cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Alisher Qodirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi fb.com/IQAlisher https://instagram.com/alisherqodir.k http://twitter.com/alisherQodir Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
7 784
مشترکین
-424 ساعت
-8737 روز
-1 33830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
“… Bugun xalqaro hamjamiyatning, jumladan, Ğarb davlatlarining fojiaga bölgan munosabati bizni qattiq xavotirga solmoqda. Demokratiya va inson huquqlarini keng tarğib qilgan va ularning himoyasida turgan yetakçi, rivojlangan davlatlar bu qotilliklarga, bu vahşiyliklarga köz yummoqda. Albatta, zöravonlikni töliq töxtatiş va tinçlik jarayonini boşlaş kerak. Ğazo fojiasi haligaça hal qilinmagan Isroil-Falastin ziddiyatining ayançli oqibatlaridir. Barqaror va uzoq muddatli tinçlikka erişiş uçun mustaqil va ozod Falastin davlati taşkil etilişi şart”.
نمایش همه...
02:37
Video unavailableShow in Telegram
Özaro manfaat va işonç inqirozi xalqlar tinçini buzib, yuz yillab kelajakka avlodlararo nizo va nafrat uruğuni soçayotgan bir dunyoda, bölayotgan va kutilayotgan fitna-fasodlarga aldanmasdan Özbekiston va Turkiya, qolaversa, butun turk dunyosi ahillik va hamkorlikda rivojlaniş na’munasini körsatişmoqda.
نمایش همه...
IMG_3024.MP430.84 MB
00:16
Video unavailableShow in Telegram
Tekin desa şa’nidan, ğururidan, ovozidan va vatanidan keçadiganlar… İnsonning şa’ni, xulqi va sabriga tayangan e’tiqodni yemiriş domino effektida mas’uliyat, şa’n, ğurur, oriyat kabi tuşunçalarni ham yemirib yuborişini kommunist sovet mafkuraçilari ham taxmin qilmagan bölsa kerak… Yangi avlod tarbiyasida olimlar va davlat iştiroki keskin kuçaytirilmasa, yaqin kelajakda şa’nini manfaatiga ayriboşlaydigan vatansiz muhtojlar jamiyatiga aylanib qolamiz.
نمایش همه...
IMG_3009.MP43.15 MB
01:28
Video unavailableShow in Telegram
Xalqaro bolalar kunida bolalarga zo’ravonlikni har qanday şaklini ta’qiqlaşni belgilaydigan qonunni fraksiyada ma’qulladik. Bolalarga mehrsiz odam heç kimdan mehr kutmasligi kerak!
نمایش همه...
IMG_2995.MP431.25 MB
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi (YEXHT DIIHB) missiyasi rahbari Keara Kastaldo boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildik. Partiyaning maqsad-vazifalari, ğoyalarini röyobga çiqariş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan taniştirdik. Yangi tizimdagi saylovda maqsad va umidlar, partiyaning elektorati bilan muloqot, Parlamentdagi faoliyatimiz bilan boğliq qiziqişlarni şarhladik va tuşuntirdik.
نمایش همه...
Rus millatiga mansub bir vatandoşimiz meni nima uçun rusafobligim haqida sörabdi. Javobim oddiy, men hech qanday rusafob emasman! Sovetafob ekanligimni tan olaman! Sovet davlati tariximiz, töğri, lekin tariximizning qora qoğozlarida qolib ketişi, kelajagimizda bölmasligi kerak deb hisoblayman. Rossiya katta va qudratli qöşnimiz. Rossiya bilan yaxşi qöşniçilik, umumiy manfaatlar va hamkorlikda rivojlanişdan manfaatdormiz, albatta. Ayrim masala va maqsadlarda bir xil öylamasligimiz ham tabiiy, ular böyiça kelişiş, örta nuqtalarni topiş xalq vakolat bergan hukumatning mahoratiga boğliq. Rossiya-Ukraina munosabatlari haqida… Özbekiston har qanday holatda ham öz manfaatini öylab töğri qilmoqda. Har qanday uruş kelişuv bilan yakunlanadi. Aqlli boşqaruv uruşgaça bormaydi. Rus tili masalasida… Rus tilini örganiş yoşlarimiz uchun ingliz, xitoy, arab va fors tillarinı örganiş qatorida juda foydali ekanligini heç qaçon rad etmaganman, bundan keyin ham rad etmayman. Taklifim esa oddiy va tuşunarli, bolalarga bolaligidan ona tili va davlat tilidan boşqa til örgatilmasligi kerak. Boşqa millatli vatandoşlarimiz ona tilida qadriyatini örgansin, davlat tilini esa vatani deb hisoblaydigan Özbekistonda yaxşi yaşaşi uçun örgansin, tamom. Maktabni örta sinflaridan boşlab istagan xorijiy tilini örgansa, şaxsiy rivojlanişiga ham, mamlakat taraqqiyotiga ham faqat foyda böladi. Rossiya Prezidentining Özbekistonga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlar Özbekiston manfaatlariga xizmat qilişiga şubham yöq. Murakkab davrda, heç kimni qoş-u qovoğiga qaramasdan xalqimiz manfaatlariga uyğun harakatlar Davlat rahbarining içki va taşqi siyosatini qöllab-quvvatlaşimizga eng muhim sabablaridan biri. @alisherQodir
نمایش همه...
Shavkat Mirziyoyev_press-service

Ўзбекистон-Россия саммити: самарали музокаралар ва ўзаро манфаатли келишувлар — Узбекско-российский саммит: плодотворные переговоры и взаимовыгодные договоренности Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Rus millatiga mansub bir vatandoşimiz meni nima uçun rusafobligim haqida sörabdi. Javobim oddiy, men hech qanday rusafob emasman! Sovetafob ekanligimni tan olaman! Sovet davlatini tariximiz ekanligi muhokama qilinmaydi va u tariximizda qolib ketişi, kelajagimizga aloqasi bölmasligi tarafdoriman. Rossiya esa katta va qudratli qöşnimiz. Rossiya bilan yaxşi qöşniçilik, umumiy manfaatlar va hamkorlikda rivojlaniş maqsadlarimiz, ayrim masalalarda esa qaraşlarimiz turliça bölişi ham tabiiy. Rossiya Prezidentining Özbekistonga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni mamlakatimiz manfaatlariga xizmat qilişiga şubham yöq. Murakkab davrda, heç kimni qoş-u qovoğiga qaramasdan xalqimiz manfaatlariga uyğun qarorlar qabul qiliş, “Milliy tiklaniş”partiyasi Davlat rahbarining içki va taşqi siyosatini qöllab-quvvatlaşimizning eng muhim sabablaridan biri. Rus tili masalasida ham ikki oğiz fikrim… Rus tilini örganiş yoşlarimiz uchun ingliz, xitoy, arab va fors tillarinı örganiş qatorida juda foydali ekanligi şubhasiz. Meni taklifim oddiy va tuşunarli: bolalarga bolalikdan ona tilidan boşqa til örgatilmasligi kerak, bu pedagogik xato. Bolalar ona tilida savodini çiqarib, katta bölganidan keyin köplab xorijiy tillarni örganişi faqat mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.
نمایش همه...
Xabarni boshqariş natijani, xabarni anglaş va tahlil qiliş darajasi jamiyatni yolğonga nisbatan immuniteti darajasini belgilaydi. Demak, millatparvar, malakali va vijdonli xabar yaratuvçi jamiyatning jamligiga jiddiy ta’sir qiladigan zarurat. Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini 6 yoşga tölişi munosabati bilan ötkazilgan tadbirga taklif uçun janob Şerzodxon Qudratxöjaga taşakkur. Mamlakatimizda vatanparvar, malakali va vijdonli xabar yaratuvçilarni tayyorlaşga e’tibor - kelalajakni töğri baholayotganimizning belgisi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Özbekiston Oliy Majlisi va Turkiya Buyuk Millat Majlisi orasida davlatlarimizni har tomonlama rivojlanayotgan aloqalariga uyğun kun tartibi belgilanadi. TBMM raisi, hurmatli Numan Kurtulmuş raisligida millat vakillari - Osman Mesten, Mehmet Ali Cevheri, Erkan Akçay va Uğur Bayraktutan döstlarimiz mamlakatimizda xizmat safarida böldilar. 🇺🇿🇹🇷 Özbekistan Oliy Mejlisi ve Türkiye Büyük Millet Meclisi Devletlerimizin her taraflama gelişen ilişkilerine uygun yeni gündem belirleyecekler. Sayın TBMM Başkanı Numan Kurtulmuş önderliğindeki Osman Mesten, Mexmet Ali Cevheri, Erkan Akçay ve Uğur Bayraktutan millet vekilleri, dostlarimiz ile iş görüşmelerinde bulunduk.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Eron İslom Respublikasi Prezidenti İbrohim Raisiy vafoti sababli Eron Milliy maslahat kengaşidagi döstlarimiz bilan hamdardmiz.
نمایش همه...