Diyor Insayt
رفتن به کانال در Telegram
Fintech, Crypto va Texnologiyalar haqida shaxsiy tahlillar, kuzatuvlar va fikrlar. Bu yerda yozilganlar barchasi shaxsiy fikrlar va ish joyimning munosabati yoki pozitsiyasi hisoblanmaydi. Contact: t.me/Diyor_insight?direct
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
372
مشترکین
-124 ساعت
-27 روز
-1130 روز
در حال بارگذاری دادهها
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اکتبر '26اکتبر '26
اکتبر '26
+3
در 0 کانالها
سپتامبر '26
+21
در 1 کانالها
Get PRO
اوت '26
+3
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '26
+8
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '26
+6
در 0 کانالها
Get PRO
مه '26
+16
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+38
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '26
+365
در 2 کانالها
Get PRO
فوریه '260
در 2 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+78
در 1 کانالها
Get PRO
دسامبر '250
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '250
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '250
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '250
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '250
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '250
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '250
در 0 کانالها
Get PRO
مه '250
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '250
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '250
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '250
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '250
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '24
+2
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 19 اکتبر | 0 | |||
| 18 اکتبر | 0 | |||
| 17 اکتبر | 0 | |||
| 16 اکتبر | 0 | |||
| 15 اکتبر | 0 | |||
| 14 اکتبر | +1 | |||
| 13 اکتبر | +1 | |||
| 12 اکتبر | 0 | |||
| 11 اکتبر | 0 | |||
| 10 اکتبر | 0 | |||
| 09 اکتبر | 0 | |||
| 08 اکتبر | 0 | |||
| 07 اکتبر | +1 | |||
| 06 اکتبر | 0 | |||
| 05 اکتبر | 0 | |||
| 04 اکتبر | 0 | |||
| 03 اکتبر | 0 | |||
| 02 اکتبر | 0 | |||
| 01 اکتبر | 0 |
پستهای کانال
+1
Kartoshkadan 200 so‘m tejaganlar, texnikadan 10 million so‘m tejashni xohlaydimi? Taqqoz startupimiz tarixi 🚀
Bizning oldingi loyihamiz — @Foydaly blogini bir necha yildan beri olib boramiz. U yerda supermarketlardagi oziq-ovqat narxlarini solishtirib borardik. O‘shanda bir narsa bizni juda hayron qoldirgan edi: odamlar oddiy kartoshka narxidagi 200 so‘mlik farqqa qanchalik qiziqish bildirishdi! Hatto brendlar ham bu narxlar farqi kontentiga pul to‘lashga tayyor ekanligini ko‘rdik.
Shunda jamoamiz bilan o‘ylanib qoldik: "Agar odamlar oziq-ovqatdan 200 so‘m tejashga shunchalik qiziqsa, smartfon yoki televizor xarid qilishda 1 milliondan tortib, hatto 10 million so‘mgacha tejash imkoniyati ularga qanchalik qiziq bo‘lar ekan?"
Aynan shu savol bugun bizning yangi loyihamiz — elektronika narxlarini solishtirish platformasi dunyoga kelishiga sabab bo‘ldi.
Loyihaning ortida kimlar turibdi?
Bu platformani yaratgan jamoa startap olamida yangi emas. Biz hammamiz — Ibrohimjon, Samandar, Yahyobek, Sa'dulla va men avval ham turli biznes va startaplar qilganmiz (repeat founders). Oramizda oldingi startaplarida yutqazib, qimmatli dars olganlar ham, muvaffaqiyatli loyihalarni qilib chiqqanlar ham bor. O‘sha xato va yutuqlardan olingan butun tajribamizni endi bitta joyga jamladik.
Qurilmalarni o'zaro solishtirish va AI yordamchisi 🤖
Biz shunchaki narxlarni ko'rsatmaymiz, biz qaror qabul qilishga yordam beramiz. Aytaylik, siz iPhone 18 Pro, Samsung Galaxy S26 va Honor smartfonlari o'rtasida qaysi birini tanlashni bilmay ikkilanib turibsiz. Platformamiz orqali ularning barcha asosiy texnik xususiyatlari hamda narxlarini yonma-yon solishtirishingiz mumkin. Eng asosiysi — tizimdagi Sun'iy Intellekt (AI) ehtiyojlaringiz va byudjetingizdan kelib chiqib, sizga eng to'g'ri qurilmani tanlashda yordam beradi.
