Sen ham blog boshlasang bo‘ladi
"Menga kerak emas" dema - kerak!
Buyuk ishlar qarorlardan hosil bo‘ladi. Qarorlar esa fikrlarning mahsuli. Demak fikrlaring qancha kuchli/to‘g‘ri/original bo‘lsa, qarorlaring va keyinchalik ishlaring/natijalaring ham shunday ketadi.
Inson miyasiga bir kunda 1000ga yaqin fikr kelarkan. To‘g‘ri, hammasi ham yorvoradigan idealarmasdir (do‘stimga qo‘ng‘iroq qilishim kerak - bu ham bir fikr), lekin shundan nechtasini sen fiksatsiya qilib (yozib) qo‘yasan?
Fikrlaring sifatini oshirish uchun ularni yozishdan boshlasang bo‘ladi. Avval bitta o‘quvchi - o‘zing bo‘lasan. Keyin sekin ommaga olib chiqishni boshlaysan. Hech qanday fikrlar kelmasa shunchaki qilayotgan ishlaringni yozib borasan.
Ishni telegramda kanal (qalb shuuri, bahor ilhomi deb emas, o‘z isming bilan) ochishdan boshlaysan (2,5 sekund ketadi). Fikrlaring bilan to’ldirasan. Do‘stlaring va oilangni taklif qilasan. Odam soniga birinchi yil umuman ahamiyat bermaysan. Yozayotgan narsang foydali/ilhomlantiruvchi/original/kulgili bo‘lishiga harakat qilasan.
Uyog‘iga sodir bo‘ladigan jarayonlarni ko‘rib chiqamiz:
1. Odamlar qiziqib bitta-bitta blogingga qo‘shilishni boshlashadi
2. Sen esa qiziqib ketib o‘z ustingda ishlashni boshlaysan, kitob o‘qiysan, boshqa kanallarni kuzatasan, maslahatlar olasan.
3. Natijada fikrlashing darajasi oshib yana-da qiziqroq postlar yozishni boshlaysan.
4. Kelajakda kanaldan topishing mumkin bo‘lgan 250 so‘m qiziq emas. Qizig‘i fikrlaring endi nafaqat o‘zingga balki yana bir necha (yuz, ming) odamga maʼqul bo‘la olyapti - demak ularning sifati ancha oshgan.
5. Juda kuchayib ketib, foydang ko’pchilikka tegayotganini sezsang, boshqa platformalarga (Youtube, tik-tok) ga o’tishni boshlaysan
6. Tabriklayman sen endi blogersan, unutma sen bu yo‘lga boshqalarni o‘zgartirish uchun emas o‘zingni o‘zgartirish (o‘stirish) uchun chiqqansan
Blog yuritishning boshqa foydalari:
-Qilmoqchi bo‘lgan va qilayotgan ishlaringni bo‘lishib borganing uchun masʼuliyat oshib yarim yo‘lda tashlab ketishlar kamayadi
-Fikrlaringni bitta-bitta odamlarga tushuntirib yurmaysan, atrofingdagilar kanalingdan qanday odamligingni bilib olaverishadi
-Yangi tanishlar orttirasan va ular hayotingga kutilmagan imkoniyatlar/bilimlar/fikrlar olib kiradi (misol uchun - menga kuniga 10ga yaqin odam yozadi)
Va eng muhimi, yuqorida aytganimdek, odam soni boshida umuman ahamiyatga ega emas. Meni blogimda 1 oy davomida bir o‘zim, 2 oy davomida 10 kishi (bir o‘zim zerikib ketib oila aʼzolarimni qo‘shib chiqqandim), 4 oy davomida 80 kishi bo‘lgan.
Xo‘sh boshlaysanmi blog endi jigar? 💪
@azizrakhimov_blog