Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги
Sayt:👉new.fargona.uz Facebook:👉https://www.facebook.com/FargonaShaharHokimligi Youtube👉https://www.youtube.com/@FargonaShaharHokimligi Fuqarolar murojaati uchun: @fargona_murojaat_bot
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги
کانال Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги (@fargonauzpress) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 10 987 مشترک است و جایگاه 17 295 را در دسته اخبار و رسانهها و رتبه 7 098 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 10 987 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 07 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -280 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -8 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 11.07% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 9.23% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 1 217 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 1 015 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 6 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Sayt:👉new.fargona.uz
Facebook:👉https://www.facebook.com/FargonaShaharHokimligi
Youtube👉https://www.youtube.com/@FargonaShaharHokimligi
Fuqarolar murojaati uchun: @fargona_murojaat_bot”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 08 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اخبار و رسانهها تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 08 سپتامبر | +1 | |||
| 07 سپتامبر | 0 | |||
| 06 سپتامبر | +5 | |||
| 05 سپتامبر | 0 | |||
| 04 سپتامبر | +1 | |||
| 03 سپتامبر | +3 | |||
| 02 سپتامبر | 0 | |||
| 01 سپتامبر | +3 |
| 2 | Belgradda Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
—
В Белграде состоялась церемония официальной встречи Президента Шавката Мирзиёева.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 145 |
| 3 | ‼️‼️‼️
🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.
↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:
O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 543 |
| 4 | #infografika
2026-yilda Fargʻona viloyatida ehtiyojmand oilalar xonadonlarida olib borilgan ta’mirlash ishlari haqida ma’lumot (1-sentabr holatiga)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori asosida:
✅ 339 ta uy “yashil” ta’mirlanib, energo tejamkor holga keltirilishi belgilangan. Buning uchun 18,9 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Hozirda 320 ta uy ta’mirlandi - 94 foiz;
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan:
761 ta uy ta’mirlandi va buning uchun 9.098 mlrd. soʻm mablagʻ sarflandi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 749 |
| 5 | Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 966 |
| 6 | #inson_qadri_uchun
Go‘zal va obod Farg‘ona
"Snos" degan so‘zni eshitganda bir paytlar ko‘pchilikda xavotir bo‘lgani rost. "Uy-joyimiz nima bo‘ladi, ertangi kunimiz qanday kechadi?" degan savollar odamlarni o‘ylantirgan edi.
Bugun esa kechagi xavotirdan asar ham yo‘q. Aksincha, odamlar yangi va munosib sharoit, obod bo‘lgan ko‘chalar, qiyofasi o‘zgarayotgan mahalla haqida mamnuniyat bilan gapirmoqda.
Kecha xavotir bilan kutib olingan o‘zgarishlar bugun ularning hayotiga qulaylik va yangilik olib kirdi. Eng muhimi, odamlar bu o‘zgarishlarni o‘z hayotida his qilyapti.
Farg‘ona o‘zgaryapti. Mahallalar obod, ko‘chalar ko‘rkam bo‘lyapti, odamlarning turmush sharoiti yaxshilanyapti.
Eng katta natija esa — bu o‘zgarishlarni odamlarning kayfiyatida, mamnuniyatida va bugungi hayotida ko‘rish mumkin.
📹 Batafsil videolavhada
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 848 |
| 7 | Farg‘ona viloyatidagi bugungi ob-havo bilan tanishing.
Kuningiz hayrli o‘tsin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring ⬇️
Gov.uz: https://gov.uz/oz/fargona
Veb-sayt: fargona.uz
Telegram: fargonauzpress
Facebook: Farg'ona shahar hokimligi
YouTube:Fargonashaharhokimligi_kanali | 1 166 |
| 8 | Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 956 |
| 9 | Ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, ehtiyojmand oilalarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, hunari bor fuqarolarga daromad topishi uchun zarur asbob-uskunalar ajratish, shuningdek, tomorqasidan samarali foydalanish uchun kerakli vositalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona shahar hokimi “Afrosiyob” mahallasida mas’ullar ishtirokida ehtiyojmand oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularning muammolarini joyida o‘rgandi
O‘rganishlar davomida fuqarolarning mavjud imkoniyatlari, qiziqishlari va kasb-hunaridan kelib chiqib, ularni daromadli faoliyatga jalb etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. | 1 186 |
| 10 | Sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
Shahar hokimi, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i v.b. G‘olibjon Karimov hamda shahar prokurori ishtirokida Marifat mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning moddiy yordam, kredit ajratish, uy-joy, kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning bir qismi bevosita joyida hal etildi. Qo‘shimcha muddat va o‘rganishni talab etadigan masalalar tegishli mas’ullarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, Kambag‘allik reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlariga borilib, ularning yashash sharoiti va mavjud muammolari o‘rganildi. Aniqlangan masalalarni hal etish, fuqarolarga zarur ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. | 1 230 |
| 11 | 🇩🇯 Suyultirilgan gaz ta’minoti tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
🇺🇿Bugungi kunda qariyb 3,8 million aholi va 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obyekti suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda. Biroq ayrim hududlarda gazning belgilangan muddatda yetkazib berilmasligi, narxlar va budjet subsidiyalari o‘rtasidagi tafovut kabi muammolar saqlanib qolmoqda.
