cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov. ,,TWIN LAWYERS" jamoasi.

Yurist blogger Hasan Mamayusupovning shaxsiy kanaliga xush kelibsiz. Amaliy huquqiy yordam va reklama masalasida @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov ga murojaat qiling Kanal: № 0001707431-conli guvohnoma asosida faoliyati yuritadi. Yaratildi: 09.07.2021.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 616
مشترکین
-224 ساعت
-197 روز
+28430 روز
توزیع زمان ارسال

در حال بارگیری داده...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تجزیه و تحلیل انتشار
پست هابازدید ها
به اشتراک گذاشته شده
ديناميک بازديد ها
01
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 48-maslahat. ⭕️ Diqqat: Hech kimning kreditiga kafil boʻlmang.... Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
4482Loading...
02
❗️KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA DAVLAT XISOBIDAN YURIDIK YORDAM KOʻRSATILADI 📃 OʻRQ-848-son Qonunga koʻra, ➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslarga fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga taalluqli boʻlgan quyidagi mazmundagi ishlar boʻyicha davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilishi belgilangan: ✅ ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash toʻgʻrisidagi; ✅ ishga tiklash haqidagi; ✅ ish haqini undirish toʻgʻrisidagi; ✅ alimentlarni undirish haqidagi; ✅ uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va koʻchirish toʻgʻrisidagi; ✅ mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
5268Loading...
03
Tadbirkorlik subyektlarining toifalari: 🔹 kichik tadbirkorlik subyektlari - ▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar; ▫️mikrofirmalar - jami daromadi 1 mlrd so‘mgacha; ▫️kichik korxonalar - jami daromadi 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha. 👉Kichik korxonalar 5 trln so‘mga yaqin soliq to‘lagan 🔹o‘rta tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 10 mlrd so'mdan 100 mlrd so'mgacha; 👉 O‘rta tadbirkorlik subyektlari 4 oyda 10 trln soʻmdan ortiq soliq toʻladi 🔹yirik tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 100 mlrd so'm va undan ortiq. 👉 PF-21-son, 10.02.2023-yil @generalissimus_uzb
6212Loading...
04
❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi #abituriyent Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. 📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. ‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan: https://t.me/xushnudbek/20045 Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2023-yilgi o‘tish bali bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20881 ❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. Bu haqda batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/23772 Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
7109Loading...
05
⚡️Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. ✅ Ro'yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi. Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur. Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii @Oylikhisoblaydibot
6667Loading...
06
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim. 📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom. ✅ BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin. ❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin. ‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi. ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi. ❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii @Oylikhisoblaydibot
7098Loading...
07
Daʼvo muddati joriy qilinmaydigan holatlarni bilasizmi? Daʼvo muddati — shaxs oʻzining buzilgan huquqini daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddatdir. Umumiy daʼvo muddati 3 yil hisoblanadi. Shuningdek, ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy daʼvo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus daʼvo muddatlari belgilanishi mumkin. Daʼvo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi (163-modda): 🔸shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga; 🔸omonatchilarning oʻz omonatlarini berish toʻgʻrisida bankka qoʻyadigan talablariga; 🔸fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga; 🔸jinoyat tufayli yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga; 🔸mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham bartaraf etish haqidagi talablariga; 🔸mamlakat mustaqilligi eʼlon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga; 🔸qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7551Loading...
08
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 46-maslahat. ⭕️ Diqqat: 120 mln soʻm miqdorida kredit beriladi. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8423Loading...
