fa
Feedback
Davronbek | SWE 🪐

Davronbek | SWE 🪐

رفتن به کانال در Telegram

- Tajribamdagi xatoliklar va ularni xal qilishdagi ba'zi tavsiyalar haqida yozib boraman. Don't be shy, say hi 👋 | @firdavs_dev

نمایش بیشتر
757
مشترکین
+124 ساعت
-27 روز
+230 روز
آرشیو پست ها
GDG DevFest shu yerda DevFestga kelganlar izohga yozing. Bir biringizni topish oʻyini oʻynaymiz. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Bu narsani har bir backend dasturchisi bilishi shart Backendni jiddiy o‘rganaman degan dasturchi albatta Distributed System lar haqida o‘rganishi kerak. Chunki minglab, millionlab foydalanuvchilar ishlatadigan sistemalar distributed bo‘lmasdan ilojisi yo‘q. Distributed System lar bir nechta qismlardan, bir nechta ma’lumotlar bazasidan tashkil topgan bo‘ladi va ushbu qismlar bir biri bilan network orqali gaplashishadi. Bunday holatda esa har doim ham hamma narsa siz kutgandek ishlayvermaydi. Qandaydir muammolar bo‘lib turishi aniq, ayniqsa network bilan. Biror serverda internet sekin ishlashi mumkin, qandaydir DNS muammo bo‘lishi mumkin, packet loss bo‘lishi mumkin va hokazo. Xullas bunday muammo bo‘lishi aniq, 100%. Shunday holatlarga sizning tizimingiz tayyor bo‘lishi kerak. Oldindan shunday network muammo bo‘lsa nima qilamiz deb o‘ylab qo‘yish kerak. Bunda bizga CAP nazariyasi yordam beradi. Unga ko‘ra sistemalarda uch xil xususiyat bor: - [C] Consistency - Ma’lumotlar bazasidan sistemaning barcha qismlari nimadir o‘qimoqchi bo‘lganida eskirib qolgan ma’lumotni olmaydi, eng oxirgi yozilgan ma’lumotlarni oladilar. - [A] Availability - Tizim har doim ishlab turadi. - [P] Partition tolerance - Network bilan muammo bo‘lganda ham tizim kutilgandek ishlaydi. Tepada aytib o‘tdikki network bilan muammolar har doim bo‘ladi va ushbu nazariyaga ko‘ra siz faqatgina yoki Consistency ni yoki Availability ni tanlashga majbursiz. Ikkalasini birdaniga tanlay olmaysiz. Ya’ni sizda har doim P bo‘ladi, siz C yoki A ni tanlashingiz shart. Masalan sizda Master database va uning replikasi bor. Foydalanuvchilar Masterga yozadi, ma’lumotlarning nusxalari replikaga boradi va replikadan foydalanadiganlar eng oxirgi (ya’ni consistent) ma’lumotlarni o‘qiy oladilar. Deylik qandaydir network muammo bo‘ldi va master bilan replika orasida bog‘lanish uzildi. Endi sizda ikkita yo‘l bor: Birinchisi - consistency ni prioritetga qo‘yish, ya’ni CP. Master ishlayveradi, replicaga kelayotgan requestlar esa "Database unavailable" degan xatoni oladi. Ikkinchisi - availability ni prioritetga qo‘yish, yani AP. Master ham replica ham ishlayveradi. Lekin bir biriga yozilgan ma’lumotlarni jo‘natishmaydi. Consistency yo‘qoladi. Foydalanuvchilar eskirib qolgan ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Qaysi birini tanlash esa holatga bog‘liq. Masalan siz Netflix quryapsiz. Agar foydalanuvchilar sal-pal eskirib qolgan ma’lumotlarni ko‘rsa qo‘rqinchli emas Netflix uchun. Shuning uchun ham bu sistemani AP qilish kerak, availability ni prioritetga qo‘yish kerak. Yana bir misol. Deylik siz biror avialiniyaning sistemasini quryapsiz. Unda parvozlarni qidirish funksiyasi mavjud. Bu holatda ham AP qilgan, ya’ni availabilityni muhib deb topish to‘g‘ri. Chunki foydalanuvchilar sal-pal eskirib qolgan narxlarni ko‘rsa ham unchalik qo‘rqinchli emas. Amma umuman qidira olishmasa - qo‘rqinchli. Lekin chipta sotib olayotganda esa CP qilish shart. Consistent bo‘lishi kerak. Ma’lumotlar aniq va so‘ngi bo‘lishi kerak. Aks holda bitta o‘rinning chiptasini bir nechta odamga sotib yuborishingiz mumkin. Bu esa - qo‘rqinchli. @jakhonrakhmonov

