Audiokitob javoni ©Yodgorjon Zokirjonov
رفتن به کانال در Telegram
Ko‘zlaringizning nurini asrang. Shunchaki tinglang. O‘qish kerak bo‘lsa, biz siz uchun o‘qib beramiz. Youtube kanalimiz: https://www.youtube.com/c/Audiokitobjavoni Ilmdan oʻzga najot yoʻq.
نمایش بیشتر4 769
مشترکین
-424 ساعت
-247 روز
-3530 روز
آرشیو پست ها
#PREMYERA
📀 AKIFNING ONASI (hikoya).
✍ Javlon Jovliyev.
🎙 Oʻqidi: Dilfuza Yoʻldosheva.
Akif endi yo‘q!
Kelmaydi, kulmaydi ham, ortiq gapirmaydi, unga hech bo‘lmasa so‘nggi marta gap qaytarib ham bo‘lmaydi.
Uning jasadini ko‘rish men uchun dahshatli. Lekin uni kavlab olishdan sira qo‘rqmadim. Bor kuchim bilan bukilib-qotib qolgan barmoqlardan nikoh uzugimizni olishga urunarkanman, u xuddi sovqotgancha, junjikib uxlayotgan bolaga o‘xshardi.
#adibning_boshqa_audioasarlari_uchun_havolalar:
"ayol" (hikoya): t.me/Audio_kitob_javoni/3372
"ikki yoshning uchrashuvi" (hikoya): t.me/Audio_kitob_javoni/3149
"koʻk va ola kaptarlar" (hikoya): t.me/Audio_kitob_javoni/1699
"Lobar, Lobar, Lobarim mening!" (hikoya): t.me/Audio_kitob_javoni/3215
"oppoq qorlar, onam va koinot" (hikoya): t.me/Audio_kitob_javoni/2509
@javlonjovliyev
@Audio_kitob_javoni
barcha kitoblarimiz | telegram | Youtube
#MULOHAZA
Zamonaviy turk adabiyoti g'ashimga tegadi, yoqtirmayman. Nuqul yozuvchi o'zini dahodek tutadi. Aytayotgan gapi esa, ensani qotirishdan nariga o'tmaydi. Bitta g'oyani turlicha qilib qayta-qayta chaynayverishdan vujudga kelgan allambalo. Umuman, turk asarlari tilla suvi yugurtirilgan plasmassa obdastaga o'xshaydi, dabdabali so'zlar bilan bezalgan, ammo zang bosgan tunuka choynakchalik barhayot emas, quyoshni ko'rdimi, erib, bujmayib qoladi. Vaholanki, asl asarning qiymati pardozlangan so'zlariga qarab o'lchanmaydi, umuminsoniy g'oyasiga ko'ra yuqori baholanadi, qadrlanadi. Ana shunday asarlarni bemalol umriboqiylik rutbasiga loyiq ko'rish mumkin.
📀 ARVOHLAR UYI (hikoya).
✍ Virginiya Vulf.
🎙 Oʻqidi: Iroda Ahmedova.
Qanday qo’rqinchli onlar!... Uyg’onganingizda xona eshigining sharaqlab yopilayotgan tovushi, ko’zga ko’rinmas qandaydir sharpalarning xonadan-xonaga juft-juft bo’lishib yurgan tovushlari, kimnidir zinadan xonangiz tomon ko’tarilayotgan tovushi va eshikning asta ochilishi … etingiz beixtiyor junjikib ketishi tabiiy!
@Audio_kitob_javoni
📀 SIRLI MUHABBAT RISHTASI (hikoya).
✍ Gultan Doyo'g'li.
🎙 Oʻqidi: Fatxulla Ma'sudov.
@Audio_kitob_javoni
📀 OLTIN JINNISI (hikoya).
✍ Edogava Rampo.
🎙 Oʻqidi: Miraziz Mirzaahmedov.
@Audio_kitob_javoni
📀 TUG'ILGAN KUN (hikoya).
✍ Vole Shoyinka.
🎙 Oʻqidi: Sanjar Sa'dullayev.
@Audio_kitob_javoni
#AUDIOERTAK
Ertaklar bolalikni bezovchi, nafaqat bolalar balki kattalarni-da o'zining joziba va mo'jizaviy olamiga sho'ng'ishga majbur qiluvchi, o'quvchini tafakkur qilishga undovchi beqiyos ma'naviy boylikdir.
"O'zbek va jahon xalq ertaklari"
Muallif nomidan matnlarni Boir Xolmirzayev o'qiydi.
Obrazlar ijrosida: aktyorlar jamoasi.
Mazkur audioertaklar 2024-yilda "aqlvoy" telekanali tomonidan ovozlashtirilgan.