09
Firmani ixtiyoriy tugatish tartibi (1 qism) Koʻpchilik tadbirkorlik boshlash uchun YTT, Xususiy korxona, MCHJ yoki boshqa tashkiliy huquqiy shakllarda oʻz firmalarini ochadi ammo ularni yuritishga qiynalib faoliyatini toʻxtatadi. Bunday hollarda ularda mazkur firmani qanday tugatish mumkinligi haqida savollar tugʻiladi. Tugatilmagan firmada turli soliq qarzdorliklari vujudga keladi va bu jarayon sizni yanada tashvivshga soladi. Bunday holatdan xavotirga tushishga xojaat yoʻq. Sababi qonunchilikni toʻgʻri qoʻllab siz firmagizni ixtiyoriy tugatishingiz mumkin? Ixtiyoriy ravishda firmani tugatish qanday etaplardan iborat? Birinchi bosqich, tugatuvchi (Firma direktori) ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim. Ikkinchi bosqich, mazkur qaror nusxalarini quyidagi tashkilotlarga yuboradi. 1. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga; (Davlat xizmatlari markaziga) 2. Xizmat koʻrsatuvchi bankka va xorijiy valyutadagi mablagʻlari jamlanadigan bankka yuboradi Uchinchi bosqich, tijorat tashkilotining milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamgʻarma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga ― ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi. Toʻrtinchi bosqich, tijorat tashkilotining xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisobvaraqlariga, milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻi ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi. Yuqoridagi xujjatlar tegishli tashkilotlarga yuborilgandan keyin tugatuvchi quyidagi xarakatlarni amalga oshirishi shart: Birinchidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻrishi kerak; Ikkinchidan, tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazish, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzishi lozim; Uchinchidan, yil boshidan boshlab roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan toʻlanadigan barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzishi kerak; Toʻrtinchidan, tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi toʻgʻrisida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻrishi lozim. Bu korxonani tugatuvchi tomonidan dastlabki amalga oshirilishi kerak boʻlgan xarakatlar. Bundan tashqari yana birqancha jarayotlar bor. Korxonani ixtiyoriy tugatishda bizning xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8294Loading...
10
❗️Endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi Bu haqdagi Prezidentning tegishli farmoni O‘zAda e’lon qilindi. Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi. Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). Birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi. 👉@professional_yuristlar- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
92312Loading...
11
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 47-maslahat. ⭕️ Diqqat: Toʻlangan kontraktdan 12% daromad soligʻini qaytarib olishingiz mumkin. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. Pastdagi havola orqali 12% daromad soligʻini qaytarib olish uchun onlayn ariza berish tartibini bilishingiz mumin👇👇 https://youtu.be/peVHiwG9srk?si=X-GmyQtE8fSkZES0 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7607Loading...
12
⚡️⚡️⚡️TADBIRKORLARGA SUBSIDIYAGA AJRATISH SODDALASHTIRILDI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Tadbirkorlik subektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-193-sonli qarori qabul qilindi. Tadbirkor tanishlarga, ular bilan bogʻliq xizmatchilarga yuborib qoʻying. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7671Loading...
13
Bola bogʻchaga bormasa ham toʻlov qilinadimi? Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh va 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 13 bandiga koʻra bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi toʻlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi. Bolaning yoki uning oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart. Ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi koʻrsatilgan holda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos boʻlib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda koʻpi bilan 60 kundan ortiq boʻlmagan muddatgacha maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelmasligiga ruxsat beriladi. Bolaning uyda qolgan boshqa barcha hollarida maktabgacha taʼlim tashkilotida bola taʼminoti uchun toʻlovlar umumiy asoslarda toʻlanadi. Mazkur Nizmoning 14 bandiga asosan ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnashi butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnagan kunlar uchun toʻlanadi. Bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning yozma arizasi boʻlmagan hollarda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi. Bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʻlov toʻlangan davrdan ortiq muddatda boʻlishiga ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlangandan soʻng, yoʻl qoʻyiladi. 👉@professional_yuristlar- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8659Loading...
14
2024-yil 1-apreldan boshlab birinchi farzanddan tashqari bolalarga “suyunchi puli” berilishi toʻxtatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.03.2024-yil kungi 110-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga baʼzi ijtimoiy nafaqalarni toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori bilan, Hukumatning 2023-yildagi 550-son qaroriga tegishli oʻzgartirish kiritilgan. Kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli: ➖ birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga; ➖ ikkinchi farzandi uchun — farzand tugʻilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning aʼzosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi. Qolgan barcha holatlarda farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi deb belgilangan. Xulosa qilib aytsak, siz bir nafar farzandli boʻldingiz bu farzadzangiz uchun beriladi suyunchi puli, ikkinchi marotaba farzandli boʻlsangiz oilangiz kam taʼminlangan oilalar roʻyxatida boʻlsa, suyunchi pulii beriladi. Kam taʼminlangan oilalar roʻyxatida turmasa berilmaydi. Uchinchi va undan koʻp marta farzandli boʻlsangiz “suyunchi puli”i berilmaydi. Ushbu postni huquqshunos @Mamayusupov_KHusan tayyorladi. Savollar boʻlsa murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 @professional_yuristlar
8374Loading...
15
2024-yil 1-iyundan boshlab “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida 120,0 mln soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratiladi. Kredit shartlari: Talabi - Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million; Muddati - 20 yilgacha; Foizi - Bugungi kun holatiga 18 foiz; Qoʻshimcha imtiyoz - Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun — ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun — kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
81322Loading...
16
❗️Transport vositalarini mast holda boshqarganlik “01” uchun qanday javobgarlik belgilangan? 📄 Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 131-moddasiga koʻra, ➖ xaydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda boshqarishi — transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdori (340 000)ning yigirma besh baravari (8 500 000 soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. ❗️Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari (13 600 000 soʻm) miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8021Loading...
17
Alimentga boʻyicha chet elga chiqish uchun taqiq qoʻyish tartibi. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonunning 42-1-moddasiga asosan Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli ekani belgilangan. Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning koʻchirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga (agar uning turgan joyi maʼlum boʻlsa), ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (boshqarmasiga) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlariga yuboriladi. Aksariyat holatlarda amaliyotda aliment toʻlovchi shaxsning qarzi boʻlmasa ham ularga taʼqiq qoʻyib qoʻyiladi. Bu qanchalik asosli? yuqoridagi moddaga eʼtibor qaratilsa,  “ talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda” deb taʼkidlanmoqda bundan kelib chiqadiki, ijrochi qarzdorligi boʻlmagan shaxsga nisbatan xorijga chiqishga taʼqiq qoʻyishi noqonuniy. Mana shunday holat vujudga kelganda nima kilish kerak? Mazkur moddaning oʻzida Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkinligi belgilangan. Agar siz MIB xodimining qarori ustidan maʼmuriy Sudga murojaat qilgan taqdiringizda Sud noqonuniy chiqarilgan qarorni bekor qilib beradi. Manba: @alimentt Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/Professional_yuristlar
7896Loading...
18
13-yildan beri undirilmayotgan aliment haqida habar qilgandik. Shu masala boʻyicha natijasi haqida habar beradigan boʻlsam, harakatlarimiz davomida Toshkent shahar Yashnobod tumani Majburiy ijro byurosi xodimlari ijro harakatlari amalga oshirdi va 13 yildan beri undirib berilmagan aliment O'zdekiston Respublikasi Oila kodeksining 139-moddasiga asosan oxirgi 3 yildagi qarzdorligi hisoblab chiqarildi. Shu yil davomida 125 million qarzdorlik borligi aniqlandi. Qarzdor ayni vaqtda ishlayotganligi va daromadi borligi sababli Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunning 64-moddasiga asosan qarzdorning qarzlarini yopish uchun oyligini 50 foiziga undiruv qaratildi. Endilikda qarzdor 125 million qarzini uzib boʻlguncha oyligini 50 foizi ushlab qolinadi. Mazkur qarzdorlik yopilgandan keyin qarzdor yana bir nafar farzandi uchun oyligini 25 foizini toʻlashda davom etadi. Hurmatli @Twin_lawyers jamoasi obunachilari agarda sizlarda ham aliment boshqa huquqiy tomondan huquqlaringiz buzilayotgan boʻlsa bizga murojaat qiling. Savollar boʻlsa huquqshunos @Mamayusupov_KHusan ga murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/Professional_yuristlar
8652Loading...
19
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 45-maslahat. ⭕️ Diqqat: Gaz va elektr hisoblagichlar bepul beriladi. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8603Loading...
20
​⚡️Rasman: Qabul endi 5-iyundan boshlanadi. Atigi 10 kun qoldi! 🇺🇿 Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʻyicha imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilansin. Bunda: 👉 abituriyentlar oʻz tanloviga koʻra test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga, soʻng professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 👉 davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: ➖ birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi; oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida oʻtkaziladi; ➖ ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlaydi. 📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ✅ @YURIDIK_TALIM
95312Loading...
