fa
Feedback
Iskandar Dev

Iskandar Dev

رفتن به کانال در Telegram

Fikrlar, tajribalar va maslahatlarim maskani. Thoughts are personal and does not represent my employer

نمایش بیشتر
604
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-37 روز
+330 روز
آرشیو پست ها
RTO - Ofisga qaytish Corona crisisdagi haraktlar asorati hali ham mavjud. Corona paytida masofadan ishlashni yo'lga qo'ygan IT-gigantlar, jamoalarni shaharlar, davlatlar-aro yeg'gan. Masofaviy ishda produktivlik passliki korxonalar aniqlagan bo'lsa kerak, hozirda 2-3 kuni ofisdan ishlashga qaytdi yo yaqinda qaytadi. Endi tasavur qiling, boshqa shahardan ofisga kelgan ishchi jamoadoshlari bilan faqat kamera orqali bog'lana olsa, 2 soat jamoviy transportga nega vaqt ketkazdi, yo ofisga kegani bilan nimadir o'zgarganmikin degan savollar albatta ko'tariladi. Keyingi hafta bu mavzuda yana yozaman.

Hazilona yo'ndashuv. Proekt tugagandan keyin keremas narsa ochirilgan/tozalangalikka tekshiring
Hazilona yo'ndashuv. Proekt tugagandan keyin keremas narsa ochirilgan/tozalangalikka tekshiring

alma-mater universitetida va PDP Akam FAANG bo'yicha maruza berdim. Rasmlar bo'lsa tashela!)

Repost from WIUT Career Centre
ALUMNI TALKS🗣️ - How to get a job at Amazon, Apple, Google and other big tech companies? We are thrilled to welcome all stud
ALUMNI TALKS🗣️ - How to get a job at Amazon, Apple, Google and other big tech companies? We are thrilled to welcome all students to join upcoming guest lecture by WIUT Alumnus! Please join us to catch up on the latest industry insights and career advice from the graduate. 🧑🏻‍🏫 Iskandar Anvarov, a successful Software Engineer at Amazon, Netherlands, will be sharing his own experience working at big tech company and advising you on career options and networking opportunities. Be ready to get crucial information on how to prepare your CV, what is waiting you on the job interview and how to boost your portfolio. 🔗 Registration is open: https://rb.gy/9m6h0 Come & Join us: 📆 18 October | 14:00 📍 SHB 306 Published by WIUT Alumni Association

Repost from PDP Academy
FAANG'GA QANDAY ISHGA KIRILADI? Bu safar Amazon kompaniyasida Software Engineer sifatida uzoq vaqtdan beri ishlab kelayotgan
FAANG'GA QANDAY ISHGA KIRILADI? Bu safar Amazon kompaniyasida Software Engineer sifatida uzoq vaqtdan beri ishlab kelayotgan — Iskandar Anvarov bilan dunyo tan olgan eng nufuzli kompaniyalar (FAANG)ga qanday qilib joylashish haqida suhbat quramiz. ❗️DIQQAT Ko'plab talab va istaklarga binoan ushbu tadbir 14:00 dan 19:00 ga ko'chirildi. Barchangizni kutib qolamiz! FAANG — Facebook, Amazon, Apple, Netflix, Google 👇O'z joyingizni band qiling! @PDPSupportBot 📞 78-777-47-47 ➡️ Iskandar Anvarovning rasmiy sahifasi: https://t.me/iskandardev Telegram | Instagram | YouTube

