cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Jakhongir Rakhmonov - IT

Software Engineer at Amazon. Dasturchilar uchun foydali ma’lumotlar beraman. Kurslar: https://skillup.uz/author/3 Ikkinchi kanal: @JR_TwitGram Contact: @jakhonfeedback_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
8 728
مشترکین
+1224 ساعت
+247 روز
+16030 روز
توزیع زمان ارسال

در حال بارگیری داده...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تجزیه و تحلیل انتشار
پست هابازدید ها
به اشتراک گذاشته شده
ديناميک بازديد ها
01
Eng zo’r dasturchilarni bitta umumiy hislati bor: ular yozgan dokumentlarni, matnlarni o’qib odam maza qiladi. They are world-class writers. Shunday ekan, dasturchining darajasini aniqlamochi bo’lsangiz u yozgan kodga emas, yozgan matniga qarang. @jakhonrakhmonov
4 89427Loading...
02
O’zingiz solishtirib ko’ring. “Djangoda blog sayt va internet magazin yasaganman” deyish yaxshiroq eshitiladimi? Yoki “O’zimning Django, flasklarga o’xshagan frameworkimni yozganman. Boshqa dasturchilar uchun” deyish yaxshiroq eshitiladimi? Menimcha javobi ochiq oydin. Birinchisi tayyor frameworkni olib, databasega ulab chiqishni talab qiladi. Huddi kleydan foydalanib tayyor qismlarni yopishtirib chiqishga o’xshaydi Ikkinchisi esa dasturlash tilini tubdan bilishni va hamma qismlarni boshqatdan yozib chiqishni talab qiladi. Hozirgi zamonda esa aynan ikkinchi toifadagi dasturchilarga talab ko’proq. Shu toifadagi dasturchi bo’ling: https://skillup.uz/courses/2 @jakhonrakhmonov
5 70939Loading...
03
O’zingiz solishtirib ko’ring. “Djangoda blog sayt va internet magazin yasaganman” deyish yaxshiroq eshitiladimi? Yoki “O’zimning Django, flasklarga o’xshagan frameworkimni yozganman. Boshqa dasturchilar uchun” deyish yaxshiroq eshitiladimi? Menimcha javobi ochiq oydin. Birinchisi tayyor frameworkni olib, databasega ulab chiqishni talab qiladi. Huddi kleydan foydalanib tayyor qismlarni yopishtirib chiqishga o’xshaydi Ikkinchisi esa dasturlash tilini tubdan bilishni va hamma qismlarni boshqatdan yozib chiqishni talab qiladi. Hozirgi zamonda esa aynan ikkinchi toifadagi dasturchilarga talab ko’proq. Shu toifadagi dasturchi bo’ling: https://skillup.uz/watch/2 @jakhonrakhmonov
10Loading...
04
Shoshiling! 🏃‍♂️ Jahongir Rahmonovning Building Your Own Python Web Framework kurslari Toshkent vaqti bilan 22:00gacha 33.3% chegirma bilan sotib olishingiz mumkin. O'tkazgan streamimiz bo'yicha javob berilmay qolgan savollarni guruh chatiga yozishingiz mumkin: @skillup_chat Kurs sotib olish jarayonida, platformada yuz bergan xatoliklar bo'yicha muammolarni bot orqali jo'natishingiz mumkin: @SkillupSupportBot Platforma bo'yicha yangiliklarni ushbu kanalimizdan kuzatib borishingiz mumkin: @skillup_channel Stay tuned 😉
6 32031Loading...
05
Tahminan 2 soat vaqt qoldi. Soat 19:00da quyidagi link orqali taqdimotga qo’shilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=G6auBYbHAd4 Eslatib o’taman, taqdimotda men, Khamidulla Inoyatov va Khumoyun Inoyatovlar ishtirok etadilar va quyidagi mavzularda suhbat olib boramiz: - Amazon, Booking va EPAM-da ishga olish borasida ishlar qanday ketmoqda? - Sanoatda umuman ishlar qanday? - Dasturiy ta'minot muhandislari uchun nima qilish kerak? - Skillup.uz va kurs e'loni - Savol-javob skillup.uz e’lonidan so’ng 2 soat davomida yaxshigina “skidka” bo’ladi kurs uchun. Undan keyin narxi oshadi. O’tkazib yubormang 😉 Savollaringiz bo’lsa barchasiga javob berishga harakat qilamiz. Soat 19:00da uchrashguncha.
