Mitti Farishta 🖇 || blogi
رفتن به کانال در Telegram
🇰🇷Koreya hayoti 🕊Islomiy statuslar 📖Ma‘noli satrlar 🖇Psixologiya 🔗Mulohaza Hammasi o‘tib ketadi... Yaxshi kunlar hali oldinda... Adminka: Risliqoy💍 @Umr_Falsafasi @Risliqoy99
نمایش بیشتر546
مشترکین
-624 ساعت
-147 روز
-3330 روز
آرشیو پست ها
Yosh ulg'aygan, sochlarida oq,
Mehnat qilib, qoʻllari qadoq,
Yurishsin deb mendan yaxshiroq.
Bolam deya yasharkan ota..
✍Odilbek Qodirov
🎙Zayniddin Muhammadaliyev
Uyg‘ondingmi do‘stim?!
Ooo, tabriklarim!
Ming shukur salomat ekan jonu-tan!
Bugun bir qiziqdim,
Har tong ertalab,
O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan!
✍Malika Salimova
Sog‘insak qaytadi quvonchlarimiz
Chorlasak qaytadi hattoki g‘amlar
Birodar, yalinu yolvor, ketkazma
Hecham qaytmas ekan ketgan odamlar.
✍Guljamol Asqarova
🎙Fahriya Nur
Yomonlar ko‘ksiga rahm sol, Tangrim,
Jonim omon saqla tundan tonggacha.
Yuraklar tosh emas, yurak bo‘lsin-u,
Qiyomat bo‘lmasin Qiyomatgacha!
✍Malika Salimova
🎙Feruzabonu
Hisobli umrdan yil o‘tdi yana,
Bir paysa pasaydi umr – yongan sham.
Men Uni ko‘rdim va qaramay o‘tdim,
Qaramasdan o‘tdi eski do‘stim ham.
✍ Guljamol Asqarova
🎙Feruzabonu
Ayolsiz tong otmas, kelmaydi nahor,
Ayolsiz kuz-qishing bo‘lmaydi bahor.
Ayolsiz befoyda, yashash ham, chunki
Yuraksiz hayotdan nima ma’ni bor?
✍Xushnudbek Xudoyberdiyev
🎙Fahriya Nur
Bir kun malikaga o'xshab qolaman,
Gul qadalgan oppoq libos olaman,
Muzdek yuraklarga o'tlar solaman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering.
Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar.
Qadrini topmagan qadrlar haqqi.
Qancha aldamaylik ishongan, kutgan.
Ranglari sarg‘aygan sabrlar haqqi.
🎙Ziyodabonu
Endi ko'nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshday porlayveraman.
Ming yillar qa'riga ketganingda ham,
Men seni samoday chorlayveraman.
✍Zebo Mirzo
Alloh, bo‘g‘zimgacha toshib keldi cho‘g‘,
Istasang jonimni jafoga qondir.
Boshqa hech narsaga ehtiyojim yo‘q,
O‘sha yomoningdan ko‘nglimni qoldir!
✍Malika Salimova
🎙Ziyoda Toshbekova
Qayerda bo‘lsangiz, salomat bo‘ling,
Qanday bo‘lsangiz ham bo‘ling, iloyim!
Xijronlar, armonlar, ayriliqlardan,
Asrab yursa bo‘ldi Sizni Xudoyim!
✍Malika Salimova
Qaytsam edi muzlab, sovuq yeb,
Qarshi olsa pech yongan xona.
Oyoq-qo‘ling muzlabdiku, deb,
Bir bor koyib bersayding, ona...
✍Malika Salimova
🎙Davronbek Hamidov
Bir kuni behosdan ko‘rishib qolsak,
Yana nigohingiz etsa chalajon.
Hamon men yoqtirgan rangdagi ko‘ylak,
O‘sha men tanlagan atirmi hamon?
✍Malika Salimova
🎙 Sarvinoz Sobirjonovna
Kechalari uyqu so'rab shamoldan
Bezor bo'lib g'iybatlar-u maloldan.
"Mening otam qayda?" degan savoldan
Cho'chib yashar qancha yolg'iz ayollar...
✍ Rislig'oy Hotamova
🎙Feruzabonu
Kech bo‘lsa ham ochildi ko‘zim,
Qadrim bilib yashay boshladim.
Endi ortga yo‘l yo‘q, azizim,
Ko‘priklarni buzib tashladim!
✍Malika Salimova
🎙Saadiya Ikromovna
Bandanga muhabbat qo‘ydim men...
Kechir,
Bilursan nechog‘lik og‘ir gunohim.
O‘zing yuragimga solgan shu ishqni,
O‘zing og‘ritmayin o‘chir Allohim!
✍Malika Salimova
🎙Charos Shodmanqulova
Toshlashmoqda yuraklar bir oz,
Ketayapti so‘zlardan sehr.
Ko‘ngilda ham, yuzda ham pardoz,
Tanqislashib bormoqda MEHR!
✍Malika Salimova
🎙Fahriya Nur
Balosiz, go'yoki g'amimni yeysiz,
Zahardan achchiqroq choy berib qo'yib.
Bemalol tortinmay o'tiring deysiz,
Ignaning uchidan joy berib qo'yib...
✍ Behzod Fazliddin
🎙Azisa Radjabova