Ta'til vaqtimda "Clean Architecture" kitobini o'qiyotgan edim. Code yozishda tez-tez qo'llab turadigan qonun kelib chiqish shu kitobdan ekan. 1. Avval ishlaydigan qil - Code-dan ne maqsad agar u ishlamasa 2. Keyin uni to'g'ri qil - o'zing va boshqalar tushuna olishi va tizim o'zgarishiga moslanuvchan bo'lishi uchun refaktorla 2.1. Unit test bilan qopla - codeni har qanday tizim va frameworkdan xolis tekshirish va kutilmalarni aniq belgilash uchun unit-test bila qopla. 3. Code-ni tezlashitir - talab etilayotgan tezlik/performance uchun codeni refaktorlar. 3.1. To'siq (Bottleneck)larni o'lcha. Ko'p IDE-larda qatorga va funktsiyaga ketadigan vaqtni ko'rsatadifan imkoniyat/pluginlar mavjud. Ular orqali to'siqlarni kashf et. 3.2. Shart bo'lmagan code-ni olib tasha 3.3. Qatorlar orasida takrorlanayotgan ishni top, va optimizatsiya qil ( odatda qo'shimcha variable yaratib xotiraga saqlab turgan holda) Ko'makchi pointlarni o'zim qo'shib ketdim. Ko'rayorganizdek, 3-ni amalg oshirish uchun 2.1. Unit Testlar kerak bo'ladi. Ular tezlikni o'lchashga va oson yo'l bilan code-ni yurg'izish uchun majburiy (Test vazifasiga qo'shimcha foydali tomoni).

Beta, Gamma, preprod, prod muhitlar haqida User-base katta kompaniyalarning CI/CD pipelinelarida beta, gamma, preprod va prod environment uchratish mumkin. Ho'sh ularni farqi qanaqa va nimaga kerak? Beta - bu playground. Yani pipeline o'zgarishlarini local o'rnatib chiqmasdan yoki research uchun kirib tekshirib chiqish imkoni bor bogan muhit. Injenerlar oz shaxsiy code-ini yuklashga imkoni bor va QA-injenerlar pressure test qilishlari ochiq joy. Bu yerdagi hattoliklar uchun togridan togri bug ochilmaydi. Gamma - muhit access uchun chegaralangan bo'lsa ham playground kabi faqat user sifatida tekshirish uchun joy. Odatda, Beta va Gamma depedency-lari ularning ham gamma muhitlarga yo'naltirilgan bo'ladi. Yani qo'shni jamoingiz servisiga bog'liqlik bo'lsa, ularning gamma endpointlarini ishlatish kerak. Yani pressure test yoki load-test qilaman deb ularni prod environmentiga tasir etmasligi shart. Shuning uchun pipelinedan tashqari o'zgarishilar gammada mumkin emas, sanoqli odam admin-accessga ega bo'lishi kerak. Preprod - gammadan asosiy farqlari - (1) dependencylar ham prodga yo'naltirilgan, (2) prod-ni birga bir nusxasi, (3) o'zgarishlar prodga chiqishidan oldin ma'lum vaqt preprodda sinalgan (canary-test orqali) va malum vaqt ichida muammo chiqmasa prodga o'zgarish chiqadi. Dependencylar prodga qaratilganligi uchun, jamoalarning foydalanuvchilar kabi ichki accountlari bo'ladi. Shu account-da integration-testlarni o'tkazgandan keyin, prodga chiqishga ruxsat beradi. Shu yerda aytib otish joizki, gammada ham integration test o'tkazilishi mumkin. Prod - foydalanuvchilarga ochiq muhit, to'g'rirog'i ularning muhiti. Software developmentdan faqat canary-test yurg'izilishi mumkin. Shu joyida aniqlik kiritib o'tmoqchiman. canary test - har doim api ni bir xil input bilan tekshirib turadigan test. U yiqilsa demak customerlarda ham muammo bolayotgani yoki bolishi mumkinlik belgisi. Canary test vaqt-intervalida har bir APIni tekshirib turadi, kutilmagan javob kelsa, signal beradi. Yani foydalanuvchilardan oldin hattolikni topishiga yordam beradi. Integration test - tizim dependency-lar bilan to'g'ri ishlashi uchun yurg'iziladigan joy. Ko'p hollarda end-to-end(e2e) testlar bilan farqi yo'q darajada, barcha funktsiyalarni boshidan oxirigacha to'g'ri ishlashini tekshirishga yo'naltirilgan bo'lishi mumkin, xolbuki integration va e2e testlar bir xil tushuncha emas.