7 37038Loading...
06
Ha, bu oson ish emas. Hech kim ko’rsatmagan, o’qitmagan, yordam bermagan. Men buni o’zgartirmochiman. Birgalikda o’zingizning frameworkingizni yozsak, nima deysiz? Django, Yii, React, Spring, Ruby On Rails va boshqa millionlab dasturchilar ishlatadigan frameworklariga o’xshaganidan yozsak, nima deysiz? Tassavvur qilinga. Ish beruvchi sizning rezyumeyingizni ochib qarasa o’zingiz yozgan framework joylangan GitHubda repository turibdi. Bu qanaqa taassurot qoldiradi? “Demak bu bola o’z ishiga qiziqadi. Chunki no odatiy va oson bo’lmagan ishlar qilibdi. Boshqa dasturchilar uchun framework yozibdi. Bu ancha low-level ish.” degan fikrlar paydo bo’lishi turgan gap. Shaxsan men bunday dasturchilarni intervyuga chaqirgan bo’lar edim va qiziqib qilgan ishi haqida har xil savollar bergan bo’lar edim. Shu maqsadda men bir qator video darslar yozib chiqdim va shu narsalar haqida ertaga bitta YouTubeda onlayn webinar uyushtirmoqchimiz. O’zbekiston vaqti bilan soat 19:00da. Webinarda hozirgi IT dunyosidagi holat, karyerada o’sish va shu onlayn kursimiz haqida gaplashamiz. Hohlagan savollaringizga ham javob beramiz. Eng asosiysi aynan shu webinar vaqtidagina katta chegirma taqdim qilamiz. Webinardan so’ng kurs narxi oshadi. Webinar qaysi link orqali bo’lishini ertaga yozib yuboraman. Sizga kurs qiziq bo’lmasa ham albatta keling. Webinar foydali bo’lishi aniq. Chunki u yerda mendan tashqari Booking.comda dasturchi bo’lib ishlab kelayotgan Khamidulla Inoyatov va EPAMda dasturchi bo’lib ishlab kelayotgan Khumoyun Inoyatovlar ham bo’lishadi. Amazon, Booking va EPAM haqida ham bemalol so’rasangiz bo’ladi 😉 Ertaga ko’rishguncha. @jakhonrakhmonov
13 577139Loading...
07
Bilasizlarmi men nima qilgan bo’lar edim? Qadamma qadam tushuntiraman: 1. https://github.com/codecrafters-io/build-your-own-x repositoriyasiga kirardim 2. Loyihalar ro’yxatini yaxshilan o’rganib chiqqan bo’lar edim 3. Eng yoqqanini tanlagan bo’lar edim. 4. O’sha mavzuni yaxshilab o’rganib chiqqan bo’lar edim. 5. Qurmoqchi bo’lgan narsamni kerak bo’lsa chizib chiqib dizayn qilgan bo’lar edim. Grafik dizayn bo’lishi shart emas. Hattoki Command-Line loyihalarni ham dizayn qilinadi. API tarafdan. 6. Loyihani o’zimga yoqadigan qilib qurgan bo’lar edim. Huddi o’zim uchun uy qurgan kabi. Bu loyiha men uchun. Boshqalarga arendaga bergani emas. Ichidagi hamma narsani sifatli qilgan bo’lar edim. Boshqalar “mehmonga” kelganda hayratda qolsin. Lekin eng asosiysi o’zim hursand bo’lay. @jakhonrakhmonov
6 888290Loading...
08
“Umid yo’q. Siz hohlagan ishingizni topa olmaysiz. Balki 1000ta joyga topshirsangiz chiqib qolar. Vaqtingizni bekorga sarflayapsiz” deb Computer Science yo’nalishini o’qib tugatgan bir odam dardini yozibdi. Bu gaplarga Y Combinator kompaniyasi CEOsining javobini qarang: Haqiqiy loyihlarda, side projectlarda, open source loyihalarda, shunchaki qiziqish uchun qilinayotgan loyihalarda ishlash bu muammoga davodir. Computer Science bitiruvchilarining ko’pchiligi hech narsa yasay olmaydilar. Agar siz nafaqat loyihalar qura olishingizni, balki o’zingiz qiziqqaningiz uchun loyihalar qilganingizni isbotlay olsangiz, imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiladi. E’tibor beringa. Loyiha, loyiha, loyiha. Qurish, yasash, qiziqish. Ish topa olmayotganlardan so’rasangiz qilgan ishi CRUDdan uyo’giga o’tmagan. Oddiy web loyihadan uyog’iga o’tmagan. Dasturchilikdek imkoniyatlari cheksiz kasbni o’rganasizu, o’zingizga qiziq bo’lgan birorta proyekt qilib ko’rmaysizmi? Nima bu hamma yoq CRUD bo’lib yotibdi? Bu hamma yozayotgan blog, internet magazin, yangiliklar sayti hech kimni e’tiborini tortmaydigan bo’lib qolgan. Eng yomon tarafi bularning hammasi uchun deyarli bir xil qobiliyatlar kerak. Qisman farq qiladi holos. O’yin yozib ko’rmaysizmi? Linux uchun Command-Line loyiha qilib ko’rmaysizmi? Data Engineering qilib ko’rmaysizmi? Bot yozib ko’rmaysizmi? 3D qilib ko’rmaysizmi? Yangi dasturlash tili yozib ko’rmaysizmi? Yangi framework yozib ko’rmaysizmi? Boshqalardan ajralib turish vaqti keldi. @jakhonrakhmonov
17 106352Loading...
09
O'z sohasi yetakchilari uchun Amerikada magistratura bosqichi uchun to'liq grantlar Ko'pchiligimiz bakalavrni bitirgandan keyin ish, oila bilan bo'lib chetda o'qish orzularini, oldiga qo'ygan katta maqsadlari, dunyoni o'zgartirish xohishini unutib qo'yadi. Ammo aynan — o'z sohasida ko'zga ko'ringan natijalarga erishgan — kamida 2 yillik tajribaga ega — bakalavr diplomi qo'lida bo'lgan (talaba emas) — ingliz tilida erkin muloqot qiluvchi — yetakchilik qobiliyatiga ega — jamiyatdagi o'zgarishlarga befarq bo'lmagan insonlar uchun maxsus grant dasturlari bor. Fulbright va Humphrey dasturlari bunga yorqin misol. Bu grant dasturlari Amerikada magistratura o'qish uchun barcha o'qish to'lovi, yashash xarajatlari, AQSH ga borish-kelish va tibbiy sug'urta, umuman barcha xarajatlarni to'liq qoplab beradi. Muhimi hujjat topshirish tekin. Biroz vaqt va e'tibor qaratsangiz ulardan hech narsa yutqazmaysiz. Albatta shunchaki hujjat topshirish va hujjatlarni to'g'ri tayyorlab topshirish orasida farq katta. GrantGO jamoasi esa bu borada juda yaxshi ishlarni amalga oshiryapti ekan. Bu yerda ular dasturlar haqida eng asosiy ma'lumotlarni ko'rsatib o'tishibdi: ℹ️ Fulbright | Humphrey Hujjat topshirayotganlarga bepul yordam uchun: 💬 Ingliz tilida | O'zbek tilida Qo'shimchasiga paydo bo'lgan savollarga javob berish uchun ovozli chat ham tashkil qilingan ekan: 👥 Ovozli chat Professional yordam kerak bo'lganlarga esa o'z mentorlik kurslari orqali yordam ham berishlari mumkin: 🎓 Fulbright va Humphrey mentorlik kursi O'qish va o'rganishdan to'xtamang! Telegram | YouTube | Mentorlik
4 013169Loading...
