fa
Feedback
Kitoblarga oshiq

Kitoblarga oshiq

رفتن به کانال در Telegram

Bookblog 📚 Kanalda taqrizlar / sheʼrlar / lifestyle hayotimni kuzatishingiz mumkin. Oilaliman 💍 Blogni kuzating, blogerni emas (!)

نمایش بیشتر
227
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-930 روز
آرشیو پست ها
Din: Ayollarga qoʻl koʻtarmanglar! Qonun: Ayollarga qoʻl koʻtarmanglar! Ayollar: Ur, erkakmisan, ur! )))

Din: Ayollarga qoʻl koʻtarmanglar! Qonun: Ayollarga qoʻl koʻtarmanglar! Ayollar: Ur, erkakmisan, ur! Urgandan soʻng esa: Senam erkaksan-da, a! Biz ayollar shunaqa, mantiqqa tupurib qoʻyganmiz 😂

🇦🇷Argentinadan super comeback 🔥 Kechagina qirol uchun jahon chempionati tugadi deb yigʻlayotganlar haqiqiy qirol kim ekani
🇦🇷Argentinadan super comeback 🔥 Kechagina qirol uchun jahon chempionati tugadi deb yigʻlayotganlar haqiqiy qirol kim ekanini koʻrib qoʻyishsin!

Alloh ayollarning vazifasi shu qadar muhim bo‘lganidan ulardan boshqa mas’uliyatli vazifalarni soqit qildi. Xususan, ro‘zg‘orning moddiy yuki, har namozda masjidga chiqish va hokazo. Ayol kishining jannat sari qadamlari bandalik vazifalaridan so‘ng eri va farzandlariga bog‘liqdir. Ayol kam sanoqli ko‘ringan bu vazifalar ortidagi ulkan haybatni his etishi lozim. Bu vazifani osonlashtirish yoki qiyinlashtirish ham ayolning o‘ziga bog‘liq. Ayol doimo boshqalar bilan taqqoslar ekan, nolir ekan, gapda peshqadam bo‘lishga intilar ekan, vazifasi og‘irlashaveradi. Natijada iymoniy zaiflikka uchraydi, ibodatlaridan xushu va huzur ketadi. Chunki turmush o‘rtog‘ining roziligini topish va unga itoat etish muslima ayol uchun ilohiy bir farmondir. Agar bu topshiriqqa osiy bo‘lsa, bevosita iymoniy sustlikka duch keladi. Na bandalikda, na muhabbatda o‘rin topolmay sarson bo‘ladi. Muslima ayolning «Erimga itoatim — Robbimga itoatimdir» degan shior ostida harakatlanishi uning qalbini, uyini va oxiratini charog‘on etib, farog‘atga eltadi. Ayolning o‘z nafsini isloh qilishi uning ma’naviy yuksalishiga yo‘l ochadi. O‘z vazifasi qolib, erining ishlari bilan ovora bo‘lishi, undan xatolar izlashi ayolning maqomini ulug‘lamaydi. Umr juda qisqa, ayb qidirish uchun vaqt tig‘iz. Amal hovlisidagi fursatimiz yonimizdagi Jannatga kirish uchun eng katta dahldor bo‘lgan kishini qoralab yashash uchun o‘ta kamlik qiladi. Safardan qolib ketayotgan yo‘lovchi kabi faqat o‘zingizga tegishli yuklarni yig‘ishga shu qadar haris bo‘lingki, zero bu bekat bir martalikdir, ortga qaytishga imkon yo‘q. Afsuslar esa Robbingizga yo‘liqadigan kunda foyda bermaydi. ©️Najiyya_bilan

— Inson paypoq bilan ham xiyonat qilishi mumkinmi? — Mumkin!
— Inson paypoq bilan ham xiyonat qilishi mumkinmi? — Mumkin!

+8
Soʻnggi oʻq.pdf9.83 KB

+7
Soʻnggi oʻq.pdf9.83 KB

Taqrizlar 📃
+9
Taqrizlar 📃

IYUN SARHISOB Oʻqilgan kitoblar 📚 1. Kuza 2. Giryon 3. Bo‘tako‘z 4. Qora rohib 5. Soʻnggi oʻq 6. Abulfayzxon 7. Baxtsiz kuyov 8. Fargʻona kelini 9. Xuddi odamdek 10. Baxtli hayot sari 11. Qiz bolaga tosh otmang Koʻrilgan film va seriallar 🎞 Farz Yeraltı 15-16 bölüm Uzak şehir 62-63- bölüm Sevdiğim sensin 15- bölüm Taşacak bu deniz 30-31- bölüm

