cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Abdullatifxon Anvarxonov

Abadiy oʻquvchi.

نمایش بیشتر
طاجيكستان7 690زبان مشخص نشده استقانونی7 839
پست‌های تبلیغاتی
198
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Hammani xabari bo‘lsa kerak Jahongir ismli talaba yigit bir sinfdoshlari guruhiga nashid yuborgani uchun 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi (https://kun.uz/uz/news/2023/05/08/sinfdoshlariga-nashida-yuborgan-narxoz-talabasi-3-yilga-qamaldi). Lekin bu holat yagona, birinchi yoki oxirgi keys emas. E'tiboringizga huquqshunos Jahongir G‘ayratovning postini havola qilaman. Bundaylar juda-juda ko‘p. Faqat keng jamoatchilik bexabar qolib ketgan: JK244¹-moddasi 3-qism"g"bandi(nashida) bilan javobgarlikka tortilgan Jahongir ishi keng muhokama qilindi. Endi boshqa ishlarni ko'rib chiqamiz. 14.04.2023. sanasida 2004 yilda tug'ilgan Namanganlik qizga ham shu modda bilan javobgarlikka tortilgan. Buni xech kim muhokama qilmagan. Lekin, sud 2 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlagan. Bu yengil jazo. Jamoatchilik muhokasi yo'q sud maksimal yengillik bergan. 02.05.2023 sanasida shu modda bilan 2002-yilda tug'ilgan Qashqadaryolik shaxsga 3 yil 6 oy ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan. Jamoatchilik muhokamasi bo'lmagan. Sud yengil jazo bergan. 17.04.2023 sanasida 1991-yilda tug'ilgan shaxsga shu modda bilan ( bu shaxs odnoklassnikida klass bosgan xolos) birovga yubormagan ham. Sud tomonidan 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan. 14.04.2023 sanasida 2003-yilda tug'ilgan shaxsga shu modda bilan 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan. Yana eslataman jinoyat kodeksida 5 yil belgilangan. Lekin sud yengillashtirib bergan. Jamoatchilik muhokamasi bo'lmagan. 13.04.2023 sanasida 1998-yil tug'ilgan shaxsga shu modda bilan 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan. 11.04.2023 sanasida shu modda bilan 1990-yilda tug'ilgan shaxsga 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan. Yana davom etsam bo'ladi lekin fikrimni asoslash uchun shu yetadi deb o'ylayman. Biz bilmagan ko'p holatlarda sud iloji boricha adolatli hukm chiqargan. Ularni ayblash shu uchun notog'ri Jinoyat kodeksida yozilgan bo'lsa amal qilishga majbur. Shu sabab Parlamentga aytish kerak. Qonun chiqaruvchi organ deputat va senatorlar hisoblanadi. Saylovlarda yaxshi nomzodlarni saylashga harakat qilish kerak. Bo'lmasa shunday sabab qolib, oqibat bilan kurashib o'tiraveramiz. Umumiy xulosa chiqarishdan(qarg'ashdan) avval vaziyatni o'rganing, iltimos. Post tugadi. Agar biror qonun umumxalq manfaatlariga zid ekan, demak unday qonunni isloh qilish kerak.
نمایش همه...
Sinfdoshlariga nashida yuborgan “Narxoz” talabasi 3 yilga qamaldi

Ma’lum bo‘lishicha, 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodov 2022 yilda sinfdoshlari mavjud telegram guruhga YouTube'dagi diniy qo‘shiq – nashida uchun havola yuborgan. Nashida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi bilan “aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan” deb topilgan. Ma’lumot uchun, YouTube – butun dunyoda va O‘zbekistonda erkin foydalanish mumkin bo‘lgan, ochiq platforma hisoblanadi.

