cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

English lessons for teachers at Kindergarten 😍

In this group you can find all crucial lesson plans every month with video lessons. I will drop all materials here👇👇909031395 admin: Miss Gulnoza @TKT_Instructor_C1 Chatting is here👉👉👉 https://t.me/Kinder_garteN_English

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 549
مشترکین
+924 ساعت
+167 روز
+1530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

🥳🥳🥳 yillik oylik hisobotlar 📄 Dars ishlanmalari 📑 Ochiq dars ishlanmalari 📚 Prezintatsiyalar 📕 Teaching Portfolio 💻 Lipuchkali o'yinlar(barcha mavzularga ) 🤗🤗🤗 Yozgi ish reja (new) 🥰🥰🥰 Toʻgarak reja (new) Kanalimizda Tayyorlab beriladi !!!! Murojaat uchun 🧑‍🎓🧑‍🏫: +998909031395 @C1Holder_Gulnoza https://t.me/Kindergarten_English_ForKids
نمایش همه...
English lessons for teachers at Kindergarten 😍

In this group you can find all crucial lesson plans every month with video lessons. I will drop all materials here👇👇909031395 admin: Miss Gulnoza @TKT_Instructor_C1 Chatting is here👉👉👉

https://t.me/Kinder_garteN_English

O'qituvchi va davlat munosbatlarida uchinchi tomon... O'qituvchi davlat munosabatlarida ko'pchilik uchinchi tomon ya'ni oddiy xalqni unutib qo'yadi. BA'ZI (bejizga katta harflarda yozmayapman) O'QITUVCHILAR men maktabga shunchaki borib kelganim uchun davlat menga oylik to'laydi deb o'ylashadi. Bir tarafkashliklarni chetga surib qo'yib fikr bildiraylik, davlat nima uchun o'qituvchiga oylik to'laydi? O'qituvchining birlamchi vazifasi nima? Toppa-to'g'ri! TA'LIM BERISH! O'z mutaxassisligidan oddiy xalq farzandiga ta'lim berish. Undan yaxshi kadrni yetishtirib chiqarish. O'sha mutaxassislar MUTAXASSIS bo'lmasachi? Oddiy xalq farzandini sifatli ta'lim olishga haqqi yo'qmi? Davlat ishonib xalqdan yig'ilgan pullarga, o'sha xalqni farzandini o'qitish uchun o'qituvchiga oylik qilib beryapti. (U oylikni oz yoki ko'pligi umuman boshqa mavzu) Shaxsan o'zim ham tadbirkorligimdan har oy soliq to'layman. Ba'zida 3-4 million so'm bo'lib ketadi 1 oylik soliqni o'zi. Men ham xalq vakili sifatida haqqim bormi ta'limdan sifat talab qilishga? Xuddi menday oddiy soliq to'lovchi bo'lgan xalqnichi? Qaysidir ustozni uyidagi muammosi sabab oddiy xalq farzandi aziyat chekmasligi kerak deb o'ylayman. Ba'zi o'qituvchilar juda ham absurd bahonalar qilishadi. Men qaynona qaynota xizmatidagi odamman, meni erim bola chaqalarim bor, ishimni qilaymi yoki shaxsiy hayotimga qaraymi, tabiiyki o'qishga, o'z ustimda ishlashga menda vaqt yo'qda, davlat buni to'g'ri tushunish kerak deb aytishadi. Endi shunday bahona qiladiganlar, tasavvur qilib ko'ring, bir yeriz og'rib doktorga shikoyat bilan bordingiz, u sizga noto'g'ri tashxis qo'yib, umuman sizga keraksiz hattoki sog'lig'izga zarar yetkizadigan boshqa kasallikni dorilarini yozib berdi. Lecheniya qildingiz, ahvolingiz battar og'ilashdi, keyinchalik bildingizki u doktor o'z ishini mutaxassisi emas, buni natijasida siz o'z sog'lig'iz vaqtiz va davolanishga millionlab pullarni sarflab yubordiz. O'sha doktor malakasiz ekaniga sabab esa qaynona-qaynota xizmatidan ortmasdan o'z ustida ishlashga vaqti bo'lmas ekan. Shu holatda siz undan minnatdor bo'lasizmi? Mayli ish o'z yo'liga, shaxsiy haytozini birinchiga qo'ying men roziman deysizmi? Hech qachon! Oddiy xalq ham huddi shunday, ularga sizni bahonalariz qiziq emas. Ular har oyda topgan pulidan soliq to'laydi. U pullarni bir qismi ta'limga yo'naltiriladi. Shu sabab eplolmasang, bo'shat eploladiganiga, malakang yetmasa, joyingni malakalisiga ber deb aytadi. Siz ham o'sha doktorga huddi shu gaplarni aytgan bo'lar edingiz! Meni maqsadim ustozlarni yerga urib, ustidan kulish emas. Kulmoqchi bo'lganimda boshqacha yo'l tutgan bo'lar edim. Maqsadim hali ham tushunib yetmayotgan ustozlarga bu kasb qanchalik ma'suliyatli ekanligini tushuntirish. Harakat qilgan olyapti. Juda ko'p ustozlar oxirgi 5 yil ichida tinimsiz mehnat bilan, o'sha sertifikat talabini bajarishdi. Ularni ichida 22 yoshlisi ham 70 yoshlisi ham bor. Bahona qilmasdan o'z ustida ishladi va hozirda rohatini ko'ryapti. Ayrim haligacha bahona qilib yurganlar esa, endi har xil yo'lini qidirib, ustozlar nomini yomonga chiqaryapti. Men postlarimda faqat ustozlarni emas oddiy xalq tomonni ham o'ylab keyin fikr bildiraman. Men allaqachon tushunib yetganman bizni faqat sifatli ta'lim qutqaradi, lekin bu maqsadga sifatsiz kadrlar bilan yetishib bo'lmaydi... Mayli yomon ko'ring, mayli kanaldan chiqib keting lekin bu meni fikrlarim va pozitsiyam! Fikrlar subyektiv... Siznikidan farq qilsa, o'z fikringizni madaniyat bilan tushuntirish yo'llari ham mavjud. 🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