21
Bankni litsenziyasi bekor qilinsa, omonatga qo’yilgan pullarni qanday qilib qaytarib olish mumkin? Savol; Assalomu alaykum xurmatli yurist savolim bor edi. Men bankga omonatga pul qo’ygan edim. Hozirgi vaqtda o’sha bankni litsensiyasi bekor qilinibdi. Endilikda men ushbu pullarni qanday qilib qaytarib olsam bo’ladi yoki ololmaymanmi? Omonatga qo’yilgan pullarimga kuyib qolamanmi? Iltimos yordam bersangiz. Javob; Vaalaykum assalom xurmatli fuqaro. Bu holatda siz omonatga qo’ygan pullaringizga kuyib qolmaysiz. Qarang tushuntiraman, O‘zbekiston Respublikasining, 05.04.2002 yildagi 360-II-sonli “FUQAROLARNING BANKLARDAGI OMONATLARINI HIMOYALASH KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”gi qonunning 4-moddasida ushbu Qonunning maqsadini amalga oshirish uchun fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tuziladi. Fond faoliyatining maqsadi bankning bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqini beruvchi litsenziyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lanishini ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda va miqdorda kafolatlashdan iboratdir. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha Fondning haq to‘lanishini kafolatlashi bank qayta tashkil etilganligi munosabati bilan litsenziya chaqirib olingan hollarga taalluqli emas deyilgan. Bundan kelib chiqib, aytadigan bo’lsam siz pullaringizni omonatga qo’yganingizdan keyin omonatni kafolati sifatida fond tuziladi. Shuningdek, mazkur qonunning 11-moddasiga ko’ra, Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash maqsadida bankning tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran ikki oy mobaynida kreditorlarni aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxiralari fondiga depozitga qo‘yilgan debitorlik qarzlari va mablag‘larini olish choralarini ko‘radi. Mazkur mablag‘lar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari bo‘yicha qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladi deyilgan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo’lsam, yuqoridagi tartib bo’yicha omonatga qo’yilgan pullaringiz qaytarib beriladi. Ushbu postni huquqshunos @Mamayusupov_KHusan tayyorladi. Savollar boʻlsa murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 @Hasan_Mamayusupov_maslahati
1 0891Loading...
22
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 43-maslahat. ⭕️ Diqqat: Toʻlangan jarimalar qaytarib beriladi. Agarda................... Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0987Loading...
23
Sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomining 59-bandida sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida oʻtkaziladi. Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda soliq toʻlovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni oʻtkazish muddati va maqsadlari, Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimidagi roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi. Soliq toʻlovchilar tomonidan savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, ular tomonidan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qoʻllanilishi boʻyicha sayyor soliq tekshiruvlarini tashkil etish Davlat soliq qoʻmitasining “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Fuqarolardan tushgan murojaatlar va oʻtkazilgan soliq tekshiruvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat soliq qoʻmitasining axborotlarni qayta ishlash markazi tizimida joylashtiriladi. Nizomning 115-bandida sayyor soliq tekshiruvida soliq toʻlovchi tomonidan sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxsning hududi va binolariga kirishiga toʻsqinlik qilingan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan ushbu Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan shaxs toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlar yoki xuddi shunday soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli. Dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxs va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Tekshirilayotgan shaxs koʻrsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, mazkur dalolatnomaga bu haqida tegishli yozuv kiritiladi. Tekshirish boʻyicha tuzilgan dalolatnoma oilaviy korxonasi vakili tomonidan imzolanmagan. Yuqoridagi tartibga rioya qilmasilik soliq organi tomonidan rasmiylashtirilgan qarorning bekor boʻlishiga asos boʻladi Soliq kodeksining 157-moddasiga koʻra, soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartib-taomilining muhim shartlarini buzish yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) soliq summalarini qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9640Loading...
24
Uy-joy uchun subsidiya berilishi qanday hollarda rad qilinadi? Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi: taqdim etilgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda; taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki soxta boʻlganda; ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan oila aʼzolari takroriy murojaat etganda; joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda; ariza beruvchi yoki oilaning oʻrtacha oylik daromadi belgilangan normadan kam yoki koʻp boʻlganida. Yuqorida koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha subsidiya ajratish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Maʼlumot uchun: Uy-joy uchun subsidiyaga arizalarni qabul qilish 15-maydan boshlanadi. Kanalga ulanish👇👇👇👇 @Hasan_Mamayusupov_maslahati
1 0343Loading...
