fa
Feedback
SamDTU Talabalari ⚕️

SamDTU Talabalari ⚕️

رفتن به کانال در Telegram

🥇 Канал СамДТУ 🇺🇿талабалари 🎓учун узбек тилида ва рус тилида! 📍 Расмий ! Ишончли! Фойдали! ✅ 🗯 маслаҳат: ✏️ @Dr_LOR_Xirurg 📝

نمایش بیشتر
7 254
مشترکین
-2224 ساعت
+477 روز
+1830 روز
آرشیو پست ها
Азиз юртдошлар! 🇺🇿Ўзбекистон ёшлари номидан Сизни Ватанимиз мустақиллигининг 35 йиллиги билан самимий табриклаймиз. 💐Эзгу
Азиз юртдошлар! 🇺🇿Ўзбекистон ёшлари номидан Сизни Ватанимиз мустақиллигининг 35 йиллиги билан самимий табриклаймиз. 💐Эзгу интилишларга қанот бағишловчи ҳам, инсон манфаатлари йўлидаги ислоҳотлар муваффақиятини таъминловчи қудратли куч ҳам - мустақилликдир. Оилангизга тинчлик-тотувлик, ризқи бутунлик, фаровон ҳаёт ва мустаҳкам соғлик тилаб қоламиз! Гўзал ва бетакрор мамлакатимизда, ҳар бир оилада хонадонда тинчлик ва фаровонлик ҳукм сурсин! Ўзбекистонимиз доимо гуллаб-яшнасин! 🇺🇿 Мустақиллигимиз абадий бўлсин! Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!

#natija #oʻqishnikoʻchirish ⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi 2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz
#natija #oʻqishnikoʻchirish ⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi 2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga! Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi. ✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin. O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

❗️ Klinik ordinaturaga kirish test sinov natijalari e’lon qilindi 📱 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan klinik ordinaturaga kirish test sinov natijalari e’lon qilindi. 👆 Yuqoridagi fayl orqali Samarqand davlat tibbiyot universitetiga hujjat topshirgan nomzodlarning klinik ordinaturaga kirish test sinovlari natijalari bilan tanishishingiz mumkin. Kanalga ulanish👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur

2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi
2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi! 👉 https://www.sammu.uz/uz/announcements/2581601 Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!

🔴🟦🟦🟦🟦🟦 ❗️SSV: Klinik ordinaturaga imtihon kunlari va manzillari belgilandi 📱Talabgorlarga imtihonga kirish ruxsatnomas
🔴🟦🟦🟦🟦🟦   ❗️SSV: Klinik ordinaturaga imtihon kunlari va manzillari belgilandi
📱Talabgorlarga imtihonga kirish ruxsatnomasi shakllanganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuborildi.
  🕒 Joriy yilning 25–27-avgust kunlari yurtimiz ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy ta’lim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalar uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi.   ⬇️ Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun:
➡️  Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi binosi. 🖥Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi, 104-uy.
Andijon va Namangan viloyatlari uchun:
➡️  Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosi. 🖥 Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy.  
Farg‘ona viloyati uchun:
➡️  Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti asosiy binosi. 🖥Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Ozodlik ko‘chasi, 1-uy.  
Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun:
➡️  Buxoro davlat tibbiyot instituti binosi. 🖥Buxoro shahri, Gʻijduvon ko‘chasi, 23-uy.  
Xorazm viloyati uchun:
➡️Urganch davlat tibbiyot instituti asosiy binosi. 🖥Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 28-uy.  
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari uchun:
➡️  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bosh binosi. 🖥Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.  
Surxondaryo viloyati uchun:
➡️  Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali bosh binosi. 🖥Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 64-uy.  
Toshkent shahri hamda Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun:
➡️  Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi binosi. 🖥Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, 197-uy. ‼️ DIQQAT! Test sinovlari soat 8:00 da boshlanib, talabgorlardan medtoifa.ssv.uz portalidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 30 daqiqa (yarim soat) oldin yetib kelishlari so‘raladi. 🖥  Imtihonga kirish ruxsatnomasini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi medtoifa.ssv.uz saytidagi kabinetingizdan olishingiz mumkin. Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

❗️Vakant joylar ro’yxati e’lon qilindi #abituriyent 2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan. OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin. Kanalgaulanish👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur

❗️​​Samarqand davlat tibbiyot universitetiga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan talab etiladigan hujjatlar — Rekto
❗️​​Samarqand davlat tibbiyot universitetiga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan talab etiladigan hujjatlar
— Rektor nomiga ariza; — Pasport asl nusxasi va 3 dona ko'chirma nusxasi(ID karta bo'lsa, yashash joyi qo'yilgan qog'ozi bilan); — Bilim va malakalarni baholash agentligi ruxsatnomasi, test natijasi varaqasining asl nusxasi va har biridan 2 donadan ko'chirma nusxasi; — Ma'lumoti haqida hujjatning asl nusxasi (attestat, diplom ilovasi bilan) va ko'chirma nusxasidan 2 dona; — Fotosurat (3,5x4,5) 6 dona; — Imtiyoz to'g'risidagi hujjatning asl nusxasi va 2 dona ko'chirma nusxasi; — Skorshevatel – 2 dona; — Konvert A5 – 2 dona; — Papka (oddiy qog'ozlik) – 1 dona.
🗺 Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy ☎️ Murojaat uchun: +998 (66) 233-54-14 +998 (66) 233-17-74 +998 (66) 233-08-41 +998 (66) 233-54-15 ❗️Hujjatlar joriy yilning 28-avgustiga qadar qabul qilinadi. Kanalga ulanish👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur

Talabalikka qayta tiklash va o‘qishini ko‘chirish komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi 👉 https://www.sammu.uz/uz/announcements
Talabalikka qayta tiklash va o‘qishini ko‘chirish komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi 👉 https://www.sammu.uz/uz/announcements/2581475 Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur

#rasmiy_xabar ⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 202
#rasmiy_xabar ⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🏠 Talabalarga ijaraga xona beriladi! 📍 Manzil: Oltin Samarqand yonida, yangi uylardan. 🏠 Uy: 3 xonali, yangi ta’mirdan chiqqan, barcha sharoitlar mavjud! 🛁 2 ta hammom va tualet 🔥 Issiqlik tizimi — “tepliy pol” 🧺 Kir yuvish mashinasi, 🧹 Pilisos, 🧊 Xolodilnik — hammasi bor! 📶 Wifi ham bor ! 📝 Ijara shartnoma asosida 🧼 Toza, tartibli, o‘z uyidek yashaydigan talabalar kerak va uzoq muddat turadiganlar. ✉️ @Dr_LOR_Xirurg 📞 +998884044051

#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 18-avgustdan 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

⚡️Talabalikka tavsiya etilgan barcha sobiq abituriyentlarni tabriklaymiz! 📌Kontraktga kirgan bo'lsangiz ham kelasi yili yaxshi o'qib grant qila olasiz. ℹ️Kirolmaganlardan ikki imkoniyat bor. 1. Super-kontrakt asosida talaba bo'lishi 2. Agar vakant o'rinlar ortib qolgan bo'lsa 6-yo'nalish tanlash imkoniyatidan foydalanish. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!

📌 Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e’lon qilindi Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. ✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldinpasport(ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek:
1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Kanalgaulanish👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur

📌 Aytishlaricha, Mandat ertaga 08:00 dan boshlab e’lon qilinadi. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!

❓Mustaqillik bayramida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi?Javob: bu yil 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 3 kun dam oladi. Boisi 31-avgust, dushanba kuni qo’shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 📄 Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni. Unga ko’ra, dam olish kunlari quyidagicha: ✅❌ 29-avgust, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish; ✅✅ 30-avgust, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni; ✅✅ 31-avgust, dushanba — barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni; ✅✅ 1-sentyabr, seshanba — Mustaqillik bayrami. 👉 @xushnudbek 👈

❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📢​TEXNIKUM BITIRUVCHILARI DIQQATIGA! 📌2026/2027-o‘quv yilida Samarqand davlat tibbiyot universitetining bakalavriat ta’lim
📢​TEXNIKUM BITIRUVCHILARI DIQQATIGA! 📌2026/2027-o‘quv yilida Samarqand davlat tibbiyot universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilari uchun kirish suhbati sanasi belgilandi.
🧾O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish yuzasidan Samarqand davlat tibbiyot universitetiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish suhbati 2026-yil 10-avgust kuni soat 09:00 da o‘tkaziladi.
👉 https://www.sammu.uz/uz/announcements/2581074 Kanalgaulanish👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur

❓Hozir abituriyentlar nimalarni tanlashi kerak? #abituriyent Ayni kunlarda tanlovning 2-bosqichi boshlangan va 8-avgustgacha abituriyentlar quyidagilarni tanlashi kerak: 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/29032 Yuqorida tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishish mumkin. ‼️Yo’nalish tanlamagan abituriyentlar o’qishga kira olmaydi. 👉 @xushnudbek 👈

⚡️ Bugun, 24-iyul Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun! Davlatimiz rahbari 69 yoshni qarshi oldilar. Kanalga ulanish👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur