ar
Feedback
Kitoblarga oshiq

Kitoblarga oshiq

الذهاب إلى القناة على Telegram

Kitobxon | Filolog | Realist Oʻqigan kitoblarimning elektron varianti va ular haqida yozgan taqrizlarimni ulashaman. Lifestyle — kunlik hayotim va tajribalarim bilan boʻlishib boraman.

إظهار المزيد
Buy Ad
230
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-17 أيام
+830 أيام
أرشيف المشاركات
Bugun Nukusga kelganimizga bir oy boʻldi. Bir oydan beri farzandiga yolgʻiz qarayotgan ona sifatida aytamanki, koʻplashib katta qilishdan yolgʻiz katta qilish 5-6 baravar qiyin ekan. Toʻgʻri, baʼzi yaxshi tomonlari ham bor, lekin ishoninglar, orttirgan stress, yigʻi va asabiylik oldida u komfortlar umuman koʻzga koʻrinmaydi. Hozir men uchun uy ishlarini qilish dam olish boʻlib qolgan. Ish qilsam, mazza qilib dam olgandek boʻlaman. Toʻgʻri, bola doim ham injiqlik qilib yigʻlamaydi. Lekin 24/7 bitta oʻzi qarash juda-juda charchatar ekan. Yanayam yorim qoʻllaridan kelgancha yordam beryaptilar, lekin ularam kunduzi ishda, kechasi esa faqat och qolib uygʻongani uchun yana oʻzim emizishga turaman. Toʻgʻri, bolamning hech qachon qaytib kelmaydigan eng shirin davri — chaqaloqlik davriga toʻyib-toʻyib olyapman, lekin buning uchun oʻzimdan, millionlab asab tolalarimdan voz kechyapman, har kuni soatlab asabiylikdan yigʻlayapman, ota-onam, yaqinlarim diydoridan ayro qolyapman. Shuning uchun kimdir haqida “Unga mazza” deb oʻylashdan fikr yuritaylik. Tanganing har doim ikki tomoni boʻlgan, unutmaylik))

Qarasam, bu bolacha mandanam oppoq boʻb ketyapti. Ozgina qoraysin deb oftobga olib chiqdim ✌️
Qarasam, bu bolacha mandanam oppoq boʻb ketyapti. Ozgina qoraysin deb oftobga olib chiqdim ✌️

Oʻziyam kotlet tayyorlash boʻyicha master boʻb kettimooov 😎 Oʻtayam shirin chiqqani uchun yorimdan tez-tez zakaz tushadi-da
Oʻziyam kotlet tayyorlash boʻyicha master boʻb kettimooov 😎 Oʻtayam shirin chiqqani uchun yorimdan tez-tez zakaz tushadi-da 🙂

Nihayettt 🌟 Iyun oyida sezon finali qilgan seriallar asta-sekin ekranlarga qaytmoqda 🕺
Nihayettt 🌟 Iyun oyida sezon finali qilgan seriallar asta-sekin ekranlarga qaytmoqda 🕺

Vafodor sevgilim uchun, Sevgi mevasi — farzand uchun, Oʻzingga shukur, Qodir Egam, Men baxtliman 🤍

1-прививка'mizni olib keldik 💉
1-прививка'mizni olib keldik 💉

Oqibatimiz haqida qisqacha ☺️
Oqibatimiz haqida qisqacha ☺️

Mumkins tagliklarimiz yetib keldi, 3 kundan beri ishlatyapmiz. Allergiya, qizarish, toshmalar paydo boʻlgani yoʻq. Namni yaxshi shimadi, bolaning tagi quruq turadi. Pampersdan kakalari oʻtib ketmaydi. Pampersning oʻziyam yengil, ixchamgina, qoʻpol turib, bolaning harakatlanishiga xalaqit bermaydi. 7-8 soat bemalol taqib qoʻysangiz boʻladi. Xullas, sifati Huggies bilan deyarli bir xil. Narxi ham yaxshi: 90 mingga ichida 58 donali pachka zakaz qilgandik, yaxshi qadoqda va toʻliq yetib keldi. Bu degani donasi 1600 soʻmga toʻgʻri keladi. Ham arzon, ham sifatli ekan. Onajonlar, tavsiya qilaman, ishlatib koʻringlar 💕

“Ibrat farzandlari” ilovasida boshlangʻich darajada oʻrgansangiz boʻladi. Ilovadan foydalanish tekin.

