ch
Feedback
PARVOZxonim (ayollar blogi)

PARVOZxonim (ayollar blogi)

前往频道在 Telegram

Hammasi xotin-qizlar uchun! - Ilm 👩🏻‍🎓 - Ijod ✍️ - Davlat mukofotlari 🏅 - Stipendiyalar 📄 - Shaxsiy hayot+karyera 👑 - Bola tarbiyasi 🤱🏻 - Motivatsiya 🔥 - O‘z ustida ishlash 👩‍💻 - Kitobxonlik 📚 va h.k... 🥰 Murojaat: @ManzuraParvoz_bot

显示更多
321
订阅者
-124 小时
-17
-1130
帖子存档
Bugun kechki ovqat uchun tayyorlagan ijodcham 🤤🥹 Ikkita bola bilan oson boʻlmaydi. Buni tan olaman. Oʻzimdan aslo super qah
+3
Bugun kechki ovqat uchun tayyorlagan ijodcham 🤤🥹 Ikkita bola bilan oson boʻlmaydi. Buni tan olaman. Oʻzimdan aslo super qahramon yasash niyatim yoʻq. Chunki men ham hamma qatori insonman. Charchayman, energiyam tugaydi, uyqim keladi va hokazo. Lekin har doim qoʻlimdan kelgancha harakat qilaman. Oila a’zolarimni xursand qilishga boʻlgan xohshim uyqudan, dam olishdan ustun keladi doim. Shu sababli ham qiyin boʻlsa-da taom tayyorlashga, kundalik ishlarimga ancha e’tiborliman. Biroq sizga koʻrsatganim 100 dan biri xolos🥰

Bolalarni yuvintirib oldim. Oʻzim ham yuvinib sal pal oʻzimga qarab oldim. Kotletchalarim pishdi. Dimlashga qoʻydim. Garnier uchun guruch ham tayyor. Fri pishirmadim. Shartmas deyishdi. Endi dasturxon tuzayapman. Uydagilar ham kelishdi. Qolganini keyin yozaman❤️🍸

Kechki ovqatga deb kotlet tayyorlab morozelkaga qoʻyib qoʻydim. Rejalarim boʻyicha gaz yonishi bilan shartta qovurib, garnier
Kechki ovqatga deb kotlet tayyorlab morozelkaga qoʻyib qoʻydim. Rejalarim boʻyicha gaz yonishi bilan shartta qovurib, garnierga guruch bilan fri pishirishim kerak. Agar ulgursam bolalarni ham yuvintirib olaman. Nima deb oʻylaysiz eplolarmikanman?

Bolalarni choʻmiltiraman deb, butun energiyani toʻplab, hamma narsani tayyorlab, kayfiyatni ham shunga moslab, bolalarni bu jarayonga koʻndirib olib borsangu gaz oʻchib qolgan boʻlsa ham alam qilarkanda. Undanam yomoni gaz oʻchganini bilmay, turmush oʻrtogʻim videoda oʻrgatganlaridek bir nimalar ham qilib chiqibman. Avval gazni koʻr deydigan odam boʻlmadida shu payt🙈 Endi ShoOlimni kiyintirolmayapman. Choʻmilamaaaaaaan deb baqirib yuribdi. Hatto vannaga moshinalarini, oʻyinchoqlarini solishga ham ulgurgandi chaqqontoy😂

1 soatlik ishimni 1 daqiqaga sigʻdirganimga qoyilmisiz?

Nihoyat qizim uxladi. Oʻylab oʻylab oʻzim ham uxlashga qaror qildim. Hamma ishim qilib boʻlingan. Oshxonani yigʻishtirib, tozalab, plisos qilib chiqishga ham ulgurdim. Ammo dazmol qilishga na energiyam, na xohshim qolmadi. Yetmaganiga boshim ham biroz ogʻrib turibdi (balki uyqim kelganigadir) Hozircha uxlaychi. Ertaga bir gap boʻlar 🫠

Yarim tun. Sen va uxlashni xayoliga ham keltirmayotgan qizing. Bir tomon uxlay degan istak. Bir tomonda qizingni aldab-suldab uxlatish mas’uliyati. Bir tomonda esa turmush oʻrtogʻingni kiyimlarini dazmollash zarurati. Eng alamlisi hech qancha oʻtmay tong otadi 😢

Ba’zan insonni atrofdagilar emas, oʻz qalbi koʻp azoblaydi. Nega unday qildim, nega unday dedim, nega bu yoʻldan yurdim, nega
Ba’zan insonni atrofdagilar emas, oʻz qalbi koʻp azoblaydi. Nega unday qildim, nega unday dedim, nega bu yoʻldan yurdim, nega, nega… Negalar tugaganda esa balki ruh ham tanani tark etkan boʻlar?! Lekin ungacha aql va yurak jangi davom etaveradi!