Notebooklarni yangilash va eskilarni qayta-ishlashga yuborish payti
+1
Notebooklarni yangilash va eskilarni qayta-ishlashga yuborish payti

Relocation LinkedIn va Telegramlardan eng ko'p keladigan savolardan biri - "relocation arzidimi?". Ya'ni boshqa davlatga, komfort zonani tashab, tanish-bilish bo'lmagan yurtga oilaviy/yolg'iz ko'chish manfaatlari ustunligi nimada? Yaqinda Androidchi Yusuf, Uberga kirgan Ozodbek misollari va bir-nechta linkedIn connectionlar shu savolni o'rtaga tashashgani, o'zimda retrospektiv ichki-mulohazani uyg'otdi. Anglagan maanfatli tomonlar: 1. Komfort-zonadan chiqish. Yani odatiy tus olgan hayotdan chiqib, boshqa muhit va sharoitda o'zini sinash va oqibatda yangi qobilyatlar ustida ishlash taqazo kelishi. Yani, uy-joy, iqtisodiy, ijtimoiy va maishiy masalar farq qiladigan sharoitni o'rganish, muammolarni mustaqil yechish, boshqa yashash-tizimga moslashish bo'ldi. Viloyatlardan Toshkentga o'zlari kegan studentlar buni o'ziga aks etira oladilar. Qo'pol qilib etganda, ota-ona yoki tanish-bilishga tayanmasdan yashash. Endi ko'chib kelganda birinchi 3 oy mushkul kechadi - legalizatsiya, ishga moslashish, hayotda qulayliklarni yaratish va qonuniy masalalar o'rganish bilan ketadi. 6 oylardan keyin hayot ancha osonlashadi. 2. Yangi iqlim, madaniyat Urf-odatlari, tili va yashash tarzi farq qilgan jamiyatda o'zini topish va o'z madaniyati va odatlarini chuqurroq anglashga taqazo etadi. Bu bilan, yangi jamiyatda tanish-bilish, do'st va hamkasblar ortirgan sari ularni dini, tarixi va davlat qadriyatlari, yashash-tarzi va dunyo-qarashini boshdan kechirish, ularni ovqatlarda afzaliklari, adabiyot/musiqa/kino, do'st va oila qurish yondashuvlarini tushunish bo'ladi. Aynqisa internatsional muhitda bu qizqarli kechadi. Misol shimoliy davlatlarda xis-tuyg'uga umuman berilmasligi, deyarli barcha masalalarda to'g'ri-dan to'g'ri tekis aytishi (qo'pol bo'lsa ham), yoki osiyoliklar overwork qilishga moyiliki yaqqol ko'zga tashlanadi. Shu bilan birgalikda, o'zbek odatlariga chetdan qarab, yaxshi-yomoni va keraklilarini qadriga bo'rish ham to'g'ri keladi. O'zimdan misol, yog'li va tuzli ovqatlar qanchalik mazzali bo'lmasinu odam organismiga qiyinchiliklar va salbiy oqibatlar tug'dirishini, yoki oilaviy hayot qadri chetda yashab ko'zga yaqqol ko'rindi. 3. Professional o'sish Chetdagi hayot faqat ishga tayanib qolganda profesional o'sish qanchalik muhim va o'z ustida ishlash majburiyatdek bo'lib qo'ladi. Bu faqat FAANG-chilarga taalluqli emas, bu yerda ko'rgan barcha vatandoshlar buni boshdan kechiradi. Yorqin misol, bu yerda ingliz tili hayotning barcha situatsiyalarida kerak bo'ladi, va shu paytda o'zini to'g'ri va tushunarli ifodalash, ularni maqolalarini yoki hazilarini tushunish kerak bo'ladi. Hozirda ingliz tilim yaxshi darajaga bo'lsa ham, speaking darslariga qatnashaman. Keyinchalik O'zbekistondan turib yuqori maoshli ish topish, Hudo xolasa, onsonroq kechadi. 4. Mustaqillik Bu yashash tarzida ham moliyaviy tomondan ham ko'rinadi. Majburiy va istakdagi harajatlarni boshqarish, byudgetga qarab yashash/tejash, nohushliklarga tayyor bo'lish va O'zbekistonga qaytganda (hamma qatori 😄) munosib uy-joyli bo'lish uchun pul ajratish masalalari moliyaviy savodxonlikni oshirib qo'yadi. Hayot tarzida esa, sayohatlarni tashkil etish, do'st-u vatandoshlar bilan ko'rishib turish, farzandlar tarbiyasi bilan shug'ilanish kabilar bo'ladi. Bu mening shaxsiy qarashim bo'lib yakuniy haqiqatni aks etirmaydi. Vatanda yashab turib ham, odam o'ziga shunday sharoitlarni ma'lum darajada yarata oladi. Androidchi Yusufni fikriga qo'shilgan holda, hayotda va moliyaviy darajada "downgrade" bo'lmaslik sharti bilan relocation arzidi. Yani oilamga, o'zimga yashash sharoitini yaqin-kelajakda yarata olsam, boshqa davlatdagi sarguzashtlarga tayyorman. P.S Mening shanba meetinglarim ochiq. Batafsil bu yerda