@Audio_kitob_javoni
📀 YOZGI KO'YLAKDAGI QIZLAR (hikoya).
✍ Irvin Shou.
🎙 Oʻqidi: Nargiza Mirzayeva.
Ular Brevutni tark etib, Vashington maydoni tomon yayov yurib ketayotgan paytlarida beshinchi ko‘cha saxiy quyosh nurlari ostida charog‘on yaltirab turardi. Hatto noyabr kelganiga qaramay, hali kun ancha iliq, atrofda esa doimiy yakshanba tongi nafasi ufurar edi: ravon g‘uvillagancha oqayotgan avtobuslar oqimi, po‘rim kiyinib olgancha juft-juft bo‘lib qo‘ltiqlashgan yoshlar va boshqa odamlar, nihoyat osuda dam olmoqlik uchun deraza-tuynugini mahkam tambalab olgan jimjit binolar – bularning bari hordiq chiqarish kunining yorqin lavhalari bo‘lib butun tevarak-atrofga maroqli kayfiyat va yoqimli huzur bag‘ishlab turardi.
@Audio_kitob_javoni
#ARXIV
📀 O'N SAKKIZ YOSHING (hikoya).
✍ Said Ahmad.
🎙 Oʻqidi: Sanjar Sa'dullayev.
@Audio_kitob_javoni
#ARXIV
📀 AYOL QALBI (hikoya).
✍ Xadayasulton as-Salim.
🎙 Oʻqidi: Dilnoza Kubayeva.
@Audio_kitob_javoni
#PREMYERA
1968 yil. Kech kuz tunlarining birida Buxorodan jo‘nagan poyezd ikki kecha-kunduz yo‘l bosib, qosh qorayganda cho‘l bag‘ridagi To‘ra Tom bekatiga yetib keldi. Bizni kuzatib kelgan serjantning aytishicha, bekat askarlar tilida To‘ra Tom emas, turma tom deb atalarmish. Bu so‘zlar harbiy xizmat ishtiyoqi bilan limmo-lim yuraklarimizga qattiq botgan bo‘lsa-da, keyinchalik serjantning e’tirofi rost ekanligiga imon keltirdik. Lekin hozircha o‘n besh-yigirma chog‘li paxsa uy va bekat binosidan iborat bu gadoytopmas go‘sha nomi tillarda doston bo‘lgan Boyqo‘ng‘ir kosmodromining darvozasi ekanini bilmasdik. Bu yerlar faqat markaziy matbuotda Boyqo‘ng‘ir deb atalar, to‘rt tomon, minglab chaqirim masofada raketalaru harbiylardan bo‘lak hech zog‘ yo‘q, fazogirlarning moʻjazgina shaharchasi To‘ra Tomdan ikki-uch chaqirim narida, Sirdaryo sohilida joylashgan, askarlar uni soddagina qilib “10-maydoncha” deyishardi. Lekin maydonchalarni tom ma’noda tushunish kerak emas. Bu manzillarda qit’alararo yadro raketalari uchiriladigan yer osti shaxtalari, kosmik kemalar parvoz etadigan yer usti maydonchalari yaqinida askarlar yashashi, xizmat qilishi va dam olishi uchun ozmi-ko‘pmi sharoitlar bor edi.
10-maydoncha Boyqo‘ng‘irning yuragi emas, bu yerda kosmodrom oqsuyaklari yashashar, asosiy qora mehnat askarlar gardanida, ular esa yuzlab chaqirim qum ichkarisida xizmat qilishga mahkum edilar. Bu maydonchadagi askarlar rahbariyat, ayrim o‘ta maxfiy bo‘limlar, aloqa xizmatida edilar. Yana bu yerda kichik komandirlar tayyorlash maktabi, bir necha qurilish va avtomobil batalonlari bor edi. Ehtimol, yana allakimlar, allanarsalar bo‘lgandir. Ularni aytmaganim uchun shahar solnomachilari meni kechirishar.
Jo'ra Fozil
#AUDIOERTAK
Ertaklar bolalikni bezovchi, nafaqat bolalar balki kattalarni-da o'zining joziba va mo'jizaviy olamiga sho'ng'ishga majbur qiluvchi, o'quvchini tafakkur qilishga undovchi beqiyos ma'naviy boylikdir.
"O'zbek va jahon xalq ertaklari"
Muallif nomidan matnlarni Boir Xolmirzayev o'qiydi.
Obrazlar ijrosida: aktyorlar jamoasi.
Mazkur audioertaklar 2025-yilda "aqlvoy" telekanali tomonidan ovozlashtirilgan.
@Audio_kitob_javoni
