cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

QOʻSHRABOT TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOʻLIMI

"Hayot yo‘lida birinchi masala — maktab masalasidir". Abdurauf Fitrat IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SAHIFALARIMIZ: Facebook|https://www.facebook.com/groups/883269692303896/?ref=share You tube|https://www.youtube.com/@QoshrabotXTB

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
346
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-67 روز
-1730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

00:55
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom Qoʻshrabot tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi Biologiya fani oʻqituvchisi Qoʻshbaqova Sarvinoz tomonidan 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlab tayyorlagan videolavhasi. 👉@Kushrabat_edu_press
نمایش همه...
12.38 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📚“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda ✨Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini avgust-sentyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan. ✨Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yil sentyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami arafasida taqdirlanadi. 📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2636 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...
🔹QO‘SHRABOTDAGI 64- MAKTABNING 180-O‘RINLI QO‘SHIMCHA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI Maktab qo‘shimcha binosining ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Shokir Sultonov , Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev va bir guruh faol nuroniylar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar keyingi yillarda mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limiga berilayotgan e’tibor alohida tahsinga sazovor ekanligini ta’kidlashdi. Tadbir davomida Boshqarma boshlig‘i v.v.b. Shokir Sultonov o‘quvchilarga "Mustaqillik darsi"ni o‘tdi. Ta’kidlash joizki, ushbu ta’lim dargohida bugungi kunda 704 nafar o‘quvchilar tahsil oladi. Qo‘shimcha bino foydalanishga topshirilishi evazida maktabda o‘quv jarayonlari 1,2 koeffitsiyentda tashkil etiladi. Joriy yil maktabga 85 nafar 1-sinf o‘quvchilari qabul qilingan. Ularning barchasiga 12 turdagi o‘quv qurollari,maktab sumkasi majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi. ✅@samarqandvxtb        Telegram | Facebook
نمایش همه...
#Salom_maktab #Birinchi_qoʻngʻiroq Yangi o‘quv mavsumi boshlandi... Bugun, 4-sentabrda Qo‘shrabot tuman Maktbagacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilib, yangi o‘quv mavsumi boshlandi. 👉@Kushrabat_edu_press
نمایش همه...
Yangi o‘quv mavsumi boshlandi 🔰Bugun, 4-sentabrdan Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv mavsumi boshlandi. Barcha ta’lim muassasalarida bayramona kayfiyatda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi va dars jarayonlari boshlandi. Ana shunday tadbirlarning biri tuman markazidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham tashkil etildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Ziyaddinov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarni, o‘qituvchi va o‘quvchilarni yangi o‘quv mavsumi boshlanishi bilan samimiy qutlab, maktab ostonasiga ilk bora qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarga o‘z tilaklarini bildirib o‘tdi. Tadbir davomida birinchi sinf o‘quvchilariga 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻasi” jamlanmalari topshirildi. Shuningdek, yangi o‘quv mavsumida o‘quvchilar uchun maktabning yangi 160 o‘rinli zamonaviy ko‘rinishga qo‘shimcha o‘quv binosining foydalanishga topshirilgani katta sovg‘a bo‘ldi. 👉@Kushrabat_edu_press
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Maktab yoshidagi bolalarning sog'lom ovqatlanish tartibi ✅ Maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlarning sog‘lom o‘sishida to‘g‘ri ovqatlanish katta ahamiyat kasb etadi. Boisi, har bir bola organizmi intensiv rivojlanadi, metabolizmda murakkab o‘zgarishlar ro‘y beradi, markaziy asab tizimiga yuk ortadi. Shu bilan birga, bolalikda o‘rnatilgan ovqatlanish odatlari bolaga butun hayoti davomida hamroh bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, ota-onalar bolalarini to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish uchun asosiy qoidalarni bilib olishi zarur. ⚡️ Statistikaga ko‘ra, kattalarning ko‘pchiligi stressli vaziyatlarda ovqat yeyishini tan oladi. Bolalarga: “Ovqatlaning, hammasi o‘tib ketadi!” — deb aytish kerak emas. Agar bola xafa bo‘lsa yoki xavotirlansa, shirinlik taklif qilmasdan, stress sababini bartaraf etishga yordam berish kerak. ❗️Hurmatli ota-onalar! Bolalarning sog‘lom ovqatlanish tarzini qanday tashkil etilishi bo‘yicha mutaxassis fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz. Foydali ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. 👉Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1222 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish 📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
نمایش همه...
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. Taʼtilni tugatib,yangi oʻquv yiliga tayyorgarlikni boshlab yubordingizmi? Yangi oʻquv yilida kasbiy faoliyatingizga quvonch olib kiruvchi,oʻquvchilar va ota onalarning "SEVIMLI USTOZ"degan eʼtiroflariga sazovor boʻlishingizga yordam beruvchi, jamoada ham oʻz oʻrningizga sazovor boʻlishingizga yordam beruvchi  metodlar bilan qurollanishni istaysizmi? 🚀Siz UNICEF tashkiloti tomonidan taqdim etilgan interaktiv  metodlarni o'rganib darslaringizni yanada samarali o'tishni xohlaysizmi? ⏳ Bir daqiqada butun sinf oʻquvchilari diqqatini jamlab olib,qiziqarli dars tashkil qilishnichi? ⏰Qiyin deb bilgan mavzularni oʻquvchilaringiz 20 daqiqada oʻzlari oʻzlashtirib olishiga nima deysiz? ⚡️Bundan tashqari darsingizga koʻtarinki kayfiyat beruvchi enerjayzerlarni oʻrganishni istarmidingiz?                                                                                                                                                                                                         Unda sizga 10 ta interaktiv metodni o'z ichiga olgan''SAMARALI INTERAKTIV METODLAR'' deb nomlangan seminar-trening kursini taklif qilamiz.                                                                                                                                                                                                                                  🔸  Seminar-trening darsini Pedagogika bo‘yicha falsafa doktori,                                                                                                      🔸 UNISEF  tashkilotining bir qancha xalqaro loyihalaridagi xalqaro treneri Dilafruz Xidoyatovaning Samarali interaktiv metodlar 1.0,Samarali interaktiv metodlar 2.0 kurslari treneri va targ'ibotchisi Abdug'affor Adilov olib boradi(ya'ni men😉)     Bu metodlarni o'rganish orqali siz: ✅Yuzaga kelgan  muammoli  vaziyatlardan   to'g'ri  va osonlik bilan chiqib keta olasiz. ✅ Va yana  sizni qiziqtirgan barcha pedagogik - psixologik savollarga javob olasiz. ✅ Har bir darsingizni san'at darajasida na'munali  tashkil qila olasiz ✅ Biz sizga ta'lim sifatini oshirishda, interaktiv samarali metodlardan,  qiziqarli enerjayzerlardan,  refleksiyalardan foydalanib eng na'munali dars tashkil etishda,eng muhimi sevimli ustoz boʻlishingizda KOʻMAKLASHAMIZ. 🏃 Shoshiling,yangi oʻquv yiliga munosib tayyorlaning! Murojaat uchun tel: 93-669-95-26                                         97-390-95-00 (Telegram orqali murojaat qiling: https://t.me/Adilov_Abdugaffor sizga toʻliq ma'lumot beramiz.)                                                                Kanalimiz linki:     https://t.me/KREATIV_SIFATLI_TALIM
نمایش همه...
Abdug'affor A

Sifatli ta'lim baxtli kelajak sari yo'l

#ZAKOVAT_MUSOBAQASI Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda jami beshta Alfa, Liderlar, 85%, Renessans, Dinamo jamoalari ishtirok etishdi. Tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan bir-biridan qiziq va ayni paytda chuqur mantiqiy fikrlashga undaydigan savollarga yosh bilimdonlar tomonidan javoblar berildi. Qizg‘in murosasiz tarzda kechgan bilimlar bellashuvi yakunida 1-o‘rinni Dinamo, 2-o‘rinni Renessans, 3-o‘rinni 85% jamoalari egalladi. Mazkur musobaqa g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan tantanali bayram tadbirida taqdilanishadi. 👉TELEGRAM/FACEBOOK
نمایش همه...
آرشیو پست ها
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.