PARVOZxonim (ayollar blogi)
رفتن به کانال در Telegram
Hammasi xotin-qizlar uchun! - Ilm 👩🏻🎓 - Ijod ✍️ - Davlat mukofotlari 🏅 - Stipendiyalar 📄 - Shaxsiy hayot+karyera 👑 - Bola tarbiyasi 🤱🏻 - Motivatsiya 🔥 - O‘z ustida ishlash 👩💻 - Kitobxonlik 📚 va h.k... 🥰 Murojaat: @ManzuraParvoz_bot
نمایش بیشتر333
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-77 روز
-730 روز
آرشیو پست ها
Alloh buyuk zot!
Har kuni bugun juda qattiq charchadim. Energiyam qolmadi. Ertaga oyoqda tik turolmasam kerak deydigan ayollarni yana xuddi oʻsha ishlarni qilishiga sabr va kuch berib qoʻyadi.
Yoki koʻrganmisiz bir kun bolasiga qarab, qattiq charchab, ertasiga oʻrnidan tura olmay qolgan onalarni? Ming marta oʻzingizni tugab qolgandek tasavvur qilsangiz ham ertasi kuni yana gʻoyibona kuch bilan uygʻonasiz. Bu esa shubhasiz Allohning marhamatidir!
Har bir insonning yonida uni eshitib zerikmaydigan, birga vaqt oʻtkazish uchun har doim imkon topadigan, hech narsani aytmasa ham koʻzlaridan sezib oladigan darajada mehribon jufti boʻlsin.
Bu qisqa hayotda eng katta omad seni tushunadigan inson bilan yashashdir!
Soat 4. Men esa hali uxlamadim. Toʻgʻrirogʻi uxlayolmadim. Bundan oldingi kunlar ham kech uxlab vaqtli uygʻongandim. Lekin 4 gacha bedor yurmagandim.
Negadir qizim kam uyqu boʻlib qoldi. Kunduzi ham yarim soat uxlar uxlamas uygʻonib akasiniyam uyqusini buzdi. Oʻzi esa injiiiiiq. Qoʻlda koʻtarib ishla deydi.
Shuncha charchaganimga yarasha kechasi mazza qilib uxlaymanmi desam bu ham oʻxshamadi.
Avvaliga bolalarni uxlatgunimcha yarim tun boʻldi. Undan keyin oshxonani yigʻvolay dedim. Bir yuvinib chiqay dedim. Yuzimga uxod qilay dedim. Shu bilan soat 2 boʻlib ketdi. Dadamiz ishdan qaytdilar. Ularga kiyimlarini tayyorlab berdim. Ozgina suhbatlashdik. Choy ichdik. Endi hammasini tugatib uxlaykan deganda Koʻhinur uygʻonib qoldi. Iliq suv olib kelaman desam yigʻlab akasiniyam uygʻotvoldi.
Ana endi vaziyatni koʻringda😢😢 Yana hammasini 0 dan boshlash kerak 🥺.
Soat 4:13. Bolalar qotib uxlab qolsa men ham dam olardim deb kutib yotibman. Lekin koʻzlarimni ochib turishga ham yetmayapti kuchim
Onalik nega buncha qiyinaaa 🥺😢
+3
🤝💍💍
Toʻy yoki shunga oʻxshash bazmlar uchun hamyonbop narxlarda sarpo sandiqlari izlab yurgan Surxondaryoliklar qani yaqinroq keling. Mana sizga bebaho goʻzallik 😍
Bu sandiqlar begona emas, oʻzimizga (ota uyimdagi oilamga) tegishli. Shu sababli hech ikkilanmay boshqa joylardan aaaancha arzon deb tavsiya qila olaman. Sifati ham a’lo darajada. Holati esa yaaangi 🥹
Ushbu naborda sarpo sandiqlari bilan birgalikda katta va kichik manekenlar, garderob ham bor. Narxlar masofaga, olinadigan mahsulotlarning soniga qarab ham oʻzgaradi. Deylik siz toʻliq nabor olmasangiz aytilgan narxdan oʻtib beriladi 😉
Murojaat uchun👇
Tel nomer: +998 95 464 21 25
Telegram: @BibiXadicham24
Qizlar bosiqroq boʻladi deyishsa ishonmang. Oxirgi kunlarda oʻgʻlimdan koʻra qizim koʻproq energiyamni soʻrib olyapti. Na oʻzi nima xohlayotganini biladi, na oʻzim topishimga qoʻyib beradi.
Toje mne 😵💫
Xayrli kech qizlar! Yaxshimisiz?
Bugun sizlarga bir ikki iqrorlarimni ulashmoqchi edim.
