fa
Feedback
Lara's Insight

Lara's Insight

رفتن به کانال در Telegram

Writer | Reader | Future Nobel laureate "Defeat? I do not recognise the meaning of the word!" Margaret Thatcher Views, lifestyle, motivation, books and more...

نمایش بیشتر
1 047
مشترکین
-224 ساعت
-67 روز
-1230 روز
آرشیو پست ها
Siringni hech kimga ishonmaslik haqidagi "good message" "Pashshalar hukmdori"ning (Uilyam Golding) birinchi bobida uchraydi. “You’re talking too much,” said Jack Merridew. “Shut up, Fatty.” Laughter arose. “He’s not Fatty,” cried Ralph, “his real name’s Piggy!” “Piggy!” “Piggy!” “Oh, Piggy!” ..... “You told ’em. After what I said.” His face flushed, his mouth trembled. “After I said I didn’t want—” “What on earth are you talking about?” “About being called Piggy. I said I didn’t care as long as they didn’t call me Piggy; an’ I said not to tell and then you went an’ said straight out—” (Bitta kitobni kamdan kam ikkinchi marta ochib o'qiyman. Bu safar audio shaklida eshityapman. Maroqli va oldingidan butunlay boshqacha tasavvur.)

OMMA TANLOVLARI, AI-LUDDITLAR VA QO'RQUV HAQIDA ... Sun’iy intellektning hayotimizga kirib kelishi kutilmagan va so’ralmagan hodisa edi. Hech kim bizdan senga sun’iy intellekt kerakmi, deb so’ramagan: uning mo’jizaviy potensiali shaxsiy savollarimiz doirasidan kundalik takrorlanuvchi vazifalarimizni (yozish, tahrirlash, yaratish) bajarishgacha yetib bordi. Eng qiziq tomoni shuki, bizning o’zimiz ham menga sun’iy intellekt kerakmi, degan savolni bermaganmiz... Batafsil

Bugun eshitgan achinarli xabarlarimdan biri Marjan Satrapining o'limi bo'ldi. Ilk bor "Persepolis" animatsion-biografik filmi
Bugun eshitgan achinarli xabarlarimdan biri Marjan Satrapining o'limi bo'ldi. Ilk bor "Persepolis" animatsion-biografik filmi orqali tanigandim bu ayolni. Eron va ayollar mavzusi, muallifning shaxsiy o'ylari, boshidan kechirganlari, siyosiy vaziyatning ayollar taqdiriga bo'lgan ta'sirini ochib beruvchi film bo'lgan. Qayerda bo'lishidan qat'i nazar Marjandan yulib tashlab bo'lmagandi Eronni. Ko'rib ulgurmagan bo'lsangiz, bugungi kechqurungi vaqtingizni "Persepolis" uchun bag'ishlang, o'zgacha narrativ va uslubga ega animatsiya. Rejissyorni faqat shu filmi orqali tanishingizni xohlamasdim. 2019-yil Mariya Kyuri hayotiga bag'ishlangan "Radioactive" filmi ham shu ayol tomonidan yaratilgan.

Kechagi, bugungi, umuman, shu haftadagi havoni keyingi 3 oyga saqlab qo'yaylik...

Repost from N/a
📚 Chegirmalar boshlandi! Kitobsevarlar uchun ajoyib imkoniyat — do‘konimizdagi barcha kitoblar 5% dan 25% gacha chegirmada! 😍 📅 Aksiya muddati: 20-maydan 24-maygacha 📖 Badiiy adabiyot, bolalar kitoblari, psixologiya, biznes, diniy va boshqa ko‘plab yo‘nalishdagi kitoblar chegirmada. 💰Narxlar atigi 15 000 so‘mdan boshlanadi. ⏳ Aksiya faqat 5 kun davom etadi! Shoshiling, o‘zingiz istagan kitoblarni qulay narxda xarid qilib qoling! Sizni do‘konimizda kutamiz! 📌Manzil: Chilonzor G9A, 21-uy. Moʻljal: Jahon tillar universitetidan 200m yuqorida Instagram ® Telegram

