O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: www.fb.com/kasabafar www.youtube.com/kasabafar Rasmiy sayt: https://fargona.kasaba.uz/ Боғланиш учун: @masofauz_bot
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal
کانال O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal (@kasabafar) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 22 660 مشترک است و جایگاه 2 791 را در دسته تجارت و رتبه 3 504 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 22 660 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 18 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -708 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -55 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 2.91% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 2.00% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 659 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 453 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 2 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
www.fb.com/kasabafar
www.youtube.com/kasabafar
Rasmiy sayt:
https://fargona.kasaba.uz/
Боғланиш учун: @masofauz_bot”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 19 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته تجارت تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 18 سپتامبر | 0 | |||
| 17 سپتامبر | 0 | |||
| 16 سپتامبر | 0 | |||
| 15 سپتامبر | 0 | |||
| 14 سپتامبر | 0 | |||
| 13 سپتامبر | 0 | |||
| 12 سپتامبر | 0 | |||
| 11 سپتامبر | 0 | |||
| 10 سپتامبر | 0 | |||
| 09 سپتامبر | 0 | |||
| 08 سپتامبر | 0 | |||
| 07 سپتامبر | 0 | |||
| 06 سپتامبر | 0 | |||
| 05 سپتامبر | 0 | |||
| 04 سپتامبر | +1 | |||
| 03 سپتامبر | 0 | |||
| 02 سپتامبر | 0 | |||
| 01 سپتامبر | +2 |
| 2 | 💡 «МЕҲНАТ ҲУҚУҚИ БИЛИМДОНИ» РЕСПУБЛИКА ТАНЛОВИГА СТАРТ БЕРИЛДИ!
Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Ижроия қўмитасининг 2026 йил 14 сентябрдаги 3-41 «с»-сон қарори билан касаба уюшмалари тизимида фаолият юритаётган ходимлар ўртасида «Меҳнат ҳуқуқи билимдони» республика танловини ўтказиш белгиланди.
Танловнинг асосий мақсади — касаба уюшмалари тизими ходимларининг меҳнат ҳуқуқи соҳасидаги билим ва амалий кўникмаларини ошириш, меҳнат тўғрисидаги қонунчилик нормаларини тўғри қўллаш, ходимларнинг меҳнат ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш борасидаги салоҳиятини янада мустаҳкамлашдан иборат.
❗️Кимлар иштирок этиши мумкин?
Танловда бошланғич касаба уюшмаси ташкилотлари, тармоқ касаба уюшмалари Республика кенгашлари, Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Қорақалпоғистон, вилоятлар ва Тошкент шаҳар кенгашлари ҳамда Федерация аппарати ходимлари иштирок этиши мумкин.
ℹ️Танлов қандай ўтказилади?
Танлов икки босқичда ташкил этилади.
Биринчи босқич — саралаш босқичи. У 2026 йил 5–10 октябрь кунлари махсус электрон платформа орқали онлайн шаклда ўтказилади. Танлов платформаси: https://tanlov.kasaba.uz. Платформа иштирокчилар учун 2026 йил 5 октябрь соат 00:00 дан фаоллаштирилади. Саралаш босқичида иштирокчиларга меҳнат ҳуқуқига оид 30 та тест саволи тақдим этилади ва уларни бажариш учун 30 дақиқа вақт ажратилади. Ҳар бир тўғри жавоб 1 балл билан баҳоланади. Якуний натижалар бўйича энг юқори балл тўплаган 30 нафар иштирокчи республика босқичига йўлланма олади.
Иккинчи босқич — республика босқичи. У 2026 йил 14–16 октябрь кунлари Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси биносида ўтказилади. Республика босқичида ҳар бир иштирокчи билет асосида 2 та назарий савол ва 1 та амалий казус бўйича ўз билимини ва ҳуқуқий таҳлил қилиш кўникмаларини намойиш этади. Узрли сабабларга кўра танловда бевосита иштирок этиш имконияти бўлмаган иштирокчиларга Республика комиссиясининг рухсати билан видеоконференцалоқа орқали иштирок этиш имконияти берилиши мумкин.
🏆 Ғолибларни қандай совринлар кутмоқда?
Танлов ғолиблари қуйидаги қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади:
I ўрин — Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси тизимидаги санаторийлардан бирига икки кишилик йўлланма;
II ўрин — ноутбук;
III ўрин — планшет.
Республика босқичининг бошқа иштирокчилари ҳам махсус сертификатлар билан тақдирланади.
✍️ Меҳнат ҳуқуқини яхши биласизми? Ўз билимингизни синаб кўринг!
2026 йил 5 октябрдан бошлаб https://tanlov.kasaba.uz электрон платформаси орқали танловда иштирок этинг ва «Меҳнат ҳуқуқи билимдони» бўлиш учун ўз салоҳиятингизни намоён қилинг!
📱web-site| 📱facebook | 📱telegram| 📱YouTube |📱Instagram | 414 |
| 3 | INSON HUQUQLARI SUD HIMOYASIDA
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida da’vogar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat kengashi Nilufar Mamarasulovaning manfaatini ko‘zlab, javobgarning buyrug‘ini noqonuniy deb topish va bekor qilish, ishga tiklash, majburiy progul davri uchun ish haqi hamda ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo talablari qanoatlantirildi.
Da’vogar N. Mamarasulova sudning mazkur hal qiluv qaroriga o‘z munosabatini bildirib, sudga minnatdor ekanligini ma’lum qildi.
Telegram | 505 |
| 4 | INSON HUQUQLARI SUD HIMOYASIDA
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida da’vogar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi fuqaro Sahiba Djaxanovaning manfaatini ko‘zlab, javobgar Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga nisbatan buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish va bekor qilish, ishga tiklash, majburiy progul davri uchun ish haqi hamda ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo talablari qanoatlantirildi.
Da’vogar S. Djaxanova sud qaroriga o‘z munosabatini bildirib, sud tomonidan uning buzilgan huquqlari tiklanganidan minnatdor ekanligini ta’kidladi.
Telegram | 424 |
| 5 | SUD ZALIDAN
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat kengashi Dilafruz Saidumarovaning manfaatini ko‘zlab, javobgarning buyrug‘ini noqonuniy deb topish va bekor qilish, ishga tiklash, majburiy progul davri uchun ish haqi hamda ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo talablarini qanoatlantirildi.
Fuqaro D. Saidumarova sudning hal qiluv qarori yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube | 413 |
| 6 | Аёллар дафтари — имкониятлар дафтари
Бағдод туманида хотин-қизлар муаммоларини ҳал этиш ва уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш борасида ибратли ишлар амалга оширилмоқда. Айни йўналишдаги саъй-ҳаракатларнинг кўлами эса ҳар қачонгидан салмоқли.
Туманда “Аёллар дафтари”нинг 7-босқичида маҳаллаларда хонадонбай ўрганишлар туфайли хотин-қизларнинг оилавий, ижтимоий ва моддий аҳволи кўриб чиқилиб, ишсиз ҳамда ижтимоий ҳимояга муҳтож бўлган, боқувчисини йўқотган, эҳтиёжманд, ногиронлиги бўлган аёлларга амалий ёрдамлар кўрсатилмоқда. | 629 |
| 7 | 🔺Tafsilot
14.09.2026
Farg‘onada "Yangi O‘zbekiston - yangi kasaba uyushmalari" shiori ostida yosh raislarning I mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tdi.
🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook | 798 |
| 8 | 🏭 Қувасойдаги янги корхонада касаба уюшмаси аъзолиги тушунтирилди
"HANSAE Mobility Turan" корхонасида (75 нафар ходим) касаба уюшмаси вакиллари ходимлар билан учрашди.
💬 Асосий мавзулар:
🔹 Меҳнат ҳуқуқларини ҳимоя қилиш
🔹 Хавфсиз меҳнат шароити
🔹 Касаба уюшмасига аъзолик афзалликлари
🔧 Шунингдек, корхонанинг ишлаб чиқаришни кенгайтириш режалари ҳам муҳокама қилинди.
Батафсил
📱web-site| 📱facebook | 📱telegram| 📱YouTube |📱Instagram | 840 |
| 9 | ✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi
Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investitsiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
❗Maqolada qayd etilganidek–
🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;
🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;
🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;
🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;
🔵2025-yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.
Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 532 |
| 10 | BUGUN TUG‘ILGAN KUN
🗓2026-yil 14-sentyabr...
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilayotgan jamoadoshlarimiz:
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Sarvarjon Rahmonov;
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi yetakchi mutaxassisi Xilolaxon Mamaziyayevalarning tavallud ayyomlari bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarning amalga oshirayotgan ishlaringizga omad tilab, bugungi shukrona kunlaringiz bilan tabriklaymiz!
