cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Jakhongir Rakhmonov - IT

Software Engineer at Amazon. Dasturchilar uchun foydali ma’lumotlar beraman. Qo’llab-quvvatlash uchun: https://tirikchilik.uz/jakhongir_rakhmonov Ikkinchi kanal: @JR_TwitGram Contact: @jakhonfeedback_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
8 515
مشترکین
+124 ساعت
+97 روز
-5130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

O'z sohasi yetakchilari uchun Amerikada magistratura bosqichi uchun to'liq grantlar Ko'pchiligimiz bakalavrni bitirgandan keyin ish, oila bilan bo'lib chetda o'qish orzularini, oldiga qo'ygan katta maqsadlari, dunyoni o'zgartirish xohishini unutib qo'yadi. Ammo aynan o'z sohasida ko'zga ko'ringan natijalarga erishgan — kamida 2 yillik tajribaga ega — bakalavr diplomi qo'lida bo'lgan (talaba emas) — ingliz tilida erkin muloqot qiluvchi — yetakchilik qobiliyatiga ega — jamiyatdagi o'zgarishlarga befarq bo'lmagan insonlar uchun maxsus grant dasturlari bor. Fulbright va Humphrey dasturlari bunga yorqin misol. Bu grant dasturlari Amerikada magistratura o'qish uchun barcha o'qish to'lovi, yashash xarajatlari, AQSH ga borish-kelish va tibbiy sug'urta, umuman barcha xarajatlarni to'liq qoplab beradi. Muhimi hujjat topshirish tekin. Biroz vaqt va e'tibor qaratsangiz ulardan hech narsa yutqazmaysiz. Albatta shunchaki hujjat topshirish va hujjatlarni to'g'ri tayyorlab topshirish orasida farq katta. GrantGO jamoasi esa bu borada juda yaxshi ishlarni amalga oshiryapti ekan. Bu yerda ular dasturlar haqida eng asosiy ma'lumotlarni ko'rsatib o'tishibdi: ℹ️ Fulbright | Humphrey Hujjat topshirayotganlarga bepul yordam uchun: 💬 Ingliz tilida | O'zbek tilida Qo'shimchasiga paydo bo'lgan savollarga javob berish uchun ovozli chat ham tashkil qilingan ekan: 👥 Ovozli chat Professional yordam kerak bo'lganlarga esa o'z mentorlik kurslari orqali yordam ham berishlari mumkin: 🎓 Fulbright va Humphrey mentorlik kursi O'qish va o'rganishdan to'xtamang! Telegram | YouTube | Mentorlik
نمایش همه...
🔥 57👍 38🤣 14🍌 5 1👏 1
Nega Discord loyihasi Go tilida yozilgan servisni Rustda qayta yozib chiqdi Discordni 614 millionga yaqin foydalanuvchi ishlatadi. Ulardan 200 milliontasi aktiv tarzda ishlatadi. Hazillashadigan raqamlar emas. Xullas shu Discordda har bir foydalanuvchi qaysi kanallarni va qaysi xabarlarni o‘qiganini o‘zida saqlab turadigan “Read Service” degan servisi bor. Kimdirlar buni microservice deb atashlari mumkin. Bu degani, har safar Discordga kirganingizda, har safar xabar yuborilganda va o‘qilganda ishlatiladigan service. Ya’ni eng ko‘p ishlatiladigan servicelardan biri. Gap millionlab requestlar haqida ketyapti. Va bu service Go tilida yozilgan ekan. Boshida hammasi yaxshi bo‘lgan, lekin vaqt o‘tib har bir necha daqiqada ushbu service qisqa vaqtga sekinlashib qolishni boshlagan: latency va CPUlarda o‘sish kuzatilgan. Discord jamoasi bu sekinlashish “Garbage Collection”ni deb bo‘layotganini aniqlagan. O‘zi Garbage Collection (ahlat tozalash) nima? Sizning dasturingiz kompyuter xotirasidan foydalanadi. Aytaylik bitta o‘zgaruvchi yaratib shu o‘zgaruvchida ismingizni saqlasangiz shu ma’lumot xotiraga yoziladi. Dasturingiz bu ma’lumotdan foydalanib bo‘lgandan so‘ng kompyuter xotirasidan uni o‘chirib tashlash kerak. Agar shu tarzda tez-tez tozalanib turmasa xotirada joy qolmaydi va tabiiyki hech nima ishlamay qoladi. Go tilida bu ish avtomatik tarzda bajariladi. Taxminan har ~2 daqiqada Go tili xotiradagi har bir ma’lumotni tekshirib chiqadi. “Sen hali ham ishlatilyapsanmi?” deb so‘raydi. “Ha, men hali ham dasturga kerakman” desa, “Bo‘pti, qolaver. Propiskangni uzaytiraman” deydi. “Yo‘q, meni ishlatib bo‘ldi dastur. 