Xayrli dushanba qizlar. Yaxshi dam oldingizmi? Bugun menda juda-juda ish koʻp boʻladigan kun. 2 ta bola + kundalik yumushlar.
Xayrli dushanba qizlar. Yaxshi dam oldingizmi? Bugun menda juda-juda ish koʻp boʻladigan kun. 2 ta bola + kundalik yumushlar. Yakshanbadan keyin yana uyda bolalar bilan yolgʻiz qolib birma-bir boshlaymiz ishlarni. Hali uyquga toʻymagan koʻzlar esa qachon dushanba kelganini tushunmay moʻltirab turaveradi😳

Makiyaj qilishga qildimu endi uni yuvib kelib kechki uxodlarimni qilishga energiyam yetmayapti. Bu holat sizga ham tanishmi qizlar? Aslida makiyaj qilish emas uyqudan avval uni tozalash qiyindek tuyiladi menga. Ayniqsa charchagan va uyqing kelayotgan boʻlsa… 😴

Yakshanba qanday oʻtdi qizlar?
Anonymous voting

Xoʻoʻoʻsh turmush oʻrtogʻi isjdan kech qaytadigan qizlar bormi? Odatda qanday kutib olasizlar? Men hozir ular uchun alohida taom tayyorlashni boshlayapman. Qolganlar mehmonda. Faqat ikkimiz uchun boʻlganiga hali hech nima qilmagandim ishdan chiqishlarini kutib. Lelin boshqa payt ham vaqtli ovqat qilib qoʻygan boʻlsamda turmush ortogʻim istamasalar ular aytgan taomni tayyorlab berishga erinmayman. Qolaversa kamdan kam holatda uyga kelganlarida uxlagan boʻlaman. Hatto soat 00:00. 01:00 boʻlib ketsa ham🫠

Oʻtgan kuni tovada qaymoqli yupqa pishirgandim. Qishloqda oʻchoq-qozonda pishirilgani bilan 100% bir xil deyolmimanu lekin ju
+4
Oʻtgan kuni tovada qaymoqli yupqa pishirgandim. Qishloqda oʻchoq-qozonda pishirilgani bilan 100% bir xil deyolmimanu lekin juda oʻxshash boʻlib zoʻr chiqdi. Sizda ham shunday yegulik tayyorlanadimi? Nomi nima deyiladi?

Ayol kishiga suyanch, ishonch, vafo qanchalar muhimligi qizlik davrda yoki kelinlik paytida emas, ona boʻlgach koʻproq bilina
Ayol kishiga suyanch, ishonch, vafo qanchalar muhimligi qizlik davrda yoki kelinlik paytida emas, ona boʻlgach koʻproq bilinadi. Chunki farzandini dunyoga keltirgach onaning oʻzi ham qayta tugʻiladi. Xuddi chaqaloq katta qilayotgan yana bir goʻdakka oʻxshaydi ayol. Uni faqat e’tibor, mehr, shirin soʻz bilangina oʻz holatida asrab qolish mumkin.

Oʻgʻlingni uxlatganingda qizing uygʻonadi. Seni esa hali dam olishga ulgurmagan miyang 2x ishlashda davom etadi. Shunda bilasan onalik nimaligini 😂🙈

Onalikning ilk yillarini boshdan kechirayotgan ayolga eng katta motivatsiya - bu turmush oʻrtogʻining sevgisi, mehri va e’tib
Onalikning ilk yillarini boshdan kechirayotgan ayolga eng katta motivatsiya - bu turmush oʻrtogʻining sevgisi, mehri va e’tiboridir! Qolganini ayollarning oʻzi eplaydi❤️