O‘zbekistonlik loyihasi bu - harobadan chiqqan o‘zbekistonliklar O‘zbekistonlik loyihasi tashkil topganiga 2 yildan ham oshdi. Orada bir necha epizodlari chiqdi. O‘tgan yili Berlinda, bu yil esa Parijda katta festival bo‘lyapti. Ta'sischisi davlat idorasi bo‘lgan bu loyihaning moliyaviy hisoboti, qayerdan kirim-chiqim bo‘lishi ochiqlanmagan. (Albatta, bu hayron qolarli emas.) Hamkor-homiylar orasida ham davlat idoralari bor. Saytda bu loyihaning maqsad, vazifalari belgilanib qo‘yilibdi. Shu paytgacha shu vazifalarning qanchasi, qay tarzda amalga oshgani sarhisob qilindimi? Shu imij mamlakatga qanday manfaat olib keldi? Shular tahlil qilindimi? O‘zi rostdan biror manfaat bormi? Shaxsan men jimjimador roliklar, bir guruh blogerlarni xorijga olib borganidan boshqa "foyda"ni ko‘rmayapman. Menimcha, boshqalar ham. Va, bu bizni aybimiz emas. Bu loyiha huddi, kamchiliklarni haspo‘shtlash va oddiy qishloqlardagi qiyinchiliklarni ko‘rsatmay juda kamchilik qatlamni ko‘rsatib, sen ham shunga erishasan, deyishdek gap. Boshqa hech qanday muammo yo‘qdek, go‘yo. Umuman olganda loyihani ham yaxshi, deb atasa bo‘lar. Lekin, shuncha sifatli kontent tayyorlash, shuncha odamlarni xorijga olib borib, tantanavor tadbirlar qilishga hazilakam mablag‘ ketmaydi. Shu mablag‘lar maktablar, kutubxonalar uchun ishlatilsa va shu ishlar PR qilinsa jamiyat uchun ko‘proq foyda bo‘lardi. To‘g‘ri, ular ham bo‘layotgandir. Lekin, mutoq yetarli darajada emas. Bunday loyihalar esa, hozir mutloq kerak emas. Bu loyiha kambag‘al bo‘la turib, qarzga pul olib, dabdabali to‘y qilidiganlarni eslatib yubordi. Menimcha farqi ham yo‘q.
نمایش همه...
Hayit. Bayram. Mehmonga borish, kelish ko‘p. Qarindoshlar dasturxon atrofida o‘tiribmiz. Bir mahal adamni telefonlari jiringladi. O‘zlarini "Najot Ta'lim"dan, deb tanishtirishdi va tashqariga chiqishlarini so‘rashdi. Adam hayronlar. Tashqariga chiqsalar, adam va oyimga Ramazon Hayit bilan, tabriklab, sovg‘a-salom, tashakkurnoma va markaz rahbari Temurbek aka Adhamov nomlaridan minnatdorchilik xati kelibdi. Uydagilar juda xursand bo‘lishdi. Qarindoshlarni ham havasi keldi. (O‘zi qarindoshlar bor paytda kelib qolgani ham zo‘r bo‘ldi 😄.) Albatta, sovg‘a emas e'tibor muhim. Men ham bu jamoa bilan birga ishlaganimdan, yelkama-yelka bo‘lganimdan juda xursandman. Alloh ishlaringizga rivoj va baraka bersin. Sizlarni yaxshi ko‘raman.
نمایش همه...

Repost from Another me
Jumla mo‘minga iyd al-fitr muborak bo‘lsin. Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar. La ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar. Va lillahil hamd. Yana bir bor Iyd muborak, azizlar.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari 2 mlrd 500 mln so'mli grant e'lon qiladi! Batafsil bu yerda tanishing: https://t.me/najottalim/4413 Bu adashmasam ikkinchi bor e'lon qilinishi. Birinchisining bitiruvchilari hozir yaxshi kompaniyalarda ishlashayotganligini eshitgandim. Bitiruvchilar hamda grantni tashkillaganlar bilan faxrlanamiz. O'sha payt saralash jarayonida men va @abdullatifxon_anvarxonov ham qatnashgan edik. Zo'r davrlar edi 🙂 @akbarjondev
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun ertalab Ichki Ishlar xodimlari Temurbek Adhamov bilan suhbatlashmoqchi ekanliklaridan xabar topgan edik. Soat 10:00 dan oldin "Najot Ta'lim" Chimboy filialiga tashrif buyurgan xodimlar Temurbek bilan biroz suhbat o'tkazishgan va Idoraga birga borishni so'rashgan. Temurbek esa chaqiruv qog'ozi so'ragan. O'sha joyning o'zida qog'oz yozilib, qo'shimcha chaqirilgan xodimlar kelgach, u "ROVD"ga olib ketilgan. Bir necha daqiqa oldin Temurbek bilan bog'landik. Hammasi joyida ekanligini ma'lum qildi. O'zidan batafsil ma'lumot kutib qolamiz. 📌 @javharuz 📌
نمایش همه...
Оғриқли саволлар Чойхонада ошхўрликни бахт деб билган оғайни, Шу бир кунлик халоватни накд деб билган оғайни, Қумурсқадек тирикликдан ўзга ғами бўлмаган, Дил олами, ишқ олами, руҳ олами бўлмаган, Имонни ҳам, виждонни ҳам қурбон қилган ҳалқум деб, Сени хаёл қилдимми мен куйганимда халқим деб? Эл мулкини бир чеккада тинч кемириб ётган зот, Беш тийинга қадрини ҳам, халқини ҳам сотган зот, Кўкрагида на ҳиммату на ғайратдан асар бор, Юрагида на орият, на шавқ бор, на кадар бор, Умрида ҳеч қилган эмас мулкдан ўзга бир ният, Сени дея тиладимми юракларга ҳуррият? Эй, кўнгилда можаролар орзу қилиб ётган жон, Тангринг — амал, мартабадир, пайғамбаринг — шуҳрат, шон. Бу давлатга ўт кўясан, йўқотасан хилқатдан, Гар ҳокимлик тегар бўлса сенга янги давлатдан. Қуруқ гапдир сенга Ватан, халқу озод истиқбол, Сенинг учун истадимми юртимга мен истиқлол? Мудом кураш азобини фидойилар кўрганлар, Инқилоблар ҳосилини муттаҳамлар ўрганлар. Сиз ҳам бугун панадасиз, жангга бизни қайрайсиз, Биз бу жангда шаҳид бўлсак, аввало сиз яйрайсиз. Ғофил халқим! Тингларманми сенинг наъра — унингни, Кўрарманми зулуклардан озод бўлган кунингни? © Эркин Воҳидов, 1991 йил
نمایش همه...
XXI asrning Mahmud Yalavochlarini ham tanib oldik.
نمایش همه...
O'zbekistondagi ochiqlik va erkinlikning asosi va ilk poydevorlaridan biri "Tashabbusli budjet" loyihasining 2023-yildagi ilk mavsumi uchun start berildi. Qatnashinglar! https://openbudget.uz/
نمایش همه...