2 daqiqadan beri ishsiz o‘tiribman” desa, “Unda senga rahmat, ketaver qishlog‘ingga“ deb u ma’lumotni o‘chirib tashlaydi. Ana endi eslang. “Read Service” ni millionlab foydalanuvchi ishlatadi va har bir foydalanuvchi uchun ko‘plab ma’lumot saqlanadi. Undan tashqari bu service juda ham aktiv, har sekundda millionlab request keladi. Ya’ni, tozalash kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumot juda juda ko‘p. Garbage Collector hammasini har 2 daqiqada tekshirib chiqish uchun yaxshigina kuch va vaqt sarflaydi. Natijada dastur sekinlashadi. Garbage Collectionni esa o‘chirib qo‘yib bo‘lmaydi. Unda Go tili ishlamay qolgan bo‘lar edi. Ana endi Rustni eslaymiz. Rust tilida Garbage Collection umuman yo‘q. Xotirani u boshqa usulda boshqaradi. Xotiradagi ma’lumot ishlatib bo‘lishiga darhol uni o‘chirib tashlaydi. 2 daqiqa kutib o‘tirmaydi. Natijada tozalash uchun Go kabi ko‘p kuch va vaqt sarflamaydi. Shuning uchun ham Discord “Read Service” ni Rust tilida qayta yozib chiqqan va zo‘r natijalarga erishgan. Tezlikdan tashqari, ularning aytishi bo‘yicha kodning o‘zi ham ancha osonlashgan. Sababi qiyin asinxron kodni Rustda Go tiliga solishtirgan yozish ancha osonroq. “Go baribir top” deb yozishni boshlaydiganlar uchun eslatib o‘tay. Hech kim Rustni Godan ko‘ra ustunroq demayapti. Shunchaki Discord uchun va aynan ushbu service uchun Rust ko‘proq to‘g‘ri kelgan. Manba: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust 📱 @jakhonrakhmonov   🤝 Muallifni qo‘llab-quvvatlash
نمایش همه...
👍 237🔥 30🐳 8 3👏 3🤣 3😁 2
Rust va boshqa type-system bor bo’lgan tillarning zo’r taraflaridan biri qo’rqmasdan refactor qila olishda. Katta loyihalarda tabiiyki minglab, yuz minglab qator kod bo’ladi va albatta sal noto’g’ri yozilgan qismlari bo’lishi ham tabiiy. Ularni to’g’irlash uchun esa katta refactor talab qilinadi. Agar shu kod deylik Pythonda yozilgan bo’lganda faqat testlarga tayangan holda refactor qilinadi. Titrab-titrab. Nimanidir buzib qo’ymadimmikin deb. Testlar esa albatta barcha qismlarini qoplagan bo’lishi ehtimoli juda ham past. Ish bitgan keyin ham ko’ngil tinchlanmaydi. Dashboardlardan ko’z uzilmaydi. Rustda esa undan qo’rquv yo’q. Be’malol refactor qilib, compilerdan so’kish eshitib refactor qilishda davom etilaveradi. Ish bitgan keyin ham yurak ancha hotirjam bo’ladi. Chunki compiler indamadimi demak hammasi katta ehtimol bilan joyida. @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
👍 177🤣 43🔥 5👌 5🙏 3💯 2 1🌚 1
Birinchi ishingizni topishda qiynalyapsizmi? Ish topish uchun eng muhim narsa - tajriba. Lekin har qanday tajriba emas. Muhimi, sizda borligini isbotlay oladigan, arziydigan tajriba. Sizda qandaydir tajriba borligini qanday isbotlaysiz? Open Source loyihalarga contribution qilasiz. Open Source loyihalarni qayerdan topasiz? https://up-for-grabs.net/ saytidan. Shu saytda har qanday texnologiyalar uchun contribution qidirayotgan loyihalar ro’yxati mavjud. O’zim shu saytdan 2ta Django loyihalar topganman va ularga 10ga yaqin Pull Requestlar yuborganman. Eng zo’r tarafi beginnerlar uchun ham talab yetarlicha. @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
👍 218🔥 19 7🤩 4🌚 3👏 2😁 1🤣 1
Nega hali ham ingliz tilini o’rganmagansiz? Dunyoda ko’p narsa aniq emas. Lekin ingliz tili eng zo’r investitsiyaligi aniqku. Nima bahonangiz bor? @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
👍 286🔥 61😢 25😁 16🍌 8🤔 6 3❤‍🔥 2😱 2🤯 1💔 1
Yes, AI can code. But coding is a small part of what competent software engineers do. @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
🤩 181👍 91🔥 16 11 8🌚 5💯 5🍾 3👏 2👌 2💔 1
