⁰da Test sinovi oʻtkaziladigan fanlar: 🎓 Ingliz tili – Ona tili. 🎓 Ona tili – Ingliz tili. 🎓 Matematika – Ona tili. 🎓 Rus tili – Ona tili. 🎓 Matematika – Ingliz tili. 🎓 Biologiya – Ona tili. 🎓 Huquq – Ingliz tili. 🎓 Tarix – Geografiya. 🎓 Tarix – Ingliz tili. Majburiy fanlar: 1️⃣ ONA TILI✅ 2️⃣ MATEMATIKA✅ 3️⃣ OʻZBEKISTON TARIXI✅ 🛑🗣Testimizda ishtirok etish narxi 5⃣0⃣0⃣0⃣ soʻm.👮‍♂️ 🙋🎓Qatnashish istagida boʻlgan abituriyentlar ertaga 6-iyun kuni roʻyxatdan oʻtishlari shart👨‍💻 📌Testimizda qatnashuvchi har bir abituriyent uchun ➡️TITUL⬅️ varagʻi ajratiladi va savollar kitobchasi taqdim etiladi.💯 🦅O`z kelajagingizni ishonchli va sinalgan jamoa bilan quring!😀 Murojaat uchun 📞 990685759 📞 906761806 Telegram kanallarimiz ✅ @barseducation@Abrorxushmurodov Bizning manzil👀 📍Nishon tumani Nuriston shaharchasi 20-maktab binosida‼️
نمایش همه...
🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
‼️Bugun qabul boshlanadi #abituriyent Bugun, 5-iyundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Lekin hozircha ro'yxatdan o'tish ochilmadi, ertalab ochilib qolsa kerak. Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Repost from N/a
00:44
Video unavailableShow in Telegram
5.56 MB
👍 5
Repost from N/a
00:54
Video unavailableShow in Telegram
6.78 MB
👍 5