Kimlardir kech uxlasam ham vazifalarimdan tonmasligim, nimadir ishlarimni qilganim, oilaviy munosabatlardagi yutuqli tomonlar, bolalarga vaqt ajratishim haqida yozsam oʻzini yaxshi ayol/kelin/ona/ ekanligini isbotlamoqchi yoki maqtanmoqchi deb oʻylashi mumkin. Ammo ishoning menda zarracha bunday niyat yoʻq. Boʻlmagan ham.
Shunchaki kanalimda men bilan bir hil hayotni yashayotgan yoki shu vaziyatga tayyorlanayotgan qizlar boʻlishi mumkin. Ularga mitivatsiya ulashish, hamma narsa ham imkonsiz emasligini tushuntirish, keyin hayot pushti koʻzoynakda koʻrinadigandek qiyinchilik va xizmatlardan holi emasligini anglatish maqsadida real misollarni yozib boraman.
Bir paytlar men ham juda erkin, oʻzidan boshqa tashvishi boʻlmagan, moliyaviy erkin, koʻpchilik havas qiladigan karyerist qiz boʻlganman. Ammo turmush qurgach hayotim tubdan oʻzgardi. Ona boʻlgach koʻp narsalardan voz kechdim va bu narsa tabiiy holat ekanligini hech qanday inkorlarsiz qabul qilganman. Chubki ayol kishining asosiy vazifasi ham avvalo solih va soliha farzandlarni dunyoga kelib tarbiyalashdir.
Yana shuni aytishni istardimki, bu dunyoda ayollardan-da kuchliroq, sabrliroq, moslashuvchan mavjudot yoʻq. Bir begona insonning rafiqasi boʻlib naslini davom ettirish uchun ota uyidan ketadi. Oʻziga yetti yot begona boʻlgan oilaga, xarakterlarga, insonlarga moslashadi. Ularni xizmatini qiladi. Rahmat aytsa xursand boʻladi. Kamchilik qidirib dilini ogʻritsa sabr qiladi. Bir oʻlimdan qolib farzand dunyoga keltiradi. Tunlari uxlamay, kunduzlari orom bilmay ularni ulgʻaytiradi, tarbiyalaydi. Bolalari qobil chiqsaku omadi, noqobil chiqsa u uchun ham kuyinadigan, vijdon azobida yonadigan ayollardir.
Ayol boʻlish oson emas. Lekin shunga yarasha ajru mukofoti borligini his qilgan inson mehnatdan qochmaslikni, imkon qadar goʻzal amallarni koʻpaytirish lozimligini tushunib yetadi.
Meni blogimdagi postlarning ham maqsadi ana shunday. Ayollarga ayollikning mashaqqatlari hammaga tanish ekanligini, ammo uning ham oʻziga yarasha xayrli tomonlari borligini koʻrsata olishdir. Agar bu masalada zarracha foydam tegayotgan boʻlsa, men bundan benihoya quvonchdaman.
Ishoning hali oldinda yaxshi postlar koʻp boʻladi. Faqat ungacha oʻzim ham energiya yigʻib olishim kerak!
Shunchaki bardak choy ichgisi kelgani uchun ham yasanib koʻchaga chiqadigan, oʻziga yoqqan turk restoraniga kirib bemalol oʻtirib ovqatlandigan Manzuradan bir koʻchaga chiqish uchun kun davomida tayyorlanadigan, ishlarini shunga qarab rejalashtiradigan Manzuraga aylandim.
Mana sizga onalik! Ayollar farzandlari uchun har qanday vaziyatga moslashishadi!
Dengizdek qalbim bor edi. Hech qanday sarhadsiz, faqat oʻzi bilan ovvora, istasa sokin, istasa toʻfon.
Ba’zida sogʻinaman oʻsha qalbimni…
Dengizni sogʻindim. Ketvorgim kelyapti dengizi bor joylarga 🥺🥹
Shu videoni olganimga ham sal kam 4 yil boʻlibdi. U paytda qancha muammolarim boʻlsa-da bitta dengiz diydori bilan unutvorgandim 🫠
Xayrli yarim tun qizlar. Man ishlarimni tugatib keldim. Endi bemalol uxlasam ham boʻlad 🥹
Soatni koʻryapsizmi? Bugun kechagidan vaqtliroq-a?
Demak oʻsish bor. Yoki ishim kamroq boʻlgan yoki man tezroq harakat qilganman.
Nima boʻlganda ham nihoyat bemalol uxlaydigan vaqtga yetib keldim. Tongda soat nechida uygʻonishim esa bolalarimga bogʻliq. Agar ular vaqtli uygʻonvolmasa ozgina +dam olish niyatim bor.
Barchaga xayrli tun. Ertagacha qizlar!!!
Xayrli tong qizlar.