ChatGPT, Copilot, Kevin va boshqa dasturchilarni o’rnini bosishi kutilayotgan AI intrumentlar hozirda shunchaki yaxshiroq autocomplete holos. @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
🔥 226👍 59🤣 23💯 11🍾 9 3 2🍌 2😈 2🐳 1🏆 1
Yaxshi dasturchi bilan yomon dasturchini farqi nimada? Qiyin ish berilganda yomon dasturchi “obbo, yana ish. Uff” deydi. Yaxshisi esa “Vachaych 😍 qiyin muammoni yechish imkoniyati paydo bo’ldi. Maza qilib bosh qotirib, yechib, balki rezumega qo’shib qo’yarman” deb fikrlaydi. Ulardan biri ishiga qiziqmaydi, ikkinchisi esa bu sohada maza qiladi. Siz qaysi birisiz? @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
👍 261🔥 43😁 25👏 12🍌 11🌚 4💔 3 2🍾 2 1🙏 1
Dasturchilik men uchun emasmi? Bir nechta yosh dasturchilar hafa bo’lib “Dasturchilik men uchun emasmi? Qiynalyapman, tashlab yuborgim kelyapti. Nima qilay?” deb yozishgan. Bu borada mening fikrim quyidagicha. Hech narsa oson emas. Boshqa yo’nalishlar ham huddi shunday qiyin. Barcha arziydigan sohalarda qiynaladi odam. Lekin shularning hammasi sekin sekin osonlashadi bir kun kelib. Ko’proq o’rganganingiz sari, ko’proq o’qiganingiz sari, osonlashib, va eng asosiysi qiziqlashib boraveradi. Boshida siz oddiy if/else lar yozib yurasiz, keyin esa haqiqiy backendlar, web loyihalar, o’yinlar yoza oladigan bo’lasiz. Albatta qiziqlashadida. Lekin dasturlash haqiqatda hammaga ham emas. Yaxshi dasturchi bo’lish uchun ma’lum turdagi ko’nikmalar talab qilinadi. Masalan: - Soatlab o’tirib biror muammo ustida ishlay olish - Har doim yangi narsalar o’rganishga tayyor bo’lish - Qilingan ishni boshqalarga yozma va og’zaki tushuntira bera olish - Va hokazo Kimdirda shunday hususiyatlar bor, kimdirda esa yo’q. Bu normal holat. Bunda hech qanday yomonlik yo’q. Kimda bu ko’nikmalar yo’q bo’lsa, boshqalari bor. Balki jismoniy tarafdan kuchlidir, balki kuchli biznesmendir. Shuning uchun ham, asosiy savol “Dasturchilik men uchun emasmi?” emas balki “Menda dasturchilik uchun kerak bo’lgan ko’nikmalar va hususiyatlar bormi?” bo’lishi kerak. Agar yo’q bo’lsa, tashlang va ko’nikmalaringizga to’g’ri keladigan soha toping. Bor bo’lsa va dasturchilikda qiynalayotgan bo’lsangiz, albatta davom eting. Kundan kunga osonlashib va qiziqlashib boraveradi va bir kun kelib siz yutasiz. @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
👍 201💯 20 18🔥 16😢 4 3👏 2🤣 2🤔 1🐳 1
Servercore Toshkentda yangi zonasini ochadi Servercore — Toshkent va Olmaota shaharlarida mavjud zonalarga ega IT-infratuzilmasi provayderi. Mijozlar orasida — Uzum Nasiya, Alif, Samarkand Air va HWG Sababa. Provayder mijozlari uchun Toshkentda yangi mavjudlik zonasi mavjud bo‘ldi. Umumiy tarmoq orqali ulangan ikkita pool-ga joylashtirish quyidagilarga imkon beradi: — IT-tizimlari va xizmatlarining nosozliklarga chidamliligini oshirish; — ma‘lumotlarni saqlash xavfsizligi darajasini oshirish; — oxirgi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdagi kechikishlarni kamaytirish. Yangi mavjudlik zonasida Servercore mijozlari endi quyidagilardan foydalanishlari mumkin: — AMD EPYC 7713 Milan asosidagi UZ-2 pool-dagi bulutli serverlar, — Intel Xeon E-2236, Intel Xeon W-2255 va Intel Xeon Silver 4214R protsessorlari asosidagi TAS-2 da ajratilgan serverlar. Yangi mavjudlik zonasining xavfsizligi va ishonchliligi ISO 27001 xalqaro axborot xavfsizligi standarti bilan tasdiqlangan. Barcha Servercore xizmatlari PCI DSS xalqaro ma‘lumotlar xavfsizligi standartiga mos keladi. Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun veb-saytga o‘ting. Reklama
نمایش همه...
Servercore - Удобная и стабильная IT-инфраструктура с локальным присутствием

Широкая линейка выделенных и облачных серверов под разные бюджеты и задачи. Запуск от 2 минут

👍 54🤣 29🍌 9🔥 2😁 2👏 1🤩 1🌚 1