cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Abituriyent_uz (OTM imtihon testlar markazi)

⚡️Bu kanal obunachilari: 📚Imtihon materiallari 📚Ta`lim tizimiga oid yangiliklar 📚ONLINE testlarga qatnashish imkoniyatiga ega bo`ladilar⚡️ Reklama haqida ma`lumot: @abit_uz_rek Murojat va takliflar uchun: @abiturient_uz_help_bot

نمایش بیشتر
أوزبكستان29 061زبان مشخص نشده استآموزش76 785
پست‌های تبلیغاتی
247
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

📚INGLIZ TILI fanidan testlar to`plami📚 🔑Javoblari testlarning WORD formati so`ngida 📚Сборник вариантовых тестов по АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ📚 🔑Ответы на последней страницы формата WORD Kanalimiz/Наш канал👇👇👇 https://t.me/abiturient_uz_testlar
نمایش همه...
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha tegishli qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi 🔰 Ma’lumki, Davlat komissiyasining 7- va 8-son bayonlari bilan quyidagi hududlardan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan: 👉 7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari; 👉 8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari. ✅ Bunda: 🔹 o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi; 🔹 talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi; 🔹 o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan. 📆 Shu sababli Davlat test markazi tomonidan 1-30-noyabr kunlari o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinib, barcha ma’lumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilgan. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
⚡️ Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari 📆 Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2022-yil 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va test sinovlari 10:00 da boshlanadi. ⏳ Test sinovida talabgorlarga 45 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2,5 soat vaqt beriladi. 📋 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi. 👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin. ❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga 09:00 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
⚡️ Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari 📆 Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2022-yil 4-dekabr kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda: 1️⃣-smena imtihonlari 09:00 da matematika fanidan; 2️⃣-smena imtihonlari 14:30 da biologiya fanidan bo‘lib o‘tadi. ⏳ Test sinovlarida talabgorlarga 45 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2,5 soat vaqt beriladi. 📋 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi. 👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin. ❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga 1-smenada 08:00 ga qadar, 2-smenada 13:30 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. Izoh: kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
⚡️ DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi ✅ 2022-yil 20-noyabr kuni o‘tkazilgan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini my.dtm.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limidan bilishlari mumkin. 📌 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. 📋 Ya’ni, test sinovi natijalariga ko‘ra 74.7 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
!!E'LON!! Diqqat kanalimiz xurmatli obunachilari. Xozirgi paytlarda mabunga uxshash mashenniklar odamlarni laqqilatib fitibgarlik yuli bilan pul tarqatilmoqda deb karta raqami va SMS kodni olishyabdi. Bunga uxshash "padariga xurmatlar" tuzog'iga tushib qolmanglar. Karta raqamingizni birovga aytsangizham SMS kodni mutlaqo hech kimga va hechqachon ayta ko'rmang! Har bir odamlardan 500.000 so'mdan 4.000.000.000gacha pullarini yechib olishgan. Agar mablag'ingiz O'zRes dan elektron xamyonga chiqib ketsa IIB xodimlari uni sizga undirib berisha olishmaydi. Bu "ota-onasi zo'r tarbiya berolganlar" kartangizni mobil ilovaga qushib quyib mablag'ingizga katta summa qushilgunigacha kutib o'tirib, pul tushgach 5 daqiqa ichida pulingizni yechib olishadi. Agarda siz birortaga yoki davlat ro'yhatidan o'tmaga pul beramiz degan saytlarga karta ma'lumotlaringizni kiritgan bo'lsangiz bankizga murojat qilib kartangizni blok xolatiga keltiring! Bu xabarni iloji boricha ko'proq tanishlaringizga ulashing! @abiturient_uz_testlar
نمایش همه...
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari yanvar oyida o‘tkaziladi 👨🏻‍💻 Ma’lumki, 2022-yil 24-oktabr kuni matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi. 📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish 12-noyabrga qadar davom etadi va test sinovlari 4- va 18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. ❔ Hozirda talabgorlar tomonidan ona tili va adabiyot fanidan ham milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladimi degan mazmunda ko‘plab savollar kelib tushmoqda. ✅ Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini yanvar oyida ham tashkil etish rejalashtirilgan. 📚 Bunda milliy sertifikat imtihonlari fizika, kimyo hamda ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanlaridan bo‘lib o‘tadi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
👨🏻‍💻 2022-yil 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📆 Ro‘yxatga olish my.dtm.uz havola orqali amalga oshiriladi va 18-noyabr kuniga qadar davom etadi. 🖥 Test sinovi 21-noyabr kuni Toshkent shahrida (DTM binosida) kompyuterda topshiriladi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi. 📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi. ❇️ Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021-yil 31-avgustdagi 1-mh va 23-mh-son qarorida ko'rsatilgan CEFR - chet tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro imtihon tizimlariga mos keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga PQ-5117 qarorida nazarda tutilgan barcha imtiyozlar beriladi ☎️ Murojaat uchun: - (95) 515-68-68 - (95) 507-70-72 - @dtm_ilmiy_markaz Ilmiy markazning telegram kanali: 👉 @dtmilmiymarkaz 👈
نمایش همه...
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi ✅ 2022-yil 25-oktabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. 🖥 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.dtm.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin. 👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim. @abiturient_uz_testlar
نمایش همه...
Davlat test markazi

Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi ⏳ 2022-yil 25-oktabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📍 Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. ✅ Unda talabgorlarning o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi. 🖥 Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube