cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

پست‌های تبلیغاتی
1 622
مشترکین
-224 ساعت
+87 روز
+12630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

O‘quvchilarimiz 12 ta medal bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi Buxoroda o‘tkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi sovrindorlari taqdirlandi. Umumiy hisobda 60 nafar (10 ta oltin, 20 ta kumush, 30 ta bronza) ishtirokchi o‘quvchilar turli darajalardagi medallar bilan taqdirlandi. O‘zbekistonlik o‘quvchilar 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) medal bilan xalqaro olimpiadaning yakka peshqadamiga aylandi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🥇 Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining oltin medal sohiblari: 1. Roshchin Makar — Rossiya 2. Belinskaya Veronika — Rossiya 3. Goreva Lada — Rossiya 4. Sharifov G‘olibjon — O’zbekiston 5. Shenghao Wu — Xitoy 6. Krasnoperova Vera — Rossiya 7. Kuznetsova Nadezhda — Rossiya 8. Ahtamova Mehrangiz — O’zbekiston 9. Drozd Aliaksandr — Belarus 10. Chorikulova Parvina — O’zbekiston
نمایش همه...
👍 5👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
🥈Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining kumush medal sohiblari: 1. Amina Tynarbay — Qozog’iston 2. Aleksandrova Arina — Rossiya 3. Zhibo Zhao — Xitoy 4. Degterenko Zakhar — Rossiya 5. Nguyen Huu Thanh — Vyetnam 6. Ahmet Alp Alaftargil — Turkiya 7. Misheel Galsanchimed — Mongoliya 8. Baktybai Galymzhan — Qozog’iston 9. Yoqubjonov Abdurahmon — O’zbekiston 10. Qurbonboyev Sardor — O’zbekiston 11. Luxian Xia — Xitou 12. Abdullah Hajid Alsubai — Saudiya Arabistoni 13. Amangeldi Dana — Qozog’iston 14. Gaipov Daniyar — Qirg’iziston 15. Yutang Li — Xitou 16. Yerzhanuly Batyr — Qozog’iston 17. Ulaş Topal — Turkiya 18. Hilye Rana Eser — Turkiya 19. Karypzhanov Baizak — Qirg’iziston 20. Qudratova Mashhura — O’zbekiston
نمایش همه...
👏 4
Photo unavailableShow in Telegram
🥉Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining bronza medal sohiblari: 1. Torekhanuly Nurtore — Qozog’iston 2. Baltashova Aiganym — Qozog’iston 3. Gafurova Rayhona — O’zbekiston 4. Sameer Sami — Saudiya Arabistoni 5. Almashova Aruzhan — Qozog’iston 6. Ozodov Kamoliddin — O’zbekiston 7. Nguyen Da Thao — Vyetnam 8. Yessen Rauan — Qozog’iston 9. Teera Pitiwattanakul — Tailand 10. Vinogradov Arseniy — Qirg’iziston 11. Aziret Anvarbekov — Qirg’iziston 12. Sharipova Asalxon — O’zbekiston 13. To‘ymurodova Dilnoza — O’zbekiston 14. Trukhan Diana — Belarus 15. Uvaliev Nursultan — Qirg’iziston 16. Zahraa Abdulsalam — Saudiya Arabistoni 17. Koshmuratov Alan — Qirg’iziston 18. Babayeva Mahriban — Turkmaniston 19. Phoptorn Smithsuwan — Tailand 20. Barysionak Kseniya — Belarus 21. Zakharchuk Artsiom — Belarus 22. Ornchanya Pipatvuttipong — Tailand 23. Tran Thai Khang — Vyetnam 24. Hasan Abdullah — Saudiya Arabistoni 25. Ashiraliyev Nursulton — O’zbekiston 26. Atageldiyev Kerimberdi — Turkmaniston 27. Kadir Özdemir — Turkiya 28. Nekkulov Rasul — O’zbekiston 29. Ruban Dmitrii — Qirg’iziston 30. Garlyyev Ahmet — Turkmaniston
نمایش همه...
👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Jonli_efir 🔴 Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi g’oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi. 📍Tadbir Buxoroning Poyi Kalon ansamblida bo’lib o’tmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#hududlardan_xabarlar #kunlik_dayjest ⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida matematika fani boʻyicha "Quiz-Bee Competition" musobaqasi oʻtkazildi. ⏺Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan chavandozlik mashgʻulotlarida ishtirok etdi. ⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida "Ohanglar sehri" deb nomlangan badiiy-musiqiy kecha boʻlib oʻtdi. ⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti professor-oʻqituvchilari bilan muloqot qildi. ⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ⏺Termiz shahridagi Prezident maktabi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida hududlarda shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi — “112” yagona dispetcherlik xizmati yuzasidan axborot-targʻibot tadbiri o‘tkazildi. ⏺Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari WMI - Xalqaro matematika olimpiadasining final bosqichiga yoʻllanma oldi. ⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Ilhom va shijoat: qizlar kelajakni yozmoqda” mavzusida hisobot taqdimoti o‘tkazildi. ⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabining bir guruh o‘quvchilariga Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining maxsus esdalik sovgʻalari topshirildi. ⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan “Qoraqalpoq sheʼriyatining soʻnmas yulduzi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi. ⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filiali rahbariyati ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. ⏺Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Dilshodbek Rajabov Eronda boʻlib oʻtadigan 54-Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Guliston, Jizzax shaharlari, Muzrabot, Norin, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Chust, Kosonsoy, Shahrisabz, Olot, Qarshi tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlarni bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikatlarga ega boʻldi. ⏺Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Gulchiroy Rahmatullayeva va Goʻzal Nurulloyeva ICT4 Girls olimpiadasining Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Har 10 kunda bir kitob" chellenjiga start berildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Abu_Ali_ibn_Sino #Buxoro_Prezident_maktabi 🛑Bugun Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi ishtirokchilari Buxoro shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurishdi. Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
نمایش همه...
👍 3 1🔥 1
#Buxoro_Prezident_maktabi #Abu_Ali_ibn_Sino #2_qism
نمایش همه...
👍 3 1
#Buxoro_Prezident_maktabi #Abu_Ali_ibn_Sino #1_qism
نمایش همه...
👍 2 1
02:38
Video unavailableShow in Telegram
#Ishtirokchilar_nima_deydi❓ #Xalqaro_olimpiada Ibrahim Deniz Altun, Turkiya terma jamoasi a’zosi: ➖ Men Buxorodagi bir qancha joylarda bo'ldim. Turkiya va O'zbekiston hamkorligida yaratilgan bog' menga juda yoqdi. Ayniqsa, y yerda faoliyat olib borayotgan Turkiya oshxonasi yuragimda faxr tuyg’usini uyg’otdi. Men bir qator turk taomlarini tatib ko'rdim. Ularni xuddi ona yurtimdagiday mahorat bilan tayyorlashgan. Biz hozirgina olimpiadaning birinchi qismini yakunladik. Sinov jarayonlarida yuqori natijalar qayd etib, oltin medalga sazovor bo’laman, deb umid qilyapman. ——— Mehraban Babayeva, Turkmaniston terma jamoasi a’zosi: ➖ Men offlayn tarzda o'tkaziladigan xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqdaman. Kecha olimpiadaning nazariy qismi o'tkazildi. Unda menga vaqt biroz kamlik qildi, lekin harakatlarim natija berishiga va bronza medalini qo'lga kiritishimga umid qilaman. Bugun olimpiadaning amaliy qismi o'tkazildi. Unda biz O'zbekistondagi baliqlarning morfologik xususiyatlarini tasvirlab berdik. Shuningdek, flogenetik daraxt tuzib, baliqlarning qaysi turga mansub ekanligini aniqladik. Bu olimpiadada yana qatnashaman, deb umid qilaman. Jarayonlar unutilmas taassurotlarga boy holda o'tmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
2_interyu_hd_(iPhone).mp417.14 MB
1