NDU - Navoiy davlat universiteti
رفتن به کانال در Telegram
Navoiy davlat universiteti Universitet rektoriga murojaat boti: https://t.me/nsu_77_bot 🌐 nsuni.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://www.instagram.com/nsu.uz?igsh=MWJzM20wc21sMnIxeQ== 📱https://www.facebook.com/nsu.uz
نمایش بیشتر7 644
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-77 روز
-10230 روز
آرشیو پست ها
Sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi asosiy kamchiliklari nimalardan iborat deb hisoblaysiz?
Sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi asosiy afzalliklari nimalardan iborat?
+7
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinmoqda
Navoiy davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda.
Jumladan, San’at va sport fakulteti talabalari sport mashg‘ulotlarida faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini oshirmoqdalar. Qo‘l to‘pi yo‘nalishi talabasi Tolipov Asadbek O‘zbekiston terma jamoasining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida qatnashayotgan bo‘lsa, Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi To‘lqinova Marjona yozgi ta’til davrida sport bilan muntazam shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shmoqda.Bunday mashg‘ulotlar yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
SIdan foydalanishda qaysi dasturlar yoki platformalarda muammolarga duch kelasiz?
Hozirgi kunda qaysi sun’iy intellekt vositasidan ko‘proq foydalanasiz?
Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishda qanday to‘siqlar mavjud deb hisoblaysiz?
Bugungi kunda ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishga munosabatingiz qanday?
#Dolzarb90Kun
#NavDU
#AniqFanlarFakulteti
"Keksalarga mehr" – ezgulik va inson qadri yo'lida
"Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakultetining "Yosh ko'makchi" volontyorlari ezgu tashabbusda faol ishtirok etishdi. O'zLiDePning "Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida o'tkazilgan "Keksalarga mehr" aksiyasi davomida Karmana tumanidagi "Talqoq" mahallasida istiqomat qiluvchi yolg'iz onaxon Mavluda Turobova xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif davomida nuroniy onaxon holidan xabar olinib, samimiy suhbat qilindi hamda ma'naviy ko'mak va e'tibor ko'rsatildi. Bunday ezgu tashabbuslar yoshlar qalbida kattalarga hurmat, mehr-oqibat va insonparvarlik fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.📲 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
+4
#Dolzarb_90_Kun
#NavDu
#Aniq_fanlar_fakulteti
Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakultetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida stol tennis to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur to‘garaklarda talabalar muntazam ravishda shug‘ullanib, o‘zlarining jismoniy faolligini oshirish, sport mahoratini rivojlantirish va bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Sport mashg‘ulotlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviylik va intizom kabi muhim fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar talaba-yoshlarning har tomonlama kamol topishi, sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.📲 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🗓🗓🗓🗓🗓🗓
🇺🇳 23-IYUN — XALQARO DAVLAT XIZMATI KUNI
Har yili dunyo miqyosida nishonlanadigan ushbu sana — shunchaki taqvimdagi kun emas, balki mamlakatimiz ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida kecha-yu kunduz mehnat qilayotgan soha vakillariga bo‘lgan yuksak ehtirom ramzidir.
Bugungi zamonaviy davlat boshqaruvi tizimi ochiqlik, yuqori mas’uliyat va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish kabi eng muhim tamoyillarga tayanadi. Zero, davlat xizmatining bosh mezoni — fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning farovonligini yuksaltirish hamda yurtimizning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishdir.
Shu bilan birga, tizimda shaffoflik va halollik muhitini mustahkamlash, yosh va professional kadrlarni jalb etgan holda boshqaruvni yangi bosqichga olib chiqish bugungi kunning asosiy talabidir.
✨ Xalqqa xizmat qilish — oliy mas’uliyat, sadoqat va sharafdir!
Yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha davlat xizmatchilarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Qadrli professor-oʻqituvchilar, hamkasblar, aziz talabalar hamda jonkuyar Vatandoshlar!
⚽️Milliy terma jamoamiz Jahon chempionatidagi debyut oʻyinida Kolumbiyadek dunyoning eng tajribali va kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonda haqiqiy matonat, mardlik va yuksak mahorat koʻrsatdi. Yigitlarimiz har bir qarich yer uchun kurashib, oʻzbek futbolining shonli xarakterini butun dunyoga namoyish etishdi. Bu munosib qarshilik va shiddatli oʻyin barchamizning qalbimizni faxrga toʻldirdi!
Endi esa oldinda yana bir buyuk sinov — dunyo futboli grandlaridan biri Portugaliyaga qarshi bahs turibdi. Kolumbiya bilan oʻyindagi shijoatimizni saqlab qolgan holda, yigitlarimizni yanada kuchliroq qoʻllab-quvvatlash navbati keldi!
⚡️Navoiy davlat universiteti jamoasi har doim ahil va yagona oila boʻlib birlashgan. Bugun dunyo tan olgan yulduzlar qarshisiga chiqayotgan oʻgʻlonlarimizga maʼnaviy kuch va togʻdek mustahkam tayanch boʻlishimiz kerak. 🏆Oʻyin bugun 23-iyun kechki soat 22:00 da boʻlib oʻtadi. Ushbu shiddatli bahs tuman markazlari hamda Navoiy shahridagi Amfiteatr orqasida joylashgan “MAZZA” kafe maydoniga oʻrnatilgan katta ekranlarda toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etiladi. Barcha universitetimiz ahli va yoshlarini yuqori muxlislik madaniyati bilan yigitlarimizni birgalikda qoʻllab-quvvatlashga chaqiraman.🇺🇿 Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga gʻalaba yor boʻlsin! OLGʻA OʻZBEKISTON! Hurmat bilan, Navoiy davlat universiteti rektori Muxiddin KALONOV
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar va joriy qilingan ilg‘or yechimlar bilan tanishadi.