نمایش همه...
👍 3
Pedagoglar kutayotgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi: B+ uchun ham ustama berilishi rejalashtirilmoqda Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Yodingizda bo‘lsa, avvalroq o‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat bo‘yicha biroz tushunmovchilik yuzaga kelgani, Rash modeliga o‘tilishi ortidan qaysi darajadagi sertifikat ustama berilishi so‘roq ostida ekanligini aytgandik. Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqilgan. E’tiborlisi, yangi loyihada dastlabki ishlab chiqilgan loyihaga qaraganda o‘qituvchilar tomon yengillik berilgan. Ya’ni dastlabki loyihada umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatdan Rash modeli bo‘yicha A va A+ daraja ko‘rsatgan o‘qituvchilarga, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) uchun esa С+ va undan yuqori darajaga ustama berilishi nazarda tutilgan edi. Ammo vazirlik bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olib, eski loyihani bekor qilgan hamda yangi loyihada talab etilgan minimal darajani bir pog‘onadan tushirgan holda, umumta’lim fanlari uchun B+ daraja (60 balldan yuqori), boshlang‘ich ta’lim uchun esa C daraja (46 balldan yuqori) talab etilishini belgilagan. Loyiha 7-mayda e’lon qilingan bo‘lsa, bugungacha 3 mingdan ortiq izohlar qoldirilgan. Loyiha muhokamasi 22-mayga qadar davom etadi. 👉 @xushnudbek 👈 Koproq muhokamaga yozish kk. Mana tilchilar saqlab qolyapti kurashib
نمایش همه...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#Молодец #Рекорд Ўзбекистонда 10 ёшли бола инглиз тилидан CEFR олди 👏 Фарғона вилояти олис Сўх туманидаги 4 синф ўқувчиси Мусоев Комронбек Асроржон ўғли Multi level CEFR имтиҳонидан инглиз тили бўйича Б2 сертификатига эга бўлди. Эътиборлиси шундаки ҳатто кўп ўқитувчилар қийналадиган бу имтиҳонда у осонлик билан, ёш бўлишига қарамай уддалади! 👉 @Qoraxabar - ТВда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!
نمایش همه...
👏 11👍 3🤩 1
⚡️Oʻqituvchilarning yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili 56 kalendar kuni etib belgilan. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-sonli qarori. 💰Oylik bot Ta'limga oid barcha hujjatlar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/talimiy_hujjatlar https://t.me/talimiy_hujjatlar
نمایش همه...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
Pedagoglar kutayotgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi: B+ uchun ham ustama berilishi rejalashtirilmoqda Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Yodingizda bo‘lsa, avvalroq o‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat bo‘yicha biroz tushunmovchilik yuzaga kelgani, Rash modeliga o‘tilishi ortidan qaysi darajadagi sertifikat ustama berilishi so‘roq ostida ekanligini aytgandik. Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqilgan. E’tiborlisi, yangi loyihada dastlabki ishlab chiqilgan loyihaga qaraganda o‘qituvchilar tomon yengillik berilgan. Ya’ni dastlabki loyihada umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatdan Rash modeli bo‘yicha A va A+ daraja ko‘rsatgan o‘qituvchilarga, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) uchun esa С+ va undan yuqori darajaga ustama berilishi nazarda tutilgan edi. Ammo vazirlik bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olib, eski loyihani bekor qilgan hamda yangi loyihada talab etilgan minimal darajani bir pog‘onadan tushirgan holda, umumta’lim fanlari uchun B+ daraja (60 balldan yuqori), boshlang‘ich ta’lim uchun esa C daraja (46 balldan yuqori) talab etilishini belgilagan. Loyiha 7-mayda e’lon qilingan bo‘lsa, bugungacha 3 mingdan ortiq izohlar qoldirilgan. Loyiha muhokamasi 22-mayga qadar davom etadi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 8