Tashabbusli budjet jarayonida ishtirok eting hamda budjet mablag`larini sarflanishida o`z takliflaringizni bildiring!

Sardor haqida o'qidim. Endi 5 yildan keyin nima bo'ladi? 5 yildan keyin bu yigit 26ga to'ladi. Eng gullagan, ta'lim oladigan, rivojlanadigan vaqti birgina bir necha yil oldingi xabar uchun 5 yil muddat olgan bu yigitda vatanga bo'lgan muhabbat, hukumatga bo'lgan ishonch qoladimi? O'zi mamlakat yoshlarining 35 foizi chetga ketish taraddudida yurgan bir paytda bu ish boshqalarda ham "#surish_kerak" sindromini ommalashtirib yubormaydimi? O'zi malakali, bilimli mutaxassislar kam, yetmayotgan bir paytda bu ishni qilish mamlakat taraqqiyoti uchun qanchalik foyda keltiradi? Bunday holatlar ijtimoiy tarmoqlarda trolllarning ko'payishiga olib kelmaydimi? Internetda tarqagan onaning gaplari rost bo'lsa, kuchishlatar tizim xodimlari tomonidan gumonlanuvchilarga nisbatan kuch ishlatilayotgani rostmi? Axir, ko'plab reytinglarda yuqori natijalar olishga harakatlar qilinayotgan edi-ku. Agar bunday moddalar ko'pchilik tomonidan adolatsiz, deb qabul qilinayotgan bo'lsa, Oliy Majlisimiz bu moddalarni qayta ko'rib chiqishi kerak emasmi? Mendan iqtisodiyotimiz rivojlanmayotganining sababini so'rashsa birinchi navbatda mana shunday ishonchsizlikka sabab bo'luvchi omillarni ko'rsatgan bo'lar edim. Men Sardor bilan biror marta ko'rishmaganman ham, gaplashmaganman ham. Lekin, bir necha bor feysbukdaga postlarini o'qib turardim. Unda ham faqat o'z sohasi bo'lgan marketing, sohasi bo'yicha rivojlanish haqida yozardi. Dasturchilikka ham qiziqayotgan edi. Ishonamanki, sud qarori qayta ko'rib chiqiladi va adolat qaror topadi. Men bunga ishonaman. https://kun.uz/uz/27158240
نمایش همه...
Telefonidan diniy qo‘shiq topilgan 21 yoshli yigit 5 yilga qamaldi

21 yoshli Sardor Rahmonqulov 3 yil oldin sinfdoshiga Telegram orqali diniy qo‘shiq (nashida) yuborgan. Material 2022 yil 5 iyunda fuqaroning uyida IIB xodimlari o‘tkazgan tintuv paytida aniqlangan. Tergov vaqtida 6 oydan ko‘proq qamoqda o‘tirgan Rahmonqulovga 30 yanvarda sud hukmi o‘qildi. Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev holatni o‘rganib, unga yordam berishini bildirgan.

یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.