NDU - Navoiy davlat universiteti
前往频道在 Telegram
Navoiy davlat universiteti Universitet rektoriga murojaat boti: https://t.me/nsu_77_bot 🌐 nsuni.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://www.instagram.com/nsu.uz?igsh=MWJzM20wc21sMnIxeQ== 📱https://www.facebook.com/nsu.uz
显示更多7 909
订阅者
+2824 小时
+2397 天
+21230 天
帖子存档
Abituriyentlar diqqatiga!
❗️ 11-12-iyul kunlari soat 09:00 dan 11:00 ga qadar hamda 13:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
+4
Navoiy davlat universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
📌 Navoiy davlat universitetida Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Hamkorlik memorandumi imzolandi.
☑️Uchrashuvda Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov hamda Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor Narzullo Oblomuradov ishtirok etib, oliy ta’lim tizimida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildilar. ☑️Imzolangan memorandum ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Hujjat doirasida qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, innovasion tadqiqotlar hamda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvini kengaytirish, malaka oshirish va tajriba almashish dasturlarini tashkil etish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash bo‘yicha izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. ☑️Memorandum doirasida suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, suvni tejash, hisoblash va boshqarish sohalariga innovasion yechimlarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy hamda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi sohasiga tatbiq etish, mazkur yo‘nalishlarda mutaxassislar malakasini oshirish, ilg‘or tajriba va ekspertizani o‘zaro almashish ham hamkorlikning muhim yo‘nalishlari sifatida belgilandi. ☑️ Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali agrar tarmoqning barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.📌 Uchrashuv davomida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov universitetning barpo etilayotgan yangi zamonaviy kampus qurilishi, uning konsepsiyasi va istiqbolli loyihalari haqida ham batafsil ma’lumot berdi. Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
Repost from Edu.uz
#dayjest #live #Ijodiy_imtihon #Qabul2026
📢 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqdaAyni kunlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda. 📅 10-iyul kuni kasbiy imtihonlar 29 ta oliy ta’lim tashkilotida belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda. Imtihon jarayonlarini imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda kuzatib borish mimukin.
▪️Andijon davlat universiteti ▪️Buxoro davlat pedagogika instituti ▪️Buxoro davlat universiteti ▪️Chirchiq davlat pedagogika universiteti ▪️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ▪️Farg‘ona davlat universiteti ▪️Guliston davlat pedagogika instituti ▪️Guliston davlat universiteti ▪️Jizzax davlat pedagogika universiteti ▪️Jizzax politexnika instituti ▪️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti ▪️Milliy rassomlik va dizayn instituti ▪️Namangan davlat universiteti ▪️Navoiy davlat univeristeti ▪️O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti ▪️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ▪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ▪️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ▪️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali ▪️O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti ▪️Milliy estrada san‘ati instituti ▪️O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ▪️Qarshi davlat universiteti ▪️Qoraqalpoq davlat universiteti ▪️Samarqand davlat universiteti ▪️Termiz davlat universiteti ▪️Toshkent davlat tibbiyot universiteti ▪️Urganch davlat pedagogika instituti ▪️Urganch davlat universiteti🎓 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ikkinchi mutaxasislik uchun qabul boshlandi
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliygohlarining ikkinchi mutaxassisliklariga hujjatlarni topshirish jarayoni rasman start oldi.
📌 Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
❤️ Ariza topshirish muddati
10-iyuldan 10-avgustga qadar davom etadi.
Hujjat topshirish tartibi, sertifikat talablari haqida videoda batafsil ko'ring!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Talaba_Expo_2026 #Navoiy #Sarhisob
Navoiyda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasida 900 nafardan ortiq bitiruvchining ish o‘rni aniq bo‘ldi
Ko‘rgazmada sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish, bank-moliya, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 150 ga yaqin korxona va tashkilot ishtirok etib, 1 300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rnini bitiruvchi yoshlarga taklif qildi. Natijada 900 nafardan ortiq bitiruvchining ish o‘rni aniq bo‘lib, bandligini ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/190852 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
#Qabul_2026
⚽ Navoiy davlat universitetida 2026–2027 o‘quv yili uchun Futbol ixtisosligi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda!
2026–2027 o‘quv yili qabul jarayonlari doirasida Navoiy davlat universitetida Sport faoliyati (futbol) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlarning jismoniy tayyorgarligi, texnik ko‘nikmalari va qobiliyatini aniqlash maqsadida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.
🗓 2026-yil 10-iyul kuni ham imtihon jarayonlari belgilangan tartib va baholash mezonlari asosida shaffof, ochiq hamda adolatli tarzda davom etmoqda.
Jarayon davomida Navoiy davlat universiteti nazoratchilari tomonidan imtihonlarning amaldagi nizom talablari asosida o‘tkazilishi ustidan qat’iy nazorat olib borilmoqda.
🌟 Barcha abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlarda omad, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Davlat fuqarolik xizmatchisini rag'batlantirish davlat organlari rahbarlari tomonidan yoki ularning tavsiyasiga ko'ra amalga oshiriladi.
