fa
Feedback
OTFIV | Toshkent

OTFIV | Toshkent

رفتن به کانال در Telegram

Toshkent shahar Kasbiy taʼlim boshqarmasi. Manzil: Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331-uy Boshqarma boshlig’iga murojaat: @OTFIV_Tashkent_bot

نمایش بیشتر
7 729
مشترکین
-34224 ساعت
-1 5177 روز
-2 47730 روز
آرشیو پست ها
9-sinf bitiruvchilari uchun yozma imtihonlar o‘tkazildi Bugun, 26-avgust kuni Toshkent shahridagi Toshkent shahar ilg‘or kasb
+8
9-sinf bitiruvchilari uchun yozma imtihonlar o‘tkazildi Bugun, 26-avgust kuni Toshkent shahridagi Toshkent shahar ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi hamda xalqaro ta'lim dasturi joriy qilingan Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi va Chilonzor tumani 1-son texnikumida 9-sinf bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish bo‘yicha yozma imtihonlar tashkil etildi. Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida, abituriyentlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan holda o‘tkazildi. Mazkur jarayon yoshlarning bilim va qobiliyatini aniqlash, ularni tanlagan kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha sifatli ta’lim olishga yo‘naltirishda muhim bosqich hisoblanadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot

🇰🇷 Yangi o‘quv yilidan texnikumlarda koreys tili o‘qitiladi! 📚 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi qator k
🇰🇷 Yangi o‘quv yilidan texnikumlarda koreys tili o‘qitiladi! 📚 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi qator kasbiy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga koreys tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Mashg‘ulotlar koreys tili mutaxassislari hamda volontyorlar tomonidan quyidagi texnikumlarda tashkil etiladi: 🔹 Toshkent shahar ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi; 🔹 Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi; 🔹 Toshkent pedagogika texnikumlarida tashkil etiladi. Mazkur tashabbus o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning xalqaro ta’lim va mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda zamonaviy kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot

#KasbiyTaʼlimRahbari “Direktor bilan bir kun” | Ta’limdagi mas’uliyat va natija. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot

50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi. — 163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Avgust kengashi” seminar-treningi 2026-yil 26–29-avgust kunlari kasbiy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan rahbar va
“Avgust kengashi” seminar-treningi 2026-yil 26–29-avgust kunlari kasbiy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan rahbar va mutaxassislar uchun “Avgust kengashi” seminar-treningining sho‘ba va yalpi yig‘ilishlari o‘tkaziladi. 📍 Sho‘balar kesimida o‘tkazilish sanasi va manzillari: 🔹 1-sho‘ba | O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun 2026-yil 26- avgust kuni Toshkent noshirlik-matbaa texnikumi; 🔹 2-sho‘ba | Direktorning ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun 2026-yil 27- avgust kuni Toshkent transport texnikumi; 🔹 3-sho‘ba | Direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun 2026-yil 28- avgust kuni Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi; 🔹 4-sho‘ba | Kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari uchun Toshkent shahar ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi; 🔹 5-sho‘ba | Psixologlar uchun 2026-yil 27- avgust kuni Toshkent pedagogika texnikumi; 🔹 6-sho‘ba | Uslubchi va bo‘lim boshliqlari uchun 2026-yil 28- avgust kuni Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumlarida o'tkaziladi. “Avgust kengashi” seminar-treningi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv va ta’lim sifatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot

O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash tartibi bo‘yicha yangi tartib belgilandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash tartibi bo‘yicha yangi tartib belgilandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 450-son qarori bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 🔹 O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash uchun arizalar har yili 1-avgustdan 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 🔹 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish uchun arizalar har yili 28-dekabrdan 17-yanvarga qadar qabul qilinadi. Arizani Davlat xizmatlari markazi orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda topshirish mumkin. 🔹 O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi. 🔹 Vakolatli organ arizani qabul qilish muddati yakunlanganidan so‘ng 10 kun ichida ko‘rib chiqib, natija bo‘yicha xulosani elektron shaklda yuboradi. ❗️Shuningdek, 10-sinf o‘quvchilarining texnikumlarga dual ta’lim shakliga ko‘chirilishiga ruxsat berilmaydi.