Repost from OYINA.UZ
Turkistonda ayol huquqlari ozodlik g‘oyasimi yoki siyosiy instrument? Jurnalistik tadqiqot Ushbu maqola yangicha — konvergent
+2
Turkistonda ayol huquqlari ozodlik g‘oyasimi yoki siyosiy instrument? Jurnalistik tadqiqot Ushbu maqola yangicha — konvergent (audio, video, matn) jurnalistik formatda taqdim etilmoqda. Unda ayollar huquqi qanday qilib siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy manfaatlar bilan chambarchas bog‘langan holda shakllangani tarixiy dalillar bilan ochib beriladi. Batafsil: https://zarra.shorthandstories.com/turkistonda-ayol-huquqlari-ozodlik-goyasimi-yoki-siyosiy-instrument/index.html Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube

“𝘐𝘧 𝘺𝘰𝘶 𝘸𝘢𝘯𝘵 𝘵𝘰 𝘬𝘪𝘭𝘭 𝘴𝘰𝘮𝘦𝘰𝘯𝘦, 𝘤𝘰𝘯𝘲𝘶𝘦𝘳 𝘵𝘩𝘦𝘪𝘳 𝘩𝘦𝘢𝘳𝘵. 𝘛𝘩𝘦𝘯 𝘭𝘦𝘢𝘷𝘦 𝘴𝘭𝘰𝘸𝘭𝘺, �
“𝘐𝘧 𝘺𝘰𝘶 𝘸𝘢𝘯𝘵 𝘵𝘰 𝘬𝘪𝘭𝘭 𝘴𝘰𝘮𝘦𝘰𝘯𝘦, 𝘤𝘰𝘯𝘲𝘶𝘦𝘳 𝘵𝘩𝘦𝘪𝘳 𝘩𝘦𝘢𝘳𝘵. 𝘛𝘩𝘦𝘯 𝘭𝘦𝘢𝘷𝘦 𝘴𝘭𝘰𝘸𝘭𝘺, 𝘢𝘯𝘥 𝘭𝘦𝘢𝘷𝘦 𝘵𝘩𝘦𝘮 𝘣𝘦𝘵𝘸𝘦𝘦𝘯 𝘥𝘦𝘢𝘵𝘩 𝘢𝘯𝘥 𝘮𝘢𝘥𝘯𝘦𝘴𝘴.” Agarda kimnidir o'ldirishni istasang, uning qalbini mahv et. So'ngra uni tashlab ket, ket, o'lim va telbalik aro yolg'iz qoldir... ❣️

Keng hovli, ishkomlar va qo'y-buzog'i yonida joylashgan ekinzor... Bu romanlarni faqat ikki faslda tasavvur qilish mumkin. Yoz va qish. Yoz saraton oyidagi issiq havosi va qaqshab yotgan chang-chung ko'chalari bilan tasvirlansa, qish izg'irin havosi, nim qorong'u xonalar va yo'tal bilan tasavvur qilinadi. Kuz va bahor mavjud emas, bu fasllar bilan assotsatsiya qilinadigan odatlari ham yo'q. Bu ikkisi o'tish davri - qishning izg'iriniga tayyorgarlik ko'rgan va ana shu qishdan omon chiqqan odamlarga achinish misolida tasvirlanadi. Shubhasiz, qaysidir ma'noda bu o'zbek xalqining oddiy hayot tarzi ekanligini inkor etmayman. Ammo bu yozilganlarda shu hayotdan alamzadalik niqobida extravagant hayot tarzi qoralanadi: yohud hayot oq va qoraga ajratiladiki, misol uchun, kalta kiyingan, zamonaviy ayollar qora tomon, qishloqning oddiylikdagi hayotida baxtli yashayotganlar esa oq tarafdir. Bu ikkilikni biroz o'zgartirib, shahar hayotini qishlog'ida davom qildirganlar ham qishloqdoshlari orasida noqulaylikni hosil qiladi. Ichkilik va chekish qoralik, ter va ovqat oqlik. Va yana bu ikkilik kasblar misoliga ko'chiriladiki, ayrimlarini oqqa, ayrimlarini qoraga ajratadi. Ehtimol, shundaydir ham. Bilmadim. Balki, hayot oq va qora emas, faqat oq yoki faqat qoradan - bir rangdan iboratdir. Nafratlanish va nafrat ulashish orasida katta farq bor. Siz ichkilikdan nafratlanishingiz mumkin, lekin ichkilik ichgan odamni yomon deya olmaysiz. Va shuningdek, boylikdan nafratlanishingiz mumkin, ammo bu nochorlikni romantizatsiya qilishga asos bo'lolmaydi. Albatta, bularning bari jamiyatning qora tomonlarini ochib berish va o'quvchida ma'lum bir xulosani shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. Biroq bu maqsad yuzaki xulosalash, insonning shaxsiyati, ichki dunyosiga sirtdan baho berishga yetaklaydi. (yozganlarim ayrim asarlar uchun tegishli, hammasi ham bunday emas). Ertalab uyg'onaman, bir chashka achchiq qahva bilan kunimni boshlayman. Nonushta ba'zida qilaman, ba'zida qilmayman. Muzlatgichim ba'zida to'la, ba'zida bittagina qatiqdan iborat bo'ladi. Kiyinib o'zimga qarab, ishimga ketaman. Ishlayman va o'qiyman. Ba'zida ishlash yoqadi, ba'zida esa umuman kayfiyatim bo'lmaydi. Ammo mening hayotim na oq va na qora. Aralash bu, ola-bula. To'g'ri, bunda ter yo'q, yo issiq ovqat (oq emas). Lekin unda chekish ham yo'q va na boylik (qora emas). Va u rangsiz ham emas. Va kimdadir achinish hissini ham uyg'otmaydi.