Ragʻbatlantirishda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
✔️Oy, chorak, yarim yil yoki yil yakunlari hisobida faoliyatidagi eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarganligi va oshirib bajarganligi;
✔️O'ta muhim vazifalarni bajarganligi;
✔️Faoliyatida erishilgan yuqori natijalar, zimmasiga yuklatilgan vazifaning murakkabligi va muhimligi;
✔️Bayram kunlari, yubileylar, nishonlanadigan sanalar va pensiyaga chiqish munosabati bilan.
➡️ Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
⏳⏳⏳⏳
Bugun 10-iyul, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Butunjahon energetika mustaqilligi kuni.
🌏Futbol hushtagi tug‘ilgan kun.
#muhim_voqealar
🔹1712 – Sankt-Peterburgda Petropavlovsk cherkovi qurib bitkazildi.
🔹1878 – Angliyada birinchi marta futbol hakami o‘yin davomida hushtak ishlatdi (bundan oldin hakamlar baqirishgan).
🔹1908 – Gollandiyalik fizik Heike Kamerling-Onnes dunyoda birinchi marta suyuq geliyni oldi.
🔹1962 – Birinchi tijorat aloqa yo'ldoshi Telstar uchirildi.
🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro elektraloqa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘ldi.
#tavalludlar
🔹1856 – Nikola Tesla – serbiyalik va amerikalik fizik, elektrotexnika va radiotexnika sohasidagi ixtirochi.
🔹1902 – Kurt Alder – nemis organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1934 – Javlon Hamroyev – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1969 – Erkinjon Turdimov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi aʼzosi
🔹1985 - Mario Gomes – nemis futbolchisi.
Bizni kuzating:Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
📢 Kunduzgi bosqich talabalari uchun test boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarori asosida kunduzgi bosqich talabalari uchun test sinovlari boshlandi.
Test onlayn tarzda, quyidagi havola orqali topshiriladi:
🔗 https://osiyo-nigohi.nsuni.uz/
Qanday topshiriladi?
1️⃣ Havolani brauzer orqali oching
2️⃣ Login qilib tizimga kirasiz
3️⃣ Testni boshlaysiz
4️⃣ Test yakunida natijangizni ko'rasiz
💻 Maslahat: Testni kompyuterda (Windows) topshirganingiz ma'qul. Bu tizim uzilmasdan, qulay ishlashini ta'minlaydi. Telefon orqali ham kirish mumkin, lekin kompyuter tavsiya etiladi.
📶 Internetingiz barqaror bo'lishiga e'tibor bering va testni oxirigacha bir marotaba topshiring.
Barchaga omad! 🎓
Bizni kuzating@ndu_nsu
+7
#XUSHXABAR
📘 Talaba va o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovining 2026-yilgi 2-mavsumi yuqori saviyada tashkil etildi.
✅ Tanlov nizomiga muvofiq, final bosqichi hududlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida oflayn tarzda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, Navoiy viloyati bo‘yicha mazkur nufuzli tanlovning hududiy final bosqichiga Navoiy davlat universiteti mezbonlik qildi.
🏆 Quvonarlisi, Navoiy davlat universiteti Tarix fakulteti 1-bosqich magistranti Gʻoyibnazarova Mohichehra Hamza qizi mazkur nufuzli tanlovning respublika final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 197 ball bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🌟 Ushbu yuksak natija bilan Gʻoyibnazarova Mohichehra Hamza qizini samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar, yangi marralar va yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bizni kuzatishda davom eting👇🏻
@NavDU_YI
Repost from Edu.uz
#TalabaExpo2026 #Navoiy #KelajakkaQadam #YoshlarKuni
“TalabaExpo – 2026” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Navoiy davlat universitetida “TalabaExpo – 2026” tadbirlari doirasida viloyatning yetakchi tadbirkorlari hamda bitiruvchi talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda viloyatdagi oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari, yosh tadbirkorlar, mutasaddi idoralar vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Muloqot davomida muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish tajribalari, biznesni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish hamda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Tadbir yakunida turli yo‘nalishlarda faol va tashabbuskor bo‘lib kelayotgan bir guruh yoshlar taqdirlandi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida biznes loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit ajratilishi tasdiqlangan yoshlarga tantanali ravishda vaucherlar topshirildi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/190679 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+3
#Jarayon
Universitet kampusi qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Navoiy davlat universitetining bunyod etilayotgan yangi kampusiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Universitet rektori Muxiddin Kalonov hamda mas’ul qurilish tashkilotlari vakillari kampus binolarining me’moriy yechimlari, qurilish jarayonining bugungi holati va majmuaning bosh rejasiga oid batafsil ma’lumot taqdim qildilar.
Vazir o‘rinbosari kampus infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida shakllantirish, ta’lim va ilmiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish ishlarining sifatini yanada oshirish va belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflarini bildirdi.
Bizni kuzatingTelegram I Instagram I Facebook I Youtube
#ogohlik
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbirlar doirasida
Repost from Edu.uz
#TalabaExpo2026 #Navoiy
Navoiyda “TalabaExpo – 2026” kasb va ta’lim ko‘rgazmasi jarayonlaridan video lavha
Videoda ko‘rgazmaning ochilish marosimi, bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari yarmarkasi, ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar, shuningdek, bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan ochiq muloqotlar aks etgan.“TalabaExpo – 2026” yoshlarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
