cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov. ,,TWIN LAWYERS" jamoasi.

Yurist blogger Hasan Mamayusupovning shaxsiy kanaliga xush kelibsiz. Amaliy huquqiy yordam va reklama masalasida @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov ga murojaat qiling Kanal: № 0001707431-conli guvohnoma asosida faoliyati yuritadi. Yaratildi: 09.07.2021.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 546
مشترکین
+1924 ساعت
+1407 روز
+19630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Ishsizlik tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan aliment miqdori oshirildi. Oila kodeksining 140-moddasida, agar aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs shu davrda ishlamagan boʻlsa yoki uning ish haqi yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi deb koʻrsatilgan. Ishsizlar tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan hozirgi aliment miqdorlari avvalgiga qaraganda farq qilmoqda.  Demak, Davlat statistika agentligi tomonidan Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi qayta xisoblab chiqilgan va bu miqdor hozirgi kunda 5 519 392 soʻmni tashkil qilmoqda. Yuqoridagilarga koʻra, bugungi kun holatiga MIBning rasmiy mib.uz sayti orqali ishsiz boʻlgan aliment toʻlovchi uchun har oylik aliment miqdori, bolalar soniga qarab; Bir nafar bola uchun— 1 379 848 soʻm; Ikki nafar bola uchun— 1 839 797; Uch va undan ortiq bola uchun— 2 759 696 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorida undiriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 2
❗️ O‘zbekistonda haj mavsumi 23-maydan boshlanadi Respublikamizdan Saudiya Arabistoniga 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi. ✅ Mamlakatimizning quyidagi 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi: ● Toshkent-Madina; ● Buxoro-Madina; ● Namangan-Madina; ● Farg‘ona-Madina; ● Samarqand-Madina; ● Qarshi-Madina; ● Termiz-Madina; ● Urganch-Madina; ● Nukus-Madina; ● Navoiy-Madina. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 1
❓Uy subsidiyasi kimlarga beriladi? ✔️ Qonunchilikka koʻra, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya, daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan. ⚠️ Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha boʻlganlar, daromadi yuqori boʻlmagan fuqaro yoki oila deb hisoblanadi: 🔹Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming soʻmdan 8 mln 400 ming soʻmgacha); 🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming soʻmdan 9 mln 660 ming soʻmgacha). ❕Maʼlumot uchun: bugungi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1.050.000 soʻm 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 2
Assalomu alaykum, xurmatli obunachilar. Bugun 16.05.2024-yilda instagramdagi Twin lawyers profilimizning obunachilari soni 20 000 taga yetdi. Shu munosabat bilan barchangizga qoʻllab-quvvatlaganliklaringiz uchun kattakon raxmatlar aytamiz. Xudo xohlasa, oldinda bundanda qiziqarli va foydali kontentlar tayyorlab sizlar bilan millionlarni zabt etamiz. Maqsadimiz bitta fuqarolarning huquqiy ongini oshirish va asossiz qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishdir. Bizdan uzoqlashmasdan kuzatib boring va sizlarga manzur keladigan kontentlar tayyorlashda davom etamiz. Instagramdan foydalanuvchilar pastdagi koʻrsatilgan link orqali instagramda ham bizni kuzatib borishlari mumkin. Instagramga obuna boʻlish. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
نمایش همه...
👍 3
Oʻqituvchining attestatsiyadan oʻta olmasligi Shu kunlarda oʻqituvchilar attestatsiyadan oʻtkazilmoqda shu sababli mazkur maqola attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchilarning mehnat munosabatlariga doir boʻladi. “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 44-bandida oʻqituvchi 55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi deb belgilangan. Eʼtibor bergan boʻlsangiz bu yerda ikki toifadagi oʻqituvchilar bor navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtayotgan va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtayotgan. Navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmaslik Mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega. Bu yerda bir narsaga eʼtibor berish kerakki, mehnat shartnomasi bekor qilinishi shart degan qoida mavjud emas. Mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining huquqi ekanligi belgilangan. Yaʼni attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchiga direktor tomonidan yana bir imkoniyat berilishi mumkin. Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmaslik Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi. Mehnat kodeksida attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish kerak degan qoida mavjudmi? MKning 161-moddasi birinchi qismi 3-bandida xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi sababli ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkinligi belgilangan. Attestatsiya imtixonlarini topshirayotgan oʻqituvchilarga yuborib qoʻyamiz 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 2
📣EʼLON! ▪️Twin lawyers jamoasi Sizga quyidagi huquqiy xizmatlarni taklif qiladi: 🔹Jismoniy va yuridik shaxslarni sud va boshqa organlarda huquqiy himoya qilish; 🔹Sud va boshqa organlarga topshirish uchun ariza, daʼvo arizasi, apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari va boshqa yuridik tusdagi xujjatlarni tayyorlash; 🔹Qarz undirish xizmatlari; 🔹Sud qarorlari ijrosi bilan ishlash, MIBdagi qarzdorliklarni undirishga koʻmaklashish; 🔹Barcha turdagi hujjatlar hamda SHARTNOMALAR loyihalarini tayyorlab berish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish; 🔹Onlayn tarzda firmalarni ochish, qayta tashkil qilish va tugatish; 🔹Shuningdek, doimiy huquqiy himoyalash xizmatlari. Murojaat uchun 👉 @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov
نمایش همه...
❗️Bitiruvchilarning “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazishi va pul yigʻishi taqiqlandi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqdi. ✅ Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqib, faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. ☑️ “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, nazorat imtihonlari va davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlashda oʻquvchi, bitiruvchi hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr qilish; ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 5🤬 1
01:09
Video unavailableShow in Telegram
🥳🥳🥳 Subsidiya ochiladigan boʻldi. 🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 43-maslahat. ⭕️ Diqqat: Subsidiya qachon ochilishi haqida. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602
نمایش همه...
👍 5
Rossiyada olingan prava bilan Oʻzbekistonda mashina haydash mumkinmi? Javob: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududida faqat milliy haydovchilik guvohnomalari avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomasini milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirishdan oldin ular Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomasi tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi, ular tibbiy koʻrikdan oʻtib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi. Asos: Vazirlar mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom Kanalga ulanish👇👇👇👇 @Hasan_Mamayusupov_maslahati
نمایش همه...
❗️HAYDOVCHI YOʻLLARDA SABABSIZ TORMOZ BERISHI MUMKIN EMAS! 📃 Hukumatning 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”ga koʻra, ➖ haydovchiga yoʻl-transport hodisasining oldini olish zarurati boʻlmaganda, keskin tormoz berish taqiqlanadi deb koʻrsatilgan. ❗️Shunday huquqbuzarliklar sodir qilgan haydovchining bu harakatlari yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur boʻlishiga olib kelsa, unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128 prim 5-moddasiga asosan, BHMning 10 baravari (3 400 000 soʻm) miqdorida jarima qoʻllanilishi mumkin. ✏️ Tormoz berish mumkin emas degani, bu toʻxtash mumkin emas degani emas. Toʻxtashingiz kerak boʻlsa marhamat toʻxtang. Faqat, orqa-oldingizga qarab chekkaroqqa toʻxtang. Boshqalarga halal bermay toʻxtang. Amir Olimxonni “rodnoy” avlodlaridan boʻlsangiz xam yoʻlingizni bilib toʻxtang demoqchi boʻlyapti yuqoridagi norma.. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 2