14ta turdagi misol Algoritmik misollarni 14-ta asosiy turi bor. Ularni yechish usuli deyarli bir xil yondashuvni talab etadi, misol turini aniqlashni o'rgansangiz marra deyarli sizniki. Shu mavzuda ex-Meta, ex-Microsoft va Educative.io asoschisidan keng yoritilgan blogpost - 14 Patterns to Ace Any Coding Interview Question Shu 14ta patternsni misollar to'plami - https://seanprashad.com/leetcode-patterns/ Github repo - Leetcode Patterns

Yana bir O'zbek FAANG-ga kirdi, bu gal Uberga. Shaxsan menga quvonarlisi Amsterdam ofisiga
Yana bir O'zbek FAANG-ga kirdi, bu gal Uberga. Shaxsan menga quvonarlisi Amsterdam ofisiga

Algorithmic interview Dasturlashda yuqori daromadli ish o'rinlar uchun algoritmlar bo'yicha suhbat o'tkaziladi. intervyudan muvaffaqiyatli o'tish uchun qanday javob berish va nimaga ahamiyat berish kerak? Shu savolga javob berishga harakat qilaman. Algoritmik Interyu odatda 30 minut davom etadi. Bunda 5 minutini bordi-keldi savol javobga ajratilib qo'yilsa, 25daqida qoladi. Shunda: 1. ~3/25. 3minutni savolni qunt bilan o'qib chiqib noaniqliklarni topish va interyuchidan aniqlashtirish kerak. Misol uchun "inputni integer deb qabul qilsam bo'ladimi?", "Input char yoki string bo'lib keladimi?", "Inputni o'zgartisam bo'ladimi?". "Agar 5 input bo'lsa, 25 javob l to'grimi? Va 3 bo'lsa javob 9?". O'ta muhim - barcha kashf etgan malumotni text-editorda yozib keting. Bu bilan yaqqol aniqlik kiritasiz, va esdan chiqib ketmaydi. 2. ~15/25. 10 minut ichida og'zaki yechim bering. brute-force (qo'pol/yopassiga) yechimdan boshlang, code-ni og'zaki tushuntiring, yechimlarini ayting ( time and space complexity - O(n), O(logN) ). Shu yechimda Bottleneck yani ortiqcha ishni toping va yaxshilang. Misol uchun nested for-loop-ni o'rniga bitta for-loop chiqaring. Maqbulroq yechimni og'zaki tushuntiring va o'lchovlarini keltiring. Bundan unumliroq yechim bormi yo'qmi savolga tuting. Agar bo'lsa ayting, lekin yechimini code-da yozib bera olmasangiz, yozib bera olmayman deb qo'shib keting ( best is the enemy of good). Maqul kelsa, intervyuchi "code-ni ko'rsat endi" deydi va code yozishga o'tiladi. 3. ~23/25. 7-8 minut ichida code-ni yozib bering. Code "production-ready" ya'ni prod darajasida toza va o'qiladigan bo'lishi kerak. Bu bilan, (1) funktsiya va variable nomlari mazmunli, (2) tinish belgilari ( ; , {}) intent/whitespace tog'ri keltirilgan, (3) Ikkilamchi funktsiyalar alohida chiqarilgan ( isCharAlphaNumeric()). Sodda qilib aytganda code-ni birovga ko'rsatishga arziguli va (4) compilatsiyadan o'tadigan bo'lishi shart. Muhim, vaqt kam qolsa, tipik va oddiy ikkilamchi funktsiyalarni bo'sh qoldirilib ketsa bo'ladi (bunda funktsiyani nomini va {} tanasini yozsa yetarli). Misol isCharAlphaNumeric(), hasMatrixNextColumn(). 4. 25/25. Oxirgi 2-3minutni albatta debug uchun ishlating. Bunda code-ni inputga misol berib, qatorma-qator hayolda yurg'uzing. Bunda qatorlarda comment sifatida chiqqan hosilni yozib ketish mumkin. Albatta qayerdadir kichik punktuatsiya yoki mantiqsiz qism qo'lib ketgan bo'lishi mumkin. debug kamchilikni topish va tog'irlash uchun kerak. Umumiy eslatmalar: ⁃ Intervyuchi sizning do'stingiz, u ham o'z vaqtini unumli yani hamkasb topish uchun ishlatgisi keladi, sizni chopish uchun emas. Odatda intervyuchilar kichik xatolarni ko'rsatib ketadi (sizga tog'irlash imkonini berish uchun), afzalroq yo'l borligini ishora qilishadi. ⁃ Intervyuchi to'g'ri javob topish uchun emas, sizni fikrlash qobilyatingizni va uslubingizni tushunish uchun savol qo'yadi. Shu sababli, barcha fikringizni ovoz bilan ayting. Ichizda savol bormi, ritorik qilib o'zingizdan so'ravering, ovoz chiqarib. Bosh qoldirilgan funktsiyalarni nima qilishi aytib keting, "vaqt qolsa qaytaman" deb keting. ⁃ Eng oddiy text editorda yozishni o'rganing. Intervyular notepad va google docs-larda o'tishi turgan gap. ⁃ Yozib bergan reja ideal, tabiatda kam uchraydi. Qaysidir qismi chala qolishi normal, intervyuchi buni tushinadi. ⁃ Practice makes perfect. Shu rejani tayyorlanishda qo'lasangiz, haqiqiy intervyuda osonlik bilan ishlatasiz. Bu mening shaxsiy uslubim emas. FAANG interview Telegram gruppasidan topganman, ya'ni ko'pchilik bilan muvaffaqiyatli sinalgan. Funktisalar o'lchami haqida foyladi havola

"Online Meeting"lar Meetinglarni xush ko'rmayman. "A meeting is about meeting" bo'lib ketishi turgan gap, yani filrlar-baxsi va xulosasiz bo'lib ketishi oson. Odatda yechimi yaqol yoki asortali bo'lgan hollarda, jamoa darajadagi qarorlar uchun kerak. Shunda ham offline muhokama (chatting) afzal bo'lishi kerak, darhol yechimi shart bo'lmasa albatta. Manosiz meetinglarni oldini olish uchun , Amazonda bitta mechanism bor - muammo yechim-taklifisiz o'rtaga tashlanmaydi. Balki bir qarashni asoslab bergan holda meeting uyishtiriladi. Bunda bir yechimnining afzal va salbiy tomonlari qarab chiqilib, qaror qabul qilinadi. Qarorsiz/Xulosasiz meetinglar yoqatilgan vaqt, kamida nima qilish kerak emasligi xulosa bo'lishi kerak. Va agar meeting oxirida, "yaxshi suhbat bo'ldi" deyilsa bu 95% holda yomon meeting -qarorsiz o'tdi degani. Yaxshi meetingda qiyin/yoqimsiz qaror qabul qilinadi va/yoki kimnidir qarashi tashlanib noto'g'ri bo'lib chiqadi. Aks holda, meeting, birinchi o'rinda, kerak emas edi.

Oxirgi 2-3 hafta kuchli yomg'ir va bulutli havo bo'lgani uchun quyosh ko'rinmadi. Bugun, kunning 2-yarmida quyosh chiqdi va G
Oxirgi 2-3 hafta kuchli yomg'ir va bulutli havo bo'lgani uchun quyosh ko'rinmadi. Bugun, kunning 2-yarmida quyosh chiqdi va Gollandliklar "quyosh-vanna"ga intilishdi 😁 P.s. anchadan beri foydali post yozmadim, 24h ichida yozaman)

