es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Mitti Farishta 🖇 || blogi

Mitti Farishta 🖇 || blogi

Ir al canal en Telegram

🇰🇷Koreya hayoti 🕊Islomiy statuslar 📖Ma‘noli satrlar 🖇Psixologiya 🔗Mulohaza Hammasi o‘tib ketadi... Yaxshi kunlar hali oldinda... Adminka: Risliqoy💍 @Umr_Falsafasi @Risliqoy99

Mostrar más
546
Suscriptores
-624 horas
-147 días
-3330 días
Archivo de publicaciones
Yosh ulg'aygan, sochlarida oq, Mehnat qilib, qoʻllari qadoq, Yurishsin deb mendan yaxshiroq. Bolam deya yasharkan ota.. ✍Odilbek Qodirov 🎙Zayniddin Muhammadaliyev

Uyg‘ondingmi do‘stim?! Ooo, tabriklarim! Ming shukur salomat ekan jonu-tan! Bugun bir qiziqdim, Har tong ertalab, O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan! ✍Malika Salimova

Sog‘insak qaytadi quvonchlarimiz Chorlasak qaytadi hattoki g‘amlar Birodar, yalinu yolvor, ketkazma Hecham qaytmas ekan ketgan odamlar. ✍Guljamol Asqarova 🎙Fahriya Nur

Yomonlar ko‘ksiga rahm sol, Tangrim, Jonim omon saqla tundan tonggacha. Yuraklar tosh emas, yurak bo‘lsin-u, Qiyomat bo‘lmasin Qiyomatgacha! ✍Malika Salimova 🎙Feruzabonu

Hisobli umrdan yil o‘tdi yana, Bir paysa pasaydi umr – yongan sham. Men Uni ko‘rdim va qaramay o‘tdim, Qaramasdan o‘tdi eski do‘stim ham. ✍ Guljamol Asqarova 🎙Feruzabonu

Ayolsiz tong otmas, kelmaydi nahor, Ayolsiz kuz-qishing bo‘lmaydi bahor. Ayolsiz befoyda, yashash ham, chunki Yuraksiz hayotdan nima ma’ni bor? ✍Xushnudbek Xudoyberdiyev 🎙Fahriya Nur

Bir kun malikaga o'xshab qolaman, Gul qadalgan oppoq libos olaman, Muzdek yuraklarga o'tlar solaman, Men baxtli bo'laman, ishonavering.

Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar. Qadrini topmagan qadrlar haqqi. Qancha aldamaylik ishongan, kutgan. Ranglari sarg‘aygan sabrlar haqqi. 🎙Ziyodabonu

Endi ko'nglingdan chiqarolmaysan, Umringda quyoshday porlayveraman. Ming yillar qa'riga ketganingda ham, Men seni samoday chorlayveraman. ✍Zebo Mirzo

Alloh, bo‘g‘zimgacha toshib keldi cho‘g‘, Istasang jonimni jafoga qondir. Boshqa hech narsaga ehtiyojim yo‘q, O‘sha yomoningdan ko‘nglimni qoldir! ✍Malika Salimova 🎙Ziyoda Toshbekova

Qayerda bo‘lsangiz, salomat bo‘ling, Qanday bo‘lsangiz ham bo‘ling, iloyim! Xijronlar, armonlar, ayriliqlardan, Asrab yursa bo‘ldi Sizni Xudoyim! ✍Malika Salimova

Qaytsam edi muzlab, sovuq yeb, Qarshi olsa pech yongan xona. Oyoq-qo‘ling muzlabdiku, deb, Bir bor koyib bersayding, ona... ✍Malika Salimova 🎙Davronbek Hamidov

Bir kuni behosdan ko‘rishib qolsak, Yana nigohingiz etsa chalajon. Hamon men yoqtirgan rangdagi ko‘ylak, O‘sha men tanlagan atirmi hamon? ✍Malika Salimova 🎙 Sarvinoz Sobirjonovna

Kechalari uyqu so'rab shamoldan Bezor bo'lib g'iybatlar-u maloldan. "Mening otam qayda?" degan savoldan Cho'chib yashar qancha yolg'iz ayollar... ✍ Rislig'oy Hotamova 🎙Feruzabonu

Qalb u nima? U qayerda? ✍Malika Salimova 🎙Sherzod Karim

Kech bo‘lsa ham ochildi ko‘zim, Qadrim bilib yashay boshladim. Endi ortga yo‘l yo‘q, azizim, Ko‘priklarni buzib tashladim! ✍Malika Salimova 🎙Saadiya Ikromovna

Bandanga muhabbat qo‘ydim men... Kechir, Bilursan nechog‘lik og‘ir gunohim. O‘zing yuragimga solgan shu ishqni, O‘zing og‘ritmayin o‘chir Allohim! ✍Malika Salimova 🎙Charos Shodmanqulova

Toshlashmoqda yuraklar bir oz, Ketayapti so‘zlardan sehr. Ko‘ngilda ham, yuzda ham pardoz, Tanqislashib bormoqda MEHR! ✍Malika Salimova 🎙Fahriya Nur

Balosiz, go'yoki g'amimni yeysiz, Zahardan achchiqroq choy berib qo'yib. Bemalol tortinmay o'tiring deysiz, Ignaning uchidan joy berib qo'yib... ✍ Behzod Fazliddin 🎙Azisa Radjabova

+1
Pochtalar keldi))

Mitti Farishta 🖇 || blogi - Estadísticas y analítica del canal de Telegram @sof_qalbim