Köprü kralı Galaktikada bir kun Pakananing oshiq koʻngli Shularni oʻqiyapman

İyi diyelim, iyi olalım

Keşke yapabilsem 🥲

Menga anonim xabar yuboring: t.me/QuestionUz_Robot?start=a0910fb3269

رسالة فيديو01:00

🎞️“Xonim” (Hanım) — Turkiya tomonidan 1989-yilda suratga olingan ta’sirli dramatik film 🌟IMDb reytingi: 7,7/10 Film markazi
+1
🎞️“Xonim” (Hanım) — Turkiya tomonidan 1989-yilda suratga olingan ta’sirli dramatik film 🌟IMDb reytingi: 7,7/10
Film markazida keksayib qolgan, yolg‘iz yashaydigan Olcay xonim obrazi turadi. Yillar avval turmush o‘rtog‘idan ayrilgan Olcay xonim og‘ir kasallikka chalinganini bilgach, o‘lim haqidagi qo‘rquv bilan yuzma-yuz keladi. Ammo uning eng katta tashvishi o‘zining o‘limi emas, hayotidagi eng yaqin hamrohi, o‘zi “Hanım” deb nom bergan mushugini undan keyin kim asrashi bo‘ladi. Film oddiygina inson va uning mushugi haqidagi hikoya emas. U yolg‘izlik, qarilik, o‘lim, mehr, befarqlik va insonning hayotdagi haqiqiy qadri haqida chuqur savollar beradi. Olcay xonimning o‘z yaqinlari va atrofidagi insonlar bilan munosabatlari orqali esa jamiyatda asta-sekin yo‘qolib borayotgan mehr-oqibat va insoniylik ko‘rsatiladi.

Идея для ужина или обеда 🍽
Идея для ужина или обеда 🍽

Iqtibos 🖇
Hokimiyat odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni, ayniqsa, muhabbatni bo‘g‘uvchi kuchdir. Hokimiyat va hukmronlik uchun kurash kechayotgan joyda muhabbat mavjud bo‘la olmaydi, chunki muhabbat hech qanday hukmronlikni, hatto o‘z hukmronligini ham tan olmaydi.
📓 “Hayata dön”

Oʻtgan kuni uydagilar bilan video qoʻngʻiroqda gaplashayotgan edik, dadam “Yuzing dazmol qiladigan boʻb qolibdi-ku, nima boʻldi?” dedilar. Oʻsha kuni kunduzi ham, kechasi ham Muhammadjon yaxshi uxlamagandi. “Kam uxladim-da” dedim. Keyin kecha yana gaplashayotib “Bugun yuzim dazmol qilingandek turibdimi 😄” dedim. “Haa, yaxshi uxladimi bolang” dedilar. “Ha-daaa, 3 soat umuman orada turmay uxladim, shunaqayam mazza qildimeeey, xuddi 10 soat uxlagandek boʻldim” deb xursand boʻlib aytib berdim. Yaqin 4 oydan beri uyqu men uchun eng katta muammo boʻlib kelyapti. Kam uxlayotganim ham mayli, uyqum buzilmay uxlamayapman-da. Shuning uchun ham hecham uyquga toʻymayapman. Qizlik paytimda kuniga 8-9 soat uxlardim, oʻshanda ham ayamchalik harakatchan emasdim. Ayam esa bor-yoʻgʻi 3-4 soat uxlab, tetik, bardam boʻlib yurishlarini koʻrib, “Qandaaay?😯” deb hayron boʻlardim. Mana endi tushunyapman. Hozir agar kunduzi ilojini qilib 1 soat uxlay olsam, mendan baxtlisi yoʻq. Chunki haligacha buning ilojini qilolmadim. Так что, qancha uxlasa ham holsiz boʻlib yuradiganlar, uyquga toʻymaydiganlar, sizlar uyquchi emassizlar, просто hali uyquning qadriga yetadigan davrga yetib kelmagansizlar))

Bir goʻzal orzuyim bor. Qachondir oʻz uyimiz boʻlsa, oʻz uyimizda koʻpgina mushuklar boqsam, oyligim koʻp boʻlsa-yu, pachka-pachka ovqatlarini olib kelib qoʻysam, uyimizda hamma mushuklar mazza qilib yashasa, naqadar yaxshi boʻlardi-ya... Allohga oson, Oʻzi yetkazsin 🫠

Kecha shomdan keyin подъезд'imizdan bir mushukchaning rosa ingragan ovozi keldi. Oʻsha payt oʻgʻlimni emizib uxlatayotganim uchun chiqib qarolmadim. Keyin yorim ishdan keldilar, orqalaridan ergashib kelibdi ikkinchi qavatgacha, olib kiribdilar. Mushukcha yaxshi ekan, faqat qorni judayam och edi. Non berib chiqarib yubordik. Koʻcha mushugi boʻlgani uchun olib qololmaymiz, bilasizlar, 2,5 oylik chaqalogʻim bor. U mushukcha kechasi bilan yana подъезд'imizda aylanib ingrab chiqdi. Ertalab turib eshigimizni ochib qaray desam, eshik oldida turgan ekan, darrov kirib oldi. Yana qornini toʻydirib chiqarib yubordim. Qaniydiii hamma uysiz, koʻcha mushuklarni boqa olsam... Sizga umid bilan qarab turgan bu qorakoʻzlarni shunday tashlab ketish shunchalar qiyinki... Sizlardan ham iltimos qilib qolaman, yoʻlingizda uchragan, ortingizdan ergashgan maʼyus koʻzlarni boqib olmasangiz ham hech boʻlmasa qornini toʻydirib qoʻying. Axir ular insonga oʻxshab ochkoʻz emas, ozgina nonga toʻyadi-ku. Biz yer yuzidagilarga rahmli boʻlaylikki, koʻkdagi Zot ham bizga rahm qilsin :)