10
Nega Discord loyihasi Go tilida yozilgan servisni Rustda qayta yozib chiqdi Discordni 614 millionga yaqin foydalanuvchi ishlatadi. Ulardan 200 milliontasi aktiv tarzda ishlatadi. Hazillashadigan raqamlar emas. Xullas shu Discordda har bir foydalanuvchi qaysi kanallarni va qaysi xabarlarni o‘qiganini o‘zida saqlab turadigan “Read Service” degan servisi bor. Kimdirlar buni microservice deb atashlari mumkin. Bu degani, har safar Discordga kirganingizda, har safar xabar yuborilganda va o‘qilganda ishlatiladigan service. Ya’ni eng ko‘p ishlatiladigan servicelardan biri. Gap millionlab requestlar haqida ketyapti. Va bu service Go tilida yozilgan ekan. Boshida hammasi yaxshi bo‘lgan, lekin vaqt o‘tib har bir necha daqiqada ushbu service qisqa vaqtga sekinlashib qolishni boshlagan: latency va CPUlarda o‘sish kuzatilgan. Discord jamoasi bu sekinlashish “Garbage Collection”ni deb bo‘layotganini aniqlagan. O‘zi Garbage Collection (ahlat tozalash) nima? Sizning dasturingiz kompyuter xotirasidan foydalanadi. Aytaylik bitta o‘zgaruvchi yaratib shu o‘zgaruvchida ismingizni saqlasangiz shu ma’lumot xotiraga yoziladi. Dasturingiz bu ma’lumotdan foydalanib bo‘lgandan so‘ng kompyuter xotirasidan uni o‘chirib tashlash kerak. Agar shu tarzda tez-tez tozalanib turmasa xotirada joy qolmaydi va tabiiyki hech nima ishlamay qoladi. Go tilida bu ish avtomatik tarzda bajariladi. Taxminan har ~2 daqiqada Go tili xotiradagi har bir ma’lumotni tekshirib chiqadi. “Sen hali ham ishlatilyapsanmi?” deb so‘raydi. “Ha, men hali ham dasturga kerakman” desa, “Bo‘pti, qolaver. Propiskangni uzaytiraman” deydi. “Yo‘q, meni ishlatib bo‘ldi dastur. 2 daqiqadan beri ishsiz o‘tiribman” desa, “Unda senga rahmat, ketaver qishlog‘ingga“ deb u ma’lumotni o‘chirib tashlaydi. Ana endi eslang. “Read Service” ni millionlab foydalanuvchi ishlatadi va har bir foydalanuvchi uchun ko‘plab ma’lumot saqlanadi. Undan tashqari bu service juda ham aktiv, har sekundda millionlab request keladi. Ya’ni, tozalash kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumot juda juda ko‘p. Garbage Collector hammasini har 2 daqiqada tekshirib chiqish uchun yaxshigina kuch va vaqt sarflaydi. Natijada dastur sekinlashadi. Garbage Collectionni esa o‘chirib qo‘yib bo‘lmaydi. Unda Go tili ishlamay qolgan bo‘lar edi. Ana endi Rustni eslaymiz. Rust tilida Garbage Collection umuman yo‘q. Xotirani u boshqa usulda boshqaradi. Xotiradagi ma’lumot ishlatib bo‘lishiga darhol uni o‘chirib tashlaydi. 2 daqiqa kutib o‘tirmaydi. Natijada tozalash uchun Go kabi ko‘p kuch va vaqt sarflamaydi. Shuning uchun ham Discord “Read Service” ni Rust tilida qayta yozib chiqqan va zo‘r natijalarga erishgan. Tezlikdan tashqari, ularning aytishi bo‘yicha kodning o‘zi ham ancha osonlashgan. Sababi qiyin asinxron kodni Rustda Go tiliga solishtirgan yozish ancha osonroq. “Go baribir top” deb yozishni boshlaydiganlar uchun eslatib o‘tay. Hech kim Rustni Godan ko‘ra ustunroq demayapti. Shunchaki Discord uchun va aynan ushbu service uchun Rust ko‘proq to‘g‘ri kelgan. Manba: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust 📱 @jakhonrakhmonov   🤝 Muallifni qo‘llab-quvvatlash
11 14785Loading...