25
Daʼvo muddati joriy qilinmaydigan holatlarni bilasizmi? Daʼvo muddati — shaxs oʻzining buzilgan huquqini daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddatdir. Umumiy daʼvo muddati 3 yil hisoblanadi. Shuningdek, ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy daʼvo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus daʼvo muddatlari belgilanishi mumkin. Daʼvo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi (163-modda): 🔸shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga; 🔸omonatchilarning oʻz omonatlarini berish toʻgʻrisida bankka qoʻyadigan talablariga; 🔸fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga; 🔸jinoyat tufayli yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga; 🔸mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham bartaraf etish haqidagi talablariga; 🔸mamlakat mustaqilligi eʼlon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga; 🔸qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0654Loading...
26
Assalomu alaykum xurmatli obunachilar. Koʻchma fotoradar va mobil komplekslar (Multiradar) orqali qayd etilgan jarimalar sud tomonidan bekor qilinmoqda. Bizga murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlariga asosan multiradar boʻyicha jarimani bekor qilish toʻgʻrisida ariza namunasi va jarimalar bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi bir nechta qaror nusxalarini qoldiryapman. Agarda sizlarda ham multiradar boʻyicha jarima boʻlsa, uni toʻlashga shoshilmang va yuqoridagi hujjatlar asosida jarimani bekor qildiring. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 11813Loading...
27
Ishsizlik tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan aliment miqdori oshirildi. Oila kodeksining 140-moddasida, agar aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs shu davrda ishlamagan boʻlsa yoki uning ish haqi yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi deb koʻrsatilgan. Ishsizlar tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan hozirgi aliment miqdorlari avvalgiga qaraganda farq qilmoqda.  Demak, Davlat statistika agentligi tomonidan Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi qayta xisoblab chiqilgan va bu miqdor hozirgi kunda 5 519 392 soʻmni tashkil qilmoqda. Yuqoridagilarga koʻra, bugungi kun holatiga MIBning rasmiy mib.uz sayti orqali ishsiz boʻlgan aliment toʻlovchi uchun har oylik aliment miqdori, bolalar soniga qarab; Bir nafar bola uchun— 1 379 848 soʻm; Ikki nafar bola uchun— 1 839 797; Uch va undan ortiq bola uchun— 2 759 696 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorida undiriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 08111Loading...
28
“Telegram”, “Instagram”, “TikTok” va “You Tube”da kanallar ochib tadbirkorlik qilsam boʻladimi? Bu qonunga zid emasmi? ✅ Yoʻq bu faoliyat qonunan taqiqlanmagan. Ushbu faoliyatdan olayotgan daromadingizni qonuniylashtirish va soliq toʻlashdan qonuniy usulda qochish uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishni maslahat beramiz. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 16-bandiga koʻra oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega boʻlishi uchun Pensiya jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. 💁‍♂ Demak, siz ham ish staji kerak boʻlsagina yilda bir marta BXM 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaysiz xolos. Asosiysi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi. Oʻzbekiston Respublikasining 08.06.2020 – yildagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4742 – son qarori 1 – ilovasida oʻzini oʻzi band qilganlik yuzasidan roʻyxatdan oʻtish mumkin boʻlgan mashgʻulotlar roʻyxati keltirilgan, unga koʻra: Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama boʻyicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi) kiritilgan. ✅ Shunday ekan siz ham hududiy soliq organidan yoki soliq.uz ilovasidan roʻyxatdan oʻtib, shu faoliyat bilan shugʻullanishingiz mumkin. 👉@professional_yuristlar- энг муҳим, ҳуқуқий, расмий хабарлар каналига обуна бўлинг
1 1161Loading...
29
YTT qanday tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi? Hozirda tadbirkorlik faoliyati yuritishning eng qulay va oson yoʻli bu YTTdir. YTT – yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va olib borish usulidir. Yuridik shaxsga qaraganda YTT tashkil etish nisbatan oson. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan YTTni 2 usulda roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. 1-usul. Davlat xizmatlari markaziga bevosita borgan holda ariza berishdir. Bu usulda DXM masʼul xodimi ariza beruvchidan tegishli maʼlumotlarni olgan holda soʻrovnomani toʻldiradi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada jismoniy shaxsning fotosurati aks ettirilgan boʻlishi kerak. Davlat boji toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq DXM orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji toʻlanadi. 2-usul. Elektron shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida roʻyxatdan oʻtish. Bu usulda my.gov.uz yoki fo.birdarcha.uz platformasi orqali online ariza berish mumkin boʻladi. Elektron shaklda roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun esa yuqoridagi qonunga binoan davlat boji BHMning 90 foizi miqdorida undiriladi. ❗️Har ikki usulda ham YTT roʻyxatdan oʻtkazilganda bank hisobravari ochish talab etiladi. Yuqoridagi nizom 19-bandiga koʻra davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisob raqamlarini ochish uchun banklarga murojaat qiladi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida ularga milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin. 💁‍♂ Soddaroq aytganda, YATTni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida avtomatik ravishda elektron usulda bank hisobvaragʻi ochilishi mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 1707Loading...