Xayrli tong qizlar! Bu kecha vaqtli uxlab qolibmankuyeee 🙈 Soat 1 yarimgacha Koʻhinurni har xil usulda uxlatishga harakat qilib, oʻxshamagach oxiri yonimga olib unga qoʻshilib oʻzim ham uxlab qolibman. Aslida uni tinchitgach chiqib dazmolli ishlarimni qilmoqchi edim. Lekin koʻzimni ochsam soat tonggi 5😳. Och qolgan Kohinur pitirlab yotgan ekan. Sutini tayyorlab kelgunimcha uygʻonishgayam ulgurdi. Keyin endi oʻzingdan koʻr deb uni joyida qoldirib oʻzim dadamizga bugungi look’ uchun kiyim tayyorlashga chiqib ketdim (kecha ulgurmagandim). Bir ikkita kiyimlarni dazmmolladim. Qaytib kelsam hali ham qizim uxlamayapti. Endi bilmadim shu bilan kunimiz boshlanib ketarmikan yo ozgina uxlab ololarmikanmiz🤔? Ona boʻlsang shuda baribir bolangni xohish istaklari bilan hisoblashib keyin qaror qabul qilasan🫠

Kecha bor mehrimni qoʻshib pitsa pishirgandim. Juda ingichka, yumshoq va mazali chiqdi. Bu safar endi qalinroq variantini qil
+3
Kecha bor mehrimni qoʻshib pitsa pishirgandim. Juda ingichka, yumshoq va mazali chiqdi. Bu safar endi qalinroq variantini qilib koʻraman. Muhimmi hammasi qoʻl mehnati 🥰

Bola katta boʻlgan sari tashvishi koʻpayadi deyishadi. Bu gap toʻgʻri. Lekin uni tushunish osonlashadi. Misol uchun hozir men
Bola katta boʻlgan sari tashvishi koʻpayadi deyishadi. Bu gap toʻgʻri. Lekin uni tushunish osonlashadi. Misol uchun hozir menda 8 yarim oylik qizimga qarashdan koʻra 2 yoshlik oʻgʻlimga qarash osonroq. ❓Xoʻp nimaga? 1️⃣Birinchidan, oʻgʻlim oʻzi yuradi, suvini oʻzi ichadi, bemalol qozon ovqat berish mumkin; 2️⃣Ikkinchidan, vaqt soatlarga boʻlinmagan. Ya’ni 2 soatda och qoladi, 2-3 soatda uyqusi keladi degan cheklov endi begona. Yaxshi ovqatlanib uxlasa va yonida kimdir boʻlsa bemalol 3-4 soat ham uxlashi mumkin; 3️⃣Uchinchidan, agar kayfiyati joyida, qorni toʻq boʻlsa bemalol oʻyinchoqlarini oʻynab oʻtiroladi. Juda zarur boʻlganda telefonga ovunadi. ❗️Lekin qizimda tartib va chegaralar hali koʻp. Ma’lum vaqtda ovqatlantirmasa, ma’lum vaqtda uxlatmasa, tez-tez koʻtarib, qarab, oʻynatib turmasa jigʻibiyron boʻladi. Ish qilish tugul bir joyga bemalol kirib chiqishga ham qoʻymaydi. ➡️Uyqusi ham har xil. Ba’zida kamroq, ba’zida koʻproq. Kechasi ham xohlasa turvolib bemalol asablaringizni oʻynatishi mumkin. 🥰Shunday vaziyatlarda oʻgʻlimga qarab u ham bir vaqtlar singlisining holatida boʻlganini, birgalikda shu davrlardan oʻtganimizni eslayman. U paytda farzandim bittagina boʻlgani uchunmi hozirgidek qiynaagandirmam balki. Biroq ayni vaqtda biror ish qilayotganimda Koʻhinurni kayfiyati yaxshi boʻlmasa hammasi joy-joyida qolib ketaveradi. Koʻtarmagunimcha hech narsaga koʻnmaydigan odati ham bor. 💚Ammo onalar hammasini eplaydi. Bitta bilan ham shu ishni qilgan boʻlsa 2-3 ta bilan ham qilaveradi. Ular uchun muhimi farzandining borligi va sogʻligi. Ba’zi ba’zida charchadim deyishi, asabiylashib qolishi, kayfiyatsiz yurishi onalikdan bezorligini anglatmaydi.

15 daqiqa kutsam soat 4 boʻlarkan. Menimcha to uyquga ketgunimcha shu marraga ham yetvolamanov. Lekin ertaga qanday yurishim haqida obdon oʻylayapman. 2 ta bolaga qarash uchun koʻp koʻp energiya kerak axir 🙈