11
Rust va boshqa type-system bor bo’lgan tillarning zo’r taraflaridan biri qo’rqmasdan refactor qila olishda. Katta loyihalarda tabiiyki minglab, yuz minglab qator kod bo’ladi va albatta sal noto’g’ri yozilgan qismlari bo’lishi ham tabiiy. Ularni to’g’irlash uchun esa katta refactor talab qilinadi. Agar shu kod deylik Pythonda yozilgan bo’lganda faqat testlarga tayangan holda refactor qilinadi. Titrab-titrab. Nimanidir buzib qo’ymadimmikin deb. Testlar esa albatta barcha qismlarini qoplagan bo’lishi ehtimoli juda ham past. Ish bitgan keyin ham ko’ngil tinchlanmaydi. Dashboardlardan ko’z uzilmaydi. Rustda esa undan qo’rquv yo’q. Be’malol refactor qilib, compilerdan so’kish eshitib refactor qilishda davom etilaveradi. Ish bitgan keyin ham yurak ancha hotirjam bo’ladi. Chunki compiler indamadimi demak hammasi katta ehtimol bilan joyida. @jakhonrakhmonov
11 72031Loading...
Eng zo’r dasturchilarni bitta umumiy hislati bor: ular yozgan dokumentlarni, matnlarni o’qib odam maza qiladi. They are world-class writers. Shunday ekan, dasturchining darajasini aniqlamochi bo’lsangiz u yozgan kodga emas, yozgan matniga qarang. @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
👍 198💯 24❤‍🔥 6🍌 6🔥 4👏 2
O’zingiz solishtirib ko’ring. “Djangoda blog sayt va internet magazin yasaganman” deyish yaxshiroq eshitiladimi? Yoki “O’zimning Django, flasklarga o’xshagan frameworkimni yozganman. Boshqa dasturchilar uchun” deyish yaxshiroq eshitiladimi? Menimcha javobi ochiq oydin. Birinchisi tayyor frameworkni olib, databasega ulab chiqishni talab qiladi. Huddi kleydan foydalanib tayyor qismlarni yopishtirib chiqishga o’xshaydi Ikkinchisi esa dasturlash tilini tubdan bilishni va hamma qismlarni boshqatdan yozib chiqishni talab qiladi. Hozirgi zamonda esa aynan ikkinchi toifadagi dasturchilarga talab ko’proq. Shu toifadagi dasturchi bo’ling: https://skillup.uz/courses/2 @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
🔥 87👍 32🍌 22😁 16🤣 9 1🤔 1
O’zingiz solishtirib ko’ring. “Djangoda blog sayt va internet magazin yasaganman” deyish yaxshiroq eshitiladimi? Yoki “O’zimning Django, flasklarga o’xshagan frameworkimni yozganman. Boshqa dasturchilar uchun” deyish yaxshiroq eshitiladimi? Menimcha javobi ochiq oydin. Birinchisi tayyor frameworkni olib, databasega ulab chiqishni talab qiladi. Huddi kleydan foydalanib tayyor qismlarni yopishtirib chiqishga o’xshaydi Ikkinchisi esa dasturlash tilini tubdan bilishni va hamma qismlarni boshqatdan yozib chiqishni talab qiladi. Hozirgi zamonda esa aynan ikkinchi toifadagi dasturchilarga talab ko’proq. Shu toifadagi dasturchi bo’ling: https://skillup.uz/watch/2 @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
👍 1
Repost from N/a
Shoshiling! 🏃‍♂️ Jahongir Rahmonovning Building Your Own Python Web Framework kurslari Toshkent vaqti bilan 22:00gacha 33.3% chegirma bilan sotib olishingiz mumkin. O'tkazgan streamimiz bo'yicha javob berilmay qolgan savollarni guruh chatiga yozishingiz mumkin: @skillup_chat Kurs sotib olish jarayonida, platformada yuz bergan xatoliklar bo'yicha muammolarni bot orqali jo'natishingiz mumkin: @SkillupSupportBot Platforma bo'yicha yangiliklarni ushbu kanalimizdan kuzatib borishingiz mumkin: @skillup_channel Stay tuned 😉
نمایش همه...
👍 35 5🔥 3😱 2 1
Tahminan 2 soat vaqt qoldi. Soat 19:00da quyidagi link orqali taqdimotga qo’shilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=G6auBYbHAd4 Eslatib o’taman, taqdimotda men, Khamidulla Inoyatov va Khumoyun Inoyatovlar ishtirok etadilar va quyidagi mavzularda suhbat olib boramiz: - Amazon, Booking va EPAM-da ishga olish borasida ishlar qanday ketmoqda? - Sanoatda umuman ishlar qanday? - Dasturiy ta'minot muhandislari uchun nima qilish kerak? - Skillup.uz va kurs e'loni - Savol-javob skillup.uz e’lonidan so’ng 2 soat davomida yaxshigina “skidka” bo’ladi kurs uchun. Undan keyin narxi oshadi. O’tkazib yubormang 😉 Savollaringiz bo’lsa barchasiga javob berishga harakat qilamiz. Soat 19:00da uchrashguncha.