30
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 44-maslahat. ⭕️ Diqqat: Prava va bir oylik harbiy xizmat toʻlovlari davlat tomonidan toʻlab beriladi. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 22415Loading...
31
❗️ALIMENT TOʻLASH MAJBURIYATINING TUGATILISHI. Oila kodeksining 147-moddasiga asosan, sud tartibida undiriladigan aliment toʻlash: ➖ bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib toʻla muomala layoqatiga ega boʻlganda; ➖ foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda; ➖ sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj boʻlmay qolgan deb topganda; ➖ mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda; ➖ aliment oluvchi yoki aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs vafot etganda tugatiladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 1862Loading...
32
Ota bolaga to'lagan alimentni vaqti kelib qaytarib olishi mumkinmi? Savol; Turmush oʻrtogʻim xozirda bir nafar farzandimga aliment toʻlaydi. U menga bola 18 yoshga toʻlganida uni alimentga berib toʻlagan pullarimni qaytarib olaman deyabdi. Javob: Shunday boʻlishi mumkinmi ? 👉 Toʻlagan alimentini qaytarib ololmaydiyu lekin oʻzi uchun taʼminot talab qilishi mumkin. Ota-ona uchun taʼminot berish tartibi Oila kodeksida belgilab qoʻyilgan. Faqat qonunda bu aliment emas taʼminot deb yuritiladi. Kodeksda nafaqat ota, ona xam ularni moddiy tomonlama ixtiyoriy taʼminlamay kelayotgan voyaga yetgan bolalaridan sud tartibida taʼminot talab qilishi mumkin. Xamma ota-ona xam bu taʼminotni talab qilsa bola toʻlayverishi kerakmi ? 👉 Bu taʼminotni tayinlashda sudlar ota-onaning mehnatga layoqatsizligi va yordamga muhtojlik darajasidan kelib chiqib ish koʻradi. Kim sudga taʼminot soʻrab ariza yozsa masala uning foydasiga xal boʻldi degani emas bu. Bunday taʼminot bolalarning nechtasidan undiriladi ? 👉 Ota-ona uchun aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olgan holda qaror qabul qiladi. Masalan voyaga yetgan bola oʻqishda boʻlsa u taʼminotni toʻlashga imkoni boʻlmaydiku ? Shu sababli taʼminot miqdorini belgilashda sud bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan xolda ish koʻradi. Bu taʼminotni eng kam miqdori qancha boʻladi ? Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdori (1 050 000)ning 11,75 foizi ( 123 375 soʻm) dan kam boʻlmasligi kerak. Bu taʼminotni toʻlamasa xam boʻladimi ? Agar sud ota-onaning oʻz vaqtida bolalari oldidagi ota-onalik majburiyatini bajarishdan boʻyin tovlaganligini aniqlasa, bolalarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga xam taʼminot berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin. Ushbu postni huquqshunos @Mamayusupov_KHusan tayyorladi. Savollar boʻlsa murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/Professional_yuristlar
1 1058Loading...
33
Yoshlar daftariga kimlar kirishi va onlayn ariza berish haqida. Unda bu post aynan siz uchun😊 👉Yoshlar daftariga kimlar kirishi haqida batafsil 👉 Yoshlar daftariga ariza topshirish Ushbu postni huquqshunos @Mamayusupov_KHusan tayyorladi. Savollar boʻlsa murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/Professional_yuristlar
1 0265Loading...
