Lara's Insight
الذهاب إلى القناة على Telegram
Writer | Reader | Future Nobel laureate "Defeat? I do not recognise the meaning of the word!" Margaret Thatcher Views, lifestyle, motivation, books and more...
إظهار المزيد1 037
المشتركون
+124 ساعات
-17 أيام
-2230 أيام
أرشيف المشاركات
1 037
Guyz, mana bu kitobni nima sababdan oldinroq o'qimaganman, deb koyib qo'ydim o'zimni. Bunaqa plot'dagi kitob o'qimagandim yaqin orada 👌
Tavsiya qilaman hammaga!
1 037
Repost from N/a
French: Village au bord de la Seine
Villeneuve-la-Garenne (Village on the Seine)
Alfred Sisley
1 037
Repost from Tarjima va Tanqid
Telegramda audio muhokama: Pierre Bourdieu - “Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat”
Jamiyatdagi bo‘linishlar haqidagi muayyan tasavvurni shakllantirish va uni odamlar ongiga singdirish, ya'ni yashirin ijtimoiy tafovutlarni ko‘rinadigan va oshkora farqlarga aylantirish qudrati siyosiy hokimiyatning eng oliy ko'rinishidir.🗓 28.06.2026 (yakshanba), 21:00 📍 Telegram (https://t.me/tarjimavatanqid) Tarjimani o'qib keling va muhokamaga qo'shiling! Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/ijtimoiy-makon-va-ramziy-hokimiyat Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
1 037
Mushukchani olsangiz yoki shunaqa tanishlaringizga yuborsangiz, xursand bo'laman! 🫂
Odobli, tartibli mushukcha!
10 kuncha oldin dumini kesib ko'chaga qarovsiz tashlab ketishibdi. Davolatib uyga olib kelib saqladik. Hozir tuzalgan! 😇
1 037
Repost from ᴜᴢʙᴇᴋ ᴄᴀᴛꜱ
+1
#HADIYA 🎁
📝 Mushukcha yaxshi insonlarga tekinga sovg'a qilinadi. Iltimos mushukni sotadigan yoki chidolmay ko'chaga tashlab ketadigan bo'lsangiz olmang! Allohdan qo'rqing
🏠 Manzil: toshkent
📞 Telefon: +998937512021
👤 Admin
📢 Reklama berish uchun
YouTube | Instagram | Telegram
1 037
+7
Yaqindagi sovg'alarim haqida yozishga qulay fursat topolmayotgandim, bugun ilhomim kelib chiroyli qilib rasmga oldim).
Singlim Avstriyaga double degree bo'yicha 1 semestr o'qishga ketgandi. Qaytganidan menga chiroyli, noodatiy choynak va Frida Kaloning asarlari haqidagi kitobni olib kelibdi 🫂. Choynak estetika, ikki qavatli 😁. Kitob esa rasmli, nemis tilida va tushunarli (ichini alohida pastda aylana video qilib qoldiraman).
Keyingi sovg'alarni @fazodasblog berdi ✨. Postcard'lar, judayam sevaman yig'ishni. Va albatta Dostoyevskiyning kitobi, "Дневник писателя". Yoz davomida o'qib chiqamiz...
Sovg'a olishni yoqtiraman). Sovg'a berishdan charchamanglar!
Rahmat ❤️
1 037
Siringni hech kimga ishonmaslik haqidagi "good message" "Pashshalar hukmdori"ning (Uilyam Golding) birinchi bobida uchraydi.
“You’re talking too much,” said Jack Merridew. “Shut up, Fatty.”
Laughter arose.
“He’s not Fatty,” cried Ralph, “his real name’s Piggy!”
“Piggy!”
“Piggy!”
“Oh, Piggy!”
.....
“You told ’em. After what I said.”
His face flushed, his mouth trembled.
“After I said I didn’t want—”
“What on earth are you talking about?”