Ertangi tadbir uchun brasletlarimni qarayotgandim, bildimki, hamma braslet va taqinchoqlarimni oyim sovg'a qilgan ekan. Balki
+2
Ertangi tadbir uchun brasletlarimni qarayotgandim, bildimki, hamma braslet va taqinchoqlarimni oyim sovg'a qilgan ekan. Balki, yoshligimda shunaqa narsalarni bermaganida ranglarni hozirgidek yoqtirmagan va uslubimni yaratolmagan bo'lardim. Mening hozirgi didim va yoqtirishlarim aslida oyimning dunyoqarashi va rang-barang olamining natijasi 💕 Har birining o'z hikoyasi va tarixi bor 🔑

Читаем нью-йоркер в Чикаго, наслаждаемся весной, работаем с новой лексикой. Threads kate_tyt Nyu Yorkerni Chikagoda o'qib o't
+3
Читаем нью-йоркер в Чикаго, наслаждаемся весной, работаем с новой лексикой. Threads kate_tyt Nyu Yorkerni Chikagoda o'qib o'tiribmiz... Man esa faqat muqovalarini rasm qilib yig'ib yuraman🫶 Sahifalariga qaranglar qanday chiroyli ishlangan🩷

Yomonlikni o'zi tanlagan inson, yaxshilik majburan tiqishtirilgan insondan ko'ra yaxshiroq hisoblanmasmikan?

Va hozirgina "Faust"ni tugatdim!

Repost from Bookerberg
Tasavvur qiling, Yerga o'zga sayyoraliklar tashrif buyurdi yoki tashrif buyurish arafasida. Ularga insoniyatni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan 5 ta kitob tavsiya qilishingiz kerak. Qaysi kitoblarni aytgan bo'lardingiz?
Mening tanlovim:

1. Gyote "Faust"
2. Xaksli "Ajib yangi dunyo"
3. Xeminguey "Chol va dengiz"
4. Balzak "Dahriyning ibodati"
5. Deniel Kiz "Eljernonga atalgan gullar"
@Bookerberg

guess the film filmni tahmin qiling
+8
guess the film filmni tahmin qiling

ChatGPT'dan uzoq vaqt foydalanmay bugun nihoyat ochib, maqolamdagi tushunarsiz joylarni tushuntirib berishi so'rab ishlab o't
ChatGPT'dan uzoq vaqt foydalanmay bugun nihoyat ochib, maqolamdagi tushunarsiz joylarni tushuntirib berishi so'rab ishlab o'tiribman). Maqolani o'qib bo'lganimdan so'ng o'zi taklif qilib qoldi bugungi o'rgangan atama & tushunchalaringni kartochka qilib beraymi deb 🥹. Xo'p, dedim va mana shunaqa kartochka yasab berdi 🫂 asosiysi aniq va tiniq yasagan. Qanaqadir kindnessni his qilib yubordim soat 2 da...