34
❗️YOSHLAR DAFTARIGA QANDAY TOIFADAGI YoSHLAR KIRITILADI ? 📄 Hukumatning 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, “Yoshlar daftari”ga 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi: ✅ oila aʼzosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan; ✅ ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan; ✅ boquvchisini yoʻqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan; ✅ oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan; ✅ oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan ishga layoqatsiz; ✅ I yoki II guruh nogironligi boʻlgan; ✅ farzandida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan; ✅ jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan; ✅ ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan; ✅ yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan; ✅ zoʻravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetgan; ✅ “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan; ✅ haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan; ✅ davolanishga muhtoj boʻlgan bemor yoshlar; ✅ jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan; ✅ muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan; ✅ psixologik maslahatga muhtoj; ✅ nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila; ✅ dehqonchilik yoki tomorqa xoʻjaligini yuritayotgan; ✅ yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yoshlar kiritiladi. 👉 Yoshlar daftariga ariza topshirish 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0189Loading...
35
Ishsizlik tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan aliment miqdori oshirildi. Oila kodeksining 140-moddasida, agar aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs shu davrda ishlamagan boʻlsa yoki uning ish haqi yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi deb koʻrsatilgan. Ishsizlar tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan hozirgi aliment miqdorlari avvalgiga qaraganda farq qilmoqda.  Demak, Davlat statistika agentligi tomonidan Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi qayta xisoblab chiqilgan va bu miqdor hozirgi kunda 5 519 392 soʻmni tashkil qilmoqda. Yuqoridagilarga koʻra, bugungi kun holatiga MIBning rasmiy mib.uz sayti orqali ishsiz boʻlgan aliment toʻlovchi uchun har oylik aliment miqdori, bolalar soniga qarab; Bir nafar bola uchun— 1 379 848 soʻm; Ikki nafar bola uchun— 1 839 797; Uch va undan ortiq bola uchun— 2 759 696 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorida undiriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 06612Loading...
36
❗️ O‘zbekistonda haj mavsumi 23-maydan boshlanadi Respublikamizdan Saudiya Arabistoniga 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi. ✅ Mamlakatimizning quyidagi 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi: ● Toshkent-Madina; ● Buxoro-Madina; ● Namangan-Madina; ● Farg‘ona-Madina; ● Samarqand-Madina; ● Qarshi-Madina; ● Termiz-Madina; ● Urganch-Madina; ● Nukus-Madina; ● Navoiy-Madina. 👉 @xushnudbek 👈
1 0301Loading...
37
❓Uy subsidiyasi kimlarga beriladi? ✔️ Qonunchilikka koʻra, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya, daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan. ⚠️ Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha boʻlganlar, daromadi yuqori boʻlmagan fuqaro yoki oila deb hisoblanadi: 🔹Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming soʻmdan 8 mln 400 ming soʻmgacha); 🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming soʻmdan 9 mln 660 ming soʻmgacha). ❕Maʼlumot uchun: bugungi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1.050.000 soʻm 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 03113Loading...
38
Assalomu alaykum, xurmatli obunachilar. Bugun 16.05.2024-yilda instagramdagi Twin lawyers profilimizning obunachilari soni 20 000 taga yetdi. Shu munosabat bilan barchangizga qoʻllab-quvvatlaganliklaringiz uchun kattakon raxmatlar aytamiz. Xudo xohlasa, oldinda bundanda qiziqarli va foydali kontentlar tayyorlab sizlar bilan millionlarni zabt etamiz. Maqsadimiz bitta fuqarolarning huquqiy ongini oshirish va asossiz qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishdir. Bizdan uzoqlashmasdan kuzatib boring va sizlarga manzur keladigan kontentlar tayyorlashda davom etamiz. Instagramdan foydalanuvchilar pastdagi koʻrsatilgan link orqali instagramda ham bizni kuzatib borishlari mumkin. Instagramga obuna boʻlish. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
1 1691Loading...