نمایش همه...
Skillup.uz da yangi J. Rakhmonovning yangi kurs taqdimoti.

👍 50 3🐳 3
Ha, bu oson ish emas. Hech kim ko’rsatmagan, o’qitmagan, yordam bermagan. Men buni o’zgartirmochiman. Birgalikda o’zingizning frameworkingizni yozsak, nima deysiz? Django, Yii, React, Spring, Ruby On Rails va boshqa millionlab dasturchilar ishlatadigan frameworklariga o’xshaganidan yozsak, nima deysiz? Tassavvur qilinga. Ish beruvchi sizning rezyumeyingizni ochib qarasa o’zingiz yozgan framework joylangan GitHubda repository turibdi. Bu qanaqa taassurot qoldiradi? “Demak bu bola o’z ishiga qiziqadi. Chunki no odatiy va oson bo’lmagan ishlar qilibdi. Boshqa dasturchilar uchun framework yozibdi. Bu ancha low-level ish.” degan fikrlar paydo bo’lishi turgan gap. Shaxsan men bunday dasturchilarni intervyuga chaqirgan bo’lar edim va qiziqib qilgan ishi haqida har xil savollar bergan bo’lar edim. Shu maqsadda men bir qator video darslar yozib chiqdim va shu narsalar haqida ertaga bitta YouTubeda onlayn webinar uyushtirmoqchimiz. O’zbekiston vaqti bilan soat 19:00da. Webinarda hozirgi IT dunyosidagi holat, karyerada o’sish va shu onlayn kursimiz haqida gaplashamiz. Hohlagan savollaringizga ham javob beramiz. Eng asosiysi aynan shu webinar vaqtidagina katta chegirma taqdim qilamiz. Webinardan so’ng kurs narxi oshadi. Webinar qaysi link orqali bo’lishini ertaga yozib yuboraman. Sizga kurs qiziq bo’lmasa ham albatta keling. Webinar foydali bo’lishi aniq. Chunki u yerda mendan tashqari Booking.comda dasturchi bo’lib ishlab kelayotgan Khamidulla Inoyatov va EPAMda dasturchi bo’lib ishlab kelayotgan Khumoyun Inoyatovlar ham bo’lishadi. Amazon, Booking va EPAM haqida ham bemalol so’rasangiz bo’ladi 😉 Ertaga ko’rishguncha. @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
🔥 145👍 55 12😢 3 2
Bilasizlarmi men nima qilgan bo’lar edim? Qadamma qadam tushuntiraman: 1. https://github.com/codecrafters-io/build-your-own-x repositoriyasiga kirardim 2. Loyihalar ro’yxatini yaxshilan o’rganib chiqqan bo’lar edim 3. Eng yoqqanini tanlagan bo’lar edim. 4. O’sha mavzuni yaxshilab o’rganib chiqqan bo’lar edim. 5. Qurmoqchi bo’lgan narsamni kerak bo’lsa chizib chiqib dizayn qilgan bo’lar edim. Grafik dizayn bo’lishi shart emas. Hattoki Command-Line loyihalarni ham dizayn qilinadi. API tarafdan. 6. Loyihani o’zimga yoqadigan qilib qurgan bo’lar edim. Huddi o’zim uchun uy qurgan kabi. Bu loyiha men uchun. Boshqalarga arendaga bergani emas. Ichidagi hamma narsani sifatli qilgan bo’lar edim. Boshqalar “mehmonga” kelganda hayratda qolsin. Lekin eng asosiysi o’zim hursand bo’lay. @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