📌 Startaplar uchun $125 minggacha investitsiya: arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi 🚀 President Tech Award tanlovining “
📌 Startaplar uchun $125 minggacha investitsiya: arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi 🚀 President Tech Award tanlovining “Eng yaxshi startap loyihasi” yo‘nalishiga arizalar qabuli davom etmoqda. Mazkur yo‘nalish tayyor mahsulotga ega va investitsiya jalb qilish bosqichidagi startaplar uchun mo‘ljallangan. ❓ Qancha investitsiya olish mumkin? ➡️ 1-o‘rin — $125 ming ➡️ 2-o‘rin — $75 ming ➡️ 3-o‘rin — $50 ming 💰 Yo‘nalishning umumiy investitsiya jamg‘armasi — $2,5 mln. Jami 30 ta startap g‘olib bo‘lish imkoniyatiga ega. ❓ Qaysi yo‘nalishlarda qatnashish mumkin? 🔰 Loyihalar 10 ta texnologik yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi: AI, FinTech, EdTech, GovTech, Enterprise, GameDev, HealthTech, DeepTech, Logistics & Mobility hamda Creative Industry & AdTech. Tanlovda O‘zbekiston fuqarolaridan iborat 3–8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. Ishtirok etish bepul. 📅 Ariza topshirish muddati — 31-avgustgacha. 🔗 Ariza yuborish: awards.gov.uz Startapingiz tayyor bo‘lsa, imkoniyatni o‘tkazib yubormang! Do‘stlaringizga ulashing Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot

Toshkent pedagogika texnikumida Xitoy delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv 2026-yil 24-avgust kuni Toshkent pedagogika tex
+3
Toshkent pedagogika texnikumida Xitoy delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv 2026-yil 24-avgust kuni Toshkent pedagogika texnikumida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston–Xitoy hamkorligini rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda Higher Education Press (HEP) va Sunmaker Training Institute vakillari ishtirok etib, kasbiy ta’lim, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdilar. Shuningdek, mehmonlarga Toshkent pedagogika texnikumining faoliyati, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv yakunida tomonlar kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashishni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldilar. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdilar. — Президенты Шавкат Мирзиёев и Ильхам Алиев открыли новый кампус Педагогического университета имени Низами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kolleji (AQSH) Universitetdagi taʼlim xususiyatlari: – Faqat bakalavriat bosqichi
Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kolleji (AQSH) Universitetdagi taʼlim xususiyatlari: – Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi. – Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi). – Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi. Arizalar 2026-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/ Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot

#HaftalikDayjest 📌 Toshkent shahar kasbiy ta’lim tizimida hafta davomida amalga oshirilgan muhim voqealar, yangiliklar va ta
#HaftalikDayjest 📌 Toshkent shahar kasbiy ta’lim tizimida hafta davomida amalga oshirilgan muhim voqealar, yangiliklar va tadbirlar Toshkent shahar yuridik texnikumi 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi! Texnikum bitiruvchilari uchun oliy ta’limga suhbat davom etmoqda. 2025/2026-o'quv yilida 11-sinfni tamomlagan bitiruvchilar uchun qabul davom etmoqda. Toshkent shahri ta’lim xizmatlari hajmi bo‘yicha respublikada yetakchi. Toshkent shahridagi davlat tibbiyot muassasalarida mavjud vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi. Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi. 9-sinf bitiruvchilari: yozma imtihonlar 26–28-avgust kunlari o‘tkaziladi. 2-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi! Toshkentdan Germaniyagacha - yangi kasbiy imkoniyat. Dunyo ko‘zgulari – asli ustozlar, Toshkent ma’rifat maskanida. 11-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda! Endi 10-sinf o‘quvchilari ham texnikumga o‘qishini ko‘chira oladi. Ilk bor kasbiy ta’lim tizimi rahbar xodimlari uchun menejerlik sertifikati joriy etilmoqda. Toshkent noshirlik-matbaa texnikumi  11-sinf bitiruvchilarini o‘qishga taklif etadi. Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Kelajak texnologiyalarini Xitoy bilan birga o’rganing! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirla
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bila
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi FarmoniУказ Президента Республики Узбекистан «​​​​​​​О награждении группы военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов в связи с тридцать пятой годовщиной государственной независимости Республики Узбекистан» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davla
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida ”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿🇨🇳 Kelajak texnologiyalarini Xitoy bilan birga o’rganing! Toshkent transport texnikumi va Xitoyning Chongqing Polytechnic University of Engineering (CQPUE) hamkorligida “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha 2+2 qo‘shma xalqaro ta’lim dasturiga qabul davom etmoqda. Dastlabki 2 yil — Toshkentda, keyingi 2 yil — Xitoyda ta’lim olish imkoniyati mavjud. O‘quvchilar zamonaviy telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalar, dasturlash, kompyuter tarmoqlari, sun’iy intellekt asoslari hamda xitoy tilini o‘rganadilar. 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot

Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi Vazirlar Mahkamasinin
Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi Vazirlar Mahkamasining “Texnikumlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash va bitiruvchilar bandligini ta’minlashda buyurtmachilar ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 449-son qarori (20.08.2026-y.) tasdiqlandi. Unga muvofiq:
➖texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha Markaziy bank asosiy stavkasidan yillik 4 foizlik punkt yuqori stavkada imtiyozli kredit ajratiladi. ➖ilk bor imtiyozli kredit har 1 mlrd so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 5 nafar o‘quvchini ikki o‘quv yili dual ta’lim dasturi asosida jalb etish va kamida 1 nafar bitiruvchini bir yil davomida ish bilan ta’minlash talab etiladi. ➖Iqtisodiyot va moliya vazirligi texnikumlar bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlagan tashkilotlarga kredit ajratish uchun zarur moliyaviy resurslarni shakllantiradi. Bunda texnikumlar bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga “Uzmilliybank” AJ va “Aloqabank” ATB resurslaridan kredit ajratiladi. ➖Agentlik investorlar buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash takliflarini o‘rganib chiqadi hamda tegishli texnikumlarga kasb va mutaxassisliklar kesimida yangi o‘quv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlaydi. ➖investor buyurtmasi asosida shakllantirilgan alohida guruhlarning tegishli kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlariga investor takliflari asosida 30 foizgacha o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Toshkent noshirlik-matbaa texnikumi  11-sinf bitiruvchilarini o‘qishga taklif etadi. ➡️11-sinf negizida (kunduzgi ta’lim) Buxgalteriya hisobi va audit; Kutubxonashunoslik va bibliografiya. ➡️11-sinf negizida (dual ta’lim) Bosib chiqarish texnologiyasi va dizayn; Buxgalteriya hisobi va audit; Kutubxonashunoslik va bibliografiya. 📎Hujjatlar 10-avgustdan 10-sentabrga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Manzil: Shayxontohur tumani, X.Rahmatullayev ko‘chasi, 3-uy
Murojaat uchun: 97 741-82-77 , 97 441 82 77
Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Ilk bor kasbiy ta’lim tizimi rahbar xodimlari uchun menejerlik sertifikati joriy etilmoqda 2026/
#Qonunchilikdagi_yangiliklar Ilk bor kasbiy ta’lim tizimi rahbar xodimlari uchun menejerlik sertifikati joriy etilmoqda 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab menejerlik sertifikatini olgan texnikum direktorlariga 50 foiz va uning o‘rinbosarlariga 30 foiz miqdorida har oylik ustama beriladi. Ushbu imkoniyat Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 451-son qarori (20.08.2026-y.) bilan tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra:
⚫️ kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlarining menejerlik o‘quv kurslarida o‘qishi reja-grafik asosida tashkil etiladi;
⚫️ har yili 1-dekabrga qadar kasbiy ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha davlat buyurtmasi tasdiqlanadi;
⚫️ qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining ta’lim dasturlari ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirib boriladi;
⚫️ xorijiy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda kasbiy ta’lim tizimi xodimlari uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, qaror bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlarini menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot