SamDTU Talabalari ⚕️
前往频道在 Telegram
🥇 Канал СамДТУ 🇺🇿талабалари 🎓учун узбек тилида ва рус тилида! 📍 Расмий ! Ишончли! Фойдали! ✅ 🗯 маслаҳат: ✏️ @Dr_LOR_Xirurg 📝
显示更多7 341
订阅者
-2824 小时
-897 天
-1 19530 天
帖子存档
7 341
❓Hozir abituriyentlar nimalarni tanlashi kerak?
#abituriyent
Ayni kunlarda tanlovning 2-bosqichi boshlangan va 8-avgustgacha abituriyentlar quyidagilarni tanlashi kerak:
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.
2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/29032
Yuqorida tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishish mumkin.
‼️Yo’nalish tanlamagan abituriyentlar o’qishga kira olmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
7 341
⚡️ Bugun, 24-iyul Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun!
Davlatimiz rahbari 69 yoshni qarshi oldilar.
Kanalga ulanish✅👇
®️https://t.me/rizayev_jasur
®️https://t.me/rizayev_jasur
7 341
Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati
#abituriyent
Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan.
👉 @xushnudbek 👈
7 341
#Qabul2026 #Magistratura
Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.
Mazkur tartib quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
➖ bakalavriat taʼlim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa;
➖ abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa.
📌 Agar bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim dasturi xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
7 341
2026/2027-oʻquv yili uchun Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabuli boshlandi!
👉 https://www.sammu.uz/uz/announcements/2580886
Kanalga ulanish✅👇
®️https://t.me/rizayev_jasur
®️https://t.me/rizayev_jasur
7 341
#Kvota #Magistratura #Kunduzgi #Qabul2026
Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.
✅ Jami: 22 050 ta.
Davlat granti – 10 340 ta; Shundan:
➖o‘zbek tili – 9 009 ta;
➖rus tili – 1 331 ta.
Kontrakt – 11 710 ta; Shundan:
➖o‘zbek tili – 9 649 ta;
➖rus tili – 2 061 ta.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
7 341
⚡️KVOTA-2026. MAQSADLI QABUL
#abituriyent
✅ Sog‘liqni saqlash sohasi uchun
Jami: 1 031 ta.
Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).
👉 @xushnudbek 👈
7 341
Repost from SamDTU Talabalari ⚕️
📢📢📢📢📢
📢 REKLAMA QABUL QILAMIZ!
📱 Instagram📱 va Telegram✉️ sahifalarimizda sizning mahsulot, xizmat yoki sahifangizni reklama qilamiz!
🎯 Auditoriyamiz: talabalar, abituriyentlar, tibbiyot sohasi bilan qiziqadigan yoshlar
📈 Faol auditoriya va yuqori qamrov kafolatlangan!
🔹 Post / Story / Kanal repost
🔹 Hamkorlik va barter ham mumkin
🔹 Narxlar hamyonbop va moslashuvchan
✉️ Reklama joylashtirish uchun yozing:
👉 @Dr_LOR_Xirurg
🚀 Reklamangiz kerakli auditoriyaga yetib borsin – biz bilan aloqada bo‘ling!
7 341
⚡️Diqqat: Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
Arizalar 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm
7 341
❗️O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar 2026-yildan inobatga olinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibi joriy etilgan.
📆 Mazkur qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan va uning talablari 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi.
👉 @xushnudbek 👈
7 341
☄️ ABITURIYENTLAR DIQQATIGA: ERTADAN TEST SINOVLARI BOSHLANADI!
✨ Barcha abituriyentlarga omad tilagan holda, joriy yilgi test sinovlari bo‘yicha eng muhim ma’lumotlarni eslatib o‘tamiz.
📆 2026-2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi.
👉 Testlar kuniga 2 smenada tashkil etiladi:
💬 1-smena: boshlanishi soat 08:00 da
💬 2-smena: boshlanishi soat 15:00 da
Muhim: Belgilangan hududga imtihon boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin yetib kelishingiz shart!❗️ Ruxsatnomani yuklab olishni unutmang! 🪪 Test sinovlarida ishtirok etish uchun my.gov.uz orqali “Abituriyent ruxsatnomasi” berilmoqda. Portalga kirib, shaxsiy ruxsatnomangizni yuklab oling va chop etib (qog‘oz shaklida) o‘zingiz bilan olib keling. 📍 Manzil, kun va smena o‘zgarmaydi: 🔔 Siz faqat ruxsatnomangizda ko‘rsatilgan aniq manzildagi binoda, belgilangan sana va smenada test topshira olasiz. Boshqa hudud yoki vaqtda imtihonga kirishga ruxsat berilmaydi. ❓Imtihonga kirish uchun nimalar kerak va nimalar taqiqlanadi? ✅O‘zingiz bilan faqat pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi (qog‘oz shaklida) bo‘lishi shart. ✅Pasport nusxasi (kopiya) yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar testga kiritilmaydi. ✅Belgilangan vaqtdan kechikib kelganlar imtihonga qo‘yilmaydi. 👨💻 Hozirning o‘zida ruxsatnomangizni yuklab oling va tayyorgarlikni tekshiring. 🎉 Barcha abituriyentlarga yuqori ballar va talabalik nasib etishini tilaymiz! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot
7 341
❗️2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi.
7 341
❗️Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlandi
#abituriyent
Bugun, 10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi.
Arizalar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.
📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
▪️Fuqarolik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlari;
▪️Bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi;
▪️O‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishi tanlovi.
Xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
❓Qabul parametrlari va kvotalar qanday belgilanadi?
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, oliy ta’lim tashkilotining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qitish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
7 341
🔔Dofamin jamoasi Online EKG kurslariga qabul boshlandi!
📊Kurs davomida:
- har bir dars uchun video, ppt, konspekt, testlar beriladi
- qo‘shimcha qiziqarli materiallar taqdim etiladi
- bir qancha kardiologik kasalliklar klinikasi, davolash, birinchi yordam ko‘rsatish haqida ham ma'lumotlar berib boriladi
- EKG tahlili uchun doimiy guruh tashkil etiladi
- Biz sizga hammasini 0 dan boshlab o‘rgatamiz!
• Kursdoshlar aksiyasi!
💬Batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: @dofamin_admin
📝Kurs haqida fikrlar: @dofamin_fikrlar
🎙Dofamin jamoasi
7 341
⚡️O'qishni ko'chirishda 132 ball to'plash kerak bo'lgan ta'lim yo'nalishlari:
- Davolash ishi
- Pediatriya ishi
- Xalq tabobati
- Tibbiy profilaktika ishi
- Oliy hamshiralik ishi
- Harbiy tibbiyot
- Tibbiy-biologik ish
- Bolalar stomatologiyasi
- Stomatologiya (yo'nalishlar bo'yicha)
- Farmatsiya (turlari bo'yicha)
- Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha).
❕ Eslatma: Ushbu ballar 2026/2027 oʻquv yili uchun tasdiqlangan boʻlib, joriy yildan amal qiladi.
7 341
“Perevod” uchun oʻtish ballari tasdiqlandi
#abituriyent
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi.
Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha:
▪️Huquq — 165 ball;
▪️Siyosatshunoslik — 140 ball;
▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball;
▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball;
▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball;
▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball;
▪️Transport xizmatlari — 104 ball;
▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball;
▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball;
▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball;
▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball;
▪️Veterinariya — 60 ball.
🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
7 341
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
#abituriyent
1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida "ABITURIYENT RUXSATNOMASI" degan yozuv paydo bo‘lgan.
2️⃣ Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
👉 @xushnudbek 👈
7 341
☀️🔘Oilali farzandi bor Onamisiz?
Yoki bir vaqtda ham o'qib ham ishlaydigan Doktormisiz?
Magistraturaga topshirishni xohlaysiz lekin til sertifikatiga tayyorlanish sizga qiyindek ko'rinayaptimi?
Menda siz uchun yechim bor.
11-iyuldan boshlab Turk tilidan yangi ONLINE guruhimga start berayapman. Darslar eng oson usullar orqali o'tiladi!
Seshanba, Payshanba, Shanba kunlari kechki 21⁰⁰ da qatnasha olsez, oylik toʻlov uchun 280.000 ga imkoniz boʻlsa, mas’uliyat bilan vazifalarni qilsez siz bilan ham yaxshi natija qila olamiz!
🔘Murojaat uchun @Sarvi1030
1- sinov darsimiz bepul!
7 341
Anatomiya (0 dan boshlab) online kurslarimizga qabul boshlandi!
👥 Kurs formatlari:
⭐ VIP mini-guruh — atiga 7 nafar talaba ✔ Har bir talabaga individual yondashuv. ✔ Savollaringizga batafsil javob. ✔ Bilimingiz bo'yicha muntazam nazorat.
📚 Standart guruh — 20 nafargacha talaba ✔ Tizimli va tushunarli darslar. ✔ Faol muhokama va testlar. ✔ Hamyonbop narxda sifatli ta'lim.
📍Joylar cheklangan. Mini-guruhda faqat 7 ta o'rin mavjud.
Bugunoq ro'yxatdan o'ting!
Murojaat uchun: @Dofamin_kitob
7 341
‼️Dofamin jamoasi Online Biokimyo kursiga qabul boshlandi!
📓Kurs davomida:
- har bir dars uchun video, prezentatsiya, testlar beriladi
- biokimyo noldan boshlab o‘rgatiladi
- darslar har bir o‘quvchiga individual yondashuv orqali olib boriladi
- guruhlar kurs tugagandan keyin ham o‘chirilmaydi!
• Kursdoshlar aksiyasi!
👉Biz sizga hammasini qulay formatda o‘rgatamiz!
💬Batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: @dofamin_admin
🎙Dofamin jamoasi