Maqsadimiz — O‘zbekistonda "smart xarid" (aqlli xarid) madaniyatini shakllantirish. Xaridorlar biror qimmat texnika sotib olishdan oldin do'konma-do'kon yurmasdan, birinchi bo‘lib bizning tizimga kirishini asosiy odatga aylantirmoqchimiz.
Quruq gap emas, loyiha allaqachon "live" holatda! 💻
Hozirdanoq O‘zbekistondagi 10 dan ortiq yirik va rasmiy do‘konlarning narxlari bazamizga qo'shilgan va real vaqtda solishtirilmoqda. Eng zo'ri esa, saytdan tashqari Telegram tarmog'idan chiqmasdan turib foydalanish uchun maxsus botimizni ham ishga tushirganmiz.
Biror texnika olmoqchimisiz? Oldin narxini va xususiyatlarini solishtiring, pulingizni o'zingizga olib qoling! O'tib, sinab ko'ring va izohlarda fikringizni yozib qoldiring. Sizning fikringiz biz — startap asoschilari uchun eng muhimi! 👇
🔗 Veb-sayt: Taqqoz.uz 📱 Telegram bot: @taqqoz_bot
Yanagi postlarda duch kelgan muammo va yechimlarimiz haqida yozaman 🚀
| 2 | 🌐🌐🌐🌐 Как работает Wallet в Telegram в Узбекистане: нулевой налог, доступ к мировым акциям, золоту и криптоактивам
Wallet в Telegram официально работает в Узбекистане с декабря прошлого года. Через него можно покупать криптоактивы и токены, обеспеченные акциями Tesla, Nvidia и других компаний, а также золотом. При этом до 2029 года операции с криптоактивами в Узбекистане освобождены от налога.
Что будет с деньгами, если взломают Telegram? Как вывести криптовалюту на банковскую карту? И зачем покупать токен, обеспеченный акцией Apple, если не планируешь ехать в Купертино?
На эти и другие вопросы Spot ответил региональный директор Wallet в Telegram в Узбекистане Диёр Мухаммедов.
Полный выпуск смотрите на нашем YouTube-канале
Короткую текстовую версию читайте на сайте
Telegram | Instagram | YouTube | 379 |
| 3 | https://youtu.be/17bWyiG8FNo?si=KaNn0ypCtNflz8nl | 545 |
| 4 | Spot.uz bilan podcast-da gaplashdik.
Agar O'zbekiston kripto bozori, qonunchilik (Militsiya keladimi), telegram profil o'g'irlansa nima bo'ladi, aksiyalarni qanday sotib olish kerak va shunday savollar qiziq bo'lsa. To'liq videoni ko'rishingiz mumkin (Pasroqda havola tashlayman).
P.S. Videoda konkurs e'lon qilganmiz, 3 kishi $100 lik Apple aksiyalari bilan taminlangan tokenlarni yutib olishadi | 4 855 |
| 5 | Кто бы мог подумать, что узбекистанцы будут осваивать английский благодаря курьерам из Пакистана и Бангладеш )
@skartariss
#ситуация | 185 |
| 6 | shunday bozorni "eplay" olmay chiqib ketgan juda katta brendlar va korportasiyalarni ko'rdim. Ularni orasida: Qozog'iston dan katta korportasiya, Yevropa/AQSH dan kelgan ulkan brend, Ukraina dan kelgan brend.
Bularni barchasi yoki bozordan butunlay chiqib ketishdi, yoki ancha pul yutkazib bozorni yo'qotishdi - hammasida asosiy birlashtiruvchi narsa chet ellik rahbarlar mahalliy bozorga biznesni moslashtira olmagan. | 296 |
| 7 | Xalqaro kompaniyalar O‘zbekistonda nega yutqazadi? Ekspatlar va mahalliy rahbarlar o‘rtasidagi farq 🇺🇿🌐
Xalqaro kompaniyaning O‘zbekistondagi rahbari sifatida faoliyat yuritib, men bu jarayonning har ikki tomonini kuzatish imkoniga ega bo‘ldim. Bitta juda aniq tendensiyani sezdim: O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgan xalqaro kompaniyalar mahalliy rahbarlarni emas, balki chet ellik ekspatlarni (expat) boshqaruvga qo‘yganda, ko‘p hollarda strategik xatoga yo‘l qo‘yishadi.