🔉 Joan Armatrading - The Weakness in Me 👉 @You_Tube_Savee_Bot

Instagram va Facebook ilovalarini o'chirib qo'yganimdan buyon Threads va YouTube yagona axborot manbayimga aylangan. Uzoq daqiqali videolarni tomosha qilish diqqatni jamlashimga yordam beryapti. Threads esa boshqa olam, judayam friendly va estetik tarmoq ekan. Tillarni o'rganish bo'ladimi, DIY videolar yoki lifestyle kontent bo'lsin, Instagramdagidek katta marketplace'ga tushib qolish tuyg'usini his qilmaysiz. Lekin hozir tavsiya qiladigan narsalarim Threads'dan emas, YouTube'dan). Har xil mavzudagi, rang-barang va kreativ videolar. Dam olish kunida tomosha qilib qo'yasiz 🫖 💜Mixed media film about my cat - 9 daqiqali film. Bitta qiz o'zining mushugini videoga oladi va uni animatsion tarzda ishlab chiqadi. Sun'iy intellekt davrida bunday orginal va kreativ ishni topish mushkul va shubhasiz siz ham bu go'zallikdan bahramand bo'lishingiz kerak. 💜Inside Emma Watson's Prada Backpack - Vogue'ning Emma Watson'ga atalgan soni. Aktrisa o'zining sumkasida nimalar borligini ko'rsatadi va bir vaqtda har bir buyumga kutilmagan izohlarini berib ketadi. Bu son faqat kosmetika va trendda bo'lgan buyumlar haqida emas. Video aktrisaning ichki dunyosi, uning hayot tarzi va fikrlashi haqida to'liq tasavvurni yaratib beradi. 💜The BEST Productivity Method Ever for ADHD - ADHDdan aziyat chekmasam-da, kunni rejalashtirish va kundalik vazifalarini yozish borishning yangi usulini o'rganish uchun bu videoni ko'rib chiqdim. Videoda aytilgan usul aynan ADHD uchun tavsiya qilingan. Amm diqqat yetishmovchiligini yengishni va unumdorlikni oshirishni xohlovchi istalgan odam videodagi tavsiyalarni foydali deb topishi mumkin. 💜Va oxirgisi qisqa metrajli animatsion film - Dark Humor Animation about Grief. Ramziy obrazlar va o'xshatishlarga boy bo'lgan animatsiya bitta ayolning qayg'usi atrofida aylanadi. 2024-yilda qisqa animatsion filmlar uchun Oskarga nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan. Ortiqcha spoil qilmayman! @larasinsight

Oskar va kitoblar (You already know who won at the Oscars but the real question is WHO DRESSED AS A BOOK?) Manba: Threads Wat
+7
Oskar va kitoblar (You already know who won at the Oscars but the real question is WHO DRESSED AS A BOOK?) Manba: Threads Waterstones

Yozgan barcha qizlarga katta rahmat! Izohlar o'zgacha qizlar community'siga aylanib ketganini ko'rish o'zgacha zavqli. ...va eng kecham va bugunim uchun eng ruhlantirgan gap "agarda biroz tin olib haqiqatda kerak narsalarga e'tibor qaratilsa, baxtli bo'lish mumkin". Shu gaplar! Izohlardagi film haqida yozilgan birinchi qisqagina xabarda shu gap bor edi. Chindanam ta'sir qildi). Aslida, hammasi chalkash emas, birozgina tin olib, o'zimizga nima kerakligini anglab olsakkina, o'zimiz xohlayotgan hayotni qura bilamiz. ...ikkinchi film esa Satoshi Kon ijodidagi "Millennium Actress" animatsion filmi. Lovers Rock qo'shig'i bilan bog'lanishi esa filmdagi o'sha mashhur sahnani xayolda aynan shu qo'shiq ostida gavdalantirdi. Shu ikkita izoh egalari bilan bog'lanaman 💜 Yozishdan to'xtamang. Yangi sovg'alarni yana tarqataman hali).

AI tomonidan yozilgan eng yaxshi qo'shiqlardan biri men uchun