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi. | 659 |
| 11 | 📣 Сўхда "Ёшлар куни" муносабати билан очиқ учрашув бўлиб ўтди
Фарғона вилоят Кенгаши раиси Эркинжон Нуралиев Сўх тумани Офтобру МФЙда ёшлар ва ёш ишчи-ходимлар билан суҳбатлашди.
✅ Барча мурожаатлар тингланиб, муаммоларни ҳал этиш йўллари муҳокама қилинди.
Батафсил
📱web-site| 📱facebook | 📱telegram| 📱YouTube |📱Instagram | 1 070 |
| 12 | Yangi korxonada a’zolik afzalliklari tushuntirildi
Quvasoy shahrida faoliyatini boshlagan “HANSAE Mobility Turan” MCHJ XKda avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda korxonada 75 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.
Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ta’lat Usmonov va mutaxassislar korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni hamda xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida ishchi-xodimlarning mehnat huquq va manfaatlarini himoya qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xodimlarga kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lishning afzalliklari, uning mehnatkashlar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni, maqsad va vazifalari haqida tushuntirishlar berildi.
Muloqot davomida korxonaning bugungi faoliyati bilan bir qatorda, uning kelgusidagi istiqbolli rejalari, ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan ustuvor rejalar borasida ham fikr almashildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Facebook | Telegram | Sayt | 805 |
| 13 | بدون متن... | 1 027 |
| 14 | Navbatdagi yoshlar bilan uchrashuv So‘x tumanida bo‘ldi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev “Yoshlar kuni” munosabati bilan navbatdagi uchrashuvini So‘x tumani, Oftobru MFYda o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar va yosh ishchi-xodimlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish, yoshlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Bugungi kunda, Prezidentimiz tomonidan So‘x tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi farovonligini ta’minlash va hudud salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani yurtimizda har bir hudud, jumladan, olis va chegaraoldi So‘x tumaniga bo‘lgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.
Uchrashuv davomida So‘x tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy salohiyatini oshirish, mehnat huquqlarini himoya qilish hamda yosh ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir jarayonida yoshlar va yosh ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan rahbarlarga murojaat qilib, o‘zlarining taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Ochiq va samimiy muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, yosh ishchi-xodimlarning mehnat jamoalaridagi faolligini oshirish, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish hamda kasaba uyushmalari faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan rahbarlar o‘rtasida ochiq muloqot va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Facebook | Telegram | Sayt | 702 |
| 15 | بدون متن... | 652 |
| 16 | Бошланғич касаба уюшмаси ташкилотлари раислари учун зарурий ҳужжатлар лойиҳалари ва тест саволлари гуруҳи. Аъзо бўлинг ва билимингизни оширинг!
https://t.me/kasabamalaka | 857 |
| 17 | BUGUN TUG‘ILGAN KUN
🗓2026-yil 8-sentyabr...
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilayotgan jamoadoshimiz:
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi yetakchi mutaxassisi Marhabo Nabiyevaning tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning amalga oshirayotgan ishlaringizga omad tilab, bugungi shukrona kuningiz bilan tabriklaymiz!
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi. | 1 120 |
| 18 | #Bilasizmi
❗️ Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:
🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 360 000 so‘m;
🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m;
🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 504 000 so‘m;
🔹 yoshga doir eng kam pensiya – 983 000 so‘m;
🔹 nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 083 000 so‘m;
🔹 mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 083 000 so‘m;
🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (983 000 so‘mdan) 1 083 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 083 000 so‘m;
🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 878 000 so‘m;
🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 878 000 so‘m.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi | 1 083 |
| 19 | BUGUN TUG‘ILGAN KUN
🗓2026-yil 7-sentyabr...
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilayotgan jamoadoshimiz:
Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshloq tuman bo‘linmasi Kengashi raisi Saidjon Mo‘minovning tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning amalga oshirayotgan ishlaringizga omad tilab, bugungi shukrona kuningiz bilan tabriklaymiz!
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi. | 899 |
| 20 | BUGUN TUG‘ILGAN KUN
🗓2026-yil 6-sentyabr...
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilayotgan jamoadoshimiz:
O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Fargʻona viloyati kengashining mehnat texnik inspektori Ravshanbek Fozilovning tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning amalga oshirayotgan ishlaringizga omad tilab, bugungi shukrona kuningiz bilan tabriklaymiz!
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi. | 941 |