00:34
Video unavailableShow in Telegram
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 48-maslahat. ⭕️ Diqqat: Hech kimning kreditiga kafil boʻlmang.... Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
❗️KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA DAVLAT XISOBIDAN YURIDIK YORDAM KOʻRSATILADI 📃 OʻRQ-848-son Qonunga koʻra, ➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslarga fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga taalluqli boʻlgan quyidagi mazmundagi ishlar boʻyicha davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilishi belgilangan: ✅ ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash toʻgʻrisidagi; ✅ ishga tiklash haqidagi; ✅ ish haqini undirish toʻgʻrisidagi; ✅ alimentlarni undirish haqidagi; ✅ uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va koʻchirish toʻgʻrisidagi; ✅ mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 1
Tadbirkorlik subyektlarining toifalari: 🔹 kichik tadbirkorlik subyektlari - ▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar; ▫️mikrofirmalar - jami daromadi 1 mlrd so‘mgacha; ▫️kichik korxonalar - jami daromadi 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha. 👉Kichik korxonalar 5 trln so‘mga yaqin soliq to‘lagan 🔹o‘rta tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 10 mlrd so'mdan 100 mlrd so'mgacha; 👉 O‘rta tadbirkorlik subyektlari 4 oyda 10 trln soʻmdan ortiq soliq toʻladi 🔹yirik tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 100 mlrd so'm va undan ortiq. 👉 PF-21-son, 10.02.2023-yil @generalissimus_uzb
نمایش همه...
❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi #abituriyent Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. 📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. ‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan: https://t.me/xushnudbek/20045 Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2023-yilgi o‘tish bali bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20881 ❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. Bu haqda batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/23772 Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 2
⚡️Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. ✅ Ro'yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi. Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur. Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii @Oylikhisoblaydibot
نمایش همه...
👍 1
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim. 📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom. ✅ BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin. ❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin. ‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi. ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi. ❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii @Oylikhisoblaydibot
نمایش همه...
👍 2
Daʼvo muddati joriy qilinmaydigan holatlarni bilasizmi? Daʼvo muddati — shaxs oʻzining buzilgan huquqini daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddatdir. Umumiy daʼvo muddati 3 yil hisoblanadi. Shuningdek, ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy daʼvo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus daʼvo muddatlari belgilanishi mumkin. Daʼvo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi (163-modda): 🔸shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga; 🔸omonatchilarning oʻz omonatlarini berish toʻgʻrisida bankka qoʻyadigan talablariga; 🔸fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga; 🔸jinoyat tufayli yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga; 🔸mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham bartaraf etish haqidagi talablariga; 🔸mamlakat mustaqilligi eʼlon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga; 🔸qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 2
00:44
Video unavailableShow in Telegram
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 46-maslahat. ⭕️ Diqqat: 120 mln soʻm miqdorida kredit beriladi. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 1
Firmani ixtiyoriy tugatish tartibi (1 qism) Koʻpchilik tadbirkorlik boshlash uchun YTT, Xususiy korxona, MCHJ yoki boshqa tashkiliy huquqiy shakllarda oʻz firmalarini ochadi ammo ularni yuritishga qiynalib faoliyatini toʻxtatadi. Bunday hollarda ularda mazkur firmani qanday tugatish mumkinligi haqida savollar tugʻiladi. Tugatilmagan firmada turli soliq qarzdorliklari vujudga keladi va bu jarayon sizni yanada tashvivshga soladi. Bunday holatdan xavotirga tushishga xojaat yoʻq. Sababi qonunchilikni toʻgʻri qoʻllab siz firmagizni ixtiyoriy tugatishingiz mumkin? Ixtiyoriy ravishda firmani tugatish qanday etaplardan iborat? Birinchi bosqich, tugatuvchi (Firma direktori) ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim. Ikkinchi bosqich, mazkur qaror nusxalarini quyidagi tashkilotlarga yuboradi. 1. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga; (Davlat xizmatlari markaziga) 2. Xizmat koʻrsatuvchi bankka va xorijiy valyutadagi mablagʻlari jamlanadigan bankka yuboradi Uchinchi bosqich, tijorat tashkilotining milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamgʻarma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga ― ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi. Toʻrtinchi bosqich, tijorat tashkilotining xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisobvaraqlariga, milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻi ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi. Yuqoridagi xujjatlar tegishli tashkilotlarga yuborilgandan keyin tugatuvchi quyidagi xarakatlarni amalga oshirishi shart: Birinchidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻrishi kerak; Ikkinchidan, tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazish, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzishi lozim; Uchinchidan, yil boshidan boshlab roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan toʻlanadigan barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzishi kerak; Toʻrtinchidan, tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi toʻgʻrisida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻrishi lozim. Bu korxonani tugatuvchi tomonidan dastlabki amalga oshirilishi kerak boʻlgan xarakatlar. Bundan tashqari yana birqancha jarayotlar bor. Korxonani ixtiyoriy tugatishda bizning xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 4

👍 2😁 1