O'tkan juma, ishxona beydjikini uyda qoldirib ketdim. Vaqtinchalikni olish uchun reception-ga borsam mendan oldin Werner Vogels turgan ekan. U o'zi Sietldan asosan ishlasa, asli Gollandiyalik. U ham beyjni esdan chiqargan yoki aktsivatsiya qilmagan bo'lsa kerak, menga o'xshab turgan edi. Navbatini kutib ketdi. Rasmga tushmoqchi edim uyaldim, keyinroq esa imkon bo'lmadi. Werner Vogels AWS CTO-si, texnologiyadagi rais.

best is the enemy of good Ish faoliyatining katta ulushi tipik va oddiy ish bilan qoplanganda, yangi texnologiyalarni o'rganish va tadbiq qilish, vaqt o'tgan sari, qiyinlashib bo'radi. Shu bilan yangilik kiritish kerak bo'lganda, uchratilmagan texnologiya/servis/muammo to'g'ri kelib qolsa, qulaylik zonasidan chiqish qiyin.Bunday vaziyatlarda tushkunlikka tushish amrimahol, lekin qat'iy muddatlarga ulgurish ishdan tashqari soatlarni "xizmat"da o'tkazishga majbur etadi. Man o'zim ham tepada izohlangan holatga tushib turaman (it is what is it is). Lekin bunday vaziyatlar osonroq o'tish uchun, bir hamkasbimning maslahati bilan bo'lishmoqchiman. Muammo bo'ladimi yoki yangi servis/tech integratsiya qilish bo'ladimi, muammoni to'liq tushunib yechimga POC (proof of concept - kontseptsiyaning isboti) orqali kirishing: * make it work (ishlasin) * make it look good/clean (code toza va o'qiy oladigan bo'lsin) & optimize (optimalashtiring) va har doim yodda tutunki - best is the enemy of good (a'lo yaxshining dushmani). Ya'ni ideallika intilib vaqt va chegaralardan chiqib ketish kerak emas. Bunda pull-requestlarni ertaroq va tez-tez chiqarib turish, jamoadoshlar bilan(ayniqsa junior bo'lsangiz) xabarlashish va ko'rinmagan muammolarni kichiklikda topish/yechish osonroq kechadi. Seniorlarda ham "tupoy" code bo'ladi, undan uyalmaslik kerak, chunki u (1) muhim bo'lmasligi va (2) asosiy topshiriqqa aloqasi yo'q bo'lishi mumkin. Bunday kichik holatlar optimize yoki cleaning da to'girlanib ketadi. agar junior bo'lsangiz, google eng yaxshi do'stingiz. Man asosan google qilganimda "medium.com" deb qidiraman - sifatli va to'liq tushuntirilgan blogpostlar tez-tez chiqadi. Medium.com postlaridan keyin, rasmiy dokumentatsiyani o'qish ancha oson.

Ko'chish Amsterdamga kelganimga ham deyarli bir yil bo'votdi. Hozir ijara xonadonni hamyonbopiga ko'chirish ishlari bilan bandman. Endi kelganimda, kvartiralarga onlayn ariza topshirib, shu yerdagi do'stim orqali viewing qilganman. Viewing - uy egasi va/yoki maklerga to'g'ri keladigan potensial ijarachilarni saralagan holda uyi ko'rib va keyingina olish/olmaslik qaror berish jarayoni. O'tgan yili Toshkentdan turib deyarli 2 oy izlaganmiz. 10% ginasi Viewing-ga chaqirgan. Oxirida omad kulib, kelishimdan bir hafta oldin uyni ijaraga olgan edik. Qidirish jarayonida har haftada deyarli qimmatroqlariga ariza tashardik, chunki hamyomboblari suvdek uchib yozilishga ham ulgirmasdik. Shu bilan €2400lik ijara nasib etgan. Hozir o'rnashib olganimizdan keyin, hamyonbop ijaraga ko'chishga kirishdik. Bu gal 1-oycha qidirdik va ancha arzonroq uy topib ko'chish ishlaridamiz. G'arbning deyarli barcha katta shaharlarida uy masalasi o'tkir turadi. Chunki hoxlo'vchilar ko'p(=imkoniyatlar ko'p), qonunlar ijarachini qattiq himoya qiladi va shu bilan uy-egalari(landlord) xato qilmaslik uchun chertib-chertib saralaydi. Oylikdan tordib, eski ijara yoki bank hisob varaqasini so'rashadi. Chunki ijara imzolagandan keyin haydash va kontraktni uzish qiyin masala.