Repost from N/a
❓ Biznes egasi sifatida mijozlaringizni haqiqatan qanchalik ushlab qolayotganingizni bilishni xohlaysizmi? 🫴🏻 Eng samarali
❓ Biznes egasi sifatida mijozlaringizni haqiqatan qanchalik ushlab qolayotganingizni bilishni xohlaysizmi? 🫴🏻 Eng samarali yechimCohort (yoki Vintage) tahlili. Bu tahlil mijozlarni ular biznesga kirgan yoki birinchi xarid qilgan vaqtiga ko‘ra guruhlaydi va keyingi oylar davomida ularning faoliyatini kuzatadi. Shu orqali siz: - qaysi davrlardagi mijozlar yaxshiroq ushlanayotganini, - qaysi o‘zgarishlar mijozlarni yo‘qotishga olib kelayotganini, - mahsulot yangilanishlarining xatti-harakatga ta’sirini aniq ko‘ra olasiz. 💡 Esingizda bo‘lsin: yangi mijoz jalb qilish qimmat, lekin mavjud mijozni ushlab qolish oson va samarali. Shu bois, cohort tahlili biznesingizni strategik rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi.

Javob (AI ishlatmang o'ziz uchun)
Anonymous voting

#quiz #easy Run it in ur 🧠
#quiz #easy Run it in ur 🧠

💻 React.js Dasturchi Kerak! 🏢 Davlat Tashkilot: Axborot-Kommunikatsiyalar boshqarmasi 📍 Joylashuv: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 09:00 - 18:00 💰 Maosh: 15 000 000+ so‘mdan (tajribaga qarab kelishiladi) ⸻ ⚙️ Texnologiyalar:React.js (functional components, hooks, component architecture) • Next.js (SSR/SSG, routing, performance optim.) • TypeScript — to‘liq typing, interfeyslar, generics • State management: Redux / Redux Toolkit, ZustandJavaScript (ES6+) — native JSda toza kod yozish qobiliyati • UI & styling: Tailwind CSS, ShadCN UI, shuningdek Material UI, Ant Design kabi kutubxonalar bilan ishlash • Maps & geospatial: Leaflet, React-Leaflet, MapLibre / Mapbox / react-map-gl, OpenLayers, GeoJSON, turf.js (geospatial processing), klasterlash, heatmap, routing va tile server integratsiyalari • Clean Code, reusable components, optimal arxitektura va refaktoring tajribasi • Integratsiya va autentifikatsiya: E-IMZO, One ID va davlat xizmatlari uchun kerakli auth/tashdiqlash oqimlarini amalga oshira olishi ⸻ ⚠️ Eslatma: Hozircha junior yoki internship darajasidagi nomzodlar uchun vakansiya mavjud emas. Kamida 2–3 yillik real loyihalarda tajriba talab etiladi. ⸻ 📬 @AsadbekAzamov01

Kichik e'loncha: 🎮 PS5 Slim olingan narxidan ancha arzonga sotilmoqda. ps) Dasturchilar uchun skidkasi bor😉 Qiziqanlar uchu
Kichik e'loncha: 🎮 PS5 Slim olingan narxidan ancha arzonga sotilmoqda. ps) Dasturchilar uchun skidkasi bor😉 Qiziqanlar uchun: @davronbek_dev 💬 [more] #sale #ps

#bekorchili
#bekorchili

🧠 Build Own X Foydalanayotgan texnologiyalaringiz ichida nimalar sodir bo‘layotganini bilasizmi? Rebuild To Learn :) #BuildO
🧠 Build Own X Foydalanayotgan texnologiyalaringiz ichida nimalar sodir bo‘layotganini bilasizmi? Rebuild To Learn :) #BuildOwnX #DeepDiveDev #RebuildToLearn