"Menga o‘rgatmang, men bozorni bilaman" Amaliyotimda shunday holatlarga ham guvoh bo‘lganman, ba'zi chet ellik rahbarlar o‘z jamoasiga qarab: "Menga o‘rgatmang, mening boshqa davlatlarda tajribam bor, demak bu bozorni ham hammadan yaxshi tushunaman" degan pozitsiyada ish tutishadi. Aynan mana shu kibr va yanglish fikr oqibatida, ulkan ambitsiyalar va katta byudjet bilan kirib kelgan yirik xalqaro korporatsiyalar o‘z o‘rnini butunlay boy berganini, hatto bankrotlikkacha borib yetganini ko‘rganman.
Nega bunday bo‘ladi? O‘zbekiston bozori o‘ta o‘ziga xos va u mintaqadagi yoki dunyodagi boshqa hech bir bozorga o‘xshamaydi. Qanchalik kuchli xalqaro tajribaga ega bo‘lmasin, hech bir chet ellik mutaxassis mahalliy xalqni, uning mentalitetini, iste'mol madaniyatini va muammolarini o‘zimizning mahalliy kadrlardek his qila olmaydi. Biznesda, ayniqsa O‘zbekistonda, qarorlar ko‘pincha quruq raqamlar emas, balki ishonch, insoniy munosabatlar va mahalliy madaniyatni chuqur anglash orqali qabul qilinadi.
Ekspatlar umuman kerakmas degani emas Men ekspatlarga mutlaqo qarshi emasman, aksincha, ularning qadrini juda yaxshi bilaman. Ular quyidagi holatlarda bebahodir:
Chuqur texnik bilimlar: Maxsus va tor doiradagi xalqaro texnik ekspertiza talab qilinadigan lavozimlarda.
Mahalliy korporatsiyalarni transformatsiya qilish: Bozorda allaqachon o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lgan yirik mahalliy kompaniyalar o‘z biznes jarayonlarini optimallashtirish, xalqaro standartlarga o‘tish yoki korporativ madaniyatni yangilash uchun chet ellik mutaxassislarni yollashini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.
Biznesdagi oltin qoida Buni oddiy qonuniyat bilan ifodalash mumkin:
Bozorda o‘rnashib bo‘lgan yirik mahalliy kompaniyalarga optimizatsiya uchun xalqaro tajriba (ekspatlar) kerak. Ammo, O‘zbekiston bozoriga endi kirib kelayotgan xalqaro kompaniyalarga faqatgina mahalliy tajriba (local expertise) va mahalliy liderlar kerak.
Xalqaro kompaniyaning muvaffaqiyati uning global resurslarini mahalliy bozor haqiqatlari bilan qanchalik to‘g‘ri birlashtira olishiga bog‘liq. Buni esa faqatgina shu bozorning "ichidan chiqqan" rahbarlar qila oladi.
#Business #Uzbekistan | 287 |
| 8 | Markaziy Bank tomonidan Yagona QR tizimining yo‘lga qo‘yilishi — juda yaxshi va kerakli qadam. Biroq, bu tizimning odamlar uchun foydali bo‘lgan tomonlari hozircha oxirigacha o‘ylab ko‘rilmagandek.
Hozirda bu QR hamma joyda o‘rnatilmoqda, lekin to‘lov shartlari xaridorga ma’qul kelmayapti: do‘kondan 0.65% va eng qizig‘i, xaridorning o‘zidan ham qo‘shimcha 1% komissiya olinmoqda.
Global tajriba nima deydi?
Dunyoda odamlar naqd puldan voz kechishi uchun Pix (Braziliya) yoki UPI (Hindiston) kabi davlat tizimlari xaridor uchun mutlaqo bepul qilingan. AQSH yoki Yevropada esa Visa va Mastercard kabi tizimlar do‘konlardan 2-3% gacha komissiya oladi, lekin xaridor doim 0% to‘laydi.
Bu yerda bir savol tug‘iladi: Nega bizda davlat do‘kon egalaridan komissiya olishdan bu qadar hayiqadi?