Bugun ertalab Boncukcham 4 ta mushukcha dunyoga keltiribdi 🥹 Mushukchalar 2 tasi oʻziga oʻxshagan sariq-mallarang, 2 tasi kulrang-qoracha. 1 ta sarigʻi bron qilindi, qolganlari boʻsh. Mushukchalar 1 oylik boʻlsa, hadyaga beramiz. Yaxshi mehr berib qaraydigan, koʻchaga haydab yubormaydigan oilalarga beriladi faqat. Olmoqchi boʻlganlar lichkamga yoki kommentga yozishingiz mumkin.

Hadya boʻlib kelding menga Yaratgandan, Ming yil izlab yer yuzidan topolmasdim. Duolarim sabab kelding deyolmayman, Men bunchalik goʻzal duo qilolmasdim 💕

#Nazm O‘ylar edim hayot bizni siylaydi deb, Biz kuylagan qo‘shiqlarni kuylaydi deb. Bugun bo‘m-bo‘sh yuragimni siylayabman, Hayot qanday aytsa, shunday kuylayabman. O‘ylar edim so‘nmas mening g‘ururlarim, Ko‘ksimdagi hayratlarim, sururlarim. Bugun qoldim ikki o‘tning ozorida, Yig‘layabman g‘ururimning mozorida. O‘ylar edim do‘stlarim bor, dil chog‘ etar, Yo‘limdagi chohlarimdan ogoh etar. Yo Rab, bugun bu o‘yinda o‘zib chiqdim, Do‘stim tashlab ketgan chohdan o‘zim chiqdim. O‘ylar edim: sevgan yorim tashlab ketmas! Jonday sevar, ko‘zlarimni yoshlab ketmas! O‘ylar edim: men deb unday ado yo‘qdir, Bugun undan sado yo‘qdir, sado yo‘qdir! O‘ylar edim: tog‘dek baland yashayman deb, Qirchalarga qandoq nazar tashlayman deb. Tog‘dek cho‘kdim, nelar larza soldi menga? Bugun tog‘lar qirdek bo‘lib qoldi menga. Dunyo ekan tog‘laringni qir qilguvchi! Dunyo ekan osmonlaring yer qilguvchi! Kelishmadim toshi yolg‘on savdo bilan, Ona-bola bo‘lolmadim dunyo bilan! Dunyo ekan...Dunyo ekan...Ay dunyo-ya.. ✍Guljamol Asqarova

Qachonlardir mendan eng sevimli taronam soʻralganda aynan bitta taronani tanlab ayta olmasdim. Endi esa ayta olaman ❤️

Happy birthday, G.O.A.T 🇦🇷

— Buni qareeen. Barmoqlarim poʻsti manunaqa toʻkilib ketyaptiii 😭 — Ilonlaram poʻst tashlaydi-yu, poʻst tashlaydigan payting
— Buni qareeen. Barmoqlarim poʻsti manunaqa toʻkilib ketyaptiii 😭 — Ilonlaram poʻst tashlaydi-yu, poʻst tashlaydigan payting kelgandur-da 😆 Tushunmadim, man bilan ilonning nima aloqasi bor? Muchalimam maymun boʻlsa 🤭

Biz uyimizga keldik 💫

2 haftadan buyon больница'da yotib, shunaqayam koʻnglim tor boʻlib qoldikiii. Har kuni “ketaman, ketaman” deb yigʻlab-siqtab bugun va nihoyat bu biqiq muhitdan ketyapman. Ming bor shukur. Farqi bu yerga bir kishi boʻlib kelgandim, ikki kishi boʻlib chiqib ketyapmiz 🥰

Aslida, men eng omadli ona boʻlsam kerak: shunday shirin farzand bilan siylanganim uchun 🥹
Aslida, men eng omadli ona boʻlsam kerak: shunday shirin farzand bilan siylanganim uchun 🥹

🤍
🤍

❤️: Oʻgʻlim yaxshimi? Emyaptimi? Uxlayaptimi? Yigʻlamayaptimi? Rasmini tashla, video qoʻngʻiroq qilib koʻrsat 😍 Me: Haliginda tashladim-ku, oʻsha-oʻsha uxlab yotibdi haliyam ❓ ❤️: Mayli, sen xoʻp deb tashlayver, koʻp-koʻp tashla🙂 Oʻgʻil kelib, xotin unutildi yoxud sening oʻta bolasevar ering 🙈