“About being called Piggy. I said I didn’t care as long as they didn’t call me Piggy; an’ I said not to tell and then you went an’ said straight out—”
(Bitta kitobni kamdan kam ikkinchi marta ochib o'qiyman. Bu safar audio shaklida eshityapman. Maroqli va oldingidan butunlay boshqacha tasavvur.)
1 037
OMMA TANLOVLARI, AI-LUDDITLAR VA QO'RQUV HAQIDA
... Sun’iy intellektning hayotimizga kirib kelishi kutilmagan va so’ralmagan hodisa edi. Hech kim bizdan senga sun’iy intellekt kerakmi, deb so’ramagan: uning mo’jizaviy potensiali shaxsiy savollarimiz doirasidan kundalik takrorlanuvchi vazifalarimizni (yozish, tahrirlash, yaratish) bajarishgacha yetib bordi. Eng qiziq tomoni shuki, bizning o’zimiz ham menga sun’iy intellekt kerakmi, degan savolni bermaganmiz...
Batafsil
1 037
Bugun eshitgan achinarli xabarlarimdan biri Marjan Satrapining o'limi bo'ldi. Ilk bor "Persepolis" animatsion-biografik filmi orqali tanigandim bu ayolni. Eron va ayollar mavzusi, muallifning shaxsiy o'ylari, boshidan kechirganlari, siyosiy vaziyatning ayollar taqdiriga bo'lgan ta'sirini ochib beruvchi film bo'lgan. Qayerda bo'lishidan qat'i nazar Marjandan yulib tashlab bo'lmagandi Eronni. Ko'rib ulgurmagan bo'lsangiz, bugungi kechqurungi vaqtingizni "Persepolis" uchun bag'ishlang, o'zgacha narrativ va uslubga ega animatsiya.
Rejissyorni faqat shu filmi orqali tanishingizni xohlamasdim. 2019-yil Mariya Kyuri hayotiga bag'ishlangan "Radioactive" filmi ham shu ayol tomonidan yaratilgan.
1 037
Kechagi, bugungi, umuman, shu haftadagi havoni keyingi 3 oyga saqlab qo'yaylik...
1 037
Repost from N/a
📚 Chegirmalar boshlandi!
Kitobsevarlar uchun ajoyib imkoniyat — do‘konimizdagi barcha kitoblar 5% dan 25% gacha chegirmada! 😍
📅 Aksiya muddati: 20-maydan 24-maygacha
📖 Badiiy adabiyot, bolalar kitoblari, psixologiya, biznes, diniy va boshqa ko‘plab yo‘nalishdagi kitoblar chegirmada.
💰Narxlar atigi 15 000 so‘mdan boshlanadi.
⏳ Aksiya faqat 5 kun davom etadi!
Shoshiling, o‘zingiz istagan kitoblarni qulay narxda xarid qilib qoling!
Sizni do‘konimizda kutamiz!
📌Manzil: Chilonzor G9A, 21-uy. Moʻljal: Jahon tillar universitetidan 200m yuqorida
Instagram ® Telegram
1 037
Repost from OYINA.UZ
+2
Turkistonda ayol huquqlari ozodlik g‘oyasimi yoki siyosiy instrument? Jurnalistik tadqiqot
Ushbu maqola yangicha — konvergent (audio, video, matn) jurnalistik formatda taqdim etilmoqda. Unda ayollar huquqi qanday qilib siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy manfaatlar bilan chambarchas bog‘langan holda shakllangani tarixiy dalillar bilan ochib beriladi.
Batafsil: https://zarra.shorthandstories.com/turkistonda-ayol-huquqlari-ozodlik-goyasimi-yoki-siyosiy-instrument/index.html
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube
1 037
“𝘐𝘧 𝘺𝘰𝘶 𝘸𝘢𝘯𝘵 𝘵𝘰 𝘬𝘪𝘭𝘭 𝘴𝘰𝘮𝘦𝘰𝘯𝘦, 𝘤𝘰𝘯𝘲𝘶𝘦𝘳 𝘵𝘩𝘦𝘪𝘳 𝘩𝘦𝘢𝘳𝘵. 𝘛𝘩𝘦𝘯 𝘭𝘦𝘢𝘷𝘦 𝘴𝘭𝘰𝘸𝘭𝘺, 𝘢𝘯𝘥 𝘭𝘦𝘢𝘷𝘦 𝘵𝘩𝘦𝘮 𝘣𝘦𝘵𝘸𝘦𝘦𝘯 𝘥𝘦𝘢𝘵𝘩 𝘢𝘯𝘥 𝘮𝘢𝘥𝘯𝘦𝘴𝘴.”