"Tadbirkorlarga qiyin bo‘ladi" degan vaj bu yerda unchalik ishlamaydi. Chunki butun dunyoda biznes baribir bu komissiya xarajatlarini mahsulotning yakuniy sotuv narxiga oldindan qo‘shib qo‘yadi. Xaridordan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1% yechib olish esa uni shunchaki bu tizimdan uzoqlashtiradi. Odamlar baribir o‘ziga keshbek beradigan Click, Payme yoki TezQR kabi xizmatlarni afzal ko‘raverishadi. Yaqin orada esa Apple Pay va Google Pay ham kirib keladi.
Ushbu loyiha muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun xaridordan olinadigan 1% lik komissiyani olib tashlash va shartlarni mijozlar uchun jozibadorroq qilish kerak deb hisoblayman.
Shaxsiy fikr) | 298 |
| 9 | SpaceX aksiyalari @wallet da allaqachon savdoga chiqdi 🚀
Bir necha qiziqarli faktlar: 📊
1. Bu tarixdagi eng yirik IPO: SpaceX ushbu IPO doirasida 75 milliard dollar sarmoya jalb qilmoqda va kompaniyaning umumiy qiymati o'ta ulkan - 1.77 trillion dollarga baholanmoqda. 💰
2. Dunyodagi ilk trillioner: Ushbu IPO muvaffaqiyati ortidan Maskning shaxsiy boyligi salkam 970 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Bu ko'rsatkich uning dunyodagi birinchi trillionerga aylanishiga bir qadam qolganini anglatadi. 🐶
Shunaqa gaplar... ) | 438 |
| 10 | PLUS-Forum: Digital Uzbekistan sahnasida nutq so'zladim.
Bir necha yil davomida bu forumga mehmon sifatida qatnashib, bu safar spiker bo'lish ajoyib hissiyot. 🔥
Asosiy mavzu — RWA va tokenizatsiya. Wallet in Telegram orqali O'zbekistonda investitsiyalarni qanday ommabop qilayotganimiz haqida bo'lishdim.
Ilgari oddiy odamlar uchun yopiq bo'lgan aktivlarni endi har kuni ishlatadigan Telegram ichida oson xarid qilish mumkin. Buni sahnadan turib tushuntirish va buni reallikka aylantirayotganimizni ko'rish juda ilhomlantiradi. 📈
Oldinda hali ko'p yangiliklar bor! 🚀 | 506 |
| 11 | Davlat tomonidan qilingan yagona QR haqida nima deb o'ylaysiz? | 521 |
| 12 | 16-May Toshkent shaxrida bo'lib o'tadigan Manager's Conference 2026 da spiker sifatida qatnashmoqdaman.
Uyerda real hayotdagi aktivlarni tokenlashtirish texnologiyasi haqida so'zlayman.
Agar qiziq bo'lsa sizham ro'yxatdan o'tib qatnashishingiz mumkin, qatnashish bepul. https://pmconf.uz/
P.S. 👛Telegramdagi Hamyon tadbirning rasmiy hamkori hisoblanadi, va shu sababli uyerda turli qimmatbaho sovg'alar va $$$ o'ynaladi. 🌉 | 622 |
| 13 | Manager's Conference 2026 bu yil spiker sifatida qatnashmoqdaman. 16 May kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.
Uyerda real hayotdagi aktivlarni tokenlashtirish texnologiyasi haqida so'zlayman.
Agar qiziq bo'lsa sizham ro'yxatdan o'tib qatnashishingiz mumkin, qatnashish bepul. https://pmconf.uz/
P.S. 👛Telegramdagi Hamyon tadbirning rasmiy hamkori hisoblanadi, va shu sababli uyerda turli qimmatbaho sovg'alar va $$$ o'ynaladi. 🌉 | 1 |
| 14 | Ha yana bir narsa, sog'liqga hech qanday ta'sir qilganj yo'q. Oyoqdagi sochlar to'kilib ketmadi, va qandaydir kasalliklarham bo'lmadi. Bu o'ylashimcha zapravkachilar tomonidan tarqatilgan mish mishlar 😁 | 620 |
| 15 | Elektr avtomobil: 2 yil va 0 muammo. Haqiqiy tajriba bilan bo‘lishmoqchiman!
Ko‘pchilik mendan so‘raydi: “Elektr mashina olishga arziydimi? O‘zi bizning sharoitga to‘g‘ri keladimi?”. Mana, BYD Song Plus Champion’ni 2 yil haydab, nihoyat barcha savollarga xolis javob beradigan vaqtim keldi.
1. Benzonasos va “svecha” mashmashalari bilan xayrlashdim ⛽️❌
Ilgari benzinli mashina haydaganimda eng katta og‘rig‘im — yonilg‘i sifati edi. O‘zbekiston zapravkalarida hatto 95-benzin quysangiz ham, uning ichidan suv chiqishi yoki aslida 80-benzin bo‘lib chiqishi hech gap emas. Natijada esa doimiy ravishda benzonasos yoki svechalarni almashtirib yurishga majbur edim.
Elektrda esa bu muammo ildizi bilan yo‘qoldi. Tokning sifatidan xavotir olmaysiz — bizda yoki svet bor, yoki yo‘q, “o‘rtacha sifatli svet” degan tushuncha yo‘q! 🤣
2. Servisga qachon borganim esimda ham yo‘q
Benzinli mashinada har 5-7 ming kilometrda moy almashtirish, filtrlarni yangilash va yana qandaydir mayda-chuyda tuzatishlar uchun servisga chopardim. 2 yillik elektr tajribamda esa servisga bor-yo‘g‘i bir marta bordim, u ham bo‘lsa salon filtrini almashtirish uchun. Bo‘ldi. Buziladigan narsaning o‘zi yo‘q, chunki murakkab dvigatel tizimi yo‘q.
3. "Zaryadlash uzoq vaqt oladi" deganlarga javobim 🔋
Haqiqatdan ham, uydagi zaryadchikda 20% dan 100% gacha to‘lishi taxminan 13 soat vaqt oladi. Lekin bu men uchun hech qachon muammo bo‘lmagan. Nega? Chunki men mashinani haftada bir marta yoki undan ham kamroq zaryadlayman. Hammasi oddiy: kechqurun uxlagani yotishdan oldin zaryadga qo‘yaman, ertalab esa u "to‘liq quvvat" bilan meni kutib oladi.
Aslida bu zapravkaga borib navbatda turishdan ko‘ra ancha qulay va oson. Mashina men uxlayotganimda o‘zi "ovqatlanadi".
4. Shahardan tashqariga chiqsa bo‘ladimi?
Meni eng ko‘p qo‘rqitishgan narsa: “Bu mashina faqat shahar ichi uchun, uzoqqa yura olmaysan” deyishgan edi. Amalda esa hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi:
Qo‘qon: 240 km borish va 240 km qaytish (jami 480 km). Hech qanday tejamkorliksiz, konditsioner yoniq holda qaytib kelganimda hali 10% zaryadim bor edi.
Samarqand: 320 km yo‘l bosib borgach, shaharga kirganimda 40% zaryad qolgan edi.
Eng qizig‘i, viloyatlarga chiqqanda elektr mashinada o‘zimni xavfsizroq his qilaman. Chunki poytaxtdan uzoqlashgan sari sifatli benzin topish qiyinlashadi, 30.minutda zaryadlash stansiyalari esa hamma joyda bor.
Real masofa (Zapas xoda):
Qog'ozda 605 km deb yozilgan, lekin hayotda:
❄️ Qishda: ~350 km
☀️ Yozda: ~450 km
🌱 Bahor/Kuz: 500-550 km gacha bemalol yuryapman.
5. Aqlli mashina — xavfsiz haydovchi 🤖
Xitoy mashinalari haqiqatdan ham o‘ta aqlli. Intelligent Cruise Control, 360° yuqori sifatli kameralar, avtomatik to‘xtash tizimlari — bularning hammasi haydashni zavqqa aylantiradi. 2 yil davomida birorta tirnalish yoki kichik avariya bo‘lmadi, chunki mashinaning o‘zi ko‘p vaziyatlarda menga yordam beradi va xatolardan asraydi.
Xulosa o‘rnida: 2 yil oldin elektr mashinaga o‘tish men uchun tavakkaldek tuyulgan edi, bugun esa bundan buyog'iga faqat to'liq elektr mashina olishga qaror qildim.
Agar siz ham ikkilanib turgan bo‘lsangiz — Srazu olavering, bu eng zo'r qaror bo'ladi. | 643 |
| 16 | پیام ویدیو | 570 |
| 17 | 🇺🇿Как узбекистанцы могут получить доступ к инвестициям в Telegram
📌Wallet in Telegram отвечает глобальному тренду embedded finance — когда финансовые сервисы встроены прямо в повседневные приложения.
То есть, заходя в Telegram, чтобы написать сообщение или почитать новости, пользователь в пару кликов получает доступ к финансовым инструментам. В том числе — к криптоактивам и токенам, обеспеченным акциями и фондами США.
Полное интервью с региональным директором Wallet in Telegram читайте по ссылке: https://the-tech.kz/kak-uzbekistanczy-mogut-poluchit-dostup-k-investicziyam-v-telegram-intervyu-s-regionalnym-menedzherom-wallet-in-telegram/
Больше на @thetechkz | 740 |
| 18 | Daryo ga intervyu berdim, O'zbekiston kripto bozori va uni dunyodagi o'rni haqida.
Matn: https://daryo.uz/en/g-oJY1pDR
Youtube: https://youtu.be/MfrL9V2HjmM?si=voaIaOxgd-oJqWJA | 568 |
| 19 | "Birinchi aksiyadorlar yig‘ilishi" yakunlari 🇺🇿
Kecha biz uchun juda muhim kun bo'ldi. Biz "Birinchi aksiyadorlar yig‘ilishi" ni o‘tkazdik va unda 70 dan ortiq biznes rahbarlari, blogerlar, yirik investorlar hamda tokenlashtirilgan aktivlarimizning ilk faol foydalanuvchilarini bir davraga jamladik.
Telegramdagi @Wallet ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori sifatida men nutqimni sevimli muallifimlarimdan biri Simon Sinekning bir tamoyili bilan boshladim: "Nega savolidan boshlang" (Start with Why).
Nega O‘zbekiston? Chunki bu — bizning ekspansiyamiz uchun ustuvor va birinchi bozor. Aholimi, yosh va Telegram’da "yashaydigan" mamlakatda moliyaviy inqilob qilish imkoniyati dunyoda yagonadir.
Nega Wallet? Chunki aholimizning 88 foizi allaqachon Telegram’da. Biz murakkab ilova qurishni emas, balki global bozorlarni odamlar har kuni ishlatadigan va ishonadigan platformaga olib kirishni maqsad qildik.
Nega aksiyalar? AQSHda oilalarning 58% foizi aksiyalarga ega. Men ishonamanki aksiyalar nafaqat shaxsiy hayotlarni o'zgartirib biladi, balki butun hamjamiyatda moliyaviy rivojlanish va investorlik madaniyatini rivojlantirib biladi. O‘zbekistonda esa bu vositalarga oson kirish imkoniyati yo‘q edi. Bizning maqsadimiz — Wall Street’ni birgina telegram sms yozish kabi yaqin va oson qilishdir.
Sahnada men bilan birga quyidagi ekspertlar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar:
Aleksandr Tobol, The Open Platform (TOP) guruhi CTOsi — bizning global infratuzilmamiz ortidagi texnik qarashlar bilan bo‘lishdi.
@coffeewithBTC , TON CIS Hub sobiq rahbari — shaxsiy moliyaviy rivojlanish va aktivlari haqida so'zlab berdi.
Barcha ishtirokchilarga, hamkorlarimizga va ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildiraman. Biz shunchaki mahsulot emas, balki moliya chegarasiz va oson bo‘lishi kerakligiga ishonadigan zamonaviy investorlar hamjamiyatini quryapmiz.
O‘zbekistonda moliya kelajagi yaqinlashayotgani yo‘q — u allaqachon shu yerda. 🚀 | 1 054 |
| 20 | P.S. Yaqinda bir statistikani o'qib qoldim, AQSHda 62% oilalarda aksiyalar bor, lekin atiga 21% foizi to'g'ridan to'g'ri egalik qilar ekan aksiyalarga. Qolganlar boshqa yo'llar bilan investitsiya qilgan (Har hil fond, token va boshqalar) | 909 |