👍 240🔥 45 5🤩 5 4🕊 3👏 1🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Umid yo’q. Siz hohlagan ishingizni topa olmaysiz. Balki 1000ta joyga topshirsangiz chiqib qolar. Vaqtingizni bekorga sarflayapsiz” deb Computer Science yo’nalishini o’qib tugatgan bir odam dardini yozibdi. Bu gaplarga Y Combinator kompaniyasi CEOsining javobini qarang: Haqiqiy loyihlarda, side projectlarda, open source loyihalarda, shunchaki qiziqish uchun qilinayotgan loyihalarda ishlash bu muammoga davodir. Computer Science bitiruvchilarining ko’pchiligi hech narsa yasay olmaydilar. Agar siz nafaqat loyihalar qura olishingizni, balki o’zingiz qiziqqaningiz uchun loyihalar qilganingizni isbotlay olsangiz, imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiladi. E’tibor beringa. Loyiha, loyiha, loyiha. Qurish, yasash, qiziqish. Ish topa olmayotganlardan so’rasangiz qilgan ishi CRUDdan uyo’giga o’tmagan. Oddiy web loyihadan uyog’iga o’tmagan. Dasturchilikdek imkoniyatlari cheksiz kasbni o’rganasizu, o’zingizga qiziq bo’lgan birorta proyekt qilib ko’rmaysizmi? Nima bu hamma yoq CRUD bo’lib yotibdi? Bu hamma yozayotgan blog, internet magazin, yangiliklar sayti hech kimni e’tiborini tortmaydigan bo’lib qolgan. Eng yomon tarafi bularning hammasi uchun deyarli bir xil qobiliyatlar kerak. Qisman farq qiladi holos. O’yin yozib ko’rmaysizmi? Linux uchun Command-Line loyiha qilib ko’rmaysizmi? Data Engineering qilib ko’rmaysizmi? Bot yozib ko’rmaysizmi? 3D qilib ko’rmaysizmi? Yangi dasturlash tili yozib ko’rmaysizmi? Yangi framework yozib ko’rmaysizmi? Boshqalardan ajralib turish vaqti keldi. @jakhonrakhmonov
نمایش همه...
👍 292🔥 73 13🍾 7👏 5🌚 3🐳 2🍌 1
O'z sohasi yetakchilari uchun Amerikada magistratura bosqichi uchun to'liq grantlar Ko'pchiligimiz bakalavrni bitirgandan keyin ish, oila bilan bo'lib chetda o'qish orzularini, oldiga qo'ygan katta maqsadlari, dunyoni o'zgartirish xohishini unutib qo'yadi. Ammo aynan o'z sohasida ko'zga ko'ringan natijalarga erishgan — kamida 2 yillik tajribaga ega — bakalavr diplomi qo'lida bo'lgan (talaba emas) — ingliz tilida erkin muloqot qiluvchi — yetakchilik qobiliyatiga ega — jamiyatdagi o'zgarishlarga befarq bo'lmagan insonlar uchun maxsus grant dasturlari bor. Fulbright va Humphrey dasturlari bunga yorqin misol. Bu grant dasturlari Amerikada magistratura o'qish uchun barcha o'qish to'lovi, yashash xarajatlari, AQSH ga borish-kelish va tibbiy sug'urta, umuman barcha xarajatlarni to'liq qoplab beradi. Muhimi hujjat topshirish tekin. Biroz vaqt va e'tibor qaratsangiz ulardan hech narsa yutqazmaysiz. Albatta shunchaki hujjat topshirish va hujjatlarni to'g'ri tayyorlab topshirish orasida farq katta. GrantGO jamoasi esa bu borada juda yaxshi ishlarni amalga oshiryapti ekan. Bu yerda ular dasturlar haqida eng asosiy ma'lumotlarni ko'rsatib o'tishibdi: ℹ️ Fulbright | Humphrey Hujjat topshirayotganlarga bepul yordam uchun: 💬 Ingliz tilida | O'zbek tilida Qo'shimchasiga paydo bo'lgan savollarga javob berish uchun ovozli chat ham tashkil qilingan ekan: 👥 Ovozli chat Professional yordam kerak bo'lganlarga esa o'z mentorlik kurslari orqali yordam ham berishlari mumkin: 🎓 Fulbright va Humphrey mentorlik kursi O'qish va o'rganishdan to'xtamang! Telegram | YouTube | Mentorlik
نمایش همه...
