cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Sariosiyo maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Ta'lim tizimidagi barcha yangiliklar

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 052
مشترکین
-224 ساعت
-357 روز
-9030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Sariosiyo_tumani ▶️Tumandagi barcha Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining kunlik faoliyatidan fototavhalar... 🖋️ Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi axborot xizmati.
نمایش همه...
👍 3
📌Сариосиёда бу йил мактаблар янги ўқув йили учун қанчалик тайёр!? Сурхондарё вилояти Мактабгача ва мактаб таьлими бошқармасига қарашли Сариосиёдаги барча умумий ўрта таьлим мактабларида янги ўқув йили учун тайёргарлик ишлари жадал сурьатларда олиб борилмоқда. Тумандаги барча умумий ўрта таьлим мактаблари 2024 - 2025 - ўқув йилида фарзандларимизни ўз бағрига чорлашга тайёр.
"Сариосиёдаги мактабларда таьмирлаш ишлари тўллиқ якунланди. Ҳозир, устоз - педагогларимиз меҳнат таьтилида бўлиб турибди"
- Т.ЎЗБЕКОВ - Сариосиё тумани ММТБ бошлиғи. Мактаблар тўллиқ таьмирланиб, янги бир ўқув йилига тайёр. Устозлар 56 кунлик меҳнат таьтилида. Бугун, Давлатимиз раҳбари Ш.Мирзиёев мактабгача ва мактаб таьлими сифати, педагоглар маҳоратини ошириш юзасидан таклифлар тақдимоти билан танишиб чиқди ва ўз тавсияларини берди. Кундан - кунга Сариосиёдаги таьлим ошиёнлари янада замонавий, кўркам ва сифатли билимнинг ўчоғи бўлган масканга айланиб бормоқда. Шу ўринда, тасвирларда бундан бир неча ҳафта илгари таьмирлаш ишлари якунланган, туманнинг таьлим сифати энг илғор мактабларидан бири бўлган 80-сонли умумий ўрта таьлим мактаби акс эттирилган. Ушбу муассасани ҳудуднинг энг яхши мактаби деб айтсак ҳеч муболаға бўлмайди. Тартиб - интизом, қатиятлилик, билим сифати ҳамда спорт соҳасидаги эришилган ютуқларнинг санаб адоғига етмайсиз. Бундай драйвер мактабларни ҳудудлардаги бошқа мактабларга бириктирган ҳолда ишлаш тизимини оммалаштириш жоиз деб ўйлайман. Зеро, Мактаб - илмни, маданиятни, маьрифатни, идрокни, ўзликни ва фаросатни англаш ва танишга ундайдиган даргоҳ. Мактабларни ҳеч қачон эьтибордан четда қолдириб бўлмайди. https://t.me/sariosiyo_yangiliklari1
نمایش همه...
👍 3😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Jonli_efir 📣 Hurmatli ota-onalar!Joriy yilning 19-iyun kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2024/2025-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi. ➖ Unda qabul jarayonlari bosqichlari, bu boradagi qonunchilik talablari va tartibi haqida so'z yuritiladi. 🖥 Bu borada sizni qiziqtirgan barcha savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan ushbu savollarga jonli muloqot davomida batafsil javob beriladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
👍 2
#Sariosiyo_tumani 💫Qalbimdasan Madhiyam💫 Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, tashkilot rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida "Qalbimdasan Madhiyam" shiori ostida davlatimizning muqaddas Madhiyasi jonli ijroda kuylandi. 📸Jarayondan fotolasuratlar.... 🖋️ Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi axborot xizmati.
نمایش همه...
👍 3
MAKTAB BITIRUVCHILARI DIQQATIGA! ⚡️Sizlar uchun yana bir qulaylik yaratilganini ma'lum qilamiz. 📍Joriy yil maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin. 1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali. 2. Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma'lumotlarini kiritish orqali. ❗️ Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan. Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
👍 3
نمایش همه...
XALQ SHOIRINING PARTASI 

Gazetaning navbatdagi sonini sahifalash jarayonida ajoyib xushxabarni eshitdik. O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga Xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasining faxriy akademigi unvoni berildi. Guvohnomani Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro Issiqko‘l forumi prezidentining maslahatchisi, Qirg‘iziston-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, adib Begijon Ahmedov topshirdi. Taniqli insonlar, xalqimizning sevimli ijodkorlari, san’atkorlari haqida so‘z borganda, ularning hayoti, shaxsiga oid har qanday…

Photo unavailableShow in Telegram
✨Hurmatli taʼlim fidoyilari, tumanimiz Oʻqituvchilari va oʻquvchilari!
🔸Yer yuziga Allohning rahmati yog'ilib turgan ushbu saodatli ayyomda tumanimizning barcha mo'min-musulmonlarini, Qurbon hayiti bilan qizg'in tabriklab, ularga mustahkam tinchlik, omad, va baxt-saodat tilayman. Barcha pok niyatlarimiz ijobat bo'lishini, Yaratganning o'zi yurtimizni turli balo-qazolardan asrashini, birdamlik, do'stlik va ahillik tuyg'ularimiz yanada ziyoda bo'lishini so'rab qolaman. Alloh taʼolo Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida qilayotgan har bir ezgu ishlarimizga rivoj, baraka va kuch-qudrat ato etsin. Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin! Ezgu intilish va ishlarimizda Alloh taolo hamisha madadkor bo'lsin!
🔸Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Tojiddin Davronovich Oʻzbekov! 🌐Bizni kuzatib boring 🌐 Telegram| Facebook|
نمایش همه...
👍 20👏 3👎 2
#Sariosiyo_tumani 🌺32-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotining bugungi faoliyati davomida dastlab gullarni parvarishlash soʻngra qushlarning rasmini chizich mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. 🖋️ Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi axborot xizmati. https://t.me/sariosiyommtb
نمایش همه...
👍 7
#Sariosiyo_tumani ✴️16-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi "ONAJONIM TABIAT!" Respublika ijodiy ishlar tanlovining "INSHO" yo'nalishi bo'yicha faxrli 2-o'rinni egalladi. Ushbu oʻquvchilar va ularni tarbiyalashda hamda bilim salohiyatini mustahkamlashda yuqori xizmat koʻrsatgan oʻqituvchilarga, maktab rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalar topshirildi. 🖋️ Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi axborot xizmati. https://t.me/sariosiyommtb
نمایش همه...
👍 2😍 1
آرشیو پست ها
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.