Good Citizen Amazondagi jamoamizda bir ichki servisni maintain qilib turamiz. Biz uni yaratmaganmiz va servis bizda vaqtinchalik, boshqa bir jamoaga o'tkaziladigan proekt. Lekin oxirgi 2-oy ichida bir-nechta kamchiligini to'pdik desa ham bo'ladi, amazon standartlarini baland ushlab turish uchun o'zgartirishlar kiritishimiz kerak. O'zimizni asosiy proektimizda deadline/muddatlar yaqinlashib, bosim o'tqizayotgan paytlarda, ikkilamchi ishga chalg'ish noto'gri deb ko'rinsa ham, amazonda bir yaxshi odat bor. Bunday vaziyatlarda barcha topgan fix/improvement-larni ticketlarga yozib yagona papka-ga (backlog) guruhlab ketamiz. Papkani har 2-haftada birga ko'rib chiqamiz, saralaymiz va muhimlarini sprint-boardga o'tkizamiz. Bu bilan 2 ish bajariladi: (1) visibility/transparency - boshqa jamoaga servisni bervorganimizda backlog papkani ham o'tkizamiz. Bu bilan ular bizni qilgan ishimizni va qo'lgan ishlarni ko'rib chiqa olishadi va o'zlariga maqbul yo'lni ogohlanganlik(informed) tarzda tanlay olishadi. Bundan tashqari, shaxsiy fikrga tayanish o'rniga, jamoaviy qaror qabul qilish saqlanadi, ya'ni biz kichik/ahamiyatsiz deb o'ylangan narsa, o'zi muhim bir aspekt bo'lishi mumkin. Biz jamoa bo'lib ustunvorlikni birga belgilaymiz. (2) good citizen - yuqori standarlarni ushlash uchun, "bizniki emas, bizga bu keragi yo'q" demay, tashkilotimiz vakili sifatida, undagi ishlariga ma'suliyat bilan yondashish. Menga buni boshlig'im aytib o'tkanida, juda ma'noli bo'lib ko'rindi. Ya'ni ertaga servisni bervorganimizda, bizni ham yomon so'z bilan eslashmasin, bizga topshilirgan ishni chin ko'ngildan bajarishimiz kerakligini aytib o'tdi. Bu tushuncha good-citizen deb ham atalar ekan. Ya'ni tashkilotdagi standartlarni bilgan holda ularga amal qilish, fuqaroviy jamiyatdagi qonun-tartiblarga bo'ysunish kabi qaraladi. Bu bilan sog'lom jamiyat muhiti saqlanadi. Ikkilamchi servis kabi, boshqa jamoaga ishimizni topshirganimizda, ular bilan aloqamiz ochiq va ko'ngili bo'lib qoladi. Ular ham ertaga bizga o'tadigan servisni maintain qilib turishsa, mavjud standart va mexanizmlarni ishlatishadi. Bu bilan nafaqat biz jamoa sifatida yutamiz, balki Amazon xizmatlari ham yuqori darajada saqlanadi (oyligimizda ta'sir qiladigan ko'rsatkich 😃). Kunli vaziyatlarda siz ham good citizen-likni noyomon qilishingiz mumkin. Bu uchun siz ishlayotgan tasklarda barcha to'plangan ma'lumotni kommentariya qismida yozib o'tishingiz mumkin. Bu bilan 2-3 oyda qaytib kelganizda, yoki hamkasbingiz qiziqanida nima ish va nima sababdan qilganizni va boshqa taa'luqli ma'lumotlarni topish oson bo'ladi. git-log va kommentlarni yozib o'tish ham mumkin deyishingiz mumkin, lekin koddagi kommentariyalarni iloji boricha toza,lo'nda va manzili saqlash kerak. Commitni ticketga bo'glab ketsangiz, 2-tomonlama bo'gliqlik yaratasiz va qo'shimcha ma'lumot topishni ancha soddalashtirgan bo'lasiz.