Shuningdek, Xalqaro maqom festivalining ochilish marosimida ishtirok etish rejalashtirilgan.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Наманганскую область.
Глава нашего государства ознакомится с проводимой на местах созидательной работой, проектами и внедренными передовыми решениями в разных сферах.
Планируется также участие в церемонии открытия Международного фестиваля искусства макома.
Facebook|Instagram|X
Repost from NAVOIY.UZ | Navoiy viloyati hokimligi
⚽️⚽️⚽️⚽️
⚽️23-iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
⚡️ Ushbu tarixiy uchrashuvni futbol muxlislari bilan birgalikda tomosha qilish uchun Navoiy shahrida katta ekran tashkil etilmoqda.
📅 Sana: 23-iyun 🕖 Vaqt: 22:00 📍 Manzil: Navoiy shahri, Navoiy viloyat hokimligi binosi oldida⚽️Barcha futbol ixlosmandlarini milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz. ✅Keling, ushbu muhim uchrashuvda birlashib, futbolchilarimizga kuch va ishonch bag‘ishlaylik! 👌Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
⏳⏳⏳⏳
Bugun 23-iyun, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlat xizmati kuni.
🌏Butunjahon maʼlumot tarqatuvchilar kuni.
🌏Xalqaro Olimpiya kuni.
🌏Xalqaro muhandis xotin-qizlar kuni.
🌏Butunjahon ayol inspektorlar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1894 – Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tashkil topdi.
🔹1989 – Islom Karimov O‘zbekiston SSR kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi Birinchi kotibi etib tayinlaтdi.
🔹1996 – O‘zbekiston Bruney davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
🔹1998 – Dunyoda birinchi marta inson miyasi hujayralari ko‘chirib o‘tkazildi.
#tavalludlar
🔹1889 – Anna Axmatova – rus shoirasi, tarjimon va adabiyotshunos.
🔹1907 – Jeyms Mid – ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi.
🔹 1965 – Valeriy Meladze – qo‘shiqchi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹1972 – Zinedin Zidan – fransiyalik futbolchi, jahon chempioni, murabbiy.
🔹1992 – Luiza Galiulina – o‘zbek gimnastikachisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Бу ўйинда кўпдир зўрлардан зўри,
Ҳар бир гол мисоли қалбларнинг қўри,
Албат ҳеч бировдан қолишмагайдир
Ҳужумга отланган ёвқур “оқ бўри”.
#Davat | @Otkir_Rahmat
+3
📚 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mazmunli yozgi ta’til
Navoiy davlat universiteti Tillar fakulteti O‘zbek tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ziyodulloyeva O‘g‘iljon yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etib, bo‘sh vaqtini kitob mutolaasiga bag‘ishladi. Talaba loyiha doirasida o‘zbek va jahon adabiyoti, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy asarlarni mutolaa qilib, bilim va dunyoqarashini boyitadi. Mutolaa jarayoni uning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
+4
Bugun Navoiy davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda Kengash a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishga universitet rektori, professor Muhiddin Kalonov raislik qildi. Kun tartibiga muvofiq universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlariga oid masalalar muhokama qilinib, tegishli axborot va hisobotlar tinglandi.
Jumladan, “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjat va topshiriqlarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, magistratura talabalari faoliyati ustidan olib borilgan monitoring natijalari hamda magistraturada ta’lim jarayoni sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Kengash yig‘ilishida ilmiy unvonlarga tavsiya etish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya etish, risola va o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya qilish, doktorlik dissertatsiyasi mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbar tayinlash, izlanuvchilarning ixtisosliklarini o‘zgartirish, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan monografiyalarni tasdiqlash hamda Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasiga nomzodni tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, Navoiy davlat universitetida 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonini tashkil etuvchi Qabul komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
+5
Bugun Navoiy davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda Kengash a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishga universitet rektori, professor Muhiddin Kalonov raislik qildi. Kun tartibiga muvofiq universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlariga oid masalalar muhokama qilinib, tegishli axborot va hisobotlar tinglandi. Jumladan, “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjat va topshiriqlarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, magistratura talabalari faoliyati ustidan olib borilgan monitoring natijalari hamda magistraturada ta’lim jarayoni sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Kengash yig‘ilishida ilmiy unvonlarga tavsiya etish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya etish, risola va o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya qilish, doktorlik dissertatsiyasi mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbar tayinlash, izlanuvchilarning ixtisosliklarini o‘zgartirish, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan monografiyalarni tasdiqlash hamda Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasiga nomzodni tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, Navoiy davlat universitetida 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonini tashkil etuvchi Qabul komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi.Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi. Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
+6
#Dolzarb_90_Kun
#NavDu
#Aniq_fanlar_fakulteti
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida shaxmat-shashka musobaqasi tashkil qilindi.
Mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb qilish maqsadida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakultetida
talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.
🔹 Intellektual salohiyat, strategik fikrlash va diqqatni jamlashni talab etuvchi ushbu musobaqada 20ga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.
🔹Fakultet dekani D.Kamalova bugungi kunda yurtimizda shaxmat va shashka sport turlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor, xususan, yoshlarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishda ushbu o‘yinlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