DEVSHOP.UZ - dasturchilar uchun birinchi “shop” Bu OLX emas, bu Amazon ham emas. Bu - keyboarddan kofegacha, hoodie’dan memeg
+5
DEVSHOP.UZ - dasturchilar uchun birinchi “shop” Bu OLX emas, bu Amazon ham emas. Bu - keyboarddan kofegacha, hoodie’dan memegacha - faqat devlar tushunadigan joy. 😎 Hozir birinchi versiya (V1) ustida ishlanmoqda: - Developer’lar faqatgin GitHub orqali kirib, o‘z futbolka rangini tanlaydi - Python, Go, Docker, JS logolarini joylashtiradi - live preview’da o‘z merch dizaynini yasaydi - va Click / Payme orqali zakaz beradi - Tashkent bo'ylab yetkazib berish tekin Dasturchiga kodi yoqmasa, hech bo‘lmasa futbolkasi yoqsin:) Keyingi bosqichlarda: Har kim o‘z mahsulotini sotsa dev-to-dev bozor Meme galereya Ya’ni, bizda “bug” ham, “hoodie” ham, “coffee” ham bor bo‘ladi ☕💻 etc... 🔥 Hozirda backend va front’ni o‘zim (+AI) yozilmoqda. Agar creative dizayner yoki frontendchi bo‘lsangiz - DM ochiq. #DevShopUZ #soon

So good night. Before sleep, u should watch it. P.s) just learn C instead of it)) https://youtu.be/8twxK9-GTx8?si=fYhYqSSRMXaSLwnZ

pyproject.toml + Poetry Ko‘pchiligimiz Python loyihalarda (men ham)requirements.txt ishlatamiz. Lekin bilasizmi, bu usul eski
pyproject.toml + Poetry Ko‘pchiligimiz Python loyihalarda (men ham)requirements.txt ishlatamiz. Lekin bilasizmi, bu usul eskirgan?) requirements.txt faqat kutubxonalar ro‘yxatini saqlaydi, lekin Python versiyasi, qayerdan o‘rnatilgani haqida ma'lumot yuq. Zamonaviy yechim esa pyproject.toml va Poetry. Bu loyihani: - barqaror qilar - har kimda bir xil muhit yaratish - dependency boshqaruvini yengillashtir Masalan, pyproject.toml fayli shunday ko‘rinadi👇

[tool.poetry]
name = "myproject"
version = "0.1.0"
description = "Awesome Python project"
authors = ["Davronbek <david@example.com>"]

[tool.poetry.dependencies]
python = "^3.10"
flask = "^3.0.0"
requests = "^2.31.0"

[build-system]
requires = ["poetry-core>=1.0.0"]
build-backend = "poetry.core.masonry.api"
Poetry shu fayldan foydalanib, virtual environment yaratadi va kutubxonalarni to‘liq nazorat qiladi. Bu - xuddi Node.js’dagi package.json va package-lock.json kabi ishlaydi. Xullas: requirements.txt -- kechagi kun, pyproject.toml -- bugun va ertangi kun deyishmoqda more 👈

Process va thread Pythondagi (dasturlashdagi) ko'p so'raladigan mazgi savollardan. Qisqa: Process - bu qaysidir dasturiy tami
Process va thread Pythondagi (dasturlashdagi) ko'p so'raladigan mazgi savollardan. Qisqa: Process - bu qaysidir dasturiy taminotning komputer ichida bajarilayotgan jarayoni. Thread - bu process ichidagi element bo`lib dasturni haqiqatdan ishlashiga ya’ni siz buyurgan amallarni natijaga aylantirishga yordam beradi. Processlar - kamida bitta(main thread)yoki odatda bir necha threadlardan tashkil topgan bo`ladi. Processlar bir biri bilan xotira ulashmaydi va bu agar bir process ishdan chiqsa yoki xato ishlashni boshlasa boshqa processlarga tasir qilmaydi .Process thread natijalarini boshqaradi Threadlar - bir biri bilan xotira ulashadi va agarda birortasi noto'g'ri ishlashni boshlasa hammasiga tasir qiladi. Savol Bir vaqtda kompyuterda bir necha dasturlarni ishlatamiz bunda kompyuter bularni qanday boshqaradi?

Scaling Django with Database Sharding & Replication Sharding qilishga ishim tushmagan (halicha tushmasin) lekin replicationd
+2
Scaling Django with Database Sharding & Replication Sharding qilishga ishim tushmagan (halicha tushmasin) lekin replicationd master-slave arxitekturasini Django bilan ko'p ishlatishga to'gri kelmoqda ... Qisqasi: We always shard database and partition the data More: - https://planetscale.com/blog/database-sharding - https://valiancesolutions.com/learning-hub/master-slave-database-design-for-scalable-multi-tenancy-systems/ - https://testdriven.io/blog/django-multi-tenant/ 🔥

🧠 Baxt, harakat va dam olish haqida Ba’zida hayotda shunaqa pallalar bo‘ladi - ishlayverasiz, loyihadan loyihaga, deadline’dan deadlinega... lekin ichkarida savol chiqadi: “Bularning bari nimaga?” O’lim haqiqat, vaqt esa cheklangan. Shunday ekan, yashashdan maqsad nima? Balki - mavjudligimizni anglash, o‘zingizni, boshqalarni va dunyoni biroz yaxshiroq qilishdir. Chunki harakat mazmunga aylanganda, vaqt qadriyatga aylanadi. Ko‘p dasturchilar (men ham) “ishdan dam olish”ni bilmaymiz. Kino ko‘rmoqchimiz, lekin ichkarida bir ovoz: - “Bu vaqtda sportga borsang bo‘lardi.” - “IELTS o‘rganish kerak edi.” - “Startup ustida ishlash mumkin edi.” Shunda dam olish - stress manbaiga aylanadi. Ammo shuni unutmang: dam olish bu samarasizlik emas, bu strategik restart. Shunda yangi fikrlar tug‘iladi. “Hozir men vaqtni yo‘qotyapman emas, quvvat to‘playapman.” - shu gapni esda tuting. Baxtni topib bo‘lmaydi, u tuziladi Baxtli yashash uchun 3ta narsa kerak ekan: - Mazmun: nima uchun ertalab turayotganingizni bilish. - Munozabat: boshqalar bilan samimiy aloqa o‘rnatish, ularning quvonchida o‘zingizni ko‘rish. - Qabul: hayot siz istagandek ketmasa ham, borini qadrlashni o‘rganish. Kimdir yashashdan huzur topadi. Kimdir esa yashashni o‘zi huzurga aylantiradi. Birinchisi hayotni tomosha qiladi, ikkinchisi unda ishtirok etadi. Baxt – tomoshada emas, ishtirokda. Agar hozir yo‘lingizda charchoq, befarqlik yoki “nima uchun” degan bo‘shliq paydo bo‘lgan bo‘lsa - bu pauza kerak degan signal. 10 daqiqa jim qoling. Qorong’u xonada chuqur nafas oling. Hech narsa qilmang. Hech qanday chalg’ituvchi narsalarsiz. Harakatda yashaydigan odamlar uchun bu eng qiyin, lekin aynan shunda baxtning ildizi ko‘rinadi. Baxtni keyinroq emas, hozirdan tuzishni boshlaylik. Chunki hayot - to‘xtamayapti, lekin biz uni qanday yashashimiz – o’z qo‘limizda. #off-topic #lazy-day

Kelsa ham qiyomat qoyin, Frontendni backendchi yozmasin ... 🎵 (musiqa)

System Design intervyularidagi klassik savol more:

🚖 Real Time Database tanlash 🚀 1 mln haydovchi va 10 mln foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlaydigan tizim qanday ishlashini ko‘rishni xohlaysizmi? Haydovchilarni real vaqtda kuzatish, zakaz taklif qilish, radius bo‘yicha qidirish va GeoHash yordamida tezkor qidiruv – bularning barchasini ushbu videoda ko‘rib chiqamiz. 📌 Video davomida: • Yozish va o‘qish operatsiyalarining bosim hisob-kitobi • Qaysi database texnologiyasi mos kelishi mumkinligi • Redis optimizatsiyasi va indexing • Benchmark test qilish 🎥 To‘liq videoni bu yerdan ko‘ring: 👉 https://www.youtube.com/watch?v=1tAClL-YrvQ

Expert - really ?) thanks yandex 😁
+1
Expert - really ?) thanks yandex 😁

#eslatma #reminder Ertangni meetup'da ko'rishkuncha 😉 p.s) Ertroq borganlar oldi qatorlardan joy olib quyinglar ;))