"MILLIY TIKLANISH" JIZZAX RASMIY SAHIFA
رفتن به کانال در Telegram
O‘zMTDP Jizzax viloyati Kengashi Axborot xizmati
نمایش بیشتر1 379
مشترکین
-324 ساعت
-417 روز
-10830 روز
آرشیو پست ها
Repost from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
Repost from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
+2
#Jizzax_milliy_tiklanish
#DEPUTAT_SOʻROVI
⚡️ Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Alisher Zoidov tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida navbatdagi deputat soʻrovi yuborildi.
🔹 Soʻrovda Sharof Rashidov tumani Gʻozgʻontepa MFYning Hamid Olimjon, Amir Temur, Bahor va Oʻrta Sentoral koʻchalarida elektr taʼminoti infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 40 dona temir-beton elektr uzatish ustunini ajratish va oʻrnatish masalasi ilgari surildi. 🤝 Aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash yuzasidan tegishli choralar koʻrilishi hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiy javob taqdim etilishi soʻralgan.✍️ O'zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati |Facebook | Instagram |Telegram |Twitter |YouTube
Repost from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
🙏 Bolalarga zo'ravonlik qilganlar qat'iy jazolanadi
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga taʼlim tashkilotlarida tarbiya va taʼlim berish jarayonida voyaga yetmagan bolalarga nisbatan jismoniy zoʻravonlik sodir etganlik, shuningdek ularni tahqirlaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
Shu bilan birga, pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlikka oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan bir yil muddat davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emasligi nazarda tutilmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasi bugun Senat tomonidan ma'qullandi.🖥 MTDP | Telegram
Repost from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
🙏 “MILLIY TIKLANISH” gazetasining 2026-yil 8-iyul 26-sonida:
🟢 Nihoyat, 30 yillik muammo qonunchilikka ko'chdi.
🟢 Ilm va ma'rifat yo'lidagi muloqotlar.
🟢 Yoshlarga ishonch — eng katta sarmoya.
🟢 Yangi O'zbekiston darvozalari keng ochilmoqda.
🟢 Demokratik institutlar: yangi davr ostonasida.
🟢 "Sharafnomayi shohiy" qanday Asar?
Web ilovada o'qish: lotin alifbosida, kiril alifbosida
🖥 MTDP | Telegram
Repost from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
#muhokama_markazida
🙏 Axborot tarqatish mas’uliyatini his qilishimiz kerak!
Beruniy Alimov, filologiya fanlari doktori, dotsent
🖥 MTDP | Telegram
Repost from Alisher Qodirov
Alifbomizdagi chalkashliklar bartaraf etilmoqda. O‘zbek tiliga Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ishlatgan alifbo qaytmoqda.
Biz begona slavyan va roman-german tillar oilasining alifbolariga moslashish uchun o‘nlab yillar tilimiz, ta’lim va xalqimizni qiynab keldik. Hatto umume’tirof etilgan xalqaro belgi standartlarida bo‘lmagan, o‘ylab topilgan harflarda xato qilgani uchun bolalarimizni jazoladik.
Bu o‘zgarishlar bizni oilamiz bo’lgan turkiy tillarga moslashtirilgan lotin alifbosiga qaytaradi va turkiy dunyo uchun o‘rta til* hisoblanadigan o‘zbek tilini alifboda ham bog‘lovchilik vazifasini tiklaydi.
*faqat o‘zbek tili turkiy tillarni uch asosiy oilasi - qarluq, qipchoq va o‘g‘uz lahjalarini bir vaqtda ishlatadi.
Harflarni o‘zgartirish uchun hech qanday sun’iy tezlashtirish yoki vatandoshga noqulayliklarga yo’l qo’yilmaydi, hamma o‘zgarishlar bosqichma-bosqich, belgilangan xarajatlar hisobiga, belgilangan vaqtida amalga oshadi.
Xalqimizga xayrli bo’lsin.
Qonunni qabul qilib Senatga ma’qullash uchun yubordik.
📹 Instagram 💬 Telegram
🔴 Facebook 🔥 Youtube
@alisherQodir
+1
#Jizzax_milliy_tiklanish
#Xalqchil_deputat
Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashi deputati Ortiqboy Abdullayev tomonidan Toqchilik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga tegishli tartibda javob xati taqdim etildi.
Sh.Rashidov tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borilib, mavjud transformator quvvati ortib borayotgan yuklamani to‘liq ko‘tara olmayotgani, buning natijasida elektr kuchlanishining pasayishi hamda uzilish holatlari kuzatilayotgani tasdiqlandi. Shuningdek, mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 0,4-10 kV elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangidan qurish hamda modernizatsiya qilish ishlari bo‘yicha takliflar tegishli tashkilotlarga kiritilgani ma’lum qilindi.✍️ O'zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati |Facebook | Instagram |Telegram |Twitter |YouTube
+1
#Jizzax_milliy_tiklanish
#Deputat_nazorati
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G'oziyeva tomonidan Forish politexnikumida “Dolzarb 90 kun” aksiyasi doirasida olib borilayotgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha o‘rganildi.
🤝 Deputatlar o‘rganish davomida politexnikum direktori J.Jiyanov bilan uchrashib, muassasada tadbirlar rejasining hayotga tatbiq etilishi, talabalarning kasb-hunar o‘rganishi hamda yaratilgan shart-sharoitlarni muhokama qildilar. Shuningdek, ta’lim dargohidagi mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi. 🎯 Yakunda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish hamda tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha rahbariyatga tegishli tavsiyalar berildi.✍️ O'zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati |Facebook | Instagram |Telegram |Twitter |YouTube
+1
#Jizzax_milliy_tiklanish
#Xalqchil_deputat
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Dilfuza Saidova tomonidan "A.Temur" MFY, "Madaniyat" ko‘chasida joylashgan, diametri 239-mm, uzunligi 100-metr bo‘lgan gaz quvurining yo‘lning qatnov qismiga yaqinligi aholi eʼtirozlariga sabab bo‘layotgani masalasini joyida o‘rgandi.
Ushbu gaz quvurini yer ostidan o‘tkazish yoki yo‘ldan ichkari tomonga ko‘chirish maqsadida «Jizzaxshahargaz» taʼminoti bo‘limi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur so‘rov ijrosi deputat tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.✍️ O'zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati |Facebook | Instagram |Telegram |Twitter |YouTube
+3
#Jizzax_Milliy_tiklanish
#Xalqchil_deputat
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Ne'mat Norqulov tashabbusi bilan "Fidokor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar mahalla aholisiga qulaylik yaratish, transport harakatini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi murojaatlariga yechim topish va mahallalarni obod qilish borasidagi bunday amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.✍️ O'zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati |Facebook | Instagram |Telegram |Twitter |YouTube
+1
#Jizzax_milliy_tiklanish
#Xalqchil_deputati
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax shahar Kengashi deputati Go'zal Anarboyeva tomonidan «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur nazorat tadbiri maxsus ishlab chiqilgan so‘rovnoma asosida olib borildi. Bu esa qonun talablarining hayotga tatbiq etilish darajasini aniq mezonlar, real ko‘rsatkichlar va tahliliy ma‘lumotlar asosida xolisona baholash imkonini berdi. So‘rovnoma natijalari hududda yoshlar bilan ishlash tizimining bugungi holatini yaqqol ko‘rsatib berdi.✍️ O'zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati |Facebook | Instagram |Telegram |Twitter |YouTube
Repost from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
Repost from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
Repost from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
▶️
🙏 E'lon!
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.
🖥 MTDP | Telegram