Agarda kimnidir o'ldirishni istasang, uning qalbini mahv et. So'ngra uni tashlab ket, ket, o'lim va telbalik aro yolg'iz qoldir... ❣️
1 037
Keng hovli, ishkomlar va qo'y-buzog'i yonida joylashgan ekinzor... Bu romanlarni faqat ikki faslda tasavvur qilish mumkin. Yoz va qish. Yoz saraton oyidagi issiq havosi va qaqshab yotgan chang-chung ko'chalari bilan tasvirlansa, qish izg'irin havosi, nim qorong'u xonalar va yo'tal bilan tasavvur qilinadi. Kuz va bahor mavjud emas, bu fasllar bilan assotsatsiya qilinadigan odatlari ham yo'q. Bu ikkisi o'tish davri - qishning izg'iriniga tayyorgarlik ko'rgan va ana shu qishdan omon chiqqan odamlarga achinish misolida tasvirlanadi. Shubhasiz, qaysidir ma'noda bu o'zbek xalqining oddiy hayot tarzi ekanligini inkor etmayman. Ammo bu yozilganlarda shu hayotdan alamzadalik niqobida extravagant hayot tarzi qoralanadi: yohud hayot oq va qoraga ajratiladiki, misol uchun, kalta kiyingan, zamonaviy ayollar qora tomon, qishloqning oddiylikdagi hayotida baxtli yashayotganlar esa oq tarafdir. Bu ikkilikni biroz o'zgartirib, shahar hayotini qishlog'ida davom qildirganlar ham qishloqdoshlari orasida noqulaylikni hosil qiladi. Ichkilik va chekish qoralik, ter va ovqat oqlik. Va yana bu ikkilik kasblar misoliga ko'chiriladiki, ayrimlarini oqqa, ayrimlarini qoraga ajratadi. Ehtimol, shundaydir ham. Bilmadim. Balki, hayot oq va qora emas, faqat oq yoki faqat qoradan - bir rangdan iboratdir. Nafratlanish va nafrat ulashish orasida katta farq bor. Siz ichkilikdan nafratlanishingiz mumkin, lekin ichkilik ichgan odamni yomon deya olmaysiz. Va shuningdek, boylikdan nafratlanishingiz mumkin, ammo bu nochorlikni romantizatsiya qilishga asos bo'lolmaydi.
Albatta, bularning bari jamiyatning qora tomonlarini ochib berish va o'quvchida ma'lum bir xulosani shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. Biroq bu maqsad yuzaki xulosalash, insonning shaxsiyati, ichki dunyosiga sirtdan baho berishga yetaklaydi.
(yozganlarim ayrim asarlar uchun tegishli, hammasi ham bunday emas).
Ertalab uyg'onaman, bir chashka achchiq qahva bilan kunimni boshlayman. Nonushta ba'zida qilaman, ba'zida qilmayman. Muzlatgichim ba'zida to'la, ba'zida bittagina qatiqdan iborat bo'ladi. Kiyinib o'zimga qarab, ishimga ketaman. Ishlayman va o'qiyman. Ba'zida ishlash yoqadi, ba'zida esa umuman kayfiyatim bo'lmaydi. Ammo mening hayotim na oq va na qora. Aralash bu, ola-bula. To'g'ri, bunda ter yo'q, yo issiq ovqat (oq emas). Lekin unda chekish ham yo'q va na boylik (qora emas). Va u rangsiz ham emas. Va kimdadir achinish hissini ham uyg'otmaydi.