🇺🇿Shu munosabat bilan “Hududgazta’minot” ta’sischiligida “LPG-Trade” MChJ tashkil etish, suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilish va aholiga belgilangan tartibda yetkazib berish taklif qilinmoqda. Ehtiyojmand oilalar uchun xarid qilingan har bir kilogramm suyultirilgan gazga manzilli kompensatsiya to‘lash mexanizmi joriy etiladi. Bu orqali umumiy subsidiya o‘rniga budjet mablag‘larini aniq iste’molchiga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 1 065 |
| 12 | Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekiston va Hindiston munosabatlari yangi darajaga olib chiqiladi. Davlatimiz rahbari ShHTning Bishkek sammiti tadbirlarida ishtirok etdi. Poytaxtimizda Zamonaviy san’at markazi ochildi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Ózbekstan hám Hindstan qatnasıqları jańa basqıshqa kóteriledi. Mámleketimiz basshısı ShBShniń Bishkek sammiti ilájlarında qatnastı. Paytaxtımızda Zamanagóy kórkem óner orayı ashıldı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Узбекистан и Индия выведут отношения на новый уровень. Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества. В столице открылся Центр современного искусства.
—
Weekly review of the most important events: Uzbekistan and India to elevate relations to a new level. President Shavkat Mirziyoyev took part in the meeting of the Council of Heads of State of the Shanghai Cooperation Organisation. The Center for Contemporary Arts has opened in the capital.
Facebook|Instagram|X | 1 162 |
| 13 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq G‘.Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 1 047 |
| 14 | 🥊 Parij-2024 Olimpiada chempioni Lazizbek Mullojonov — ANOR Podcastda.
Bolalikdagi orzulardan Olimpiada oltinigacha, mag'lubiyatlardan 2025-yilgi eng og'ir sinovgacha — hammasi haqida ochiq va samimiy suhbat.
O'zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan maxsus sonda Farg'onaning Log'on qishlog'idan dunyoning eng nufuzli sport maydonigacha yetib borgan yigit bilan barchasi haqida suhbat.
Suhbatni ushbu havola orqali ko’rishingiz mumkin ➡️ https://youtu.be/jKjefW4QIyA
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 1 042 |
| 15 | #Bilasizmi
❗️ Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:
🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 360 000 so‘m;
🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m;
🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 504 000 so‘m;
🔹 yoshga doir eng kam pensiya – 983 000 so‘m;
🔹 nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 083 000 so‘m;
🔹 mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 083 000 so‘m;
🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (983 000 so‘mdan) 1 083 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 083 000 so‘m;
🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 878 000 so‘m;
🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 878 000 so‘m.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 1 078 |
| 16 | #tezkor
#07_09_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 FARG‘ONA SHAHAR
Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Sakkokiy" podstansiyasida yangi qurilmalarni o‘rnatish ishlari bajariladi
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz! | 1 183 |
| 17 | Farg‘ona viloyatidagi bugungi ob-havo bilan tanishing.
Kuningiz hayrli o‘tsin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring ⬇️
Gov.uz: https://gov.uz/oz/fargona
Veb-sayt: fargona.uz
Telegram: fargonauzpress
Facebook: Farg'ona shahar hokimligi
YouTube:Fargonashaharhokimligi_kanali | 1 702 |
| 18 | "Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan",
- dedi Saida Mirziyoyeva
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 1 185 |
| 19 | SSV Matbuot xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan «Tibbiyot novatorlari» medialoyihasining bu galgi mehmoni — jajji yuraklar xaloskori Bobur To‘rayev.
Endigina 34 yoshni qarshilagan qahramonimiz Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Yaponiya va Avstraliyaning eng nufuzli klinikalarida tajriba orttirib, bugungacha yurtimizda 1000 dan ziyod bemor bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajargan.
📹 Yangicha formatda tayyorlangan ushbu videokontent orqali Toshkent davlat tibbiyot universiteti bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi yosh kardiojarrohining erishgan yutuqlari va operatsiya stoli ortidagi kechinmalari bilan tanishasiz.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 1 241 |
| 20 | Osiyo sahnasiga chiqish vaqti keldi!
14-sentabr. “Istiqlol” stadioni.🏟
⚽️Bu safar maydonda faqat ikki jamoa emas — ikki kuch, ikki xarakter, ikki maqsad to‘qnashadi.
Raqib — Iroqning kuchli jamoasi “Air Force”.
Barcha futbol muxlislarini ushbu o‘yinga taklif etamiz!
14-sentabr | 18:45
🏟“Istiqlol” stadioni
“Neftchi” - “Air Force”
Bu shunchaki o‘yin emas.
Bu — Farg‘onaning Osiyo sahnasidagi tarixiy kechasi!
Bizning uy. Bizning sharaf. Bizning “Neftchi”!
Olg‘a, “Neftchi”!
Olg‘a, Farg‘ona!
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 1 326 |
