fa
Feedback
Til maktabi

Til maktabi

رفتن به کانال در Telegram

Assalomu alaykum siz kanalda xorijiy tillarni oʻrganishiz mumkin. Xalqaro sertifikatlarga ega boʻlish imkonini qulingizdan boy bermang Bizning kanal: https://t.me/til_maktabi_Rano Kursga yozilish: Reklama uchun: @Rano_pedagog

نمایش بیشتر
1 685
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-157 روز
-10330 روز
آرشیو پست ها
پیام ویدیو00:06

Assalomu alaykum yaxshimisizlar. Sizlar bilan gʻoyibona koʻrishib turganimdan xursandman❤️

پیام ویدیو00:06

"ILMDAN BOSHQA NAJOT YOʻQ VA BO'LMAGAY" Qaysi allomaga tegishli jumla. Kommentga yozamiz.

Hayrli oqshomlar. 2 yil oldingi vidio.Qorni sogʻinganlar uchun maxsus❤️

Hayrli oqshomlar. 2 yil oldingi vidio.Qorni sogʻinganlar uchun maxsus❤️

Sizlar haqingizda koʻproq maʼlumot olish uchun soʻrovnoma oʻtkazmoqchiman☺️

#Xadicha-i Kubro Xadicha-i Kubro xotin-qizlar o'rta-maxsus islom bilim yurtida oʻqishlikni niyat qilganlarga yuborib qoʻying. Islom Akademiyasi va Madrasalarga Tayyorlov kurslarimiz mavjud. https://t.me/til_maktabi_Rano

Kim aytadi qaysi film? 📺Ko'rishni tavsiya etaman tarixni anglaysiz yanada

پیام ویدیو01:00

⚡️ TALABGORLARGA ESLATMA ❇️ Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilgan. ✅ Hozirda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi asosida 9 ta – ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur imtihonlarda belgilangan talabni bajargan talabgorlarga A+, A, B+, B, C+, C darajadagi sertifikat taqdim etiladi. Bunda: 💯 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; B+, B, C+, C, darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 💯 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. 👉 Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari tasdiqlangan bo‘lib, ushbu fanlar majmuasi ikki qismdan: birinchi qism barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus), matematika, O‘zbekiston tarixi fanlari, ikkinchi qism bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan iborat bo‘ladi. Shu o‘rinda majburiy fanlar blokidagi ona tili fani bo‘yicha test topshiriqlari ta’lim tiliga mos ravishda uch tilda – o‘zbek tili, qoraqalpoq tili va rus tili bo‘yicha shakllantirilishini ma’lumot sifatida keltirib o‘tish joiz. ❗️Milliy sertifikat imtihonlarida ham o‘zbek tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot, rus tili va adabiyot fanlaridan test topshiriqlari alohida-alohida shakllantiriladi va har bir fan bo‘yicha sertifikat beriladi. Ushbu fanlardan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda ta’lim tiliga mos ravishda majburiy fandan maksimal ball, mutaxassislik fanidan maksimal ball yoki maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari ✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasi
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari ✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh Ingliz tilidan kursimizda 2ta joy qoldi. Kurs narxi 170ming.Guruh toʻlgach boshqa qabul ocholmaymiz. Kursimiz haftada 4 kun bo'ladi 4 ta skill 2 ga bo'lib o'qitiladi.

Yana qaysi tilni yoki fanni oʻrganishni hohlaysiz? Fikringizni xurmat qilamiz😌🙂‍↔️

record.ogg21.83 MB

Ingliz tili fanidan dars zapisini qoldiraymi🤔