Kimlardir meni kech uxlaganiga yarasha soat 10-11 qilib tursa kerak deb oʻylasa kerak-a?
Aslida soat nechada uxlasam ham 8 gacha uygʻonib boʻlaman. Koʻpincha 7, 7 yarimda.
Bugun soat 6 dan oʻtib qizim uygʻonvoldi. Sal oʻtib oʻgʻlim ham turdi. Ualrni aldab uyquni davom ettirolmasdim. Chunki ikkisi ham ishini bajarib qoʻygan va man turib pamperslarini almashtirishim, vannaga olib kirib yuvintirishim va kerakli vositlarini surib qoʻyishim kerak edi. Shunday qildim ham!
Mana endi qizimni uyqusi kelib injiqlanib oʻtiribdi. Men esa uydagilarni ishga kuzatib olib bemalol qizimni uxlatgach ishlarimni boshlasam boʻladi ☀️💕
Doimgidek tunni yarim qilib uxlamasa koʻngli tinchimaydigan Manzuradan salom barchaga.
Men bolalarni uxlatib, oshxonani yigʻishtirib, yuvilgan kiyimlarni dazmollab (bolalar va turmush oʻrtogʻimniki asosan), oʻzim ham bir dush qabul qilib uxlashga kirgunimcha soat ham 2 yarim boʻlib qolibdi. Eng alamlisi shuki hali koʻzimni yumib uyqu nimaligini tushunishga ulgurmasimdan tong otadi 🙈 Hozir vaqt shunaqa barakasizku 🥺
Xulosa shuki, agar oʻta semirib ketsam aniq shu tartibsiz uyqularim ortidan deb oʻylayvering. Agar ozib ketsam bemalol uxlamaganidandir deb oʻylasangiz u ham xato boʻlmaydi.
Lekin nima boʻlganda ham nolimayman. Shu rejimda ham energiyaga toʻlib yurishga kuch berayotgan Allohimga shukr. Yurolmaslikdan, bir ish qilolmaydigan boʻlib yotib qolishdan asrasin 🤲
+1
Ana, mana deguncha Koʻhinurxonim 7 oylik boʻldilar.
Tashqaridan qaraganda balki bir pasda katta boʻlib qolgandek koʻrinar. Ammo men u bilan oʻtgan har bir kunimni eslayman. Har bir qiyinchilik, har bir quvonch, har bir uyqusiz tunlar va yana shukronalik bilan boshlanadigan kunlar meni qayta-qayta onalik naqadar mas’uliyatli lavozim ekanligini anglashimga sababchi boʻldi.
Men hammasiga roziman. Muhimi bolajonlarim sogʻ-omon boʻlishsin. Ularning tabassumi har qanday charchoqni unuttirishga qodir!
Turmushga chiqishimdan avval kofe ichishga oʻtirsam kelajakdagi rejalar, nimadir oʻrganish, qandaydir yangi ishlar boshlash haqida oʻylardim.
Ona boʻlgandan keyin esa hammasi oʻzgardi. Endi kofeni oʻtirib emas tik oyoqda yurib ichsam ham mendan xursand inson yoʻq. Muhimi sovib qolmay ichib olsam boʻlgani. Qolaversa kofe ichayotganda miyamda ming xil fikrlar aylanadi. U kelajakdan koʻra yaqin soatlar ichida bajarilishi kerak boʻlgan ishlarga oid. Deylik bolalar uxlaganda kofe ichsam ular uygʻonguncha nimalar qilsam ekan deb oʻylayman. Uylarni yigʻsammi, ovqat qilsammi, idish yuvsammi, yuvinib chiqsammi, dazmollarimni tugatsammi yoki hammasiga koʻz yumib qoʻshilib uxlavorsammi?
Lekin uxlab qolgan kunim uygʻongach rosa vijdonim qiynaladida. Ehh uxlamasam shuncha ishlarimni tugatib endi yengil yurardim deb oʻylayman.
Sizda ham shundaymi?
Qizlaaruuu!!!
Shu desangiz ikkita bolali ona boʻlish rostdanam xotiramga oʻz ta’sirini oʻtkazibdi. Misol uchun qish paytlari ShoOlim tegaverib funksiyalarini oʻzgartirib tashlamasin deb yotoqxonamizdagi konditsionerni pultini yashirib qoʻygandim. Endi bolam tugul oʻzim ham topa olmayapman. Taxmin qilgan joylarimni koʻrdim. U yerda yoʻq. Yaxshiyam boshqa xonadagi konditsionerni pulti tusharkan. Kerak boʻlganda shuni ishlatib turibmiz. Lekin xotirasi oʻtkir Manzura qanday qilib bu holatga keldiykan deb oʻylab oʻyimga yetolmayapmandaaa.
Oʻtib ketar-a???
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