🔥 57👍 38🤣 14🍌 5 1👏 1
Nega Discord loyihasi Go tilida yozilgan servisni Rustda qayta yozib chiqdi Discordni 614 millionga yaqin foydalanuvchi ishlatadi. Ulardan 200 milliontasi aktiv tarzda ishlatadi. Hazillashadigan raqamlar emas. Xullas shu Discordda har bir foydalanuvchi qaysi kanallarni va qaysi xabarlarni o‘qiganini o‘zida saqlab turadigan “Read Service” degan servisi bor. Kimdirlar buni microservice deb atashlari mumkin. Bu degani, har safar Discordga kirganingizda, har safar xabar yuborilganda va o‘qilganda ishlatiladigan service. Ya’ni eng ko‘p ishlatiladigan servicelardan biri. Gap millionlab requestlar haqida ketyapti. Va bu service Go tilida yozilgan ekan. Boshida hammasi yaxshi bo‘lgan, lekin vaqt o‘tib har bir necha daqiqada ushbu service qisqa vaqtga sekinlashib qolishni boshlagan: latency va CPUlarda o‘sish kuzatilgan. Discord jamoasi bu sekinlashish “Garbage Collection”ni deb bo‘layotganini aniqlagan. O‘zi Garbage Collection (ahlat tozalash) nima? Sizning dasturingiz kompyuter xotirasidan foydalanadi. Aytaylik bitta o‘zgaruvchi yaratib shu o‘zgaruvchida ismingizni saqlasangiz shu ma’lumot xotiraga yoziladi. Dasturingiz bu ma’lumotdan foydalanib bo‘lgandan so‘ng kompyuter xotirasidan uni o‘chirib tashlash kerak. Agar shu tarzda tez-tez tozalanib turmasa xotirada joy qolmaydi va tabiiyki hech nima ishlamay qoladi. Go tilida bu ish avtomatik tarzda bajariladi. Taxminan har ~2 daqiqada Go tili xotiradagi har bir ma’lumotni tekshirib chiqadi. “Sen hali ham ishlatilyapsanmi?” deb so‘raydi. “Ha, men hali ham dasturga kerakman” desa, “Bo‘pti, qolaver. Propiskangni uzaytiraman” deydi. “Yo‘q, meni ishlatib bo‘ldi dastur. 2 daqiqadan beri ishsiz o‘tiribman” desa, “Unda senga rahmat, ketaver qishlog‘ingga“ deb u ma’lumotni o‘chirib tashlaydi. Ana endi eslang. “Read Service” ni millionlab foydalanuvchi ishlatadi va har bir foydalanuvchi uchun ko‘plab ma’lumot saqlanadi. Undan tashqari bu service juda ham aktiv, har sekundda millionlab request keladi. Ya’ni, tozalash kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumot juda juda ko‘p. Garbage Collector hammasini har 2 daqiqada tekshirib chiqish uchun yaxshigina kuch va vaqt sarflaydi. Natijada dastur sekinlashadi. Garbage Collectionni esa o‘chirib qo‘yib bo‘lmaydi. Unda Go tili ishlamay qolgan bo‘lar edi. Ana endi Rustni eslaymiz. Rust tilida Garbage Collection umuman yo‘q. Xotirani u boshqa usulda boshqaradi. Xotiradagi ma’lumot ishlatib bo‘lishiga darhol uni o‘chirib tashlaydi. 2 daqiqa kutib o‘tirmaydi. Natijada tozalash uchun Go kabi ko‘p kuch va vaqt sarflamaydi. Shuning uchun ham Discord “Read Service” ni Rust tilida qayta yozib chiqqan va zo‘r natijalarga erishgan. Tezlikdan tashqari, ularning aytishi bo‘yicha kodning o‘zi ham ancha osonlashgan. Sababi qiyin asinxron kodni Rustda Go tiliga solishtirgan yozish ancha osonroq. “Go baribir top” deb yozishni boshlaydiganlar uchun eslatib o‘tay. Hech kim Rustni Godan ko‘ra ustunroq demayapti. Shunchaki Discord uchun va aynan ushbu service uchun Rust ko‘proq to‘g‘ri kelgan. Manba: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust 📱 @jakhonrakhmonov   🤝 Muallifni qo‘llab-quvvatlash
نمایش همه...
👍 259🔥 32🐳 9 4👏 4🤣 3😁 2